Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ta’lim olish jarayonida belgilangan imtiyozlar

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen nogironligi bor talabalarning o‘qish paytidagi imtiyozlari haqida bilib olasan.

Talaba – bu universitetda o‘qiydigan inson.

Nogironligi bor talabalarga:

  • stipendiya to‘lash
  • yotoqxona bilan ta’minlash
  • va boshqa qulayliklar yaratilgan

Nogironligi bor talabalarning stipendiyalariga 50 foiz  stipendiya qo‘shib beriladi.

Barcha uchun stipendiya 517 880 (besh yuz o‘n yetti ming sakkiz yuz sakson) so‘m bo‘lsa, nogironligi bor talabaning stipendiyasi 776 820  (yetti yuz yetmish olti ming sakkiz yuz yigirma) so‘m bo‘ladi.

Sening stipendiyangga 50 foiz pul qo‘shilishi uchun:

  • nogironlik hujjatingni va universitet hisobchisi nomiga ariza berishing kerak.

50 foizli qo‘shimcha stipendiya faqat birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor talabalarga beriladi.

Vazirlar Mahkamasining nizomiga ko‘ra:

  • shartnomada o‘qiydigan birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor talabalarga stipendiyalar davlat hisobidan beriladi.

Birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor talabaning o‘zlashtirishi 3 bahodan past bo‘lmasa 50 foizli qo‘shimcha stipendiya beriladi.

Nogironligi bor talaba:

  • fanlardan o‘zlashtirishi 3 bahodan past bo‘lsa
  • yakuniy nazorat ishlaridan o‘ta olmasa
  • ikkinchi semestrga qolib ketsa stipendiya ham, qo‘shimcha stipendiya ham berilmaydi.

Davlat grantida o‘qiydigan talabaning fanlarni o‘zlashtirishi 3 bahodan past bo‘lsa, keyingi semestrdan stipendiya berilmaydi.

Ikkinchi mutaxassislikda o‘qiyotgan nogironligi bor talaba ham qo‘shimcha  stipendiya olishi mumkin.

Masalan:

  • Sen Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetini bitirgansan.
  • Ishga kira olmaganing uchun ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha Toshkent davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kirding.
  • Bu holatda  senga shartnomada o‘qisang ham qo‘shimcha stipendiya beriladi.

Har bir universitetda talabalarga   rag‘batlantirish pullari berish bo‘yicha “talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi” tashkil etilgan.

“Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi”   pullaridan foydalanish va talabalarni qo‘llab-quvvatlash tartibini universitet kengashi tasdiqlaydi.

Talaba davlat granti yoki shartnomada o‘qisa ham jamg‘arma hisobidan rag‘batlantirish beriladi.

To‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan va fanlardan yakuniy imtihonlardan “5” baho olgan talabalarning stipendiyasiga 20 foizli qo‘shimcha stipendiya beriladi.

Masalan:

  • Sen Jahon tillar universitetida ikkinchi mutaxassislik shartnomada o‘qiysan.
  • Sen semestrni hamma fanlarini 5 bahoga tugatding.
  • Sening stipendiyangga 20 foiz qo‘shimcha pul  qo‘shib beriladi.

Jamg‘arma 50 foizlik qo‘shimcha stipendiya ham berishi mumkin.

50 foizlik stipendiyani olish uchun sen:

  • jamiyat uchun foyda keltiradigan qurilmalar,
  • ilovalarni ishlab chiqqan bo‘lishing
  • Ya’ni, “Kitobplus” ilovasi
  • yoki “O‘zbekcha nutq sintezatori” kabi loyihalar qilgan bo‘lishing kerak.

Jamg‘arma hisobidan beriladigan qo‘shimcha stipendiya  faqat bir marta beriladi.

Jamg‘arma hisobidan beriladigan qo‘shimcha stipendiya senga beriladigan 776 (yetti yuz yetmish olti) ming stipendiyadan tashqari beriladigan pul hisoblanadi.

Qo‘shimcha stipendiya olish uchun sen “Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi” rahbariga ariza bilan murojaat qilishing kerak.

Nogironligi bor talabalarni yashash joyi bilan  ta’minlanishda ham imtiyoz bor.

Seni yotoqxonaga joylashish va yotoqxona  to‘lovlarida imtiyozlaring bor.

Hozirda barcha uchun yotoqxona talabalar to‘lovi – 250 000 (ikki yuz ellik ming) so‘m.

Birinchi guruh nogironligi bor talabalar yotoqxona uchun to‘lov to‘lamaydilar.

Ikkinchi guruh nogironligi bor  talabalar yotoqxona uchun  50 foiz to‘lov to‘lashadi.

To‘lovning 50 foizi hozirda 125 (bir yuz yigirma besh ming) so‘m.

“Nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ta’lim olish jarayonida belgilangan imtiyozlar” ga 78 ta javob

  1. Men 2 grux nogironiman JTU kantraktga. oʻqiyman stependiya olishim uchun stependiyasiz kantrakt tulasam buladimi .

    • Assalomu alaykum

      Yo‘q. Bunday amaliyot mavjud emas. Agar siz stipendiyasiz kontraktni tanlasangiz, stipendiya miqdori kontraktdan ushlanib qolinadi.

    • Assalomu alaykum. Bu yerda alohida bir imtiyoz mavjud emas. Ya’ni, kontrakt to‘lovini kamaytirilgan shaklda to‘lashingiz uchun stipendiya olmasligingiz kerak. Siz qiziqayotgan imtiyoz amaliyotda mavjud emas.

  2. Assalomu alaykum men 2 gurux nogironiman uqishimni sirtqiga utkazdim bor oy uqishim uchun talabalar yotoqxonasiga tulov qilamanmi yoki yuqmi

    • Assalomu alaykum

      Sirtqi ta’limda o‘qiyotgan talabalar yotoqxona bilan ta’minlanmaydi. Shuning uchun bu yerda hech qanday imtiyoz mavjud emas.

  3. Assalomu aleykum nogironligi bo’lgan talabaga sessiyada nechta 3olsa keyingi semestrda stipendiya olomaydi iltimos javob bervoring.

    • Assalomu alaykum

      Talaba imtihonlarni 3 ga bo‘lsa-da, qoniqarli baholar bilan yopsa, muammo bo‘lmaydi, stipendiya olaveradi. Agarki, akademik qarzdorligi bo‘lib, fanlarning birortasidan ham bo‘lsin 2 olib imtihondan yiqilgan bo‘lsa, stipendiya berilmaydi. nogironlik holatingiz bu o‘rinda sizga imtiyoz aqdim eta olmaydi.

    • Assalomu alaykum.

      Talaba imtihonlardan 3 baho bilan o‘tsa ham stipendiya oladi. Agarki, bitta fandan bo‘lsa ham 2 olib imtihondan o‘ta olmasa, stipendiyasi bekor bo‘ladi. Oliy ta’lim muassasalarining 59-sonli ichki «stipendiyalar to‘lash tartibi» to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, stipendiyalar quyidagi holatlarga ko‘ra bekor qilinadi:

      1. talabaning akademik qarzdorligi bo‘lsa; ya’ni, fanlar imtihonlaridan o‘ta olmasdan, 2 olgan bo‘lsa.
      2. ichki tartib qoidalarni qo‘pol shaklda buzgan bo‘lsa.

  4. Assalomu alaykum.

    Talaba imtihonlardan 3 baho bilan o‘tsa ham stipendiya oladi. Agarki, bitta fandan bo‘lsa ham 2 olib imtihondan o‘ta olmasa, stipendiyasi bekor bo‘ladi. Oliy ta’lim muassasalarining 59-sonli ichki «stipendiyalar to‘lash tartibi» to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, stipendiyalar quyidagi holatlarga ko‘ra bekor qilinadi:

    1. talabaning akademik qarzdorligi bo‘lsa; ya’ni, fanlar imtihonlaridan o‘ta olmasdan, 2 olgan bo‘lsa.
    2. ichki tartib qoidalarni qo‘pol shaklda buzgan bo‘lsa.

  5. Nogironligi bor Bakalavr diplomiga ega shaxs ikkinchi mutaxasislikka sirtqi boʻlimda oʻqishni istasa bunday holatda qandaydir imtiyoz bormi ?

    • Assalomu alaykum, Zebo! Agarki siz ikkinchi oliy ta’lim shaklida ta’lim olmoqchi bo‘lsangiz afsuski, bu borada imtiyozlar nazarda tutilmagan. Ya’ni, ikkinchi oliy ta’lim nogironligi bo‘lgan shaxslarga ham to‘lov asosida amalga oshiriladi.

  6. Nogironligi bolgan talabalar hozrgi vaqtda jipa ballari past bolsa grant dan kantrakka tuwib qoladimi wu haqida malumot bering

    • Assalomu alaykum

      Yangi tartib imtiyoz bilan kirgan alohida kvotaga ega shaxslarga tegishli emas, ya’ni 2 foizlik kvota bilan kirgan shaxslar kontraktga tushib qolmaydi.

  7. Ассалому алейкум яхшимисиз мени фарзандим 2чи грух ногиронлиги бор, бу йил отмга кирди дейлик, лекин мен оператция килдирмокчиман, фарзандим ни укишини музлатиб турса к буладими, 1чи курсидалигидаëк, кейинги йилга бошледи

    • Assalomu alaykum

      O‘qishni vaqtincha to‘xtatib turish uchun kamida bir semestr o‘qishi lozim. Shu sababli 1-kursning 2-yarmidan boshlab farzandingizning o‘qishini muzlatib turishingiz mumkin.

  8. Assalomu alaykum manda 2ligota bor lekn 68dan oʻtolmadim ikkalasi bir biriga qoshilmaydimi

  9. Assalomu alaykum. Men 4 gyruh nogironiman . Men talabalar yotoqxonasiga hujjat topshirayotgan paytim qaysi imtiyozni tanlashim kerak u yerda faqat 1 va 2 guruh nogironi degan yozuv bor . Men oshani tanlasam mani ham hisobga oladimi .

    • Assalomu alaykum

      Ha, 1 yoki 2-guruh nogironligi bor shaxs deb belgilayvering. Chunki 18-yoshgacha shartli ravishda bolalarga “4-guruh nogironligi” beriladi.

      Shu sababli birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligim bor deb belgilayvering.

  10. 2 gurux nogironligi bor shaxslarga Nodavlat OTM larda tulov kontrakt buyicha Davlat iltiyozlari bormi?

    • Assalomu alaykum

      Qonunchilikda bunday imtiyoz mavjud emas. Ammo quyidagi ikki yo‘l orqali siz kontrakt summasini o‘zingiz uchun arzonlashtirishingiz mumkin:

      Yoshlar daftariga kirgan holda siz kontraktingizning 50 foizgacha bo‘lgan qismini agentlik hisobidan qoplashingiz;

      Nodavlat oliy ta’lim muassasasi rektoriga ariza yozgan holda kontrakt summasida sizga nisbatan imtiyoz berilishini so‘ragan holda. Bunda kontrakt summasida chegirma berish yoki bermaslik nodavlat oliy ta’lim muassasi rektoriga bog‘liq bo‘ladi.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli