Yusupov Dilmurod Dilshadovich

Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasida 2017-yil yanvar oyidan boshlab Loyihalar rahbari lavozimida ishlab keladi. 2013-yil oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi mustaqil tadqiqotchi va fuqarolik jamiyati faoli.
2023-yilda Buyuk Britaniyadagi Sasseks Universitetining Taraqqiyot Tadqiqotlari Instituti (IDS) falsafa doktori (PhD) darajasini olgan. Yaponiyadagi Vaseda universitetida iqtisod fanlari rivojlanayotgan davlatlar iqtisodi mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasi va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida (MGIMO universiteti) xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha bakalavr darajalariga ega.
Mehnat faoliyatida Yaponiya hukumatining O‘zbekistondagi inson xavfsizligini taminlash bo‘yicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg’araz yordam dasturi koordinatori hamda Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ning «O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan insonlarni ijtimoiy muhofaza qilish va reabilitatsiyasini yaxshilash» loyihasi yordamchisi sifatida ishlagan. Hozirgi kunda UNICEF, Jahon banki, BMTTD va boshqa shu kabi xalqaro tashkilotlarga nogironlik va inklyuziya masalalarida maslahatchi sifatida ham faoliyat yuritadi.
2018-yil oktyabr oyidan boshlab nogironlik, inklyuziya, tengsizlik va kambag‘allikni kamaytirish muammolari, shuningdek, O‘zbekistonda mustaqil fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha tahliliy maqolalar yozadi. Markaziy Osiyo tahliliy hisobotlar byurosining (CABAR.asia) eksperti va O‘zbekistonda mashhur internet nashri Gazeta.uz kolumnisti. Ilmiy maqolalarimni Google Scholar va ORCID profillarida topish mumkin.
Nogironlik va inklyuziv rivojlanish sohasidagi kasbiy va ilmiy tajribasidan tashqari, O‘zbekistonda vujudga kelayotgan nogironlar huquqlarini himoya qilish harakatining ittifoqchisi. 2013-yildan buyon turli shakldagi nogironligi bo‘lgan fuqarolarning mahalliy jamoat tashkilotlari bilan faol hamkorlik qilib keladi. 2016-yilda bir guruh nogironligi bo‘lgan faollar bilan hamkorlikda Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi nodavlat notijorat tashkilotini ta'sis etgan.
E-mail: d.yusupov@sharoitplus.uz
Shaxsiy vebsayti: https://dilmurad.me/uz/