Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Bola puli va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar to‘lash tartibi qanday?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn
Video mavjud emas
Oson matn mavjud emas

“Bola puli va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar to‘lash tartibi qanday?” ga 202 ta javob

  1. Assalomu alaykum! Men 2-guruh nogironiman. Yolg’iz onaman. 1 nafar farzandim bor. Ota-onam vafot etishgan. Sirtqi ta’limda o’qiyman ya’ni 4-kurs talabaman. O’qituvchiman, bolalikdan nogironlik nafaqasini olaman. Savolim shuki, menga bola puli umuman to’lanmagan.

    • Assalomu alaykum

      Quyidagi raqam orqali biz bilan bog‘laning, sizga huquqiy yordam beramiz.

      Telefon raqam: +998 (55) 500-50-60 (3 raqamini bosing)

    • Ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Ariza javobi my.gov.uz orqali yuboriladi. Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan koʻrsatiladi.

  2. Assalomu alekum men 31 oktyabrda topshirgan arizamni er xoton ishsiz deb rad etilganini aytishdi va men turmush ortogimni badlikka band qildirdik yana ariza bersak rad etildi.

    • Assalomu alaykum

      Sizda nogironlik holati mavjudmi? 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga bandlikdan ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.

      Agarda sizda yoki sizning oila a’zolaringizning birida 7 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yengil avtotransport vositasi bo‘lsa, unda ariza rad etilishi mumkin. Shuningdek bola pulini olish uchun oila kam ta’minlangan deb e’tirof etilishi lozim.

      2024-yilning may oyidan hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 648 ming so‘mni tashkil etdi.

      Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadni hisoblab chiqishning misoli:

      Masalan: 4 kishidan iborat oilaning a’zosi moddiy yordam olish uchun 2023-yil dekabr oyida murojaat etgan. Uning daromadlari avgust — oktyabr oylari uchun hisoblanadi. Oila a’zolarining barcha daromadlari yig‘indisi (normativ daromadlarni hisobga olgan holda) 7 650 000 so‘mni tashkil etadi. Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi quyidagini tashkil etadi: 7 650 000 so‘m / 4 kishi / 3 oy — 637 500 so‘m. Bu oilaning har bir a’zosiga 637 500 so‘mdan to‘g‘ri kelyapti. Bu esa belgilangan minimal iste’mol xarajati miqdori 648 000 so‘mdan kam degani.

  3. Mening mashinam bor Damas ishlab chiqarilganiga 8-yildan oshdi mening oilamga bola puli nafaqasi chiqadimi?

  4. Men va erim ishsiz. 1 nafar 7 yosh farzandim bor. Nogironlik belgilangan. Bola puli yoki moddiy yordamga ariza topshirsam ishsizlik sabab rad etildi deyishdi. Oʻzi aslida berilishi kerakni

    • Assalomu alaykum

      Bizga telefon raqamingizni qoldira olasizmi? Siz bilan yuristlarimiz bog‘lanishadi.

    • Assalomu alaykum! Agar oilangizda bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha shaxs bo‘lsa (sizni vaziyatingizda 7 yoshlik farzandingiz bor ekan), unda sizdan rasmiy daromad manbasiga ega bo‘lish, oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlariga murojaat qilish hamda bu organlar hisobida turish talabi qo‘yilmaydi.

      Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli qarorining 4-bob “Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish tartibi”, 20-moddasi.

      Sizga ushbu masalaga amaliy yechim topish uchun, bepul huquqiy maslahat olish uchun koll-markazimizga: +998 (55) 500-50-60 (3 raqamini bosing) yoki Telegram botimizga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz: https://t.me/huquqplus_bot

  5. Hozirda ajrashganim yoq sud 6 oy vaqt bergan. Erim bilan yashamayman. 2nafar farzandim bor. Hozirda Universitetda oqiyman. Menga bolalar puli ajratiladimi

    • Ha, sizning holatingizda Bolalar nafaqasi (xalq tilida «bola puli») olish imkoniyati bor. Bola puli – bu bola parvarishi nafaqasi o’rniga kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun beriladigan nafaqa.

      Bola puli olishga asosiy talablar:

      Farzandingiz voyaga yetmagan bo‘lsa (18 yoshgacha), bola puli olish huquqiga egasiz. Ajrashish jarayonida yashash uchun ota-onadan biri alohida yashayotgan bo‘lsa ham, bola uchun davlatdan yordam puli olish mumkin. Ammo oilangiz kam ta’minlanganlik mezonlariga javob berishi kerak:

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-son qaroriga muvofiq, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan jami 1 oylik o‘rtacha daromad miqdori minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. Ya’ni, oilangizning rasmiy daromadi oila a’zolaringiz soniga bo‘linganida kishi boshiga 669 ming so‘mdan oshmasa, demak oilangiz kam ta’minlangan oila hisoblanadi.

      Bola pulini taynlatish masalasi bo‘yicha, o‘zingiz yashayotgan hududdagi «Inson» ijtimoiy xizmatlari markazlariga borib murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. Yoki onlayn arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali berish mumkin va bu xizmatdan foydalanish bepul. Video qo’llanma: https://youtu.be/V4HIzDAWmKY?si=j11jfZWfbbdqZA-X

  6. . Erim bilan yashamayman. 2nafar farzandim bor. Hozirda Universitetda oqiyman. Menga bolalar puli ajratiladimi

  7. Assalomu aleykum men yanvar oyida ijtimoiy himoya yagona reestriga kam taminlangan oila sifatida kiritildim ikki nafar farzandim bor kattasi 5yosh kichigi 6oylik bola puliga o’tdingiz degan malumot keldi davlat bu holatda qancha pul ajratadi

    • Vaalaykum assalom, Saida!

      2025-yil holatiga koʻra, Oʻzbekistonda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari 2021-yilda belgilangan darajada saqlanib qolgan. Yaʼni, bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari oʻzgarmagan.

      Oʻzbekistonda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:

      – 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bitta farzand uchun: 250 000 soʻm
      – 3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzand uchun: 325 000 soʻm
      – Oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha: 150 000 soʻm
      – Oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun: 100 000 soʻmdan

      Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga (bola 18 yoshga toʻlgunga qadar), moddiy yordam esa 6 oy muddatga toʻlanadi. Ariza berish uchun my.gov.uz portali orqali onlayn murojaat qilish yoki yashash joyidagi mahalla fuqarolar yigʻiniga bevosita murojaat etish mumkin.

  8. Assalomu aleykum men ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarim uchun fevral oyi uchun 1650000 so’m aliment puli oldim shu oydan bola puliga ham o’tgan lekin tushmayapti lekin ijtimoiy himoya reystridan sizning bola puli to’lovingiz xalq bankiga jo’natildi degan sms keldi mening oilamni har oylik eng kam daromadlarini hisoblashda endi beriladigan bola pulini ham qo’shib hisoblashib har birimizga to’g’ri keladigan daromad oshib ketishini hisoblab pulni tushirib berishmaganmi lekin hozir ham my.gov.uz orqali oilam kam taminlangan deb etirof etilmoqda bugun ko’rdim

    • Vaalaykum assalom! Qonunchilikda alimentlar oilaning bir oylik o‘rtacha jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda inobatga olinadi, deb ko‘rsatilgan. Shunga ko‘ra, olingan aliment oilaga «bola puli» berilishi uchun daromad sifatida hisobga olinishi to‘g‘ri, lekin hech bir hujjatda aliment olingani uchun nafaqa berilmaydi, degan norma keltirilmagan. O‘sha olingan aliment oilaning boshqa daromadlari bilan qo‘shib hisoblaganda oila a’zolari soniga minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, ya’ni hozirgi kunda 669 ming so‘mdan oshib ketmasa bo‘ldi, qonunchilikning boshqa talablaridan kelib chiqib bolalar nafaqasi berilishi mumkin. Huquqiy asos: https://lex.uz/docs/-5688101

      Ba’zi hollarda, davlat tomonidan ajratiladigan yordam pullari (masalan, bola puli) oilaning jami daromadiga qo‘shib hisoblanadi. Agar aliment va bola puli qo‘shilib, oila daromadi o‘tgan oylarga nisbatan oshib ketsa, siz endi «kam ta’minlangan» toifasiga kirmasligingiz mumkin. Ammo siz my.gov.uz orqali oilangiz hali ham kam ta’minlangan deb e’tirof etilganini ko‘rsatganingiz sababli, pul tushishi kerak.

      Shuningdek, agar ijtimoiy himoya reyestridan SMS kelgan bo‘lsa, lekin pul hali hisobingizga tushmagan bo‘lsa, bu texnik kechikish bo‘lishi mumkin. Odatda, bank orqali pul o‘tkazmalari 1-3 ish kunida amalga oshiriladi. Shuning uchun Xalq bankining yaqin bo‘limiga murojaat qilib, to‘lov holatini tekshirib ko‘ring.

  9. Assalomu alaykum menga bu yordam juda zarur edi raxmat sizlarga savolim shundaki meni 9yosh qizim bolalikdan nogiron kam taminlangan oilalar royhatida turamiz lekin bolalar puli ololmayabman juda saron bolib ketim bola puliga ariza topshirsam oilada ishsiz bor dedi bu pul menga juda zaril qizimni eng bolganda 1ta dorisini olaman iltimos sizlardan yordam bering uyda 7oylik chaqalogim bor nogiron bolam bilan ozim bir joyda ishlolmaymanda.

    • Vaalaykum assalom, Shaxnoza!

      Agar 9 yosh nogironligi bor qizingiz bo‘lsa, sizdan rasmiy daromad manbasiga ega bo‘lish, oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlariga murojaat qilish hamda bu organlar hisobida turish talabi qo‘yilmaydi. Ya’ni sizning oilangizda I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha shaxslar bo‘lsa sizning oilangizda ishsizlar bor deb bola pulini rad etishi noto‘g‘ri.

      Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlashni rad etish holatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli qarorining 4-bob “Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish tartibi”, 20-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan. Manba: https://lex.uz/docs/-5688101

      Sizga maslahatimiz, hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga borib murojaat qiling va vaziyatingizni biz keltirgan huquqiy asoslar bilan tushuntiring. Murojaatingiz uchun rahmat!

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli