Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy olishda qanday imtiyozlar bor?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen uy olishdagi imtiyozlar haqida bilib olasan.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan yordamga muhtoj insonlarga uy sotib olish uchun subsidiya berish belgilandi.

Subsidiya – bu senga  davlat tomonidan bir marta beriladigan va qaytarib olinmaydigan pul.

Uy-joy uchun subsidiya – bu sen uy sotib olishing kerak, lekin puling yo‘q bo‘lganda davlat tomonidan bir marta beriladigan va qaytarib olinmaydigan pul.

Yoki sen uyingni ta’mirlamoqchi bo‘lsang, lekin senda pul bo‘lmasa ham davlat senga uy-joy subsidiyasi beradi.

Uy-joy uchun subsidiyasini olishda boshlang‘ich badal bo‘ladi.

Boshlang‘ich badal – bu: 

  • Qoraqalpog‘iston 
  • viloyatlar 
  • Toshkentda sotilayotgan yangi uy narxining birinchi to‘lov puli.

Boshlang‘ich badalning:

5 foizidan kam bo‘lmagan qismini sen to‘lashing kerak bo‘ladi.

Boshlang‘ich badal uchun subsidiya – bu uyni sotib olganingda senga har yili davlat tomonidan beriladigan pul.

Uy-joy uchun subsidiyani 2 xil ko‘rinishda olishing mumkin:  

  • Davlat xizmatlari markazi orqali 
  • My.gov.uz internet manzili orqali

Davlat xizmatlari markazi – bu  hammaga va nogironligi bor insonlarga hujjat ishlarida yordam beradigan tashkilot.

Davlat xizmatlari markaziga sen o‘zing borib: 

  • uy-joy uchun subsidiyaga ariza berasan
  • arizang 1 soatda kerakli tashkilotga yetib boradi.

My.gov.uz  –  bu  davlat xizmatlari markazining internet manzili.

Sen o‘zing hech qayerga bormasdan My.gov.uz internet manzili orqali:

  • ariza berishing mumkin
  • arizang shu vaqtning o‘zida kerakli tashkilotga yetib boradi.

Sening arizangni maxsus tashkilotlar ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Ijtimoiy mezonlar – bu  sening yordamga muhtoj yoki muhtoj emasligingni aniqlaydigan talablar.

Yordamga muhtoj nogironligi bor insonlar:

  • birinchi guruh nogironligi bor insonlar  
  • yolg‘iz, og‘ir nogironlik kasali bor bolani parvarishlayotgan ayollar
  • nogironligi bo‘lgan onalar.

Sening uy-joy subsidiyasi uchun arizangni doimiy yashash joyingdagi:

  • shifokorlar tashkiloti 
  • oila va xotin-qizlar tashkiloti  10 kunda tekshiradi.

Tekshiruvda sening uy-joy  subsidiyasiga muhtojliging aniqlansa, arizang subsidiya.idm.uz internet manziliga  qo‘yiladi.

subsidiya.idm.uz ga qo‘yilgan arizaga tekshiruvchilar ball qo‘yadi.

Sening balling 30 va undan ko‘p bo‘lsa senga subsidiya puli beriladi.

Tekshiruvchilar sening:

  • hujjatlaring
  • to‘plagan ballingga qarab senga subsidiya berish yoki bermaslik haqidagi javob beradi.

Sening arizangning javobi 19 kunda:

  • My.gov.uz internet manziliga
  • Davlat xizmatlari markaziga yetkazadi

Senga subsidiya berilgan kundan boshlab 4 oy ichida subsidiyadan foydalanishing kerak.

Masalan: 

  • sen subsidiyani mart oyida olding
  • mart, aprel, may, iyun oylarida uy-joy olishing kerak.

4 oydan keyin subsidiyadan foydalanishing mumkin emas.

Uy-joy  subsidiyasi berilmaydigan holatlar

  • ma’lumotlaring talabga to‘g‘ri kelmasa
  • ma’lumotlaring noto‘g‘ri yoki yolg‘on bo‘lsa
  • sen yoki turmush o‘rtog‘ing avval subsidiya olgan bo‘lsang
  • shu yil uchun yashash joyidagi  subsidiya puli berish  tugagan bo‘lsa
  • sening yoki oilangning 1 oylik oyligi 2 835 000 (ikki million sakkiz yuz o‘ttiz besh ming) so‘mdan kam va  9 660 000 (to‘qqiz million olti yuz oltmish ming)  so‘mdan ko‘p bo‘lsa.

O‘zbekistonda nogironligi bor insonlarga uy-joy uchun beriladigan boshlang‘ich badal subsidiyasi 32 000 000 (o‘ttiz ikki million) so‘m.

Uy-joy uchun subsidiya sening doimiy yashash joying bo‘yicha beriladi.

Uy-joy uchun subsidiya 1 oiladan faqat 1ta insonga, 1 marta beriladi.

20 yilda qaytarish sharti bilan banklar:

Toshkent shahridagi yangi uylar uchun 416 500 000 (to‘rt yuz o‘n olti million besh yuz) ming so‘m uy-joy subsidiyasi beradi.

20 yilda qaytarish sharti bilan banklar:

  • Qoraqalpog‘iston 
  • boshqa viloyatlardagi yangi uylar uchun 327 250 000 ming (uch yuz yigirma yetti million ikki yuz ellik ming) so‘m uy-joy subsidiyasi beradi.

Banklar uy-joy sotib olish uchun bergan pulning foiz to‘lovlarini:

  • 5 yili subsidiya bilan to‘lanadi 
  • qolgan 15 yilini  sen o‘zing to‘laysan.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy olishda qanday imtiyozlar bor?” ga 80 ta javob

    • Hurmatlu fuqaro! Endi Telegram botimiz: https://t.me/huquqplus_bot orqali barcha imtiyozlaringiz haqida bilib olishingiz mumkin.

      Buning uchun siz Telegramdagi @huquqplus_bot imizda /start tugmasini bosib ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz kerak. Botimizdagi profilingiz to‘liq bo‘lishi kerak — tug‘ilgan yilingiz, nogironlik guruhingiz va boshqa siz haqingizdagi ma’lumotlar to‘liq kiritilgan bo‘lishi kerak.

      Shundan so‘ng botimizning pastki menyusidagi «✨Imtiyozlarim» tugmasini bosing. Sizga taklif qilingan yo‘nalishlardan birini tanlashingiz kerak. Tizim sizning toifangiz va yoshingizga mos imtiyozlarni ko‘rsatadi.

      Agar «✨Imtiyozlarim» tugmasi sizda ko‘rinmayotgan bo‘lsa, /start so‘rovini berib botni qayta ishga tushiring.

      Masalan, «📂 💰 Nafaqa va moddiy yordam» yo‘nalishini tanlasangiz, 18 yoshdan katta bo‘lgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga tegishli jami 5 ta imtiyoz haqida ma’lumot beriladi.

      Shundan » I va II guruh pensiyasini ish stajiga qarab qayta hisoblash» imtiyozini tanlasangiz sizga quyidagi batafsil ma’lumot beriladi:
      🎯 Kimlarga berilishi
      ✨ Imtiyoz miqdori va tartibi
      🏢 Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot
      ⚖️ Asos bo‘luvchi hujjat

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli