Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan ayollar uchun ayollar daftaridagi imtiyozlar

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen ayollar daftaridagi imtiyozlar haqida bilib olasan.

Ayollar daftari – bu 30 yoshdan katta pulga muhtoj, kasb va bilim o‘rganishga qiziqadigan  ayollarga yordam beradigan, nazorat qiladigan tizim.

Ayollar daftariga kirish uchun sen:

  • Ishsiz bo‘lishing
  • doimiy daromadga ega bo‘lmasliging
  • boquvchisiz bo‘lishing
  • ruhiy kasal bo‘lishing
  • birinchi, ikkinchi guruh nogironi bo‘lishing
  • sud qarori bilan yordamga muhtoj deb topilgan bo‘lishing
  • ajrashgan bo‘lishing
  • yolg‘iz ona bo‘lishing kerak.

Qonunga ko‘ra sen:

  • boquvching vafot etgan bo‘lsa

nogironlik sababli ishlay olmasang boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olishing mumkin.

Masalan:

  • Sening otang, onang yoki turmush o‘rtog‘ing vafot etgan bo‘lsa sen boquvchingni yo‘qotgan bo‘lasan.
  • Bu holatda sen, nogironlik pensiyasini ham boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olishing mumkin.

Hozirgi kunda nogironlik pensiyasi  – 800 000 (sakkiz yuz ming) so‘m. 

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi:

  • oilada ishlamaydigan bitta inson uchun 608 000 (olti yuz sakkiz ming) so‘mdan
  • oilada ishlamaydigan boshqa insonlar uchun 212 000 (ikki yuz o‘n ikki ming) so‘mdan beriladi.

Misol uchun: Sen boquvchisiz nogironligi bor ayol bo‘lsang, sening 18 ga kirmagan ikkita farzanding bo‘lsa:

  • bitta farzanding uchun 608 000 (olti yuz sakkiz ming) so‘mdan
  • ikkinchi farzanding uchun 212 000 (ikki yuz o‘n ikki ming) so‘mdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi beriladi.

Sen boquvchisi yo‘q nogironligi bor ayol bo‘lsang:

  • davlatdan 3 ta farzanding uchun – 1 030 000 (bir million o‘ttiz ming) so‘m pensiya olasan.

Yolg‘iz ona – bu ZAGSi yo‘q ayollar va bolasining tug‘ilganlik  guvohnomasida yoki sud qarorida bola otasi ko‘rsatilmagan ayollar.

Sen turmush o‘rtog‘ing bilan qonuniy ajrashgan bo‘lsang, bolangni yolg‘iz o‘zing boqayotgan bo‘lsang ayollar “Ayollar daftari”ga kiritilasan.

Senda ruhiy kasallik bo‘lsa, “Ayollar daftari”ga kirish uchun:

  • qonuniy vakiling bilan birga ariza va nogironlik hujjatingni xotin-qizlar raisiga berasan.

Senda nogironlik bo‘lsa “Ayollar daftari”ga kirish uchun:

xotin-qizlar raisiga ariza bilan murojaat qilasan.

Mahalla xotin-qizlar raisi seni:

  • oilaviy – moddiy holating
  • ijtimoiy holating to‘g‘ri kelsa, ayollar daftariga kiritadi.

Sening oilaviy sharoiting o‘rganilganda:

  • oylik puling eng kam ish haqidan kam bo‘lmasa
  • yashash sharoiting o‘rtacha bo‘lsa, arizang rad qilinadi.

Senga arizang nima uchun rad qilingani haqida xotin-qizlar raisi tushuntiradi.

“Ayollar daftari” ro‘yxatiga kirish bo‘yicha arizang sababsiz rad qilinsa, sen xotin-qizlar raisini sudga berishing mumkin.

Sen “Ayollar daftari”ga kirsang:

  • tadbirkorlik qilish uchun imtiyozli kredit olishing
  • uyingni davlat tomonidan ta’mirlatishing
  • bir yilda bir martalik pul yordami olishing mumkin.

Kredit – bu bankdan qarzga olingan pulni qanchadir vaqt ichida foiz bilan qaytarish.

Sen bir martalik pul yordami olishing uchun ariza berishing shart emas.

2023-yil uchun ayollarga berilgan bir martalik yordam puli – 900 000 (to‘qqiz yuz ming) so‘m bo‘lgan.

Uyingni davlat tomonidan ta’mirlab berish uchun sening uyingni holatini  ishchi guruh va  mutaxassislar o‘rganadi.

Uyingni ta’mirlash uchun kerakli qurilish buyumlari ro‘yxati tuziladi va “Ayollar daftari” jamg‘armasiga beriladi.

Sening uyingni ta’mirlash uchun “Ayollar daftari” bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha (10 200 000 – o‘n million ikki yuz ming so‘m) pul ajratadi.

Hozirda 1 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 (uch yuz qirq ming) so‘m.

Uy-joyni ta’mirlatish uchun oilangdan bir kishida yoki senda nogironlik hujjati bo‘lishi kerak.

Uy-joyini davlat tomonidan ta’mirlatish uchun oila oylik daromadi  past oila deb belgilangan bo‘lishi kerak.

Sen uyingni davlat tomonidan ta’mirlatishing uchun xotin-qizlar raisiga ariza bilan murojaat qilishing kerak.

Sen tadbirkorlik qilishda bankdan pul olish uchun mahalla xotin-qizlar raisi yordamchisiga ariza bilan murojaat qilishing kerak.

Xotin-qizlar raisi yordamchisi, hokim yordamchisi bilan birga tadbirkorlik uchun bankdan pul olish masalasini o‘rganib, 10 kunda senga ariza javobini aytishi shart.

Sen kasb o‘rganganliging haqidagi sertifikat bilan 33 (o‘ttiz uch) million  so‘mgacha bankdan pul olishing mumkin.

Seni “Ayollar daftari”dan chiqaradigan holatlar:

  • senga har bir yordam turi bo‘yicha amaliy yordam berilganda
  • o‘zing daftardan chiqish uchun ariza yozganingda
  • “Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritilganingda
  • boshqa davlatga yashash uchun chiqib ketganingda
  • sudlanib qamalganingda

“Nogironligi bo‘lgan ayollar uchun ayollar daftaridagi imtiyozlar” ga 58 ta javob

  1. Meni onam 2gurux nogironi nogironlik pensiyasini oladilar lekin dorilariga har doim ham yetmaydi ayollar daftarida turadilar yilada bir marta beriladigan moddiy yordam olsalar boladimi

    • Assalomu alaykum.

      Ha, albatta, olsa bo‘ladi. «Ayollar daftari»ga kiritilgan ayollarga har yili bir marotaba moddiy yordam ajratiladi. Bu moddiy yordamning miqdori 2023-yilda 900 000 so‘mni tashkil etgan. Bu moddiy yordamni olish uchun hech qayerga murojaat qilish shart emas, bu yordam yilda bir har bir daftar a’zosiga avtomatik tarzda ajratiladi.. Onangiz 2024-yil uchun moddiy yordam olmagan bo‘lsa, moddiy yordam holatini aniqlashtirish uchun xotin-qizlar ishlari bo‘yicha mahalla raisi o‘rinbosariga murojaat qilishlaringiz mumkin.

  2. Assalomu alaykum men 2 guruh nogironiman 1 yoshli bolam bor tibbiyot texnikumini tugatganman men uzimga mos keladigan ishni qanday qilib topsam buladi

    • Assalomu alaykum, sizga Ishplus loyihasini taklif qilamiz.“Sharoit Pyus” nogironlar jamoat birlashmasi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash uchun ishplus.uz maxsus rekruting veb-portalini ishga tushirdi.

      Portalning asosiy vazifasi — bir tomondan, mehnatga layoqatli va ish izlashda qiyinchiliklarga duch kelayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga ish topishda yordam berish, va ikkinchi tomondan — ish beruvchilarga malakali nogironligi bo‘lgan xodimlarni topishda ko‘maklashish. Portal orqali ariza topshirish uchun nogironligi bo‘lgan shaxs onlayn tarzda rezyume shaklini to‘ldirishi yoki telefon orqali mutaxassis maslahatini olgan holda rezyume tayyorlashi mumkin. Shunday qilib, ish izlovchilar ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

      Bundan tashqari, portal ish beruvchilarga nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida maslahat xizmatlarini ko‘rsatgan holda ularni maxsus vakansiyalarni ochishga undaydi. Loyiha koordinatorlari ish beruvchilarning qonunga muvofiq 3% kvotani amalga oshirish majburiyatlari bo‘yicha batafsil tanishtirishadi.

  3. Assalomu alaykum men 2 guru nogironiman farzandim yuq ukamni uyida turaman onam opam xam 2 guru nogironi menaloxida uy olish I’m uchun qanday daromadga ega bulishimiz kerak xozirda sirtkida 4 kurs talabasiman va ishga joylashishimim uchun birja tomonida kompyutrer kursida uqib sertifikat oldim lekin ish yuq Shu bilan birga menga komputer berishlari kerakmasmi va uni olish uchun kaerga murojaat kilishim kerak oldindan javobingiz uchun raxmat

    • Assalomu alaykum.
      Siz ism-familiya va telefon raqamingizni qoldira olasizmi? Yuristimiz siz bilan bog’lanib barcha huquqiy muammolaringizni yechishda yordam berar edi.

  4. Assalomalekum man 2 guruh nogiriniman ayollar daftarida royxatda turaman oliy talim kartrakti tolovlarida qayday imtiyozim bor

    • Assalomu alaykum.

      Agarki siz 1-2 guruh nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lsangiz, oliy ta’lim muassasalarida davlat byudjeti hisobidan grant asosida o‘qiysiz. Ayollar daftarida turganligingiz uchun kontrakt to‘lovlarida biror-bir imtiyoz nazarda tutilmagan. Ayollar daftarida turuvchi shaxslar kasbga yo‘naltirilganda, ular davlat hisobidan o‘qitilishadi. Misol uchun siz buxgalteriya kasbini o‘rganmoqchisiz, yoki tikuvchilik kasbini o‘rganmoqchisiz, mana shu holatda, o‘quv kurslari uchun sizga bepul yo‘llanma taqdim etiladi. Oliy ta’lim muassasalari kontraktlari bo‘yicha imtiyozlar qonunchilikda belgilanmagan. Agarki, siz yoshlar daftarida turganingizda edi, xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan sizning kontrakt to‘lovingiz 50 foizgacha miqdorda davlat hisobidan to‘lab berilgan bo‘lar edi.

  5. Assalomalaykum men 2guruh nogironiman hususiy unverstetda òqiyman menga òtgan yil kantraktni 50 foyizi tòlab berilgan 2024 ham ayollar daftariga kiritilganman bu yil ham yordam olsam bòladimi kantraktga

    • Assalomu alaykum.

      Agarki bu yil ham ayollar daftari ro‘yxatiga kirgan bo‘lsangiz, to‘lov-kontraktining bir qismini davlat hisobidan to‘latsangiz bo‘ladi. Ayollar daftari ro‘yxati har yilda bir marotaba qaytadan maxsus komissiya yordamida shakllantiriladi. Ayollar daftari ro‘yxatiga kirgan shaxs dasturda ko‘rsatilgan yordamdan foydalanganidan keyin ayollar daftari ro‘yxatidan chiqartirib yuboriladi. Ushbu ro‘yxatga qaytadan kirish uchun keyingi yilda mahalla raisi nomiga ariza bilan murojaat qilish kerak bo‘ladi.

  6. Assalomu alaykum 2024 yil mart oyida ayollar daftariga kirtilganman chap Koʻzimni piratez apertasa qildirishim kerak edi mahalladan yordam surasan buladimi oylavey sharoyitimiz ham yaxwimas iloji bulsa tushintirish bersayiz

    • Assalomu alaykum

      Agarki siz, ayollar daftari ro‘yxatida tursangiz, moddiy yordam olish, turarjoyingizning eng muhim joylarini davlat hisobidan ta’mirlatish, qisqa o‘quv kurslarida o‘qib, biror bir hunarmandchilikni o‘rganish, «Saxovat va ko‘mak fondi» mablag‘lari hisobidan jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishingiz mumkin. Siz bu kabi imtiyozlardan foydalanish uchun mahalla raisi yoki o‘zingiz yashayotgan tumandagi inson ijtimoiy xizmatlari markazlariga borib murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.

  7. Assalomu alaykum singlim 2-guruh nogironligi sabab onam Ayollar daftarida edi.Dadamning nomiga avtomobil o’tkazilganligi sababli onamni daftardan chiqarishlari mumkinmi?

    • Agar dadangizning nomiga o‘tqazilgan avtomobil yaqin besh yil davomida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, unda ayangizning ayollar daftaridan chiqarilishi qonuniydir. Chunki ayollar daftari ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqarilgan.

  8. Assalomu aleykum men shu yil yanvar oyiga ayollar daftariga kirgizdila nogiron farzandim borligi uchun lekin holigachon bir yordam koʻrsatganlari yoʻq 1martalik yordam puli olasiz deyodila

    • Siz agar «Ayollar daftari»da bo‘lsangiz, ariza bilan murojaat qilmasangiz-da, siz yiliga bir marta moddiy yordam olish huquqingiz mavjud.

      Hozirda yil yakunlanmaganligi uchun bu yerda huquqlaringiz buzilganmi yoki yo‘q aniq aytib bo‘lmaydi. Balki sizga yilning 4-choragida moddiy yordam chiqarish ko‘zda tutilgandir.

      Shuning uchun siz moddiy yordam olmaganingizni mahalla raisining xotin-qizlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga ma’lum qiling va moddiy yordam olishingiz zarurligini ayting.

      «Ayollar daftari»ga kiritilgan ayollarning boshqa imtiyozlari ham mavjud. Ular bilan tanishish uchun, iltimos, maqolamiz bilan tanishib chiqing.

  9. Xolam 3 gurux nogironi pensiya oladi lekin ayollar daftrdan chiqarishdi turmush ortogi bn ajrashgan 2 nafar ogli bor 26 yoshli ogli russiyda ishlaydi lekn yaxshi pul topolmaypti qande yordam olsa boladi

    • Assalomu alaykum

      Xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar daftari» dan chiqariladi:

      har bir toifa bo‘yicha belgilangan amaliy yordamlar to‘liq ko‘rsatilganda; 

      o‘z arizasiga ko‘ra; 

      “Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda; 

      boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda; 

      sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda; 

      shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda.

      Agarda xolangizdagi yuqoridagi holatlardan biri mavjud bo‘lmasa, tegishli tumanlararo ma’muriy sudga murojaat qilish lozim.
      Batafsil ma’lumot uchun maqola bilan yaxshilab tanishib chiqing: https://huquqplus.uz/materials/social-protection/1065

  10. Assalomu aleykum. Men onkologik kasallikka chalinganman. Nogironlikka xam xujjat topshirganman. Ijtimoiy agentlikdan bir martalik yordam Puli soragandim. Ayollar daftariga kirish uchun xam davolanish vaqtidagi vipiskalarimni topshirgandim. Ular agentlikdan moddiy yordam ajratilsa sizni daftariga kirita olmaymiz Deb arizamni rad etayabti. Shu qanchalik to’g’ri?

    • Assalomu alaykum

      Moddiy yordam olish uchun huquqiy asosga ega bo‘lmasangiz sizga bunday imkoniyatni taqdim etishmaydi. Sizning nogironlik holatingiz bo‘lmasa, ayollar daftarida ro‘yxatda turmasangiz, moddiy yordam berishmaydi. Inson ijtimoiy xizmatlari markazining aytgan gaplari to‘g‘ri. Agarki ular sizga hozir moddiy yordam ajratishsa, sizni ayollar daftariga kiritisha olishmaydi. Sababi, qonunchilikda, imtiyozlarning bittasidan foydalanish qoidasi belgilab qo‘yilgan.

      Savollaringizga batafsil javob topishingiz uchun quyidagi havola orqali maqola bilan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz:

      https://huquqplus.uz/materials/nogironligi-bolgan-ayollar/1065

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli