Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy olishda qanday imtiyozlar bor?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen uy olishdagi imtiyozlar haqida bilib olasan.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan yordamga muhtoj insonlarga uy sotib olish uchun subsidiya berish belgilandi.

Subsidiya – bu senga  davlat tomonidan bir marta beriladigan va qaytarib olinmaydigan pul.

Uy-joy uchun subsidiya – bu sen uy sotib olishing kerak, lekin puling yo‘q bo‘lganda davlat tomonidan bir marta beriladigan va qaytarib olinmaydigan pul.

Yoki sen uyingni ta’mirlamoqchi bo‘lsang, lekin senda pul bo‘lmasa ham davlat senga uy-joy subsidiyasi beradi.

Uy-joy uchun subsidiyasini olishda boshlang‘ich badal bo‘ladi.

Boshlang‘ich badal – bu: 

  • Qoraqalpog‘iston 
  • viloyatlar 
  • Toshkentda sotilayotgan yangi uy narxining birinchi to‘lov puli.

Boshlang‘ich badalning:

5 foizidan kam bo‘lmagan qismini sen to‘lashing kerak bo‘ladi.

Boshlang‘ich badal uchun subsidiya – bu uyni sotib olganingda senga har yili davlat tomonidan beriladigan pul.

Uy-joy uchun subsidiyani 2 xil ko‘rinishda olishing mumkin:  

  • Davlat xizmatlari markazi orqali 
  • My.gov.uz internet manzili orqali

Davlat xizmatlari markazi – bu  hammaga va nogironligi bor insonlarga hujjat ishlarida yordam beradigan tashkilot.

Davlat xizmatlari markaziga sen o‘zing borib: 

  • uy-joy uchun subsidiyaga ariza berasan
  • arizang 1 soatda kerakli tashkilotga yetib boradi.

My.gov.uz  –  bu  davlat xizmatlari markazining internet manzili.

Sen o‘zing hech qayerga bormasdan My.gov.uz internet manzili orqali:

  • ariza berishing mumkin
  • arizang shu vaqtning o‘zida kerakli tashkilotga yetib boradi.

Sening arizangni maxsus tashkilotlar ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Ijtimoiy mezonlar – bu  sening yordamga muhtoj yoki muhtoj emasligingni aniqlaydigan talablar.

Yordamga muhtoj nogironligi bor insonlar:

  • birinchi guruh nogironligi bor insonlar  
  • yolg‘iz, og‘ir nogironlik kasali bor bolani parvarishlayotgan ayollar
  • nogironligi bo‘lgan onalar.

Sening uy-joy subsidiyasi uchun arizangni doimiy yashash joyingdagi:

  • shifokorlar tashkiloti 
  • oila va xotin-qizlar tashkiloti  10 kunda tekshiradi.

Tekshiruvda sening uy-joy  subsidiyasiga muhtojliging aniqlansa, arizang subsidiya.idm.uz internet manziliga  qo‘yiladi.

subsidiya.idm.uz ga qo‘yilgan arizaga tekshiruvchilar ball qo‘yadi.

Sening balling 30 va undan ko‘p bo‘lsa senga subsidiya puli beriladi.

Tekshiruvchilar sening:

  • hujjatlaring
  • to‘plagan ballingga qarab senga subsidiya berish yoki bermaslik haqidagi javob beradi.

Sening arizangning javobi 19 kunda:

  • My.gov.uz internet manziliga
  • Davlat xizmatlari markaziga yetkazadi

Senga subsidiya berilgan kundan boshlab 4 oy ichida subsidiyadan foydalanishing kerak.

Masalan: 

  • sen subsidiyani mart oyida olding
  • mart, aprel, may, iyun oylarida uy-joy olishing kerak.

4 oydan keyin subsidiyadan foydalanishing mumkin emas.

Uy-joy  subsidiyasi berilmaydigan holatlar

  • ma’lumotlaring talabga to‘g‘ri kelmasa
  • ma’lumotlaring noto‘g‘ri yoki yolg‘on bo‘lsa
  • sen yoki turmush o‘rtog‘ing avval subsidiya olgan bo‘lsang
  • shu yil uchun yashash joyidagi  subsidiya puli berish  tugagan bo‘lsa
  • sening yoki oilangning 1 oylik oyligi 2 835 000 (ikki million sakkiz yuz o‘ttiz besh ming) so‘mdan kam va  9 660 000 (to‘qqiz million olti yuz oltmish ming)  so‘mdan ko‘p bo‘lsa.

O‘zbekistonda nogironligi bor insonlarga uy-joy uchun beriladigan boshlang‘ich badal subsidiyasi 32 000 000 (o‘ttiz ikki million) so‘m.

Uy-joy uchun subsidiya sening doimiy yashash joying bo‘yicha beriladi.

Uy-joy uchun subsidiya 1 oiladan faqat 1ta insonga, 1 marta beriladi.

20 yilda qaytarish sharti bilan banklar:

Toshkent shahridagi yangi uylar uchun 416 500 000 (to‘rt yuz o‘n olti million besh yuz) ming so‘m uy-joy subsidiyasi beradi.

20 yilda qaytarish sharti bilan banklar:

  • Qoraqalpog‘iston 
  • boshqa viloyatlardagi yangi uylar uchun 327 250 000 ming (uch yuz yigirma yetti million ikki yuz ellik ming) so‘m uy-joy subsidiyasi beradi.

Banklar uy-joy sotib olish uchun bergan pulning foiz to‘lovlarini:

  • 5 yili subsidiya bilan to‘lanadi 
  • qolgan 15 yilini  sen o‘zing to‘laysan.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy olishda qanday imtiyozlar bor?” ga 80 ta javob

  1. Assalomu aleykum men 2 guruh nogironiman ajrashganman farzandim yuq tez yordamda hamshira bulib ishlayman men subsediyaga qanday uy olsam buladi

    • Subsidiya uchun ariza mas’ul tashkilotlar tomonidan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Ijtimoiy mezonlar – uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilani aniqlashda qo‘llaniladigan  ko‘rsatkichlardir.Nogironligi bo‘lgan shaxslarning quyidagi toifalari ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri keladi:

      birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

      yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar;

      nogironligi bo‘lgan onalar.

      Siz ushbu mezonlardan hech biriga tushmasangiz-da, sizga subsidiya uchun ariza topshirib ko‘rishni tavsiya qilamiz. Lekin siz berilgan ariza yuqoridagi mezonlarga tushmagani uchun rad etilish ehtimoli katta.

      Shaxslarning subsidiya olish uchun ariza topshirishi quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:

      1. Istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi. Ushbu holatda, davlat xizmatlari markazi xodimi murojaat qilgan shaxs nomidan so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi. 

      2. http://www.my.gov.uz sayti orqali o‘zi mustaqil so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldirgan holatda ariza beradi.Davlat xizmatlari markazlari orqali so‘rovnoma to‘ldirilgandan bir soat ichida, www.my.gov.uz  sayti orqali so‘rovnoma mustaqil to‘ldirilganida esa so‘rovnoma avtomatik tarzda mas’ul tashkilotlar hisoblangan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi, davlat soliq inspeksiyasi, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga elektron tarzda yuboriladi. Yuborilgan ariza shaxs ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

  2. Assalomu aleykum biz oilada 4 ta qiz Bitta ogilmiz Eng kichigimiz 11 yoshli nogiron ukam Bor ota Onam ijarada turadi Uy olishga imkoniyatlari yoq topgani faqat ukamga davolatishga Dori darmonlariga ketyabdi nogironlarga subsidiya olishdan boshqa Uy qurilishi uchun yer beriladi diyotuvdi ilojisi bormi shuni javobini kutamab raxmat oldindan

    • Assalomu alaykum.
      Afsuski, sizlarning subsiya uchun arizalaringiz rad etilishi ehtimoli katta.Chunki subsidiya uchun ariza mas’ul tashkilotlar tomonidan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Ijtimoiy mezonlar – uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilani aniqlashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlardir.Nogironligi bo‘lgan shaxslarning quyidagi toifalari ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri keladi:

      birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

      yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar;

      nogironligi bo‘lgan onalar.
      Sizlarning holat ijtimoiy mezonlarga tushmaganligi uchun, sizning arizangiz rad etilish ehtimoli katta.

  3. Assalomu alaykum yaxshimisiz man 2. Gurux nogironiman menga uy olishida yordam kerak. Maslahat berin oldindan rahmat

    • Assalomu alaykum.

      Subsidiya uchun ariza mas’ul tashkilotlar tomonidan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Ijtimoiy mezonlar – uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilani aniqlashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlardir.Nogironligi bo‘lgan shaxslarning quyidagi toifalari ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri keladi:

      birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

      yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar;

      nogironligi bo‘lgan onalar.

      Sizning holatingiz ijtimoiy mezonlarga tushmaganligi uchun, sizning arizangiz rad etilish ehtimoli katta.

      Shundoq bo‘lsa ham sizdagi holatni to‘liq o‘rganish va sizga yordam berish maqsadida uchun sizga yuridik yordam ko‘rsatamiz. Iltimos, sayt orqali bizga murojaat qiling, biz siz bilan tez orada bog‘lanamiz.

    • Assalomu alaykum.
      Maqolamiz bilan tanishib chiqdingizmi? Sizda agar 3-guruh nogironligidan boshqa imtiyoz bera oladigan sabab bo’lmasa, uy-joy subsidiyasi uchun arizangiz rad etiladi.

    • Assalomu alaykum

      Subsidiyaga uy-joy olish uchun o‘zingiz yashaydigan tumandagi davlat interaktiv xizmatlari markaziga borib murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. Xalq tilida bu «Yagona darcha» deb yuritiladi. Barcha hujjatlar onlayn topshiriladi. Subsidiyaga uy-joy olishning zaruriy sharti siz davlat ishida ishlaydigan, to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishingiz shart.

  4. Assalomu alaykum menga uy kerak keyin skuter kerak iltimos qilaman sizlardan shu meni orzuyim

    • Assalomu alaykum

      Uy-joy masalasida siz davlat interaktiv xizmatlari markaziga borib, subsidiya uchun ariza berishingiz kerak bo‘ladi. Agarki, limit tugab qolmagan bo‘lsa, albatta. Biror bir joyda rasmiy jihatdan ishlayotgan bo‘lsangiz, ya’ni imtiyozli kredit asosida uy-joy olish uchun to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lsangiz, imtiyozli kredit asosida uy joy olsangiz bo‘ladi. skuter masalasida ham mahallangizga murojaat qilsangiz, ular sizga mikrokredit hisobida kreditga skuter olib berishga harakat qilishadi.

  5. Assalomu alaykum 2 guruh nogironiman yoshim 21 da turmushga chiqmaganman davlat tomonidan menga uy joy uchun imtiyoz bormi

    • Sizda aynan qanday nogironlik holati mavjud? Qaysi guruh nogironligingiz bor?

      Iltimos, murojaatingizni batafsil yozib qoldirsangiz.

    • Biz sizga uy-joy sotib olishda subsidiyadan foydalanishni maslahat beramiz. Bunda siz uy-joyni sotib olasiz, sotib olayotganingizda uy qiymatining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi.

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan fuqarolarga uy-joy sotib olishlari uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

      Bunda ijtimoiy mezonlar asosida uy-joy uchun subsidiya ajratiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning quyidagi toifalari ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri keladi:

      birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
      yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar;
      nogironligi bo‘lgan onalar.
      Demak, yuqorida sanalgan toifadagi nogironligi bor shaxslar uy-joy olish uchun subsidiya olishlari mumkin.

      Nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy olishdagi imtiyozlar haqida batafsil havolaga bosib huquqiy maqolamizda tanishing: https://huquqplus.uz/materials/uy-joy/864

  6. Assalomu aleykum Men 35 yoshga kirdim 1 ta qizim bor 2017 yilda suyak raki bolib bir oyogim kesilib 2-gurux nogironi bolib qoldim ota-onam uyida inilarim oilasi bilan birga turaman men h subsidiya orqali uy olsam boladimi qayerga murojat qilaman.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli