Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Uchinchi guruh nogironligi bor shaxslarga qanday imtiyozlar bor?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn
Video mavjud emas
Oson matn mavjud emas

“Uchinchi guruh nogironligi bor shaxslarga qanday imtiyozlar bor?” ga 53 ta javob

  1. 3-гурух ногиронлигидан 2-гурух ногиронлигига утган ишловчи ногиронларни 2-гурух ногиронлигига утгандан кейин пенсияни кайта хисо китоб этишда 3-гурухлигида ишлаган Иш стажи инобатга олинса яхши буларди.

  2. Men hozirda.2 guruh nogironligim bor koʻzi ojizlar maxsus internat maktabida 20 yildan beri ishlayman shu yili sinflar soni qisqarganligini vaj qilib mening ish soatimni qisqartirib tashladi shu toʻğrimi

    • Assalomu alaykum,

      Iltimos, telefon orqali +998 (90) 358-50-60 raqamiga telefon qiling. Yuristimiz sizdagi holatni batafsil o’rganishi lozim.

  3. Assalomu aleykum yaxshimiszlar men 3 guruh nogironiman 2 farzandni onasi 2 guruhdan 3 guruhga tuwirib tawadi 1ta buyragimni olib tawagan xozirda yana aperatsiyaga yozib berdi qora talogʻimda kista oʻsayabdi ekan menga biron bir imtiyoz bormi gruppamni koʻtarib beriwsa boʻlmaydimi bu 3 aperatsiyam ayol bolwim bn juda qiynalyabman boʻlmasa 3 guruhlarga ham oz miqdorda pul ajratiwsa boʻlmidimi

    • Vaalaykum assalom, agar siz tuman (shahar) yoki tumanlararo Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (TIEK) qaroridan norozi bo‘lsangiz, ushbu maqolamizda yozilgan tartibda shikoyat qilish huquqiga egasiz. Birlamchi shikoyatni tuman/shahar yoki tumanlararo TIEK qaroridan norozi fuqaro 1 oy ichida kiritishingiz kerak bo‘ladi. Iltimos maqolamiz bilan qayta tanishib chiqing.

      Afsuski, «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni 15-moddasiga muvofiq, faqatgina Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligini orttirgan shaxslargagina nogironlik pensiyalari tayinlanadi.

  4. Assalomu – alaykum. Bullyoz epidermoliz uchun 18 yoshdan keyin 3-guruh berishdi. Aslida u kasallik asorati 2- guruhga toʻgʻri keladi.
    Nega 3-guruh berishyapti. Viloyatdan ham shunday javob kelsa Respublikaga chiqish kerakmi?

    • Vaalaykum assalom! Tuman TIEK qaroridan norozi bo‘lsangiz, 1 oy ichida Viloyat TIEKga (20 kunda ko‘rib chiqadi), uning xulosasidan qoniqmasangiz, 30 kun ichida Ijtimoiy himoya milliy agentligiga (1 oyda ko‘rib chiqadi) shikoyat qilishingiz mumkin. Agar barcha bosqichlardagi qarorlardan norozi bo‘lsangiz, sudga murojaat qilish huquqiga egasiz. Ushbu maqolamizda shikoyat bilan murojaat qilish tartibi haqida batafsil ma’lumot berganmiz. Iltimos yaxshilab tanishib chiqing.

      Shuningdek, O‘zbekistonda bullyoz epidermoliz tashxisi bor «Kapalak-bolalarga» bepul malakali yordam ko‘rsatuvchi O‘zbekistondagi yagona Nodavlat Notijorat Tashkilotiga murojaat qilishni ham tavsiya qilamiz. Ularning Instagram sahifasi: https://www.instagram.com/kapalakbolalar_uz/ Telegram orqali murojaat qilish uchun: https://t.me/kapalakbolalar_uz

      Salomat bo‘ling!

  5. Assalomu alaykum mening oʻgʻlimning bir koʻzida toʻr parda koʻchishi oqibatida surunkali katarakta tashxizi qoʻyildi bu koʻz umuman koʻrmaydi ikkinshi koʻzda miopiyaning engil darajasi 3 grux berishgan shu adolatdanmi

    • Vaalaykum assalom! Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) vakili shunday javob berdi:
      «Ko‘z kasalligi yaxshi ko‘radigan ko‘zning o‘tkirligiga qarab belgilanadi. 0,09 dan baland bo‘lsa 3 guruh belgilanadi. Ushbu bemorning ko‘rish o‘tkirligini yuborsin-chi ko‘ramiz. Shunga qarab aytaman.»

      Hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida qoshida faoliyat yuritadi TIEK komissiyalari. Nogironlikni belgilashda barcha maslahatni berishga ularning vakolati bor. Agar siz tuman (shahar) yoki tumanlararo TIEK qaroridan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egasiz. Birlamchi shikoyat tuman/shahar yoki tumanlararo TIEK qaroridan norozi fuqaro 1 oy ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar TIEKga murojaat qilishi kerak.

      Nogironlikni belgilash bo‘yicha qolgan savollaringizni mutaxassisning oʻzlariga quyidagi telefonlar orqali berishingiz mumkin.

      ☎️ Tel: +998 (90) 176-79-21 (Umarali Nazarmatov)
      📞Call-markazi qisqa raqami: 1140

  6. Assalomu alaykum yaxshimisiz sizdan bir maslahat kerak edi . Men maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlayman 22 yillik stajim bor dekretdagi stajlaram qushiladimi stajga kiyin meni qulim eshitmagandi past ovozni umuman eshitmayabdi . 42 yoshga kirganman shu yoshimda nogironlik pensiyasini chiqsam boʻladimi ishlashga juda qiynalayabman javob uchun oldindan kattakon rahmat

    • Vaalaykum assalom. O‘qituvchilik kasbi doimiy muloqotni talab qilgani uchun eshitish qobiliyati pasayishi ishlashda jiddiy qiyinchilik tug‘dirishi qiyin masala albatta. «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunning 37-moddasiga muvofiq bola parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti (dekret) umumiy ish stajiga qo‘shiladi.

      Pensiya hisoblash uchun ish stajiga bola parvarishlash ta’tillarining jami ko‘pi bilan 6 yillik davri kiritiladi (ilgari bu 3 yil edi, keyinchalik o‘zgartirish kiritilib 6 yilgacha uzaytirildi). Demak, sizning 22 yillik stajingiz ichidagi dekret davrlari (agar ular jami 6 yildan oshmasa) to‘liq staj sifatida hisobga olinadi.

      Nogironlik pensiyasiga chiqishingiz uchun siz birinchi navbatda nogironlik holatini Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari ko‘rigidan o‘tishingiz kerak bo‘ladi. Buning uchun siz hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. Batafsilroq ma’lumotni «Kattalarda nogironlik holatini belgilash tartibi qanday?» mavzusidagi huquqiy maqolamizda tanishib chiqsangiz bo‘ladi: https://huquqplus.uz/materials/tibbiy-xizmatlar-va-reabilitasiya/2966

      Ijtimoiy himoya milliy agentligining “1140” va (71) 202-06-00 ishonch telefoni orqali murojaat qiling.

  7. Assalomu allekim yaxshimisz 15 yoshimda chap buyrakimni olib tashlashgan boshida 1 yil keyin 2 yilga 2 guruh berishdi 18 yoshga kirganimda 3 guruhga tushirib qoyishdi Lekin Qolgan Ong Buyrakim xam kasal bolishiga Qaramay Gidranefroz 2-3 daraja UZI xulosalaridayam MSKT dayam Gidranefroz 2-3 daraja deb berilgan 5 marotaba shu boyicha davolanganman Kreatinin 390.8 Machevina 17.8 Surunkali buyrak yetishmovchiligi 3 daraja Asorati sifatida yurak yetishmovchiligi 2- daraja bolishiga Qaramay menga 3 guruh berishdi bu xaqlimi 3 Guruhga Toshkentga davolangani order yoq ekan shundey ekan 3 guruh kasalikni olib tashlagan maqul emasmi Respublika miqyosida davolana olmasa

    • Vaalaykum assalom! Savolingiz uchun rahmat. Hozirgi vaqtda agar 18 yoshgacha bo‘lsangiz, sizga nogironligi bo‘lgan bola deb nogironlik guruhi belgilanadi. Agar 18 yoshdan oshgan bo‘lsangiz, I, II yoki III nogironlik guruhi belgilanadi. Sizda agarda kassalik asoratlari kuchaygan bo‘lsa, o‘zingiz yashash joyingizdagi poliklinikada to‘liq ko‘rikdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi. Oilaviy shifokorga murojaat qilasiz, agar kasallik asoratlar ko‘paygan bo‘lsa, sizni hujjatingizni elektron shakllantirib Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK)ga yuboradi. Keyin sizga SMS xabar kelib tushadi va nogironlik holatini belgilash uchun sizni chaqirishadi. Agar haqiqatdan ham asoratlaringiz standartlar bo‘yicha to‘g‘ri kelsa.

      Ikkinchi savolingiz bo‘yicha, viloyat/respublika tibbiyot muassasalariga Vazirlar mahkamasining 2017-yil 5-sentyabrdagi 696-sonli qarori (Manba: https://lex.uz/ru/docs/-3333284) va 2025-yil 4-noyabrdagi 694-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori (Manba: https://www.lex.uz/uz/docs/-7813256) asosida o‘zingiz yashab turgan poliklinikaga murojaat qilsangiz, tibbiy-maslahat komissiyasi ko‘rib va o‘rganib chiqib agar Toshkent shahrida istiqomat qilsangiz, shaharda, agar respublika miqyosida bo‘lsa masalan urologiya markaziga hujjatlar yuboriladi. Agar lozim deb topsa order asosida yo‘naltiradi. Agar yo‘q, bizni urologiya markazimizda davolanishga tibbiy ko‘rsatmasi yo‘q deb topilsa, tuman/shahar tibbiyot muassasalarida davolanishingiz kerak deb topilsa, o‘sha muassasada davolanishga to‘g‘ri keladi.

      Agar siz tuman (shahar) yoki tumanlararo TIEK qaroridan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egasiz. Birlamchi shikoyat tuman/shahar yoki tumanlararo TIEK qaroridan norozi fuqaro 1 oy ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar TIEKga murojaat qilishi kerak. Nogironlikni belgilash bo‘yicha qolgan savollaringizni mutaxassisning oʻzlariga quyidagi telefonlar orqali berishingiz mumkin. Ijtimoiy himoya milliy agentligining “1140” va (71) 202-06-00 ishonch telefoni orqali murojaat qiling.

  8. Assalomu alaykum menga ham 3 gurux nogronligi belgilanganda TIEK dan norozi bo’lib chiqdim Kamissiya vrachlari qayta ko’rib chiqildi Bo’ldi SMS boradi deyishuvdi Bugun 5 chi kun Qancha vaqtda belfilanishi kerak o’zi Raxmaat

    • Vaalaykum assalom, Ozoda! Agar siz tuman (shahar) yoki tumanlararo TIEK qaroridan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egasiz. Birlamchi shikoyat tuman/shahar yoki tumanlararo TIEK qaroridan norozi fuqaro 1 oy ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar TIEKga murojaat qilishi kerak.

      Nogironlikni belgilash bo‘yicha qolgan savollaringizni mutaxassisning oʻzlariga quyidagi telefonlar orqali berishingiz mumkin. Ijtimoiy himoya milliy agentligining “1140” va (71) 202-06-00 ishonch telefoni orqali murojaat qiling.

  9. Astıma 4 pogona garmonga muhtoj doimiy ingalyator ishlatadi 25 da yoshim yoshligimdan astimam bor surunkali nechinchi güruh berishi kerak uzi 3 güruh bersa agar qanaqa imtiyazları bor

    • Assalomu alaykum, biz bu masala bo‘yicha aniq ma’lumot berolmaymiz chunki Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) vakolatida nogironlik holatini belgilash. Shu sababli, hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari qoshida faoliyat yuritadigan TIEK komissiyasiga murojaat qilishni tavsiya qilamiz. Ijtimoiy himoya milliy agentligining “1140” va (71) 202-06-00 ishonch telefoni orqali ma’lumot olsangiz bo‘ladi.

      Shuningdek, kattalarda nogironlik holatini belgilash tartibi haqida boshqa huquqiy maqolamiz orqali yanada batafsilroq ma’lumot oslangiz bo’ladi: https://huquqplus.uz/materials/tibbiy-xizmatlar-va-reabilitasiya/2966

      Uchinchi guruh nogironligi bor shaxslarga imtiyozlar haqida ushbu maqolamizda batafsil ma’lumot berib o‘tganmiz. Iltimos, tanishib chiqing: https://huquqplus.uz/materials/social-protection/7769

  10. Ассалому алайкум яахшимисиз мен Азамат шаропов болаликдан ногирон тугма менга унг сон чанок бугуми чикиши тугма неортироз Билан боглик унг оек мучаси 5 6см калта юрганда огрик бор мен газли шахри согликни саклаш БОШЛИГИГА ариза бердим менга балнични булмаса 120кун ногиролик чикорадими деди лекин мен 2008болаликдан ногирон малумотнома бор хаккатдан хам Азамат шаропов учунчи группа ногирон иштимойий таминот булимига рухатда туради деган 2015йил ногиролик тухтатилган давлат томонидан мен2025кайта тикламокчи булдим хужжатларим тугри хаммаси лекин балнични керак дийди мен болаликдан ногирон тугма булсам олдин ногиронлик пенсия олганман балнични нимага керак менга

    • Assalomu alaykum! Hozirgi kunda fuqarolarga nogironlik belgilash uchun hujjatlari oilaviy shifokorlar tomonidan Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga (TIEKga) yuboriladi. Buning uchun fuqaro yashash joyidagi oilaviy shifokoriga uchrashadi. Ular tomondan ko‘rib chiqib tegishli hujjatlari va obyektiv ahvoli ko‘rib chiqiladi va TIEKga yuborish uchun nogironlik belgilari borligi yoki holatida salbiy o‘zgarishlar borligi bo‘lsa, keyin TIEKga yuboriladi.

      Agar siz tuman (shahar) yoki tumanlararo TIEK qaroridan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egasiz. Birlamchi shikoyat tuman/shahar yoki tumanlararo TIEK qaroridan norozi fuqaro 1 oy ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar TIEKga murojaat qilishi kerak. Nogironlikni belgilash bo‘yicha qolgan savollaringizni mutaxassisning oʻzlariga quyidagi telefonlar orqali berishingiz mumkin. Ijtimoiy himoya milliy agentligining “1140” va (71) 202-06-00 ishonch telefoni orqali murojaat qiling.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli