Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Kattalarda nogironlik holatini belgilash tartibi qanday?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen kattalarda nogironlik holatini belgilash tartibi haqida bilib olasan.

Prezidentning 257-sonli qaroriga ko‘ra:

  • sen zarur bo‘lmagan payt davolanishing
  • sendan nogironlik hujjatingni so‘rash bekor qilindi.

Masalan:

  • Yoshi katta inson sog‘ligi sabab oilaviy shifokorga bora olmadi.
  • Mahalladagi shifokor yoshi katta insonning nogironlik holatini jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tartibi bo‘yicha tekshiradi.
  • Yoshi katta nogironligi bor insonlar sarson bo‘lmasligi uchun bu tizim ishlab chiqildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti – bu dunyodagi hamma insonlar sog‘ligini himoya qiladigan tashkilot.

Bu tizim 2024-yil 1-sentyabrdan:

  • Toshkent shahri va Navoiy viloyatida sinovdan o‘tkaziladi.
  • 2025-yil 1-sentyabrgacha boshqa viloyatlarda ham tashkil qilinadi.

Yoshi katta insonga nogironlik belgilash uchun:

  • gov.uz internet tizimi orqali telefondan
  • yoki oilaviy shifokorga borib murojaat qilish kerak.
  • (Ariza namunasi 1-ilovada)

Bosh shifokor yoshi katta insonning nogironlik holatini o‘rganib, arizani shifokorlar guruhiga yuboradi.

Arizaga qo‘shib nogironlik belgilari va oqibatlari haqidagi hujjatlar yuboriladi.

Shifokorlar guruhi oilaviy shifokorni tibbiy xulosasiga qarab yoshi katta insonga nogironlik belgilaydi.

Agar yoshi katta nogironligi bor  inson  sog‘ligi sabab oilaviy shifoxonaga bora olmasa, arizani mahalladagi maxsus ishchiga ham berishi mumkin.

Maxsus ishchi yoshi katta insonning arizasini oilaviy shifoxonaga olib boradi.

Tekshiruvdan o‘tkazish uchun yoshi katta insonning hujjatlarini oilaviy shifokor shifokorlar guruhiga yuboradi.

18 yosh va undan katta insonlarning nogironlik holatini  “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi baholaydi.

Agar yoshi katta inson sog‘ligi sababli “Inson” markazlariga bora olmasa, uni uyda yoki davolanayotgan joyda tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Nogironlikni baholash tartibi:

  • Insonning hayoti davomida o‘z-o‘ziga xizmat qilishi
  • Yurish, yo‘lni topish, gaplashish, o‘z harakatini boshqarishi
  • Mehnat faoliyati imkoniyatini to‘la yoki qisman yo‘qotishi.

Masalan, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor inson:

  • qanchalik o‘z yo‘lini mustaqil topa olishi
  • qay darajada o‘z-o‘ziga xizmat qilishi nogironlik holatini aniqlashda yordam beradi.

Jismoniy nogironligi bor inson:

  • qay darajada o‘z-o‘ziga xizmat qila olishi
  • mustaqil harakatlana olish holatlari darajasi
  • uning nogironlik holatini aniqlashda yordam beradi.

2025-yil 1-apreldan kattalarda nogironlik belgilashda aniq ko‘rsatiladigan ma’lumotlar:

  • nogironlik vaqti va sabablari
  • insonga kerakli bo‘lgan davolash tartibi
  • protez buyumlari va davolovchi texnik jihozlarga ehtiyoji.

2025 yil 1-sentyabrdan boshlab:

  • tuman (shahar) shifokorlar guruhi qog‘oz ko‘rinishidagi nogironlik hujjatini berishi bekor qilinadi.

Sening sog‘liging tekshiriladi va natijaga qarab kompyuter orqali nogironlik belgilanadi.

“Kattalarda nogironlik holatini belgilash tartibi qanday?” ga 19 ta javob

  1. Men Avloqulov Qulmamat Davronovich Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida doimiy yashayman.Imkoniyati cheklangan 2-guruh nogironiman.Nogironlikni Harbiy xizmat vazifasini bajarish vaqtida orttirganman.Har yili TIEK koʻrigidan oʻtaman.Nogironlik menda funksional holatda koʻrinib turibdi,38 yildan buyon shu holatdaman,lekin meni har yili TIEK koʻrigidan nogironlik guruhini muddatli qilib berishadi shu adolatdanmi.Mendan har yil 2 ta 3 ta vipiska talab qilishadi 38 yildan buyon tuzalmagan kasallik endi tuzaladimi.Menga nisbatan adolatsizlik qilinib kelinmoqda.Mana hujjatlarimni topshirganimda 20 kun boʻlayapti hali ham TIEK koʻrigidan oʻtkazishgani yoʻq

    • Assalomu alaykum

      Agarki sizda nogironlik belgisi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa, sizdagi nogironlik holatini bekor qilishga hech kimning haqi yo‘q. Bu masala bo‘yicha, Qashqadaryo viloyati tibbiy ijtimoiy ekspertiza komissiyasiga ariza bilan murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. Bu tashkilotni topa olmasangiz, inson ijtimoiy xizmatlari markaziga borib murojaat qiling. Sababi, tibbiy ijtimoiy ekspertiza komissiyasi inson ijtimoiy xizmatlari markazi tarkibidagi tashkilot hisoblanadi.

  2. Men nogironlikni 1987-yilda Harbiy xizmat burchimni bajarishim vaqtida orttirganman,jarohatim pir boʻlgan,kontuziya olganman,bir pulim ishlamay qolgan.1990-yilda menga umrbodlik 2-guruh nogironligi belgilangan edi.2014-yilda menga belgilangan umrbodlik 2-guruh nogironligi bekor qilindi,menga nisbatan adolatsizlik qilindi shu holat terimi.

  3. Assalomu alaykum men Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanidanman men 2020 yil disk churrasi buyicha apiratsiya bulganman xolatim yon bilgani tufayli qayta apiratsiya qilib temir quyishi kerakligini aytishgan oldin shaxsiy kilinikada buganim uchun gurupaga chiqolmagan man kiyin davlat balnisasida yotib vepiska tugirladim menga 6oylik gurpa belgiladi yana qayta kamisadan utgali borsam meni 3gurpaga tushirdi mening xolatim xozirda chap oyoq sezmasligi davliniya uynashi va boshqa asoratlar qolgan men yana qayta apiratsiya qildirishga imkonim yuq kim biladi men qayerga murojat qilsam buladi men kamisaning ishidan qoniqmadim vipiska tugirlab dakimen qilish juda qiyin iltimos menga yordam beringlar maslahatlarini kutaman

    • Vaalaykum assalom! Agar fuqaro Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) qaroridan norozi bo‘lsa, viloyat TIEK komissiyasiga bir oyning ichida yozma ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Ular qayta ko‘rishadi. Noto‘g‘ri belgilangan bo‘lsa to‘g‘irlab qo‘yishadi. Yoki «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

      1140 va 1146 ishonch raqamlari orqali oʻz eʻtirozlaringizni Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yuborsangiz boʻladi. Shuningdek, ariza, shikoyat va iltimoslaringizni «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga asosan qoldirsangiz biz alohida ko‘rib chiqishadi.

      Ariza yoki shikoyat xatlarida quyidagilar bo‘lishi lozim:

      F.I.Sh.;
      manzil;
      qisqacha va tushunarli masala;
      telefon raqamingiz (bog‘lanish uchun).

      Murojaatlaringizni quyidagi manbaalar orqali ham bizga yollashingiz mumkin: O‘zbekiston, Toshkent sh, Mirobod tumani, Yangizamon ko‘chasi, 1-uy
      (0371) – 239-59-22
      (0371) – 202-06-00
      (0371) – 239-59-23
      E-mail: info@ihma.uz; ihma@exat.uz

  4. Men guruppaga chiqmaganman hozirda menga asiptek nekroz 2-3 bosqichi qóyilgan 3 yildan beri davolanaman shaxsi klinikalarda holatim ogir ishlashga qiynalayapman guruppaga chiqaman desam 120 bólsa yotish kerak keyin kóramiz deydilar shu tógrimi

    • Assalomu alaykum. Hozirda nogironlik belgilash uchun yuborish yashash joyiga xizmat qiladigan oilaviy shifokor tomonidan amalga oshiriladi. Birlamchi nogironlik belgilash uchun uzliksiz 4 oy yoki uzilish bilan 6 oy davolangan bo‘lishi kerak. Vazirlar Mahkamasining 62-sonli qarori (https://www.lex.uz/uz/docs/-5852486) asosida belgilanadi. VMning 62-son qaroriga asosan 120 kun uzluksiz davolangandan keyin TIEKka yuboriladi.

      Tibbiy ijtimoiy komissiyasi (TIEK) esa hujjat kelib tushgandan keyin ko‘rib chiqadi. Muammo bo‘lsa Sog’liqni saqlash vazirligining nogironligi bo’lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar ko’rsatilishi jarayonini muvofiqlashtirish bo’limiga murojaat qilinadi.

  5. Assalomu alaykum yaxshimisiz? Men 2016 yilda hiv (OITS) bilan kasallangan login aniqlangan va 21.08.2023 yilda 2-guruh Muddatsiz deb berilgan guvohnoma lekin tiek koʻrigi 21.08.2025 yil deb belgilangan huddi bu kasallik 2 yilda davolanib qoladiganday bu toʻgʻrimi?

    Guvohnomaga bolalikdan nohiron deb yozilgan

    • Assalomu alaykum. Ikki yildan so‘ng qayta ko‘rik belgilangani, OIV davolanadi degani emas albatta. Nogironlik guruhi OIV tashxisining o‘zi uchun emas,balki u keltirib chiqargan yondosh kasalliklar (masalan, sil, pnevmoniya va hokazo) uchun beriladi.

      2025-yildagi ko‘rik — bu nazorat tekshiruvi bo‘lib, uning maqsadi o‘sha yondosh kasalliklar davolanish natijasida tuzalgan-tuzalmaganini aniqlashdir. Agar sog‘lig‘ingiz tiklangan bo‘lsa, nogironlik guruhi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tartibi. Agar tuman, shahar yoki tumanlararo Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi qaroridan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egasiz. Bu haqida yangi e’lon qilingan huquqiy maqolamizda yozib batafsil yozib o‘tgan edik: https://huquqplus.uz/materials/social-protection/7769

      E’tiboringiz uchun rahmat!

  6. Assalomu aleykum menda Polimilit o‘ng oyoq monoparezi. O‘ng oyoq 6sm kaltaligi, tashxisi qo‘yilgan.menga 1yillik 2chi guruh berishgan edi.Yillik tugap yana bir yil o‘tdi shu orada men tibbiy ko‘rikka bora olmadim menga 120 kun davo muolaja olishim kerakligini aytishdi. Shu to‘g‘rimi

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA) Nogironligi bo‘lgan shaxslarni funksionalligini baholash boshqarmasi vakilidan javob oldik savolingizga: «120 kun davo shart emas. Nogironlik guruhi monoparezning darajasiga qarab belgilanadi.» Nogironlikni belgilash bo‘yicha qolgan savollaringizni mutaxassisning oʻzlariga quyidagi telefonlar orqali berishingiz mumkin. Tel: +998 (90) 176-79-21 (Umarali Nazarmatov) Call-markazi qisqa raqami: 1140

    • Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan «Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida NIZOM» (9-ilova)ga muvofiq:

      TIEK fuqaroni ko‘rikdan o‘tkazib bo’lgach, nogironlikni belgilash, uning sababi va muddatlari bo‘yicha xulosani ko‘rik o‘tkazilgan kunning o‘zida qabul qiladi va fuqaroga tushuntiradi. Shuningdek, nogironlik to’g’risidagi QR-kodli ma’lumotnoma (yoki rad etilgani haqidagi ma’lumotnoma) o’sha vaqtning o’zida fuqaroga taqdim etilishi shart.

      Nogironlik belgilangan shaxslarga pensiya (nafaqa) tayinlash uchun TIEK xulosasi (ko’chirmasi) o‘sha kunning o‘zida «Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza» (TIEK) elektron dasturi orqali Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga avtomatik ravishda yuborilishi qonun bilan mustahkamlangan.

      Nizomda ko’rsatilishicha, fuqaroni TIEK ko‘rigiga yuborgan davolash-profilaktika muassasasiga (poliklinikaga) rasmiy xulosa 3 ish kuni ichida elektron yoki yozma ravishda yuboriladi.

      Xulosa qilib aytsak, siz natijani komissiyadan chiqqan kuningizdayoq bilishga haqlisiz. Agar bunga rioya etilmasa, qonuniy asoslaringizga tayanib «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi yoki ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin.

  7. Assalomu aleykum meni bir kozim kormaydi shu sabab nogironlik nafaqasini olishim mumkinmi qanday talablari bor?

    • Vaalaykum assalom!
      Nogironlik nafaqasi faqat I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga to’lanadi. O’zbekiston Respublikasida nogironlikni belgilash Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) tomonidan amalga oshiriladi. Birinchi navbatda o’zingiz yashab turgan hududdagi oilaviy poliklinikaga (yoki QVP) murojaat qiling. Ko’z shifokori (okulist) ko’rigidan o’ting. Shifokor ikkala ko’zingizning ko’rish o’tkirligini, ko’z tubini va ko’rish maydonini apparat orqali tekshirib, tibbiy xulosa yozib beradi. Agar shifokor tekshiruvlar natijasida nogironlik belgilash uchun tibbiy asos bor deb topsa, sizning tibbiy hujjatlaringizni TIEKga yuborish uchun elektron yo’llanma rasmiylashtiradi. TIEK komissiyasi sizning holatingizni o’rganib chiqib, nogironlik guruhi va nafaqasi berilish-berilmasligi bo’yicha yakuniy qonuniy qarorni qabul qiladi.

      Huquqiy asoslar: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori hamda eng so’nggi 2025-yil 16-sentabrdagi 587-son qarori. (Bu hujjatlar bilan Nogironlikni elektron belgilash mezonlari va tartib-qoidalari tasdiqlangan).

  8. Бу амалда ишламайди. Туман ТИЭК берган хулоса. Республика даражада ҳам ўзгармайди. Бу исботланган ва далилларга асосланган маълумот. Ўзимни хаёт йўлимда синаб кўрдим. Тизим ишламаяп. Бу сиёсий сабатаждир.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli