Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy olishda qanday imtiyozlar bor?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen uy olishdagi imtiyozlar haqida bilib olasan.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan yordamga muhtoj insonlarga uy sotib olish uchun subsidiya berish belgilandi.

Subsidiya – bu senga  davlat tomonidan bir marta beriladigan va qaytarib olinmaydigan pul.

Uy-joy uchun subsidiya – bu sen uy sotib olishing kerak, lekin puling yo‘q bo‘lganda davlat tomonidan bir marta beriladigan va qaytarib olinmaydigan pul.

Yoki sen uyingni ta’mirlamoqchi bo‘lsang, lekin senda pul bo‘lmasa ham davlat senga uy-joy subsidiyasi beradi.

Uy-joy uchun subsidiyasini olishda boshlang‘ich badal bo‘ladi.

Boshlang‘ich badal – bu: 

  • Qoraqalpog‘iston 
  • viloyatlar 
  • Toshkentda sotilayotgan yangi uy narxining birinchi to‘lov puli.

Boshlang‘ich badalning:

5 foizidan kam bo‘lmagan qismini sen to‘lashing kerak bo‘ladi.

Boshlang‘ich badal uchun subsidiya – bu uyni sotib olganingda senga har yili davlat tomonidan beriladigan pul.

Uy-joy uchun subsidiyani 2 xil ko‘rinishda olishing mumkin:  

  • Davlat xizmatlari markazi orqali 
  • My.gov.uz internet manzili orqali

Davlat xizmatlari markazi – bu  hammaga va nogironligi bor insonlarga hujjat ishlarida yordam beradigan tashkilot.

Davlat xizmatlari markaziga sen o‘zing borib: 

  • uy-joy uchun subsidiyaga ariza berasan
  • arizang 1 soatda kerakli tashkilotga yetib boradi.

My.gov.uz  –  bu  davlat xizmatlari markazining internet manzili.

Sen o‘zing hech qayerga bormasdan My.gov.uz internet manzili orqali:

  • ariza berishing mumkin
  • arizang shu vaqtning o‘zida kerakli tashkilotga yetib boradi.

Sening arizangni maxsus tashkilotlar ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Ijtimoiy mezonlar – bu  sening yordamga muhtoj yoki muhtoj emasligingni aniqlaydigan talablar.

Yordamga muhtoj nogironligi bor insonlar:

  • birinchi guruh nogironligi bor insonlar  
  • yolg‘iz, og‘ir nogironlik kasali bor bolani parvarishlayotgan ayollar
  • nogironligi bo‘lgan onalar.

Sening uy-joy subsidiyasi uchun arizangni doimiy yashash joyingdagi:

  • shifokorlar tashkiloti 
  • oila va xotin-qizlar tashkiloti  10 kunda tekshiradi.

Tekshiruvda sening uy-joy  subsidiyasiga muhtojliging aniqlansa, arizang subsidiya.idm.uz internet manziliga  qo‘yiladi.

subsidiya.idm.uz ga qo‘yilgan arizaga tekshiruvchilar ball qo‘yadi.

Sening balling 30 va undan ko‘p bo‘lsa senga subsidiya puli beriladi.

Tekshiruvchilar sening:

  • hujjatlaring
  • to‘plagan ballingga qarab senga subsidiya berish yoki bermaslik haqidagi javob beradi.

Sening arizangning javobi 19 kunda:

  • My.gov.uz internet manziliga
  • Davlat xizmatlari markaziga yetkazadi

Senga subsidiya berilgan kundan boshlab 4 oy ichida subsidiyadan foydalanishing kerak.

Masalan: 

  • sen subsidiyani mart oyida olding
  • mart, aprel, may, iyun oylarida uy-joy olishing kerak.

4 oydan keyin subsidiyadan foydalanishing mumkin emas.

Uy-joy  subsidiyasi berilmaydigan holatlar

  • ma’lumotlaring talabga to‘g‘ri kelmasa
  • ma’lumotlaring noto‘g‘ri yoki yolg‘on bo‘lsa
  • sen yoki turmush o‘rtog‘ing avval subsidiya olgan bo‘lsang
  • shu yil uchun yashash joyidagi  subsidiya puli berish  tugagan bo‘lsa
  • sening yoki oilangning 1 oylik oyligi 2 835 000 (ikki million sakkiz yuz o‘ttiz besh ming) so‘mdan kam va  9 660 000 (to‘qqiz million olti yuz oltmish ming)  so‘mdan ko‘p bo‘lsa.

O‘zbekistonda nogironligi bor insonlarga uy-joy uchun beriladigan boshlang‘ich badal subsidiyasi 32 000 000 (o‘ttiz ikki million) so‘m.

Uy-joy uchun subsidiya sening doimiy yashash joying bo‘yicha beriladi.

Uy-joy uchun subsidiya 1 oiladan faqat 1ta insonga, 1 marta beriladi.

20 yilda qaytarish sharti bilan banklar:

Toshkent shahridagi yangi uylar uchun 416 500 000 (to‘rt yuz o‘n olti million besh yuz) ming so‘m uy-joy subsidiyasi beradi.

20 yilda qaytarish sharti bilan banklar:

  • Qoraqalpog‘iston 
  • boshqa viloyatlardagi yangi uylar uchun 327 250 000 ming (uch yuz yigirma yetti million ikki yuz ellik ming) so‘m uy-joy subsidiyasi beradi.

Banklar uy-joy sotib olish uchun bergan pulning foiz to‘lovlarini:

  • 5 yili subsidiya bilan to‘lanadi 
  • qolgan 15 yilini  sen o‘zing to‘laysan.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy olishda qanday imtiyozlar bor?” ga 80 ta javob

  1. 1-guruh nogironi, otam-ona, aka,yanga 2ta jiyanm bor , davlat subsidiyasi asosida menga uy beriladimi ? Qayerga murojaat qilishim lozim

    • Biz sizga uy-joy sotib olishda subsidiyadan foydalanishni maslahat beramiz. Bunda siz uy-joyni sotib olasiz, sotib olayotganingizda uy qiymatining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi.

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan fuqarolarga uy-joy sotib olishlari uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

      Bunda ijtimoiy mezonlar asosida uy-joy uchun subsidiya ajratiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning quyidagi toifalari ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri keladi:

      birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
      yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar;
      nogironligi bo‘lgan onalar.
      Demak, yuqorida sanalgan toifadagi nogironligi bor shaxslar uy-joy olish uchun subsidiya olishlari mumkin.

      Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy olishdagi imtiyozlar haqida batafsil havolaga bosib huquqiy maqolamizda tanishing: https://huquqplus.uz/materials/uy-joy/864

  2. Assalom alekum 2 guruh nogironligim bor kōz bōyicha oliy talimda bitiruvchi kursman subsidiya qilib uy joy olsam bōladimi men ham oilali emasman yoshim 21 da

    • Assalomu alaykum

      Nogironligi bo‘lgan shaxslarning quyidagi toifalari ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri keladi va imtiyozlli subsidiya asosida uy olishi mumkin:

      birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

      yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar;

      nogironligi bo‘lgan onalar.

      Siz esa yuqoridagi me’zonlarga tushmaysiz.

  3. Assalomu alaykum men oilaliman meni 2ta farzamdm bor uzim 2guruh nogironiman, uzm talabaman kantirakt asosida uqiyman erim vaqtincha ishsiz, 3ta oila bitta uyga turamiz uy joy olishimiz uchun bizni qanaqa imtiyozlarimiz bor. Bizga uy beriladimi.

  4. Assalomu alaykum men oilaliman meni 2ta farzamdm bor uzim 2guruh nogironiman erim vaqtincha ishsiz, bitta uyda 3ta oila yashaymiz uy joy olishimiz uchun bizni qanaqa imtiyozlarimiz bor bizga uy beriladimi.

    • Vaalaykum assalom, Biz sizga uy-joy sotib olishda subsidiyadan foydalanishni maslahat beramiz. Bunda siz uy-joyni sotib olasiz, sotib olayotganingizda uy qiymatining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi.

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan fuqarolarga uy-joy sotib olishlari uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

      Bunda ijtimoiy mezonlar asosida uy-joy uchun subsidiya ajratiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning quyidagi toifalari ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri keladi:

      – birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
      – yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar;
      – nogironligi bo‘lgan onalar.

      Demak, yuqorida sanalgan toifadagi nogironligi bor shaxslar uy-joy olish uchun subsidiya olishlari mumkin. Batafsil ma’lumot olish uchun ushbu huquqiy maqolamiz bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

  5. Assalomu alaykum menga ushbu masala yuzasidan yordam bera olasizmi, men subsidiyaga uy olishim uchun kimlarga murojat qilishim zarur va qay tartibda nimalar qilsam buladi.

    • Vaalaykum assalom, siz ushbu huquqiy maqolamiz bilan batafsil tanishib chiqdingizmi? Barchasi yozilgan-ku. Shaxslarning subsidiya olish uchun ariza topshirishi quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:

      Istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi. Ushbu holatda, davlat xizmatlari markazi xodimi murojaat qilgan shaxs nomidan so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi. 

      http://www.my.gov.uz sayti orqali o‘zi mustaqil so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldirgan holatda ariza beradi. (Anketa-ariza namunasi 1-ilovada)

  6. bitta uyda 4 ta nogiron yashaydi ,buvisi 85 yoshda ko’zlari ko’rmaydi,otasi gapirolmaydi,onasi aqli zaifroq kasalligi tufayli yurolmaydi,bitta farzandlari ko’rmaydi-eshitmaydi-yurolmaydi bitta voyaga yetgan bola va bitta voyaga yetmagan qiz bor oilada.O’zlarini uylarida yashamayapti.Ularga qanday uy olish uchun imtiyoz bor

    • Biz sizga uy-joy sotib olishda subsidiyadan foydalanishni maslahat beramiz. Bunda siz uy-joyni sotib olasiz, sotib olayotganingizda uy qiymatining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi.

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan fuqarolarga uy-joy sotib olishlari uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

      Bunda ijtimoiy mezonlar asosida uy-joy uchun subsidiya ajratiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning quyidagi toifalari ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri keladi:

      birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
      yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar;
      nogironligi bo‘lgan onalar.
      Demak, yuqorida sanalgan toifadagi nogironligi bor shaxslar uy-joy olish uchun subsidiya olishlari mumkin.

    • Biz sizga uy-joy sotib olishda subsidiyadan foydalanishni maslahat beramiz. Bunda siz uy-joyni sotib olasiz, sotib olayotganingizda uy qiymatining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi.

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan fuqarolarga uy-joy sotib olishlari uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

      Bunda ijtimoiy mezonlar asosida uy-joy uchun subsidiya ajratiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning quyidagi toifalari ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri keladi:

      birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
      yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar;
      nogironligi bo‘lgan onalar.
      Demak, yuqorida sanalgan toifadagi nogironligi bor shaxslar uy-joy olish uchun subsidiya olishlari mumkin.

  7. Assalomu aleykum men andijondanman yoshim 21 da 2 kurs talabasiman kontraktda oqiman 2 oldin oila qurganman 2 xonalik doʼmda 3 xoʼjalik yashaymiz undan tashqari farzandlik boʼldik farzandim nogironligi bor gruppaga chiqarganmiz hozirda bizga uy joy masalasida juddayam katta yordam kerak bizi supsidiyaga boshlangich toloviga mablagʼimiz yoq bizga davlat yosh oilalarga va farzandimni nogironligi sabablil boshlanglich tolovini tolab uy sibsidiya qilib beradimi yoqmi iltimos menga aniq javob kerak

    • Vaalaykum assalom. Boshlang‘ich badal – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘ bo‘lib, shundan davlat budjetidan to‘lab beriladigan qat’iy belgilangan subsidiya va uy-joy qiymatining kamida 5 foizi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan mablag‘dir. Maslahatimiz, subsidiyaga ariza topshirish uchun barcha zaruriy hujjatlarni (pasport, tug’ilish guvohnomasi, nikoh guvohnomasi, nogironlik guvohnomasi, daromadlar to’g’risidagi ma’lumotnoma va boshqalar) to’plang.

      Nogironligi bo‘lgan shaxslarning quyidagi toifalari ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri keladi:

      birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
      yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar;
      nogironligi bo‘lgan onalar.

      Sizning hozirgi ijtimoiy vaziyatingizdan kelib chiqib ijtimoiy mezonlarga to’g’ri kelishingiz mumkin. Lekin buni faqat subsidiyaga to’liq ariza topshirganingizdan so’ng bilishingiz mumkin.

  8. Assalomu alaykum men 2-guruh nogironiman Men ham subsidiya olishim mumkinmi va 2025- yilda ham boshlanganmi subsidiyaga ariza berish oldindan rahmat

    • Vaalaykum assalom! Uy-joyga subsidiya olishingiz uchun siz uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilani aniqlashda qo‘llaniladigan ijtimoiy mezonlar talabiga to‘g‘ri kelishingiz kerak. Shuningdek, yetarlicha o‘rtacha rasmiy oylik daromadingiz bo‘lishi talab etiladi. Batafsil ma’lumot shu huquqiy maqolamizda yozilgan – iltimos batafsil tanishib chiqing.

      O‘tgan yili ushbu subsidiyaga ariza topshirish 15-maydan 1-noyabrgacha davom etgan edi. 2025-yilda hali e’lon qilingani haqida ma’lumotimiz yo‘q. Iltimos Telegram kanalimizga obuna bo‘ling: https://t.me/huquqplus O‘sha yerda e’lon qilamiz agar ariza berish davri boshlansa. Murojaatingiz uchun rahmat!

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli