Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan ayollar uchun ayollar daftaridagi imtiyozlar

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen ayollar daftaridagi imtiyozlar haqida bilib olasan.

Ayollar daftari – bu 30 yoshdan katta pulga muhtoj, kasb va bilim o‘rganishga qiziqadigan  ayollarga yordam beradigan, nazorat qiladigan tizim.

Ayollar daftariga kirish uchun sen:

  • Ishsiz bo‘lishing
  • doimiy daromadga ega bo‘lmasliging
  • boquvchisiz bo‘lishing
  • ruhiy kasal bo‘lishing
  • birinchi, ikkinchi guruh nogironi bo‘lishing
  • sud qarori bilan yordamga muhtoj deb topilgan bo‘lishing
  • ajrashgan bo‘lishing
  • yolg‘iz ona bo‘lishing kerak.

Qonunga ko‘ra sen:

  • boquvching vafot etgan bo‘lsa

nogironlik sababli ishlay olmasang boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olishing mumkin.

Masalan:

  • Sening otang, onang yoki turmush o‘rtog‘ing vafot etgan bo‘lsa sen boquvchingni yo‘qotgan bo‘lasan.
  • Bu holatda sen, nogironlik pensiyasini ham boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olishing mumkin.

Hozirgi kunda nogironlik pensiyasi  – 800 000 (sakkiz yuz ming) so‘m. 

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi:

  • oilada ishlamaydigan bitta inson uchun 608 000 (olti yuz sakkiz ming) so‘mdan
  • oilada ishlamaydigan boshqa insonlar uchun 212 000 (ikki yuz o‘n ikki ming) so‘mdan beriladi.

Misol uchun: Sen boquvchisiz nogironligi bor ayol bo‘lsang, sening 18 ga kirmagan ikkita farzanding bo‘lsa:

  • bitta farzanding uchun 608 000 (olti yuz sakkiz ming) so‘mdan
  • ikkinchi farzanding uchun 212 000 (ikki yuz o‘n ikki ming) so‘mdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi beriladi.

Sen boquvchisi yo‘q nogironligi bor ayol bo‘lsang:

  • davlatdan 3 ta farzanding uchun – 1 030 000 (bir million o‘ttiz ming) so‘m pensiya olasan.

Yolg‘iz ona – bu ZAGSi yo‘q ayollar va bolasining tug‘ilganlik  guvohnomasida yoki sud qarorida bola otasi ko‘rsatilmagan ayollar.

Sen turmush o‘rtog‘ing bilan qonuniy ajrashgan bo‘lsang, bolangni yolg‘iz o‘zing boqayotgan bo‘lsang ayollar “Ayollar daftari”ga kiritilasan.

Senda ruhiy kasallik bo‘lsa, “Ayollar daftari”ga kirish uchun:

  • qonuniy vakiling bilan birga ariza va nogironlik hujjatingni xotin-qizlar raisiga berasan.

Senda nogironlik bo‘lsa “Ayollar daftari”ga kirish uchun:

xotin-qizlar raisiga ariza bilan murojaat qilasan.

Mahalla xotin-qizlar raisi seni:

  • oilaviy – moddiy holating
  • ijtimoiy holating to‘g‘ri kelsa, ayollar daftariga kiritadi.

Sening oilaviy sharoiting o‘rganilganda:

  • oylik puling eng kam ish haqidan kam bo‘lmasa
  • yashash sharoiting o‘rtacha bo‘lsa, arizang rad qilinadi.

Senga arizang nima uchun rad qilingani haqida xotin-qizlar raisi tushuntiradi.

“Ayollar daftari” ro‘yxatiga kirish bo‘yicha arizang sababsiz rad qilinsa, sen xotin-qizlar raisini sudga berishing mumkin.

Sen “Ayollar daftari”ga kirsang:

  • tadbirkorlik qilish uchun imtiyozli kredit olishing
  • uyingni davlat tomonidan ta’mirlatishing
  • bir yilda bir martalik pul yordami olishing mumkin.

Kredit – bu bankdan qarzga olingan pulni qanchadir vaqt ichida foiz bilan qaytarish.

Sen bir martalik pul yordami olishing uchun ariza berishing shart emas.

2023-yil uchun ayollarga berilgan bir martalik yordam puli – 900 000 (to‘qqiz yuz ming) so‘m bo‘lgan.

Uyingni davlat tomonidan ta’mirlab berish uchun sening uyingni holatini  ishchi guruh va  mutaxassislar o‘rganadi.

Uyingni ta’mirlash uchun kerakli qurilish buyumlari ro‘yxati tuziladi va “Ayollar daftari” jamg‘armasiga beriladi.

Sening uyingni ta’mirlash uchun “Ayollar daftari” bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha (10 200 000 – o‘n million ikki yuz ming so‘m) pul ajratadi.

Hozirda 1 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 (uch yuz qirq ming) so‘m.

Uy-joyni ta’mirlatish uchun oilangdan bir kishida yoki senda nogironlik hujjati bo‘lishi kerak.

Uy-joyini davlat tomonidan ta’mirlatish uchun oila oylik daromadi  past oila deb belgilangan bo‘lishi kerak.

Sen uyingni davlat tomonidan ta’mirlatishing uchun xotin-qizlar raisiga ariza bilan murojaat qilishing kerak.

Sen tadbirkorlik qilishda bankdan pul olish uchun mahalla xotin-qizlar raisi yordamchisiga ariza bilan murojaat qilishing kerak.

Xotin-qizlar raisi yordamchisi, hokim yordamchisi bilan birga tadbirkorlik uchun bankdan pul olish masalasini o‘rganib, 10 kunda senga ariza javobini aytishi shart.

Sen kasb o‘rganganliging haqidagi sertifikat bilan 33 (o‘ttiz uch) million  so‘mgacha bankdan pul olishing mumkin.

Seni “Ayollar daftari”dan chiqaradigan holatlar:

  • senga har bir yordam turi bo‘yicha amaliy yordam berilganda
  • o‘zing daftardan chiqish uchun ariza yozganingda
  • “Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritilganingda
  • boshqa davlatga yashash uchun chiqib ketganingda
  • sudlanib qamalganingda

“Nogironligi bo‘lgan ayollar uchun ayollar daftaridagi imtiyozlar” ga 58 ta javob

  1. Assolomu alaykum. Meni ismim Saidova Nodira Rustanovna. Xorazm viloyat Boĝot tumani ògizrovot qishloqi dehqonlar kochasi 2- uydan. Ayollar daftarida turaman. Bolalikdan nogironligim bor. Oilaliman erim ham 2- gruh nogironi. Qarmogimda oglim bor Muhammad 6 yosh. Murojatim davlat tamonidan foissiz kridit olmoqchiman. Tovuq , qoy boqish va oilaviy iqsidiyotni yaxshilash maqsadida

    • Assalomu alaykum, Saida Rustamovna!

      Muayyan mehnat turlari bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarning voyaga yetgan a’zolari mikrokredit olishlari mumkin. Buning uchun siz ishchi guruh (Kasaba uyushmalari, hokimlik, bank va boshqalar) tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatga kiritilgan bo‘lishingiz lozim.

      Kredit shartlari:
      Miqdori: BHMning 100 baravarigacha (hozirgi kunda 41 200 000 so‘mgacha).
      Foiz stavkasi: yillik 4 foiz.
      Muddati: 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga, 6 oygacha imtiyozli davr bilan.
      Maqsadi: Tikuv mashinalari, asbob-uskunalar xarid qilish yoki shaxsiy tomorqani rivojlantirish (issiqxona, chorva, parranda sotib olish va h.k.) uchun beriladi.

      Oilaviy tadbirkorlik uchun:
      «Kambag‘al oilalar reyestri» yoki «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan oilalarga aholi tomorqasida biznesni yo‘lga qo‘yish (issiqxona, chorvachilik, parrandachilik va h.k.) uchun kreditlar naqd pulda berilishi mumkin. Agar siz asosiy ish joyiga ega bo‘lmasangiz va o‘zingizni o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsangiz, 33 million so‘mgacha (ayrim hollarda garovsiz) kredit olishingiz mumkin.

      Muhim cheklovlar:
      Agar qarz oluvchi «mehnatga layoqatsiz» deb topilgan bo‘lsa, u holda kredit olish bo‘yicha ariza platforma tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.
      Monitoring: Kredit olingandan so‘ng undan maqsadli foydalanilishi bank va mahalla vakillari tomonidan doimiy nazorat qilinadi. Agar mablag‘ boshqa maqsadga ishlatilsa, u muddatidan oldin undirib olinadi.

      Siz yashab turgan mahalladagi hokim yordamchisiga murojaat qilib, «Kambag‘al oilalar reyestri» yoki tegishli ro‘yxatlarda borligingizni aniqlashtirishingiz va tadbirkorlik yo‘nalishingiz bo‘yicha tavsiyanoma olishingiz kerak.

      1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.10.2017 yildagi 857-son Kam ta’minlangan oilalarni bandlik bilan ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida (https://lex.uz/docs/-3389856)
      2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.04.2024 yildagi PQ-149-son Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (https://lex.uz/docs/-6862227)
      3) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.09.2025 yildagi 612-son Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (https://lex.uz/docs/-7750738)

      Murojaatingiz uchun rahmat!

  2. Assalomu alaykum 2 guruh nogironiman kompyiter kursiga 144 soat o‘qidim uyda o’zimni band qilmoqchiydim sertifikatim bor subsidiyaga kompyiter printer beriladimi.Ayollar daftari ijtimoiy restrda turaman.

    • Assalom alaykum, hurmatli fuqaro!

      Agar siz 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxs sifatida 16–30 yosh oralig‘ida bo‘lsangiz, 341-son qarorda nazarda tutilgan subsidiya uchun murojaat qilishingiz mumkin. Buning uchun kamida 1 oy davom etgan kasbga o‘qitish kursini muvaffaqiyatli tugatganlik sertifikati va o‘zini o‘zi band qilgan shaxs yoki tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlik talab etiladi.

      Ushbu subsidiya doirasida kompyuter jamlanmasi uchun 50 BHMgacha (22 million so‘m) mablag‘ ajratilishi mumkin. Arizani DXM yoki YIDXP orqali, ro‘yxatdan o‘tilgan kundan boshlab 180 kun ichida topshirish mumkin.

      Shuningdek, Siz “Ayollar daftari”da turganingiz sababli, tadbirkorlik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatingiz uchun zarur asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya olish masalasida mahalladagi xotin-qizlar faoliga ham murojaat qilishingiz mumkin. Bunda kerakli jihozlarning nomi, turi, soni va taxminiy narxini ko‘rsatish lozim.

      Huquqiy asoslar:
      1) https://lex.uz/docs/-6076304
      2) https://lex.uz/docs/-5932671

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli