Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i imtiyozlari

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen mol-mulk va yer solig‘i imtiyozlari haqida bilib olasan.

Soliq – bu sen davlatga biror mulking uchun pul toʻlashing.

Soliq kodeksining 419-moddasiga ko‘ra sen soliq to‘laydigan joylar:

●     Uy-joylar, kvartiralar, dala hovli binolari

●     Ishxona va tadbirkorlik binolari

●     Qurilishi tugamagan binolar

●     Ko‘p qavatli uylarning mashina qo‘yish joylari

●     Boshqa binolar

Soliq kodeksining 421-moddasiga ko‘ra soliq to‘lashda imtiyozi bor insonlar:

  • Urushda qatnashib, O‘zbekiston Qahramoni, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni ordenlarini olganlar
  • urushda nogiron bo‘lganlar
  • yoki qatnashgan deb hujjat berilgan insonlar.

Urushda nogiron bo‘lgan insonlar ro‘yxatiga:

●     SSSR va O‘zbekistonni qo‘riqlashda

●     xalqni himoya qiishda

●     harbiy binolar qurilishida

●     urushga yaqin temiryo‘llarda ishlaganda

●     yashirin topshiriqlarni bajarishda

●     urushga qatnashishda

●     dushman tomonidan qamoqda saqlab turishda

●     Ozodlik uchun urushga qatnashgan xizmatchi, militsiya xodimi  va Davlat xavfsizlik  xizmati rahbari va oddiy ishchi bo‘lib qatnashishda

●     harbiy  xizmatda xizmatchi, militsiya xodimi va Davlat xavfsizlik  xizmati rahbari va oddiy ishchi bo‘lib qatnashishda

●     Harbiy tayyorgarlikda nogiron boʻlgan insonlar kiradi.

Sen birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi boʻlsang:

  • mol-mulkingning 60 kvadrat metrigacha soliq to‘lamaysan

60 kvadratdan ko‘p qismiga soliq to‘laysan.

Masalan: sening 70 kvadrat mulking bor bo‘lsa, 60 kvadratiga soliq to‘lamaysan. Qolgan 10 kvadratiga soliq to‘laysan.

Sen birinchi va ikkinchi guruh nogironi bo‘lsang mol mulk solig‘i imtiyozidan foydalanishing uchun:

  • pensiya guvohnomang
  • yoki nogironlik hujjatingni soliq bo‘limiga ko‘rsatasan.

Senga mol-mulk solig‘i imtiyozi berilsa, imtiyoz sening hujjatlaring tasdiqlangan kundan boshlab hisoblanadi.

Soliq bo‘limi senga mol-mulk solig‘i imtiyozi bermasa sen sudga murojaat qilishing mumkin.

Sen birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lsang:

faqat bitta yashash joying uchun soliq imtiyozidan foydalanishing mumkin.

Sen yer solig‘i to‘laydigan joylar:

●     dehqonchilik qilishing ya’ni ekin ekishing uchun berilgan yerlar

●     uy qurishing uchun berilgan yerlar

●     bog‘dorchilik, uzumchilik va polizchilik qilishing uchun berilgan yerlar

●     sen mashina qo‘yadigan joylar

●     ishing bo‘yicha berilgan yerlar

●     meros bo‘lgan, sovg‘a qilingan yoki sotib olgan yerlaring

●     qonuniy tartibda sotib olgan joylaring

●     tadbirkorlik qilishing uchun ijaraga berilgan yerlar.

Yer solig‘i imtiyozini olishing uchun senda:

  • pensiya guvohnomang

yoki nogironlik hujjating bo‘lishi kerak.

Sen hujjatlaringni soliq tashkilotiga bergan kundan boshlab senga soliq imtiyozi beriladi.

Sen soliq.uz internet sahifasi orqali:

●     daromad solig‘i

●     mol-mulk solig‘i

●     yer solig‘i

●     suv soliqlaridan birini tanlab, soliqdan qancha qarzing borligini masofaviy hisoblashing mumkin.

Sen soliq.uz  internet sahifasida:

●     Xohlagan hisoblash turini tanlaysan

●     INN (soliq to‘lov raqami)

●     pasportingning 14 talik raqami

●     yashash joyingni kiritasan

●     keyin  qancha soliq to‘lashing kerakligi

●     senda bor imtiyozlar ekranda ko‘rinadi.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i imtiyozlari” ga 28 ta javob

  1. Assalomu alaykum meni Qaynotam 1guruh nogironi hovlimiz ularning nomida uy kadastri texnik ekan shuning uchun imtiyozni qo’llay olmayapmiz kadastirni yuridikka almashtir uchun qarizdorlik bo’lmasligi kerak ekan hozir to’lashga sharoitimiz yo’q shunga biror maslahat bering eʼtiborsiz qoldirmaysiz degan umiddaman

    • Assalomu alaykum

      Iltimos, murojaatingizni aniqroq yo‘llay olasizmi?

      Agarda uy-joy qaynotangiz nomida bo‘lsa, qaynotangizda soliq imtiyozi mavjud. Lekin bu soliq imtiyozidan foydalanish uchun nogironlik to‘g‘risidagi hujjatlarni soliq organiga taqdim etish kerak.

      Qaynotangiz nogironlik to‘g‘risidagi hujjatlarni soliq organiga taqdim qilganidan so‘ng 60 kvadrat metr maydon doirasida soliq imtiyozi mavjud bo‘ladi. Hujjat taqdim etilguncha bo‘lgan davr uchun esa soliq to‘laniladi.

  2. Asalomu alaykum mol mulk qurulgan bino uchun 60kvadrat tulamaydi ha yer 20stuk busa unga ham soliqdan ozodmi nomida busa dadam nomidagi yer kadastri busa dadamga imtiyoz bor soliq tulashga ha bumasa yuq ha men 3gruh nogironiman yoshlar yeridan olganman 30stuk yer soliĝi va ijtimoiy soliq chiqyabdi menga ham imtiyoz bormi yuqmi yilik tulovi ham bor bulib tulash yerni tan narxi auksionga chiqanda olganman 153sonli qaror buyicha ushanga javob bering

    • Assalomu alaykum

      Savol mazmunini yaxshiroq tushunishimiz uchun savolni aniq qilib, iloji boricha xatolarsiz qayta yubora olasizmi? Hozir yuborgan savolingizdan holatni tushunish qiyin bo‘layapti.

  3. Assalomu aleykum savolim 2 chi gurpada bulgan shaxsni noturar binosi bulsa shunga imtiyoz bormi ?

    • Vaalaykum assalom, Xurshid!

      Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq, 2-guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun noturar joy mulki boʻyicha soliq imtiyozlari quyidagicha:

      Mol-mulk soligʻi: I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar mulkida boʻlgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.
      Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi.  

      Yer soligʻi: Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yer soligʻi boʻyicha ham imtiyozlar mavjud. Lekin bu imtiyozlar faqatgina jismoniy shaxsning mulki bo’lgan yer uchastkalariga tegishli. Noturar joylar uchun yer solig’i to’liq to’lanadi.

      Bizda bor ma’lumotlarga koʻra bu imtiyoz faqatgina jismoniy shaxsning mulki boʻlgan turar joylar uchun qoʻllaniladi. Noturar joylar (do’kon, omborxona, ustaxona va h.k.) uchun ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi.

      Qo’shimcha ma’lumot olish uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining rasmiy veb-saytiga yoki soliq xizmati organlariga murojaat qilishingiz mumkin: https://soliq.uz/page/davlat-soliq-inspeksiyalari

      Murojaatingiz uchun rahmat!

  4. Assalomu alaykum meni dadam Ortiqov Bobomurod 2 guruh nogironi sogʻliqdan qarzdorlik kelibdi 3 155 785.23 soʻm bizda buncha pul yoʻq oʻzi sharoitimiz ogʻir bizga qanday imtiyoz beriladi

    • Vaalaykum assalom, Rushana! Dadangiz qanday turdagi soliqdan qarzdor bo‘lgan? Agarda daromad va yer solig‘idan bo‘lsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun imtiyozlar bor:

      – I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mulki hisoblangan mol-mulk 60 kvadrat metrdan oshmasa u holda ushbu mol-mulkdan soliq olinmaydi, ushbu maydon hajmi oshgan taqdirda oshgan kvadrat metr uchun soliq solinadi;

      – Yer solig‘idan 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ozod qilingan;

      – Daromad solig‘ini agar dadangiz oyliklari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridan oshmasa, jismoniy shaxsdan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilingan.

  5. Asalomu alkum men ikkichi guri nogironiman yashash joyim kadastiri yuq noturar joy likin soliq tulab kilyafman 7. 8. Yildan beri yir soligidan imtiyozdan fodalanaman desam foydalana olmaesiz dedi qaerga murojat qilsam buladi

    • Assalomu alaykum

      Avvalo siz noturar joyni turar joyga aylantirishingiz lozim. Buning uchun tumaningizdagi kadastr agentligi bo‘limiga murojaat qiling. Tegishli o‘zgartirishlarni kiritgandan keyin, siz turar joyga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishingiz mumkin.

      Turar joyni o‘z nomingizga o‘tkazganingizdan keyin, siz nogironlik guvohnomangizni tumaningizda soliq bo‘limga topshirsangiz, siz soliq imtiyozidan foydalanishingiz mumkin.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli