Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan ayollar uchun ayollar daftaridagi imtiyozlar

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen ayollar daftaridagi imtiyozlar haqida bilib olasan.

Ayollar daftari – bu 30 yoshdan katta pulga muhtoj, kasb va bilim o‘rganishga qiziqadigan  ayollarga yordam beradigan, nazorat qiladigan tizim.

Ayollar daftariga kirish uchun sen:

  • Ishsiz bo‘lishing
  • doimiy daromadga ega bo‘lmasliging
  • boquvchisiz bo‘lishing
  • ruhiy kasal bo‘lishing
  • birinchi, ikkinchi guruh nogironi bo‘lishing
  • sud qarori bilan yordamga muhtoj deb topilgan bo‘lishing
  • ajrashgan bo‘lishing
  • yolg‘iz ona bo‘lishing kerak.

Qonunga ko‘ra sen:

  • boquvching vafot etgan bo‘lsa

nogironlik sababli ishlay olmasang boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olishing mumkin.

Masalan:

  • Sening otang, onang yoki turmush o‘rtog‘ing vafot etgan bo‘lsa sen boquvchingni yo‘qotgan bo‘lasan.
  • Bu holatda sen, nogironlik pensiyasini ham boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olishing mumkin.

Hozirgi kunda nogironlik pensiyasi  – 800 000 (sakkiz yuz ming) so‘m. 

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi:

  • oilada ishlamaydigan bitta inson uchun 608 000 (olti yuz sakkiz ming) so‘mdan
  • oilada ishlamaydigan boshqa insonlar uchun 212 000 (ikki yuz o‘n ikki ming) so‘mdan beriladi.

Misol uchun: Sen boquvchisiz nogironligi bor ayol bo‘lsang, sening 18 ga kirmagan ikkita farzanding bo‘lsa:

  • bitta farzanding uchun 608 000 (olti yuz sakkiz ming) so‘mdan
  • ikkinchi farzanding uchun 212 000 (ikki yuz o‘n ikki ming) so‘mdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi beriladi.

Sen boquvchisi yo‘q nogironligi bor ayol bo‘lsang:

  • davlatdan 3 ta farzanding uchun – 1 030 000 (bir million o‘ttiz ming) so‘m pensiya olasan.

Yolg‘iz ona – bu ZAGSi yo‘q ayollar va bolasining tug‘ilganlik  guvohnomasida yoki sud qarorida bola otasi ko‘rsatilmagan ayollar.

Sen turmush o‘rtog‘ing bilan qonuniy ajrashgan bo‘lsang, bolangni yolg‘iz o‘zing boqayotgan bo‘lsang ayollar “Ayollar daftari”ga kiritilasan.

Senda ruhiy kasallik bo‘lsa, “Ayollar daftari”ga kirish uchun:

  • qonuniy vakiling bilan birga ariza va nogironlik hujjatingni xotin-qizlar raisiga berasan.

Senda nogironlik bo‘lsa “Ayollar daftari”ga kirish uchun:

xotin-qizlar raisiga ariza bilan murojaat qilasan.

Mahalla xotin-qizlar raisi seni:

  • oilaviy – moddiy holating
  • ijtimoiy holating to‘g‘ri kelsa, ayollar daftariga kiritadi.

Sening oilaviy sharoiting o‘rganilganda:

  • oylik puling eng kam ish haqidan kam bo‘lmasa
  • yashash sharoiting o‘rtacha bo‘lsa, arizang rad qilinadi.

Senga arizang nima uchun rad qilingani haqida xotin-qizlar raisi tushuntiradi.

“Ayollar daftari” ro‘yxatiga kirish bo‘yicha arizang sababsiz rad qilinsa, sen xotin-qizlar raisini sudga berishing mumkin.

Sen “Ayollar daftari”ga kirsang:

  • tadbirkorlik qilish uchun imtiyozli kredit olishing
  • uyingni davlat tomonidan ta’mirlatishing
  • bir yilda bir martalik pul yordami olishing mumkin.

Kredit – bu bankdan qarzga olingan pulni qanchadir vaqt ichida foiz bilan qaytarish.

Sen bir martalik pul yordami olishing uchun ariza berishing shart emas.

2023-yil uchun ayollarga berilgan bir martalik yordam puli – 900 000 (to‘qqiz yuz ming) so‘m bo‘lgan.

Uyingni davlat tomonidan ta’mirlab berish uchun sening uyingni holatini  ishchi guruh va  mutaxassislar o‘rganadi.

Uyingni ta’mirlash uchun kerakli qurilish buyumlari ro‘yxati tuziladi va “Ayollar daftari” jamg‘armasiga beriladi.

Sening uyingni ta’mirlash uchun “Ayollar daftari” bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha (10 200 000 – o‘n million ikki yuz ming so‘m) pul ajratadi.

Hozirda 1 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 (uch yuz qirq ming) so‘m.

Uy-joyni ta’mirlatish uchun oilangdan bir kishida yoki senda nogironlik hujjati bo‘lishi kerak.

Uy-joyini davlat tomonidan ta’mirlatish uchun oila oylik daromadi  past oila deb belgilangan bo‘lishi kerak.

Sen uyingni davlat tomonidan ta’mirlatishing uchun xotin-qizlar raisiga ariza bilan murojaat qilishing kerak.

Sen tadbirkorlik qilishda bankdan pul olish uchun mahalla xotin-qizlar raisi yordamchisiga ariza bilan murojaat qilishing kerak.

Xotin-qizlar raisi yordamchisi, hokim yordamchisi bilan birga tadbirkorlik uchun bankdan pul olish masalasini o‘rganib, 10 kunda senga ariza javobini aytishi shart.

Sen kasb o‘rganganliging haqidagi sertifikat bilan 33 (o‘ttiz uch) million  so‘mgacha bankdan pul olishing mumkin.

Seni “Ayollar daftari”dan chiqaradigan holatlar:

  • senga har bir yordam turi bo‘yicha amaliy yordam berilganda
  • o‘zing daftardan chiqish uchun ariza yozganingda
  • “Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritilganingda
  • boshqa davlatga yashash uchun chiqib ketganingda
  • sudlanib qamalganingda

“Nogironligi bo‘lgan ayollar uchun ayollar daftaridagi imtiyozlar” ga 58 ta javob

  1. Assalomu aleykum men Turmushdan ajrashganman 2 farzandim bor bitta farzandim tug’ma nogiron men ham 1 guruh nogironiman ishga yaroqsiz man meni ayollar daftariga olmayapti bolalar pulini olganim uchun shu tog’rimi

    • Vaalaykum assalom. Ha, afsuski shunday. Ya’ni, agarki siz bola pulini olayotgan bo‘lsangiz, ayollar daftari ro‘yxatiga kira olmaysiz. Sababi, ikta imtiyozdan bir vaqtning o‘zida foydalanish mumkin emas. belgilangan imtiyozlardan manzilli va maqsadli foydalanish maqsadida, shunday amaliyot joriy etilgan. Buni alohida bir huquqiy asosi mavjud emas, lekin amaliyotda shunday qoida qo‘llaniladi. Bu amaliyot adashmasam 2-yil oldin boshlangan. Huquqiy asosini topib sizga yana qo‘shimcha ma’lumot berishga harakat qilamiz. Murojaatingiz uchun rahmat!

  2. Assalomu aleykum men 2gurux nogironiman chap qulimdan ayrilganman shunga men ishlasam buladimi

    • Assalomu alaykum

      Siz o‘zingiz xohlagan sohada bemalol ishlashingiz mumkin. Sizning mehnat huquqlaringiz cheklanmagan.

      Ammo shuni nazarda tutish lozimki, ish beruvchi sizning holatingizdan kelib chiqqan holda ishni amalga oshirish sizning holatingizga qanchalik mos kelishi haqida Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasidan (TIEK) xulosa so‘rashi mumkin. Bunday holatda, siz TIEK ga murojaat qilishingiz kerak. TIEK sizning umumiy holatingizni o‘rganib, sizning ushbu ishga qay darajada mos kelishingiz haqida xulosa beradi.

  3. Assalomu aleykum men 2gurux nogironiman chap qulimdan ayrilganman shunga men ishlasam buladimi oldinda raxmat

    • Assalomu alaykum, Soxiba! Ishlash huquqi – bu sizning konstitutsiyaviy huquqingiz hisoblanadi. Konstitutsiyada nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnat qilish huquqi ham kafolatlanadi. Mehnat qilish jarayonida esa ish haqini toʻlash insonning munosib turmush darajasini taʼminlashi kerak deb qayd etilgan.

      Siz yashash hududingizdagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga ish so‘rab murojaat qilishingiz mumkin. Bundan tashqari agar Toshkent shahridan bo‘lsangiz yoki Toshkent shaharda ishlash istagingiz va sharoitingiz bo‘lsa siz bizning http://www.ishplus.uz loyihamizga murojaat qilishingiz mumkin. Telefon +998 (90) 818-07-08 dushanbadan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Ish masalasida murojaat qilishda o‘zingiz ishlashni xohlayotgan kasb va vazifalar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishingiz tavsiya etiladi.

      Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash uchun kafolatlar haqida batafsil huquqiy maqolamizdan bilib olishingiz mumkin: https://huquqplus.uz/materials/mehnat/1487

  4. Assalomu alaykum. Bizga 17 may kuni mahalladan bir martalik yordam puli ya’ni 1,5mln pulning yarimi 750 ming so’m pul berildi, undan oldin bizdan ayollar daftaridan chiqish haqidagi arizaga qo’l qo’yish so’raldi. Pulni olish uchun biz unga qo’l qo’ydik. Aytingchi bu asoslimi? Shuningdek ko’rsatilgan bazaviy miqdordan kam pul berilganda nima qilish kerak? Nega Samarqand shahridagi mahallalarda bu miqdor kamaytirilgan holda tarqatilmoqda. Hozirda Toshkent viloyatida ayollar daftaridagi ayollaga moddiy yordam tarqatilmoqda, ammo bu haqida bizda hech qanday yanglik kutilmayapti.

    • Assalomu alaykum

      Sizga ayollar daftaridan chiqish to‘g‘risida arizag qo‘l qo‘ydirib olishi qonunga zid hisoblanadi. Chunki moddiy yordam berilishi ayollar daftaridan chiqarishga asos bo‘lmaydi.

      Xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar daftari» dan chiqariladi:

      har bir toifa bo‘yicha belgilangan amaliy yordamlar to‘liq ko‘rsatilganda; 

      o‘z arizasiga ko‘ra; 

      “Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda; 

      boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda; 

      sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda; 

      shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda.

      Siz bu holat yuzasidan tumaningizdagi prokuratura organiga murojaat qiling.

  5. Assalomu alaykum yoshim 31da 2 grux nogironligida man 4 nafar farzandim bilan ijarada turamiz uy ko‘taryapmiz hozir to’xtab qoldi ayollar daftarida ro’yxatda turaman uy ta’mirlash uchun menga yordam beriladimi

    • Vazirlar Mahkamasining 01.04.2022-yil kungi 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra. qarorda har bir uy-joyni ta’mirlash ishlariga «Ayollar daftari» jamg‘armasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdori (hozirgi kunda 375 000 so‘m)ning 30 baravari (11 250 000 so‘m)gacha miqdorda mablag‘ ajratilishi belgilangan.

  6. Assalomu alaykum. Yoshim 39da 2 guruh nogironiman. 2 nafar farzsndim bor. Ho’jayinim ham 2 guruh nogironi. Nomimizda hech qanday mulk yo’q. Ijarada yashaymiz. 1 dekabrdan dekretga chiqdim va hozir hech qayerda ishlamayman.Ho’jayinim ham ishlamayfilar. 2024 yilda Ayollar daftaridan chiqarib yuborishgan. Yana qayta kirssm bo’ladimi

    • Assalomu alaykum! Ayollar daftariga qayta kirishingiz uchun siz quyidagi mezonlarga to‘g‘ri kelishingiz kerak bo‘ladi:
      – Ishsizlik;
      – doimiy daromadga ega bo‘lmaslik;
      – boquvchisidan ayrilganlik holatlari;
      – ruhiy kasallikka chalinganlik;
      – 1-2 guruh nogironligi mavjudligi;
      – sud qaroriga ko‘ra, ehtiyojmand deb topilganlik holatlari, nikohi bekor bo‘lganlik;
      – yolg‘iz onalik kabi me’zonlar.

      Holatingizni baholash va sizga kerakli ijtimoiy yordam olish uchun mahallangizdagi ijtimoiy xodim yoki hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishni tavsiya qilamiz. Qisqa raqam: 1140.

  7. Assalomu alaykum mani ikkala ko’zim ham yahshi ko’rmaydi va yashash sharoyitim og’ir uy solganmiz lekin hali bitira olayapmiz qayerga murojaat qilish mumkin

    • Vaalaykum assalom! Savolingiz uchun rahmat. Bizda mavjud ma’lumotlarga ko’ra, agar siz «Ayollar daftari»da tursangiz, Kambag‘al oilalardagi xotin-qizlar uchun uy-joyini ta’mirlashga yordam beruvchi alohida dastur ham mavjud. Bu yordam «Ayollar daftari» jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi. Oylik daromadi oilaning har bir a’zosiga minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravarigacha to‘g‘ri keladigan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga beriladi. Bu haqida batafsil shu maqolamizda ham ma’lumot bergan edik: https://huquqplus.uz/materials/uy-joy/8076

      Ijtimoiy himoya milliy agentligining “1140” yoki hududingizda joylashga «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.

  8. Assalomu alaykum Men Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida sirtqi bo’limda taxsil olaman. Yolg’iz onaman. Kontrakt to’lovim uchun qanday imtiyozli yordam olsam bo’ladi

    • Vaalaykum assalom, Kamola!

      Kontrakt bo‘yicha imtiyoz faqat:

      1) O‘zbekistondagi har qanday OTMlarda o‘qiyotgan «Ayollar daftari»ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoki ularning o‘qiyotgan ikki va undan ortiq farzandlarining biriga;

      2) kollej, texnikum va (davlat, nodavlat, O‘zbekiston xorijiy) OTMlarida bakalavrning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida o‘qiyotgan «Yoshlar daftari»ga kiritilganlarga hamda «Temir daftar»ga kiritilganlarning farzandlariga.

      3) Yoshlar daftariga kiritilganlar uchun kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda moddiy yordam ko‘rsatiladi.

      4) «Ayollar daftari»ga kiritilganlar uchun esa BHMning 15 baravaridan oshmagan miqdorgacha mablag‘ ajratiladi.

      Ma’lumot uchun, super kontraktda yoki ikkinchi mutaxassislikda o‘qiyotganlarga ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi. Yanada batafsil ma’lumot olishingiz uchun Oliy ta’lim vazirligi qisqa raqamiga aloqaga chiqishingiz mumkin: 1006

      Murojaatingiz uchun rahmat!

  9. Men uchinchi guruh nogironlik belgilandi tuğma miyopiya boʻlgan koʻzimda ancha hiralanish boʻlgani sababli gavhar. qoʻydirdim 3yil davomida 2guruh bergandi hozir biroz yaxshilanganligi sababli 3berdi bu qanchalik toʻğri

    • Assalomu alaykum, Moʻtabar!
      Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiya (TIEK) xodimlari nogironlik guruhini belgilashda faqat tashxisga (masalan, miyopiya) emas, balki «hayot faoliyatining cheklanganlik darajasi»ga qarashadi.

      II va III guruh nogironliklarini bir-biridan farqlashda asosiy mezon – bu sog‘liqning buzilish darajasi va uning shaxsning kundalik hayotiga ta’siridir. II guruh nogironligini belgilash uchun organizm funksiyalarining turg‘un va sezilarli darajada (70-80% atrofida) buzilishi asos bo‘ladi. Bunday buzilishlar shaxsning o‘z-o‘ziga to‘liq xizmat qilishiga, mustaqil harakatlanishiga yoki to‘laqonli mehnat faoliyati yuritishiga jiddiy to‘sqinlik qiladi va uni boshqalarning yordamiga muhtoj qilib qo‘yadi.

      Aksincha, III guruh nogironligi organizm funksiyalari mo‘tadil darajada cheklanganda belgilanadi. Bu nogironlikning eng yengil darajasi bo‘lib, bunda inson o‘ziga bemalol xizmat qila oladi, biroq sog‘lig‘i tufayli o‘z kasbi bo‘yicha ishlashda yoki avvalgi ishini bajarishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin, bu esa unga yengilroq mehnat sharoitlarini talab qiladi.

      Sizda gavhar qo‘yilgani (linza implantatsiyasi) natijasida ko‘rish o‘tkirligi yaxshilangan bo‘lsa, komissiya buni «funksiyalarning tiklanishi» deb baholaydi. Agar operatsiyadan keyin ko‘rish ko‘rsatkichlaringiz ma’lum bir me’yordan ko‘tarilgan bo‘lsa, TIEK nogironlik guruhingizni pasaytirgan bo‘lishi mumkin.

      Agar siz tuman (shahar) yoki tumanlararo Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi qaroridan norozi bo‘lsangiz, quyidagi tartibda shikoyat qilish huquqiga ega:

      Birlamchi shikoyat – Tuman/shahar yoki tumanlararo TIEK qaroridan norozi fuqaro 1 oy ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar TIEKga murojaat qiladi. Ariza tushganidan keyin hududiy TIEK 20 kun ichida ariza beruvchini qayta ko‘rikdan o‘tkazadi va xulosani “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida rasmiylashtiradi.

      TIEK ustidan shikoyat qilish tartibi haqida batafsil quyidagi maqolamizda batafsil ma’lumot berganmiz:
      👉 https://huquqplus.uz/materials/social-protection/7769

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli