Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Kattalarda nogironlik holatini belgilash tartibi qanday?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen kattalarda nogironlik holatini belgilash tartibi haqida bilib olasan.

Prezidentning 257-sonli qaroriga ko‘ra:

  • sen zarur bo‘lmagan payt davolanishing
  • sendan nogironlik hujjatingni so‘rash bekor qilindi.

Masalan:

  • Yoshi katta inson sog‘ligi sabab oilaviy shifokorga bora olmadi.
  • Mahalladagi shifokor yoshi katta insonning nogironlik holatini jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tartibi bo‘yicha tekshiradi.
  • Yoshi katta nogironligi bor insonlar sarson bo‘lmasligi uchun bu tizim ishlab chiqildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti – bu dunyodagi hamma insonlar sog‘ligini himoya qiladigan tashkilot.

Bu tizim 2024-yil 1-sentyabrdan:

  • Toshkent shahri va Navoiy viloyatida sinovdan o‘tkaziladi.
  • 2025-yil 1-sentyabrgacha boshqa viloyatlarda ham tashkil qilinadi.

Yoshi katta insonga nogironlik belgilash uchun:

  • gov.uz internet tizimi orqali telefondan
  • yoki oilaviy shifokorga borib murojaat qilish kerak.
  • (Ariza namunasi 1-ilovada)

Bosh shifokor yoshi katta insonning nogironlik holatini o‘rganib, arizani shifokorlar guruhiga yuboradi.

Arizaga qo‘shib nogironlik belgilari va oqibatlari haqidagi hujjatlar yuboriladi.

Shifokorlar guruhi oilaviy shifokorni tibbiy xulosasiga qarab yoshi katta insonga nogironlik belgilaydi.

Agar yoshi katta nogironligi bor  inson  sog‘ligi sabab oilaviy shifoxonaga bora olmasa, arizani mahalladagi maxsus ishchiga ham berishi mumkin.

Maxsus ishchi yoshi katta insonning arizasini oilaviy shifoxonaga olib boradi.

Tekshiruvdan o‘tkazish uchun yoshi katta insonning hujjatlarini oilaviy shifokor shifokorlar guruhiga yuboradi.

18 yosh va undan katta insonlarning nogironlik holatini  “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi baholaydi.

Agar yoshi katta inson sog‘ligi sababli “Inson” markazlariga bora olmasa, uni uyda yoki davolanayotgan joyda tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Nogironlikni baholash tartibi:

  • Insonning hayoti davomida o‘z-o‘ziga xizmat qilishi
  • Yurish, yo‘lni topish, gaplashish, o‘z harakatini boshqarishi
  • Mehnat faoliyati imkoniyatini to‘la yoki qisman yo‘qotishi.

Masalan, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor inson:

  • qanchalik o‘z yo‘lini mustaqil topa olishi
  • qay darajada o‘z-o‘ziga xizmat qilishi nogironlik holatini aniqlashda yordam beradi.

Jismoniy nogironligi bor inson:

  • qay darajada o‘z-o‘ziga xizmat qila olishi
  • mustaqil harakatlana olish holatlari darajasi
  • uning nogironlik holatini aniqlashda yordam beradi.

2025-yil 1-apreldan kattalarda nogironlik belgilashda aniq ko‘rsatiladigan ma’lumotlar:

  • nogironlik vaqti va sabablari
  • insonga kerakli bo‘lgan davolash tartibi
  • protez buyumlari va davolovchi texnik jihozlarga ehtiyoji.

2025 yil 1-sentyabrdan boshlab:

  • tuman (shahar) shifokorlar guruhi qog‘oz ko‘rinishidagi nogironlik hujjatini berishi bekor qilinadi.

Sening sog‘liging tekshiriladi va natijaga qarab kompyuter orqali nogironlik belgilanadi.

“Kattalarda nogironlik holatini belgilash tartibi qanday?” ga 19 ta javob

  1. Assalomu alaykum, meni oʻgʻlim 3 yoshida koʻzidan onkologik kasallik boʻlib, bir koʻzini operatsiya qilishdi.Hozir bir koʻzi protez. Lekin 18 ga kirganda uning 2-guruh nogironligi 3-guruhga tushirildi..Shu toʻgʻrimi.Hozir 20 yoshda.

    • Vaalaykum assalom, hurmatli fuqaro! Afsuski, biz bu qaror to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aytolmaymiz, chunki bu masala Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) vakolatida. Agar siz o‘g‘lingizga berilgan TIEK xulosasi bilan rozi bo‘lmasangiz, uni bekor qilib bo‘lmaydi degani emas. Qonunchilik xulosa ustidan shikoyat qilish va qayta ko‘rikdan o‘tish huquqini beradi. Asosiysi, muddatlarni o‘tkazib yubormaslik va hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlash.

      TIEK xulosasi berilgan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida viloyat TIEKga maxsus dastur orqali norozilik arizasini kiritishingiz mumkin. Agar bu arizani o‘zingiz kiritolmasangiz, mahallangizdagi ijtimoiy xodim yoki oilaviy shifokoringizdan arizani kirgizib berishda yordam so‘rashingiz mumkin.

      Bu tartib mazkur maqolamizda ham batafsil yoritilgan. Iltimos qayta tanishib chiqing:
      👉 https://huquqplus.uz/materials/tibbiy-xizmatlar-va-reabilitasiya/2966#toc-tiek-xulosasidan-norozi-bo-lsangiz-n

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli