Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy olishda qanday imtiyozlar bor?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen uy olishdagi imtiyozlar haqida bilib olasan.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan yordamga muhtoj insonlarga uy sotib olish uchun subsidiya berish belgilandi.

Subsidiya – bu senga  davlat tomonidan bir marta beriladigan va qaytarib olinmaydigan pul.

Uy-joy uchun subsidiya – bu sen uy sotib olishing kerak, lekin puling yo‘q bo‘lganda davlat tomonidan bir marta beriladigan va qaytarib olinmaydigan pul.

Yoki sen uyingni ta’mirlamoqchi bo‘lsang, lekin senda pul bo‘lmasa ham davlat senga uy-joy subsidiyasi beradi.

Uy-joy uchun subsidiyasini olishda boshlang‘ich badal bo‘ladi.

Boshlang‘ich badal – bu: 

  • Qoraqalpog‘iston 
  • viloyatlar 
  • Toshkentda sotilayotgan yangi uy narxining birinchi to‘lov puli.

Boshlang‘ich badalning:

5 foizidan kam bo‘lmagan qismini sen to‘lashing kerak bo‘ladi.

Boshlang‘ich badal uchun subsidiya – bu uyni sotib olganingda senga har yili davlat tomonidan beriladigan pul.

Uy-joy uchun subsidiyani 2 xil ko‘rinishda olishing mumkin:  

  • Davlat xizmatlari markazi orqali 
  • My.gov.uz internet manzili orqali

Davlat xizmatlari markazi – bu  hammaga va nogironligi bor insonlarga hujjat ishlarida yordam beradigan tashkilot.

Davlat xizmatlari markaziga sen o‘zing borib: 

  • uy-joy uchun subsidiyaga ariza berasan
  • arizang 1 soatda kerakli tashkilotga yetib boradi.

My.gov.uz  –  bu  davlat xizmatlari markazining internet manzili.

Sen o‘zing hech qayerga bormasdan My.gov.uz internet manzili orqali:

  • ariza berishing mumkin
  • arizang shu vaqtning o‘zida kerakli tashkilotga yetib boradi.

Sening arizangni maxsus tashkilotlar ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Ijtimoiy mezonlar – bu  sening yordamga muhtoj yoki muhtoj emasligingni aniqlaydigan talablar.

Yordamga muhtoj nogironligi bor insonlar:

  • birinchi guruh nogironligi bor insonlar  
  • yolg‘iz, og‘ir nogironlik kasali bor bolani parvarishlayotgan ayollar
  • nogironligi bo‘lgan onalar.

Sening uy-joy subsidiyasi uchun arizangni doimiy yashash joyingdagi:

  • shifokorlar tashkiloti 
  • oila va xotin-qizlar tashkiloti  10 kunda tekshiradi.

Tekshiruvda sening uy-joy  subsidiyasiga muhtojliging aniqlansa, arizang subsidiya.idm.uz internet manziliga  qo‘yiladi.

subsidiya.idm.uz ga qo‘yilgan arizaga tekshiruvchilar ball qo‘yadi.

Sening balling 30 va undan ko‘p bo‘lsa senga subsidiya puli beriladi.

Tekshiruvchilar sening:

  • hujjatlaring
  • to‘plagan ballingga qarab senga subsidiya berish yoki bermaslik haqidagi javob beradi.

Sening arizangning javobi 19 kunda:

  • My.gov.uz internet manziliga
  • Davlat xizmatlari markaziga yetkazadi

Senga subsidiya berilgan kundan boshlab 4 oy ichida subsidiyadan foydalanishing kerak.

Masalan: 

  • sen subsidiyani mart oyida olding
  • mart, aprel, may, iyun oylarida uy-joy olishing kerak.

4 oydan keyin subsidiyadan foydalanishing mumkin emas.

Uy-joy  subsidiyasi berilmaydigan holatlar

  • ma’lumotlaring talabga to‘g‘ri kelmasa
  • ma’lumotlaring noto‘g‘ri yoki yolg‘on bo‘lsa
  • sen yoki turmush o‘rtog‘ing avval subsidiya olgan bo‘lsang
  • shu yil uchun yashash joyidagi  subsidiya puli berish  tugagan bo‘lsa
  • sening yoki oilangning 1 oylik oyligi 2 835 000 (ikki million sakkiz yuz o‘ttiz besh ming) so‘mdan kam va  9 660 000 (to‘qqiz million olti yuz oltmish ming)  so‘mdan ko‘p bo‘lsa.

O‘zbekistonda nogironligi bor insonlarga uy-joy uchun beriladigan boshlang‘ich badal subsidiyasi 32 000 000 (o‘ttiz ikki million) so‘m.

Uy-joy uchun subsidiya sening doimiy yashash joying bo‘yicha beriladi.

Uy-joy uchun subsidiya 1 oiladan faqat 1ta insonga, 1 marta beriladi.

20 yilda qaytarish sharti bilan banklar:

Toshkent shahridagi yangi uylar uchun 416 500 000 (to‘rt yuz o‘n olti million besh yuz) ming so‘m uy-joy subsidiyasi beradi.

20 yilda qaytarish sharti bilan banklar:

  • Qoraqalpog‘iston 
  • boshqa viloyatlardagi yangi uylar uchun 327 250 000 ming (uch yuz yigirma yetti million ikki yuz ellik ming) so‘m uy-joy subsidiyasi beradi.

Banklar uy-joy sotib olish uchun bergan pulning foiz to‘lovlarini:

  • 5 yili subsidiya bilan to‘lanadi 
  • qolgan 15 yilini  sen o‘zing to‘laysan.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy olishda qanday imtiyozlar bor?” ga 80 ta javob

    • Assalomu alaykum

      Iltimos, savolingizni bitta xabarda to‘liq qilib yo‘llang.

  1. Когда откроется услуга на субсидию для лиц с инвалидностью ?

    • Здравствуйте
      В прошлом году заявки на субсидии принимались с 15 мая по 1 ноября 2024 года. У нас нет информации о том, когда будут приниматься заявки в этом году.

  2. Bitta 1-guruh nogironligi boʻlgan bolam bor Uy joy qurish uchun imtiyozli subsidiyalar qancha va necha foizdan qanday tartibda boʻladi

    • Assalomu alaykum

      Iltimos, maqolamiz bilan batafsil tanishib chiqing. Maqola sizlar ma’lumot olsin deb chop etilgan.

      Shundan keyin ham sizda savollar tug‘ilsa, +998 (90) 358-50-60 raqamiga telefon qiling va yuristimiz bilan bog‘laning.

  3. Уй жой билан таминлаш 1 грух ногирон болам бор 4 йошда 5 йилдан буйон ижарада тураман ичтимоий шароитим жуда огир болам сахир касал илтимос менга уй жой билан йордам корсатилиши хохлиман

    • Assalomu alaykum, I-guruh nogironligi bor farzandingizni yolg‘iz o‘zingiz parvarishlayotgan bo‘lsangiz unda ijtimoiy mezonlar asosida uy-joy uchun subsidiya olishga ariza topshirishingiz mumkin.

      Ariza beruvchi sifatida sizning yoki oilaningiz o‘rtacha yetarlicha oylik daromadingiz ham bo‘lishi kerak: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan kam (ya’ni 2 835 000 so‘m) va 8,0 baravaridan yuqori (ya’ni 8 400 000 so‘m); Toshkent shahrida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ning 2,7 (ya’ni 2 835 000 so‘m) baravardan kam va 9,2 (ya’ni 9 660 000 so‘m) baravaridan yuqori bo‘lganda.

      Afsuski, uy-joyga subsidiya olishdan boshqa imkoniyat borligi haqida ma’lumotimiz yo‘q. Sog‘ bo‘ling!

  4. 2guruh nogironiman yosh oilaman oilaviy sharoitim uy joyga ehtiyoj bor ukalarim bor uydan chiqishimiz kk qanday qilib subsidya asosida olsak bolafi uy jizzaxlikman

    • Assalomu alaykum! Biz sizga uy-joy sotib olishda subsidiyadan foydalanishni maslahat beramiz. Bunda siz uy-joyni sotib olasiz, sotib olayotganingizda uy qiymatining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi. Ushbu maqolamizda bu subsidiyani qanday olish haqida batafsil ma’lumot berganmiz. Iltimos, tanishib chiqing!

    • Biz sizga uy-joy sotib olishda subsidiyadan foydalanishni maslahat beramiz. Bunda siz uy-joyni sotib olasiz, sotib olayotganingizda uy qiymatining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan fuqarolarga uy-joy sotib olishlari uchun subsidiya ajratilishi belgilangan. Batafsil ma’lumot olish uchun ushbu maqolamiz bilan tanishib chiqing: https://huquqplus.uz/materials/uy-joy/864

    • Assalomu alaykum! Hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazidagi Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (TIEK) farzandingizning tasdiqlangan autizm tashxisi asosida belgilangan nogironlik holati asosida barcha ijtimoiy nafaqa va yordamlarni olishingiz mumkin. Mahalliy shifokoringiz barcha tibbiy ko‘riklar natijalarini TIEKga elektron shaklda yuboradi va farzandingizga nogironlik holati belgilanadi.

      Shu asosida keyin siz 18 yoshgacha farzandingiz uchun nogironlik nafaqasini olishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot havola orqali: https://huquqplus.uz/materials/social-protection/634

      Shunindgek, sizga ona sifatida bola parvarishi bo‘yicha nafaqa berilishi mumkin. Batafsil ma’lumot havola orqali: https://huquqplus.uz/materials/social-protection/676

      Yanada batafsilroq ma’lumot olish uchun, hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga borib murojaat qilishni yoki Ijtimoiy himoya milliy agentligining “1140” raqami orqali batafsil ma’lumot olishni tavsiya qilamiz. «Inson» markazlari haqida batasfil ma’lumot havola orqali: https://huquqplus.uz/materials/social-protection/3583

  5. Мен 2 гурух ногирони.Уй жой таъмирлаш учун кандай ёрдам берасизлар.Субсидиями ёки яна кандай вариантлар бор.

  6. Assalomu alaykum meni Zulfiya qizim 2 guruh nogironi shunga uy sotib olsam degan dim

    • Vaalaykum assalom, biz sizga uy-joy sotib olishda subsidiyadan foydalanishni maslahat beramiz. Bunda siz uy-joyni sotib olasiz, sotib olayotganingizda uy qiymatining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi.

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan fuqarolarga uy-joy sotib olishlari uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

      Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy olishdagi imtiyozlar haqida batafsil havolaga bosib huquqiy maqolamizda tanishing: https://huquqplus.uz/materials/uy-joy/864

  7. Mening ismim Sherali yoshim 36 da. Men bolalikdan ya’ni 2005 yildan buyon ll-guruh nogironiman. Hozirda men,ayolim va 2 o’g’lim bilan otamni uyida yashab kelmoqdamiz vaxolanki mendan keyin 1 nafar ukam (2000-yil) 26 yoshda u ham shu uyda birga yashaydi. Bir hovlida 7 bosh jon kun kechiryapti. Xonadon yetishmasligi sababli uylanolmayopti, shu sababdan menga va mening oilamga subsidia olishimizga uy joy, makon qilishimizga amaliy yordam bering. 2 farzand bilan sarson bo’lmaylik.

    • Assalomu alaykum! Uy-joyga subsidiya olish uchun my.gov.uz orqali ariza yuborishda yordam berishimiz mumkin. Yuristimiz qabuliga yozilish uchun https://t.me/huquqplus_bot Telegram botimiz orqali qabulga yoziling yoki +998 90 358 50 60 telefon raqami orqali bog’laning. Ish vaqtimiz 9:00 – 18:00 (dushanba—shanba). Tushlik vaqti 13:00 – 14:00.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli