Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar oliy ta’lim muassasalarida o‘qishlari uchun imtiyozlar

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn
Video mavjud emas
Oson matn mavjud emas

“Nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar oliy ta’lim muassasalarida o‘qishlari uchun imtiyozlar” ga 3 ta javob

  1. Ассалому алайкум. Гулистон давлат унверситети психология ва ижтимоий фанлар кафедраси ижтимоий иш йўналиши масофавий таълим 1курсни битирган 2гуруҳ эшитишимда нуқсоним бор ёлғиз чин етим талаба қизга қандай Имтиёзлар бор

    • Vaalaykum assalom, hurmatli fuqaro!

      Sizning holatingiz bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PQ-230-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-maydagi 181-son qaroriga asosan:

      1. Oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalari uchun mablag‘lar

      Ijtimoiy ta’minot yordami: Yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish uchun maxsus mablag‘lar ajratiladi.

      To‘lab berish tartibi: Bu mablag‘lar talabaning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganidan qat’i nazar, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Masofaviy ta’lim va nodavlat OTM: Ushbu amaliyot nafaqat davlat oliy ta’lim muassasalari, balki nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga ham tatbiq etiladi.

      2. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha imtiyozlar.

      Stipendiya: Siz 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxs sifatida, agar Respublika kasbiy ta’lim markazlarida inklyuziv ta’lim asosida kasb-hunarga o‘qitilayotgan bo‘lsangiz, nogironlik nafaqasi bilan bir vaqtda bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 2 baravari miqdorida har oylik stipendiya olish huquqiga egasiz.

      Ma’lumot uchun: 2026-yil 4-iyun holatiga ko‘ra 1 BHM 412 000 so‘mni tashkil etadi. Demak, stipendiya miqdori 824 000 so‘mni tashkil qiladi.

      Pensiyani qayta hisoblash: 2023-yil 1-yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi uchun pensiya tayinlangandan keyin ishlagan fuqarolarning ish staji va ish haqi hisobga olingan holda, pensiya miqdori har ikki yilda qayta hisoblab chiqiladi.

      Undan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qaroriga asosan, sizning vaziyatingiz bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot: Stipendiya miqdori va to‘lov tartibi:13-band: Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi. Ya’ni  569 668 so‘mga 50 foizlik ustama qo‘shib tayinlanadi. Bu degani, nogironligi bo‘lgan talaba xar oy o‘rtacha 854 502 so‘m miqdorida stipendiya oladi.

      Batafsil ma’lumot olish uchun ushbu havolalar orqali ko‘rib chiqishingiz mumkin:

      https://huquqplus.uz/materials/talim/58292

      https://huquqplus.uz/materials/talim/18773

      https://huquqplus.uz/lawyers/ravshanbekova-dildoraxon/11784

      https://huquqplus.uz/materials/social-protection/3457

  2. Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro!

    Agarda sizda II guruh nogironligi bo‘lib, Siz Davlat OTM da 2-kurs talabasi bo‘lsangiz, bu holatda, Siz uchun davlat tomonidan belgilangan quyidagi imtiyozlar mavjud:

    1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023-yildagi 376-son qaroriga qo‘ra, Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga ustuvorlik asosida qabul qilinish. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza oliy ta’lim muassasasi talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga 2023-yil 25-avgustga qadar topshiriladi.

    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.08.2021-yildagi PQ-5216 son qaroriga asosan, 2021-yil 15-avgustdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlashning tartibi o‘rnatildi. Unga ko‘ra, o‘ziga biriktirilgan turar joyi bo‘lmagan hamda uy-joyga muhtoj sifatida ro‘yxatda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga 18 yoshga to‘lgach uy-joy ajratiladi. Ularga ko‘p xonadonli uylardan 25–50 kv.m maydonli xonadon beriladi. Agar ushbu toifadagi ikki nafar shaxs o‘zaro nikoh qurgan bo‘lsa, ularga 50–70 kv.m maydonli xonadon yoki shu qiymatdan qimmat bo‘lmagan yakka tartibdagi turar joy (hovli) ajratiladi.

    Bundan tashqari, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular texnikum, kollej, akademik litsey yoki oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida har o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (2,060,000 so‘m) miqdorida subsidiyalar ajratiladi. Va yana, yuqoridagi PKning 10 punktiga ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olsa, ularga stipendiya miqdori 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi. Bu to‘lovlar Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

    Yuqorida keltirilgan Davlat oliy talim muassasasiga tegishli imtiyozlardan foydalanish uchun, Siz OTMning dekanati yoki talabalar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qiling, chin yetim maqomini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan xolda. Agarda Siz uy-joyga muhtoj sifatida ro‘yxatda turmagan bo‘lsangiz, tuman (shahar) hokimligi, yeki hududiy Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin. Uy-joy bilan ta’minlash jarayonida ushbu organlar ishtirok etadi.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli