Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Abdullayev Aziz Xamidulloyevich

Huquqshunos, volontyor
Abdullayev Aziz Xamidulloyevich
4.5/5 - (17 votes)

2017-2021 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Milliy g‘oya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yo‘nalishini tamomlagan. 2023-yildan Toshkent davlat yuridik universitetining "Mehnat huquqi" yo‘nalishi magistranti.

Dastlabki mehnat faoliyatini 2017-2019 yillarda O‘zbekiston Ko‘zi Ojizlar jamiyati Toshkent viloyatida NNT yo‘riqchi vazifasidan boshlagan. Shu yillarda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan shug‘ullangan.

2020-yilda Toshkent viloyati Angren shahar 33-son umumiy o‘rta taʼlim maktabida huquq fanidan o‘qituvchi. 2021-yildan boshlab Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasida turli loyihalarda ish faoliyatini olib bormoqda.

Shu kunga qadar xalqaro va mahalliy donorlar tomonidan moliyalashtirilgan quyidagi loyihalarda loyiha rahbari loyiha maslahatchisi loyiha koordinatori sifatida ishlab kelmoqda:

  • Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnat huquqlarini amalga oshirish bo‘yicha jamoatchilik nazorati;
  • www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv bandligini taʼminlash.

Ko‘rish bo‘yicha nogironligi mavjud.

Muallifning barcha maqolalari