Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakatimiz “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Konvensiyani ratifikatsiya qildi. “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi BMT Konvensiyasining 30-moddasida nogironligi bo’lgan shaxslarning madaniy hayotda, bo‘sh vaqtni o‘tkazish, dam olish va sport bilan shug‘ullanishda ishtirok etish bo‘yicha huquqlari…