Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i imtiyozlari

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen mol-mulk va yer solig‘i imtiyozlari haqida bilib olasan.

Soliq – bu sen davlatga biror mulking uchun pul toʻlashing.

Soliq kodeksining 419-moddasiga ko‘ra sen soliq to‘laydigan joylar:

●     Uy-joylar, kvartiralar, dala hovli binolari

●     Ishxona va tadbirkorlik binolari

●     Qurilishi tugamagan binolar

●     Ko‘p qavatli uylarning mashina qo‘yish joylari

●     Boshqa binolar

Soliq kodeksining 421-moddasiga ko‘ra soliq to‘lashda imtiyozi bor insonlar:

  • Urushda qatnashib, O‘zbekiston Qahramoni, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni ordenlarini olganlar
  • urushda nogiron bo‘lganlar
  • yoki qatnashgan deb hujjat berilgan insonlar.

Urushda nogiron bo‘lgan insonlar ro‘yxatiga:

●     SSSR va O‘zbekistonni qo‘riqlashda

●     xalqni himoya qiishda

●     harbiy binolar qurilishida

●     urushga yaqin temiryo‘llarda ishlaganda

●     yashirin topshiriqlarni bajarishda

●     urushga qatnashishda

●     dushman tomonidan qamoqda saqlab turishda

●     Ozodlik uchun urushga qatnashgan xizmatchi, militsiya xodimi  va Davlat xavfsizlik  xizmati rahbari va oddiy ishchi bo‘lib qatnashishda

●     harbiy  xizmatda xizmatchi, militsiya xodimi va Davlat xavfsizlik  xizmati rahbari va oddiy ishchi bo‘lib qatnashishda

●     Harbiy tayyorgarlikda nogiron boʻlgan insonlar kiradi.

Sen birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi boʻlsang:

  • mol-mulkingning 60 kvadrat metrigacha soliq to‘lamaysan

60 kvadratdan ko‘p qismiga soliq to‘laysan.

Masalan: sening 70 kvadrat mulking bor bo‘lsa, 60 kvadratiga soliq to‘lamaysan. Qolgan 10 kvadratiga soliq to‘laysan.

Sen birinchi va ikkinchi guruh nogironi bo‘lsang mol mulk solig‘i imtiyozidan foydalanishing uchun:

  • pensiya guvohnomang
  • yoki nogironlik hujjatingni soliq bo‘limiga ko‘rsatasan.

Senga mol-mulk solig‘i imtiyozi berilsa, imtiyoz sening hujjatlaring tasdiqlangan kundan boshlab hisoblanadi.

Soliq bo‘limi senga mol-mulk solig‘i imtiyozi bermasa sen sudga murojaat qilishing mumkin.

Sen birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lsang:

faqat bitta yashash joying uchun soliq imtiyozidan foydalanishing mumkin.

Sen yer solig‘i to‘laydigan joylar:

●     dehqonchilik qilishing ya’ni ekin ekishing uchun berilgan yerlar

●     uy qurishing uchun berilgan yerlar

●     bog‘dorchilik, uzumchilik va polizchilik qilishing uchun berilgan yerlar

●     sen mashina qo‘yadigan joylar

●     ishing bo‘yicha berilgan yerlar

●     meros bo‘lgan, sovg‘a qilingan yoki sotib olgan yerlaring

●     qonuniy tartibda sotib olgan joylaring

●     tadbirkorlik qilishing uchun ijaraga berilgan yerlar.

Yer solig‘i imtiyozini olishing uchun senda:

  • pensiya guvohnomang

yoki nogironlik hujjating bo‘lishi kerak.

Sen hujjatlaringni soliq tashkilotiga bergan kundan boshlab senga soliq imtiyozi beriladi.

Sen soliq.uz internet sahifasi orqali:

●     daromad solig‘i

●     mol-mulk solig‘i

●     yer solig‘i

●     suv soliqlaridan birini tanlab, soliqdan qancha qarzing borligini masofaviy hisoblashing mumkin.

Sen soliq.uz  internet sahifasida:

●     Xohlagan hisoblash turini tanlaysan

●     INN (soliq to‘lov raqami)

●     pasportingning 14 talik raqami

●     yashash joyingni kiritasan

●     keyin  qancha soliq to‘lashing kerakligi

●     senda bor imtiyozlar ekranda ko‘rinadi.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i imtiyozlari” ga 28 ta javob

  1. men 2- gurux nogironiman mol mulk va yir otamni nomida men buu xolatda imtiyozdan foydalansam bulami yo mol mulk va yir uchaskani meni nomimga utkazish kerakmi

    • Assalomu alaykum. Mazkur holat bo‘yicha Soliq kodeksida nogironligi bo‘lgan shaxsning nogironligi to‘g‘risida tegishli guvohnomasi asosida mol-mulk solig‘iga imtiyoz qo‘llanilishi belgilangan. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki agar mol-mulk sizning nomingizda bo‘lsa soliq imtiyozi qo‘llanilishi mumkin. Aks holda solqi imtiyozi qo‘llanilmaydi.

  2. Man 1-gurux nogironman yoshim 82 da kadastr mani nomimda nega menga imtiyoz qõllanilmayapti Soliq inspektori nogironlik guvoxnomamni hisobga olinmaydi deb otvordi 4stuk yerimga 367 ming Soliq chiqqan shu tõgrimi nima qilay maslaxat bering

  3. Turmish òrtoĝim Avĝonistonda xarbiy xizmat qilgan xovlida turamiz er-mulkga intiyozi bormi Soliqdan qarzdorluk varaĝi kelgan

    • Assalomu alaykum.
      Afsuski, siz bergan holatda sizlarda soliq imtiyozi mavjud emas.

  4. Assalomu alykum Men maktab menejeri bo’lib ishlayman meni oylik ish haqimdan yer va mol mulk solig’i uchun Qaynotam Eshboyev Abdurxim XXX nomidagi yer va mol mulk solig’i uchun ma’lum miqdorda ushlab qolmoqda.Lekin Qaynotam Avĝoniston urushi qatnashchisi hamda II-gurux nogironi ligotalari kadastir ma’lumotlari bor shunga qaramasdan qarzdorlik kelmoqda hamda mening oylik ish haqimdan ushlanmoqda.Menga qonun doirasidan kelib chiqib javob berishingizni so’rayman.Javob uchun oldindan raxmat

    • Assalomu alaykum.
      Nogironligini tasdiqlaydigan hujjatlarni mahalliy soliq idorasiga taqdim qiling. Ushbu imtiyoz hujjatlarni soliq idorasiga taqdim qilinganidan so’ng kuchga kiradi.

  5. Assalomu alaykum men Ibragimov sanjar
    Namangan Viloyati kosonsoy tumanida yashayman men 2guruh-nogironiman oshangan menga uy joy kerak qolimdan hichnima ish kemaydi meni uy joy bilan taminlashinglarni sorayman menga uy zarur turmish ortogim bor uylanganman menga uy kerak uy berishinglarni sorayman

  6. Ассалому Алайкум!
    Менинг хам 2 гурух ногиронлигим бор, лекин ер солиги ту́лашга мажбурлашяпти сабаби кадастр хужжатингиз йу́клиги сабабли сизнинг имтиёзингиз ку́лланилмайди дейишди. Шу ту́грими.
    Агарда ноту́гри бу́лса кимга мурожаат килишим мумкин.
    Жавоб учун олдидан Рахмат.

  7. Assalomu Alaykum!Men doirasi qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyilgan Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan 2-guruh nogironiman.Men Soliq inspeksiyasiga yashab turgan uyimning Kadastr hujjatini va egalik huquqini beruvchi Davlat Orderini,Mudofaa ishlari boʻlimidan tasdiqlangan haqiqatdan ham Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan 2-guruh nogironligi toʻgʻrisidagi Maʼlumotnomani taqdim etganimdan soʻng ham menga Mol mulkimning 60.kv.m.ga Mol-mulk soligʻi hisoblashayapdi shu toʻgʻrimi.

    • Assalomu alaykum

      Bu holatda Soliq organi xodimi tomonidan qonuniy ish tutilmoqda. Chunki nogironligi bo‘lgan shaxslarga mol-mulk bo‘yicha imtiyoz ularning yashash joylarining 60 metr kvadrat qismiga amal qiladi. Bu hajmdan ortiq maydon uchun esa soliq to‘laniladi.

      Shu aytish lozimki, bunday imtiyoz tegishli hujjatni Soliq organiga taqdim qilgandan keyin hisoblanadi. Demak, siz hujjatingizni Soliq organiga topshirganingizdan so‘ng sizga soliq imtiyozi qo‘llanishi boshlangan. Undan oldingi muddat bo‘yicha esa siz soliq to‘laysiz.

  8. Urush nogironlari va qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar Mol-mulk soligʻidan toʻliq shaklda ozodmi yoki ular ham mol mulkning 60.kv.m gacha imtiyoz belgilanganmi

  9. Hurmatli Zafarbek Ergashov Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 421-moddasining 2-qismida Urush nogironlari va qatnashchilari doirasi Qonunchilik bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar mulkida boʻlgan mol mulk toʻliq shaklda Mol-mulk soligʻidan ozod etiladi deyilgan siz aytayotgan 60.kv.m umumiy kasallikdagi 1 va 2-guruh nogironlariga tegishli qonunni buzib talqin qilmang.Qonunni tafakkur bilan oʻqib chiqing

  10. Hurmatli Zafarbek Ergashov Xalqning hammasi ham avom emas.Xalqning ichida ziyoli,tafakkuri kuchli insonlari ham bor shuni unutmang ijodingizga rivoj

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli