Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy olishda qanday imtiyozlar bor?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen uy olishdagi imtiyozlar haqida bilib olasan.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan yordamga muhtoj insonlarga uy sotib olish uchun subsidiya berish belgilandi.

Subsidiya – bu senga  davlat tomonidan bir marta beriladigan va qaytarib olinmaydigan pul.

Uy-joy uchun subsidiya – bu sen uy sotib olishing kerak, lekin puling yo‘q bo‘lganda davlat tomonidan bir marta beriladigan va qaytarib olinmaydigan pul.

Yoki sen uyingni ta’mirlamoqchi bo‘lsang, lekin senda pul bo‘lmasa ham davlat senga uy-joy subsidiyasi beradi.

Uy-joy uchun subsidiyasini olishda boshlang‘ich badal bo‘ladi.

Boshlang‘ich badal – bu: 

  • Qoraqalpog‘iston 
  • viloyatlar 
  • Toshkentda sotilayotgan yangi uy narxining birinchi to‘lov puli.

Boshlang‘ich badalning:

5 foizidan kam bo‘lmagan qismini sen to‘lashing kerak bo‘ladi.

Boshlang‘ich badal uchun subsidiya – bu uyni sotib olganingda senga har yili davlat tomonidan beriladigan pul.

Uy-joy uchun subsidiyani 2 xil ko‘rinishda olishing mumkin:  

  • Davlat xizmatlari markazi orqali 
  • My.gov.uz internet manzili orqali

Davlat xizmatlari markazi – bu  hammaga va nogironligi bor insonlarga hujjat ishlarida yordam beradigan tashkilot.

Davlat xizmatlari markaziga sen o‘zing borib: 

  • uy-joy uchun subsidiyaga ariza berasan
  • arizang 1 soatda kerakli tashkilotga yetib boradi.

My.gov.uz  –  bu  davlat xizmatlari markazining internet manzili.

Sen o‘zing hech qayerga bormasdan My.gov.uz internet manzili orqali:

  • ariza berishing mumkin
  • arizang shu vaqtning o‘zida kerakli tashkilotga yetib boradi.

Sening arizangni maxsus tashkilotlar ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Ijtimoiy mezonlar – bu  sening yordamga muhtoj yoki muhtoj emasligingni aniqlaydigan talablar.

Yordamga muhtoj nogironligi bor insonlar:

  • birinchi guruh nogironligi bor insonlar  
  • yolg‘iz, og‘ir nogironlik kasali bor bolani parvarishlayotgan ayollar
  • nogironligi bo‘lgan onalar.

Sening uy-joy subsidiyasi uchun arizangni doimiy yashash joyingdagi:

  • shifokorlar tashkiloti 
  • oila va xotin-qizlar tashkiloti  10 kunda tekshiradi.

Tekshiruvda sening uy-joy  subsidiyasiga muhtojliging aniqlansa, arizang subsidiya.idm.uz internet manziliga  qo‘yiladi.

subsidiya.idm.uz ga qo‘yilgan arizaga tekshiruvchilar ball qo‘yadi.

Sening balling 30 va undan ko‘p bo‘lsa senga subsidiya puli beriladi.

Tekshiruvchilar sening:

  • hujjatlaring
  • to‘plagan ballingga qarab senga subsidiya berish yoki bermaslik haqidagi javob beradi.

Sening arizangning javobi 19 kunda:

  • My.gov.uz internet manziliga
  • Davlat xizmatlari markaziga yetkazadi

Senga subsidiya berilgan kundan boshlab 4 oy ichida subsidiyadan foydalanishing kerak.

Masalan: 

  • sen subsidiyani mart oyida olding
  • mart, aprel, may, iyun oylarida uy-joy olishing kerak.

4 oydan keyin subsidiyadan foydalanishing mumkin emas.

Uy-joy  subsidiyasi berilmaydigan holatlar

  • ma’lumotlaring talabga to‘g‘ri kelmasa
  • ma’lumotlaring noto‘g‘ri yoki yolg‘on bo‘lsa
  • sen yoki turmush o‘rtog‘ing avval subsidiya olgan bo‘lsang
  • shu yil uchun yashash joyidagi  subsidiya puli berish  tugagan bo‘lsa
  • sening yoki oilangning 1 oylik oyligi 2 835 000 (ikki million sakkiz yuz o‘ttiz besh ming) so‘mdan kam va  9 660 000 (to‘qqiz million olti yuz oltmish ming)  so‘mdan ko‘p bo‘lsa.

O‘zbekistonda nogironligi bor insonlarga uy-joy uchun beriladigan boshlang‘ich badal subsidiyasi 32 000 000 (o‘ttiz ikki million) so‘m.

Uy-joy uchun subsidiya sening doimiy yashash joying bo‘yicha beriladi.

Uy-joy uchun subsidiya 1 oiladan faqat 1ta insonga, 1 marta beriladi.

20 yilda qaytarish sharti bilan banklar:

Toshkent shahridagi yangi uylar uchun 416 500 000 (to‘rt yuz o‘n olti million besh yuz) ming so‘m uy-joy subsidiyasi beradi.

20 yilda qaytarish sharti bilan banklar:

  • Qoraqalpog‘iston 
  • boshqa viloyatlardagi yangi uylar uchun 327 250 000 ming (uch yuz yigirma yetti million ikki yuz ellik ming) so‘m uy-joy subsidiyasi beradi.

Banklar uy-joy sotib olish uchun bergan pulning foiz to‘lovlarini:

  • 5 yili subsidiya bilan to‘lanadi 
  • qolgan 15 yilini  sen o‘zing to‘laysan.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy olishda qanday imtiyozlar bor?” ga 80 ta javob

  1. Mani Oglim 2 güruh nigironi uylangan 2 ta kızı bor oma uy juyi yok kanday kilib subsiydiya orkali uy olsa buladi Moydinov Avazbek 1991 yıl bolalikdan nogiron Fargona shahar İbin sino mahallasi 164 dom 15 kv da yashaydi

    • Savolingizga batafsil javobni ushbu huquqiy materialimizdan topasiz. Iltimos materialimizni yaxshilab o‘qib chiqing. Bundan tashqari, «Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy olishda qanday imtiyozlar bor?» mavzusida huquqshunos Shoxrux Mamatqulov bilan boʻlib oʻtgan Huquq+ podkastni tinglashingiz mumkin: https://t.me/huquqplus/130

  2. Ассалому алейкум мен 52 ешман 2 гурух ногирониман 2023 йил апрел ойида туман Давлат хизматлари марказига ипотека кредити бўйича ариза билан мурожат қилганман халигача жавоб олмадим

  3. Assalomalekum men Asli Andijonlikman 2chi gurux nogironiman ayolim bn yashamayman xozirda Toshkendaman ijarada yashayman kreditda uy joy olishimga kimdan yordam olsam boladi oyligim nafaqam bor tolashga

  4. Men doimiy 2 guruh nogironligim bor edi yow oilaman uy joy olmoqchi edim qanaqadr imtiyoz chegirmalar bormi uy joy olishda manaviy yordam

    • Hozircha uy-joy olishda nogironligi bo‘lgan shaxslarga yagona imtiyozlardan biri bu uy-joyga subsidiya olish. Lekin subsidiyalar hali ochilgani yo‘q. Hududiy davlat xizmatlari markaziga borib xabar olib turishni tavsiya qilamiz.

  5. Assalomu alaykum mening 1 guruh nogironi ukam bor 18 yoshga tulgan shahar sharoitiga muhtoj imtiyozli uy olsa buladimi

    • Assalomu alaykum.
      Ha, bo’ladi. 15- may kuni subsidiya ochilishi zahotiyoq, Davlat xizmatlari markaziga borib ariza qoldirsin.

  6. ASSALOMU ALAYKUM MENING QIZIM BOLALIKDAN 2- GURUH NOGIRONI 4 NAFAR FARZANDM BOR QIZIM 12 YOSHDA . HOJEYNIM QANDLI DIYABET KASALLIGIGA CHALINGAN ISHGA YAROQSZ HOZIRDA TOSHKENT SHAXRIDA IJARAGA TURAMIZ UY JOYIMIZ YOQ SUBSIDIYA ASOSIDA UY OLISHIMIZ UCHUN NMA QILISHIMIZ KERAK ILOJI BOLSA YORDAM BERSANGIZ.

    • Assalomu alaykum.
      Sizga subsidiya uchun ariza topshirib ko’rishingizni maslahat beramiz.
      Shaxslarning subsidiya olish uchun ariza topshirishi quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
      1. Istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi. Ushbu holatda, davlat xizmatlari markazi xodimi murojaat qilgan shaxs nomidan so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi. 
      2. http://www.my.gov.uz sayti orqali o‘zi mustaqil so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldirgan holatda ariza beradi.
      Davlat xizmatlari markazlari orqali so‘rovnoma to‘ldirilgandan bir soat ichida, www.my.gov.uz  sayti orqali so‘rovnoma mustaqil to‘ldirilganida esa so‘rovnoma avtomatik tarzda mas’ul tashkilotlar hisoblangan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi, davlat soliq inspeksiyasi, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga elektron tarzda yuboriladi. Yuborilgan ariza shaxs ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
      Ariza yuqoridagi qayd etilgan mas’ul tashkilotlar tomonidan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. 
      Ijtimoiy mezonlar – uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilani aniqlashda qo‘llaniladigan  ko‘rsatkichlardir.
      Nogironligi bo‘lgan shaxslarning quyidagi toifalari ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri keladi:
      birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
      yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar;
      nogironligi bo‘lgan onalar.
      Yuqorida aytilgan tashkilotlar tomonidan ijtimoiy mezonlar asosida baholangan shaxs 30 va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, talabgor sifatida tan olinib, uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi. Komissiya taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar asosida hamda ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya tomonidan 19 ish kuni mobaynida subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror haqidagi xabarnomani tuman Davlat xizmatlari markazi orqali ariza topshirilganda ushbu markazga yoki www.my.gov.uz orqali ariza topshirilganda nogironligi bo‘lgan shaxsning portaldagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. 

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli