
Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻlanadigan nafaqalar
- Matnli format
- Video format
- Oson matn

llyustratsiya: Alina Olimova
Illyustratsiyaga tifloizoh: stolni ustida eshitish moslamasi, bloknot va ofis qurollari ifoda etilgan. Bloknotni ustida olma tasvirlangan boʻlib uni tagida pul nogironlik nafaqasi ma’nosida ifoda etilgan.
Davlatimiz tomonidan bugungi kunda nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun turli ijtimoiy taʻminot toʻlovlarini amalga oshirish belgilangan boʻlib, ana shunday toʻlovlardan biri bu nafaqa hisoblanadi.
Nafaqa nima va u kimlarga toʻlanadi?
Nafaqa – bu davlat tomonidan beriladigan oylik pul toʻlovi hisoblanadi.
Nafaqa qonunchilikka asosan quyidagilarga berilishi mumkin:
- nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga;
- oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga;
- bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga;
- Qonunda belgilangan shartlar va meʻyorlarga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi shaxslarga.
2023-yil 17-noyabr qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko’ra nogironligi bo’lgan 18 yoshgacha bolalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga to’lanadigan nogironlik nafaqasi oyiga 800 000 so’m etib belgilandi.
Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqalar tayinlash tartibi qanday?
Nogironligi boʻlgan bola deb belgilanish mezonlari qonun hujjatlarida belgilangan boʻlib qonunchilikda nogironlikni belgilashda asosiy kasalliklar roʻyxati mavjud boʻlib ushbu roʻyxat asosida 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga nogironlik belgilanadi.
Maʻlumot uchun: nogironlikni belgilovchi organ Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.06.2023 yildagi PF-82-son Farmoniga asosan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarkibiga oʻtkazildi.
18 yoshgacha boʻlgan bolalarda nogironlik aniqlansa, nogironlik guruhi koʻrsatilmasdan nogironligi boʻlgan bola deb eʻtirof etiladi.[2] Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalar yoki ularning qonuniy vakillari (ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar[3]) nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasini olish huquqiga egadirlar.[4] Yani 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalarga nafaqalar, ularning qonuniy vakillari orqali toʻlanadi
Nogironligi boʻlgan bola va uning qonuniy vakilining maʻlumotlari qanday tekshiriladi?
Bolaga nogironlik belgilangandan soʻng, TIEK axborot tizimi orqali 5 daqiqa ichida nogironligi boʻlgan bola va uning qonuniy vakilining maʻlumotlarini vaqtinchalik yoki doimiy yashash joyidagi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimining axborot tizimiga yuboradi.
Shuningdek OIV (odamning immunitet tanqisligi virusi) bilan yashaydigan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa tayinlash uchun ularning maʻlumotlari ham Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 5 daqiqa ichida nogironligi boʻlgan bolaning va uning qonuniy vakilining vaqtinchalik yoki doimiy yashash joyidagi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimining axborot tizimiga yuboriladi. Ushbu maʻlumotlarni shakllantirish tartibi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 23.03.2023 yildagi 119-son qarorining 2-3 ilovalar orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Ushbu maʻlumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga kelib tushgach, jamgʻarma 5 daqiqa ichida nogironligi boʻlgan bolaning qonuniy vakilinogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bola bilan qarindoshlik aʻloqalarini tasdiqlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim va maktab taʻlimi vazirligiga yuboradi.
Nafaqa toʻlash nima sabablarga koʻra rad etilishi mumkin?
Vazirliklar 5 daqiqa ichida jamgʻarma tomonidan kelib tushgan maʻlumotlarni oʻzlarining axborot tizimlari orqali oʻrganib chiqadi va jamgʻarmaga maʻlumotlarni yuboradilar. Agar vazirliklar tomonidan 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolaning qonuniy vakili togʻrisidagi maʻlumotlar tasdiqlanmasa nafaqa toʻlash rad etiladi.
Ushbu tekshirish jarayonlari “proaktiv shaklda” yani avtomatlashgan shaklda amalga oshriladi Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaga yoki uning qonuniy vakiliga nafaqa tayinlanganda, Jamgʻarmaga berilgan nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bola hamda uning qonuniy vakili haqidagi elektron maʻlumotnomada koʻrsatilgan mobil telefon raqamiga 5 daqiqa ichida nafaqa tayinlangan muddat, nafaqa miqdori, nafaqani qachon va qayerdan olish toʻgʻrisida SMS-xabar [6] keladi. Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning qonuniy vakiliga nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda, nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bola hamda uning qonuniy vakili haqidagi elektron maʻlumotnomada koʻrsatilgan mobil telefon raqamiga 5 daqiqa ichida nafaqa tayinlanishi rad etilgani va uning sabablari koʻrsatilgan SMS-xabar yuboriladi.[7]
Agar 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolaning qonuniy vakili haqidagi maʻlumotlar tasdiqlanmasa nafaqani toʻlash rad etilishi mumkin. Boshqa holatlarda nafaqani toʻlash rad etilishi mumkin emas. Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqalar tayinlash boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmatlari tartibi bilan, Vazirlar Mahkamasining, 23.03.2023 yildagi 119-son qarorining 1- ilovasi orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Nogironligi boʻlgan shaxslarga nafaqalar tayinlash tartibi qanday?
Nogironlik nafaqasini olish huquqiga yoshidan qatʻi nazar Qonunda belgilangan shartlarga va meʻyorlarga muvofiq pensiya olish uchun yetarli ish stajiga ega boʻlmagan TIEK tomonidan I yoki II guruh nogironi deb topilgan shaxslar ega.
Shuningdek nogironlik nafaqasini tayinlash yuzasidan ham davlat xizmatlari koʻrsatiladi. Bunda nogironligi boʻlgan shaxs nafaqa tayinlash yuzasidan Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi va roʻyxatdan oʻtib nafaqa uchun tegishli soʻrovnoma shaklini toʻldiradi.
Maʻlumot uchun: Davlat xizmatlari markazining joylashgan joyi va boshqa qoʻshimcha maʻlumotlarni olish uchun, markazning 1242 qisqa raqamiga bogʻlanish mumkin.
Davlat xizmatlari markazi mazkur soʻrovnomani tegishli tartibda koʻrib chiqish maqsadida masul tashkilotga yuboradi. Nogironligi boʻlgan shaxslarga tegishli maʻlumotlarni tashkilotlar 5 daqiqa mobaynida oʻrganadilar.
Ushbu jarayonlar avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi. Hamda shu soatning oʻzida, nogironligi boʻlgan shaxsga tegishli barcha maʻlumotlar tasdiqlangach, davlat xizmatlari markazi, nafaqa tayinlangan taqdirda nafaqani qachon va qayerdan olish toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.
Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda rad etish sabablari toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi. Nogironlik nafaqasini tayinlash yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatish tartibi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023 yildagi 119-son qarorining 7- ilovasi orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Foydalanilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati:
[1] Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.02.2022 yildagi 62-son qarori Tibbiy-Ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
[2] Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.02.2022 yildagi 62-son qarori Tibbiy-Ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
[3] Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 07.01.2008 yildagi OʻRQ-139-son Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida
[4] Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.03.2023 yildagi 119-son Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa va qoʻshimcha toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash va ushbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat xizmati sifatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida
[5] Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.03.2023 yildagi 119-son Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa va qoʻshimcha toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash va ushbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat xizmati sifatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida
[6] Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.03.2023 yildagi 119-son Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa va qoʻshimcha toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash va ushbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat xizmati sifatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida
[7] Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.03.2023 yildagi 119-son Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa va qoʻshimcha toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash va ushbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat xizmati sifatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida
Bu maqolada nogironligi bor 18 yoshgacha bolalar va nogironligi bor insonlarga to‘lanadigan nafaqalar haqida ma’lumot beriladi.
Nafaqa – bu nogironligi bor insonlar yoki keksalar uchun davlat tomonidan har oy beriladigan pul.
| Nafaqa beriladigan insonlar:
● 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bolalar ● 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bolaga qaraydigan inson ● nogiron farzandi bor onalar ● nafaqa olmaydigan qariyalar. |
Hozirda 1 oy uchun nafaqa puli 800 (sakkiz yuz) ming so‘m.
Nogironligi bor bola – bu qonunda yozilgan kasalliklar bilan nogironlik belgilangan 18 yoshgacha bo‘lgan bola.
Nogironlikni (TIEK) ya’ni – Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyalari tayinlaydi.
18 yoshgacha boʻlgan nogironligi bor bolalarda nogironlik guruhi koʻrsatilmasdan, nogironligi bor bola deyiladi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, nogironligi bor bolaga qaraydigan inson nafaqa olish huquqiga ega.
Shifokorlar guruhi nogironligi bor bola va uning qonuniy vakili ma’lumotlarini 5 daqiqada yashash joyidagi nafaqa beradigan markazga yuboradi.
Vakil – bu nogironligi bor bolani parvarish qiluvchi inson. U bolaning huquqlarini himoya qilishga yordam beradi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi OIV kasalligi bor 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nafaqa berish uchun uning qarovchisi ma’lumotlarini 5 daqiqada yashash joyidagi nafaqa beradigan markazga kompyuterdan yuboradi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi – bu sogʻliqni saqlash boʻyicha eng katta davlat tashkiloti.
OIV (odamning immunitet tanqisligi virusi) kasalligi – bu qonda bo‘ladigan kasallik turi.
Nogironligi bor bola va uning vakili ma’lumotlari Vazirlar Mahkamasi qaroridagi talablarga koʻra yaratiladi.
Ma’lumotlar nafaqa beradigan markazga kelganidan keyin nogironligi bor bola va uning qonuniy vakilining qarindoshligi tekshiriladi.
Nafaqa beradigan markaz tekshirish uchun ma’lumotlarni:
- Adliya vazirligi
- Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligiga yuboradi.
Vazirliklar ma’lumotlarni 5 daqiqada oʻrganib, nogironligi bor bolaning qonuniy vakili yoki vakili emasligi haqida markazga javob yuboradi.
Vazirliklar 18 yoshgacha nogironligi bor bola vakilining qonuniyligini tasdiqlamasa nafaqa berilmaydi. Boshqa holatlarda nafaqa beriladi.
Nogironligi bor bolaga nafaqa berish yoki nafaqa bermaslik haqida 5 daqiqada ma’lumotnomada yozilgan telefon raqamga SMS xabar keladi.
Ish staji bo‘lmagan insonlar ham bemor bo‘lib qolgan vaqtdan boshlab necha yoshda bo‘lsa ham, birinchi va ikkinchi guruh nogironlik nafaqasini olishi mumkin.
Shartnoma – bu ishchi va rahbar o‘rtasidagi kelishuv hujjati.
Nogironligi bor insonga nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari markazi ham yordam beradi.
Nogironligi bor inson davlat xizmatlari markaziga keladi va nafaqa tayinlanishi uchun hujjatni to‘ldiradi.
Davlat xizmatlari markazi manzillari va boshqa ma’lumotlarni 1242 telefon raqami orqali olish mumkin.
Davlat xizmatlari markazi nogironligi bor insonning arizasini koʻrib chiquvchi tashkilotga yuboradi.
Tashkilot ma’lumotlarni 5 daqiqada oʻrganib chiqadi.
Shu vaqtning oʻzida nogironligi bor insonga nafaqani qachon, qayerdan olish haqida xabar yuboriladi.
Agar nogironligi bor insonga nafaqa berilmasa, nafaqa bermaslik va uning sababi haqida xabar yuboriladi.
Nogironlik nafaqasini belgilashda davlat xizmatini koʻrsatish tartibi haqida 2023-yil 23-martdagi 119-son qarorining 7- ilovasidan bilib olishingiz mumkin.
Ногиронликка чиқариш тизими, ўша эски тизим, психоневрологик диспансер диагноз куйиб болани махсус мактабга жўнатади, лекин унга ногиронлик белгилашмайди, касалхонага ётиши, выписка олиши, кейин яна комиссиядан ўтиши керак, нима касалхонага ётиб чиққан билан бола тузалиб қолармиди, ота онани дори дармон, койка деб пулини шилиш бу. Психоневрологик диспансер диагноз куйган булса, махсус мактабда ўқиса, нега автоматик равишда ногиронлик белгиланмайди. Ўша қоғозбозлик, сарсончилик
Izohingiz uchun katta rahmat. Albatta nogironlikni belgilash sohasida hali muammolar juda ko‘p. Bu mavzuda alohida huquqiy material chop etishini reja qilganmiz. Bizni kuzatib boring!
Mani bolam sudirgi boʻladi asorati aqliy rivojlanishdan orqada qolgan 13 yosh 7 yosh ukasi bilgan narsalarni bilmidi manga vtek kamisiya ona nafaqasini ob tashimiz diyildi33 taraqqiyot kasalliklar roʻyxatiga kiritilgan vtek kamissiyani haqi bormi bermaslikka roʻyxatga kiritilgan kasallik uchun.
Assalomu alaykum! Agarki, farzandingizda siz aytayotgan holatlar mavjud bo‘lsa, tibbiy ijtimoiy ekspertiza komissiyasining boladan nogironlik holatini olib tashlashga haqi yo‘q. Sababi, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ 257-sonli qarorida nogironlik belgisi aniq ko‘rinib turgan shaxslarga ortiqcha to‘siqlarsiz nogironlikni belgilash bo‘yicha huquqiy norma belgilab qo‘yilgan. Agarki sizda bu masala bo‘yicha ortiqcha byurokratik to‘siqlar yuz beradigan bo‘lsa, 1140 yoki 1146 qisqa ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz. Bu raqamlar Ijtimoiy himoya agentligining ishonch raqami hisoblanadi.
Assalom Alekum mening Farzandim bolalikdan nogironlik tawxisida unga chiqayotgan 920 ming pensiya DAN tashqari qarovchi puli ham olamizmi men hech qayerda iwlamayman
assalomu alaykum. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.02.2022 yildagi PF-74-son Farmoniga asosan, 2022-yil 1-apreldan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oylik nafaqa to‘lovi joriy etildi. Ushbu nafaqalarni tayinlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi. shuningdek, huquq plyus saytida bu borada maxsus maqola chop etilgan. quyidagi havola orqali maqola bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz. https://huquqplus.uz/materials/social-protection/676
Oʻgʻlim yaqinda operatsiya boʻldi qulogʻidan u bolalikdan nogiron unga qandaydir yordam puli chuqadimi
assalomu alaykum. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.02.2022 yildagi PF-74-son Farmoniga asosan, 2022-yil 1-apreldan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oylik nafaqa to‘lovi joriy etildi. Ushbu nafaqalarni tayinlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi. shuningdek, huquq plyus saytida bu borada maxsus maqola chop etilgan. quyidagi havola orqali maqola bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz. https://huquqplus.uz/materials/social-protection/676
Albinizm tugʻulgan 18yoshgacha nogiron lik nafaqasi qisa boʻladimi
Assalomu alaykum
Bunday holatda nogironlik belgilanishi mumkin.
Nogironligi bo‘lgan deb topish qaysi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi?
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevralda “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 62-sonli qaroriga asosan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogironligi bo‘lgan bola deb topish pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi barchaga ma’lum bo‘lgan Tibbiy-ijtimoiy ekspertizasining tizimida (TIEK) hisoblanadi.
Bolalar qanday hollarda nogironlik belgilanishi uchun tibbiyot muassasasiga murojaat qilishi mumkin?
Agar bolaning umumiy ahvoli og‘irlashishi yoki olgan jarohati tufayli, sog‘ligiga zarar yetkanda, bolaning ba’zi organizmlarining normal ishlash faoliyati turg‘un buzilish bo‘lgan holatlarda o‘zi yashab turgan hududda joylashgan tibbiyot muassasasiga (poliklinika) murojaat qilishi shuningdek, qayta nogironlikni belgilash masalasida ham tibbiyot muassasasiga murojaat qilishi mumkin.
Batafsil ma’lumot uchun: https://huquqplus.uz/materials/nogironligi-bolgan-bolalar-va-ularning-vasiylari/1105
Albinizm tugʻulgan 18yoshgacha
nogiron lik nafaqasi qisa boʻladimi
Qanday qilib3
Assalomu alaykum
Bunday holatda nogironlik belgilanishi mumkin.
Nogironligi bo‘lgan deb topish qaysi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi?
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevralda “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 62-sonli qaroriga asosan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogironligi bo‘lgan bola deb topish pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi barchaga ma’lum bo‘lgan Tibbiy-ijtimoiy ekspertizasining tizimida (TIEK) hisoblanadi.
Bolalar qanday hollarda nogironlik belgilanishi uchun tibbiyot muassasasiga murojaat qilishi mumkin?
Agar bolaning umumiy ahvoli og‘irlashishi yoki olgan jarohati tufayli, sog‘ligiga zarar yetkanda, bolaning ba’zi organizmlarining normal ishlash faoliyati turg‘un buzilish bo‘lgan holatlarda o‘zi yashab turgan hududda joylashgan tibbiyot muassasasiga (poliklinika) murojaat qilishi shuningdek, qayta nogironlikni belgilash masalasida ham tibbiyot muassasasiga murojaat qilishi mumkin.
Batafsil ma’lumot uchun: https://huquqplus.uz/materials/nogironligi-bolgan-bolalar-va-ularning-vasiylari/1105
1 yosh qizim yiqilib tushib miyasiga qon quyilib boshi operatsiya boldi. Bosh suyagini yarmi olib tashlangan boshini yarmida suyak yoq. Bolam qorqib qolib 3 oydan oshdi yurmidi, nevropotolog retsepti bilan har kuni sudurgini oldini olish uchun dori ichadi.
Oilaviy poliklinikaga nogironlik tayyorlash boyicha chiqsam 6 oydan keyin tayyorlanadi shu muddat ichida bolani holati yaxshilanishi mumkn dedi. Ammo bosh suyagidagi nuqson bartaraf etiladigan nuqson emas.
6 oy kutish kerak degan gap togrimi
Assalomu alaykum, hurmatli murojaatchi! Avvalo, qizingiz bilan sodir bo‘lgan bu jiddiy va afsuslanarli holat uchun chuqur hamdardlik bildiramiz. Sizga va oilangizga hozir juda qiyin ekanligini tushunamiz va qizingiz tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevralda “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 62-sonli qaroriga asosan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogironligi bo‘lgan bola deb topish pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi barchaga ma’lum bo‘lgan Tibbiy-ijtimoiy ekspertizasining tizimida (TIEK) hisoblanadi.
Agar farzandingizda, nogironlik belgilari aniq ko‘rinib tursa, anatomik nuqsonlari – a’zo va to‘qimalarda anatomik hamda fiziologik o‘zgarishlar mavjud bo‘lsa qo‘shimcha tekshiruvlarni va 6 oy davolanishni o‘tkazmasdan TIEKga yuborishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 08.02.2022 yildagi 62-son qarorining Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovasiga muvofiq «Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlarning» ro‘yxati tasdiqlangan. Ro‘yxat 42ta kasalliklar va asoratlarni o‘z ichiga olgan. Manba: https://lex.uz/docs/5852486#5854628
Shu ro‘yxat ichidagi 42ta kasalliklar va ularning asoratlari sizning qizingizga tegishli bo’lsa, unda 6 oy kutmasdan darrov TIEKga yo’naltirishi kerak. Bolalarga nogironlikni rasmiylashtirish tartibi haqida batafsil huquqiy maqolamizdan bilib olsangiz bo’ladi:
👉 https://huquqplus.uz/materials/nogironligi-bolgan-bolalar-va-ularning-vasiylari/1105
☎️ Nogironlikni rasmiylashtirishda sizda yana savollar bo‘lsa Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK)larning hududiy bo‘limlariga telefon qilib qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK)lar telefon raqamlari:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 61-226-87-62
Andijon viloyati: 55-201-76-00; 74-237-35-14
Buxoro viloyati: 65-224-88-15; 65-224-88-20
Jizzax viloyati: 72-222-27-85
Qashqadaryo viloyati: 75-225-19-78
Navoiy viloyati: 55-351-07-01
Namangan viloyati: 69-227-62-41
Samarqand viloyati: 66-221-81-31
Sirdaryo viloyati: 67-235-00-79
Surxondaryo viloyati: 76-223-06-31
Farg‘ona viloyati: 55-802-60-36
Xorazm viloyati: 62-229-18-05
Toshkent shahri: 71-207-46-68
Toshkent viloyati: 71-231-93-77
Qizingiz sog’ bo’lsinlar!