Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr bosqichiga ko‘zi ojiz abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen ko‘zi ojiz o‘quvchilarni oliy ta’limning bakalavr bosqichiga o‘qishga kirish tartibi haqida bilib olasan.

Oliy ta’lim – bu sen maktab, kollej yoki litseyni tugatganingdan keyin universitet yoki institutda qaysidir sohani egallash uchun o‘qishing.

Oliy ta’limning:

  • bakalavr
  • magistratura
  • doktorantura
  • aspirantura kabi bosqichlari bor.

Bakalavr bosqichida sen 4 yil o‘qiysan.

Ko‘zi ojiz o‘quvchilar ro‘yxatiga kiradigan insonlar:

  • maxsus maktab-internatlarida 11-sinfni tugatgan, ko‘zi ojizlar uchun berilgan diplomi bor insonlar
  • nogironligi bor insonlar uchun moslashtirilgan kasb-hunar kollejlarini tugatgan, ko‘zi ojizlar uchun berilgan diplomi bor insonlar
  • 9 yillik ko‘zi ojizlar maxsus maktab-internatini va 3 yillik kasb-hunar kollejini tugatgan ko‘zi ojiz insonlar uchun berilgan diplomi bor insonlar.

11-sinf yoki kollej, litsey diplomini olgan, ko‘z bo‘yicha birinchi guruh nogironlik hujjati  bor insonlar ham ko‘zi ojiz o‘quvchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

Universitetlarga hujjat topshirish  har yili 5-iyundan 25-iyungacha davom etadi.

O‘quvchilarni universitetlarga qabul komissiyalari ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Ko‘zi ojiz o‘quvchilar boshqa o‘quvchilardek bakalavr bosqichiga hujjatlarni:

  • gov.uz internet manzili
  • my.uzbmb.uz sayti orqali topshiradilar.

my.gov.uz va my.uzbmb.uz  internet manzili orqali hujjat topshirish ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor insonlar uchun bepul.

Hujjat topshirishda ko‘zi ojiz o‘quvchilar nogironlik hujjatining  seriyasi va raqamini internet manzilga kiritishi kerak.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi har yili 1-iyungacha ko‘zi ojiz insonlarning nogironlik guruhini aniq ko‘rsatib ma’lumotlarini to‘plashi kerak.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ko‘zi ojiz insonlarning ma’lumotlari Bilim va malakalarni baholash agentligining axborot tizimida ham ko‘rinishini nazorat qilishi kerak.

Bilim va malakalarni baholash agentligining axborot tizimida  ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor insonlarning ma’lumotlari ko‘rinishi internet orqali tez va oson hujjat topshirishga yordam beradi.

Har yili edu.uz internet manzilida universitetlardagi yo‘nalishlarga  kirish imtihonlarini qaysi fanlardan topshirish kerakligi e’lon qilinadi.

Imtihon topshiriladigan fanlarni Vazirlar Mahkamasiga qarashli davlat test komissiyasi tasdiqlaydi.

Qonun hujjatlari va fanlarga qarab universitetlar ko‘zi ojiz o‘quvchilarni kirish imtihonlari tartibini tuzadi. 

Universitetlarning uslubiy kengashi ko‘zi ojiz o‘quvchilarni kirish imtihonlari tartibini tasdiqlaydi.

Dasturda:

  • ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun imtihon fanlari
  • ko‘zi ojiz o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan talablar belgilanadi.

Dasturda:

  • imtihonlarni tashkil etadigan komissiya va unda ishtirok etadigan insonlar
  • imtihon natijalaridan norozi  o‘quvchilar uchun, apellyatsiyaga topshirish tartibi belgilanadi.

Apellyatsiyaga topshirish – bu o‘quvchi imtihon natijalaridan norozi bo‘lganda, javoblarini qayta tekshirishga berish.

O‘qishga hujjat topshirgan ko‘zi ojiz o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar universitetga kelib tushadi.

Universitetlar o‘quvchi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganadi.

O‘quvchi ko‘zi ojiz bo‘lsa, universitet bu o‘quvchi bilan telefon orqali bog‘lanib, imtihon bo‘ladigan vaqt haqida ma’lumot beradi.

Agar o‘quvchi bilan bog‘lanib bo‘lmasa unga sms orqali xabar yuboriladi.

Universitetlarda o‘qishga qabul qilishni sifatli o‘tkazish uchun qabul komissiyalari 26-iyulgacha tuziladi.

Ko‘zi ojiz o‘quvchilar kirish imtihonlarida qatnashish uchun o‘zlari bilan :

  • pasport
  • tugatgan kasb-hunar kolleji yoki maktab diplomining asl nusxasini olib kelishi kerak.

Kirish imtihonlarida ko‘zi ojiz o‘quvchilarga  har bir fan bo‘yicha bilimlarini baholash uchun savollar yozilgan varaq beriladi.

Imtihonda:

  • qabul komissiyasi
  • imtihon olinayotgan fan bo‘yicha o‘qituvchilar
  • ko‘zi ojizlar jamiyati vakili
  • nogironlar jamiyatidan vakil qatnashadi.

Kirish imtihonlarini tashkil qilish tartibiga ko‘ra ko‘zi ojiz o‘quvchilarga qabul komissiyasi tasdiqlagan biletlar beriladi.

Bilet – bu imtihon savollari yozilgan qog‘oz.

Imtihon vaqtida biletdagi savollar  ko‘zi ojiz o‘quvchilarga o‘qib beriladi.

Imtihon vaqtida ko‘zi ojiz o‘quvchi biletdagi savollarga tayyorlanishi uchun vaqt beriladi.

Imtihon vaqtida ko‘zi ojiz o‘quvchi savollarni Brayl yozuvida yozib olishi mumkin.

Imtihon vaqtida ko‘zi ojiz o‘quvchi savollarga javoblarni Brayl yozuvida yozib olishi va o‘qib berishi mumkin.

Ko‘zi ojiz o‘quvchi imtihon savollariga og‘zaki javob beradi.

Har bir ko‘zi ojiz o‘quvchining savollarga javob berishi video kameraga yozib olinadi.

Javoblar kameraga yozilsa:

  • javoblarni tekshirish
  • baholash
  • e’tiroz bo‘lganda o‘quvchining javoblarini qayta ko‘rib chiqishga yordam beradi.

Kirish imtihonlari tugaganidan keyin ko‘zi ojiz o‘quvchilar  to‘plagan ballariga qarab o‘qishga kiradi yoki kirolmaydi.

Ko‘zi ojiz o‘quvchilar va imtihon natijalari haqidagi ma’lumotlar 27-iyulgacha:

  • Davlat komissiyasiga
  • Davlat test markaziga topshiriladi.

Kirish imtihonlaridan yaxshi ball to‘plagan o‘quvchilar Davlat komissiyasi qarori bilan alohida ajratilgan davlat granti bilan o‘qishga qabul qilinadi.

Balli tizimda baholanganda — eng yuqori ballning 55 foizidan ko‘p ball olgan o‘quvchilar universitetga kirgan hisoblanadi.

Baholash tizimida baholanganda — 3, 4 yoki 5 baho olgan o‘quvchilar universitetga kirgan hisoblanadi.

“Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr bosqichiga ko‘zi ojiz abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi” ga 7 ta javob

  1. Ko‘zi ojizlar ham imtihon topshirgandan so‘ng hudud tanlashi mumkinmi? Yoki faqat bitta hududda qoladimi javob uchun oldindan raxmat

    • Assalomu alaykum.
      Ko’zi ojiz nogironligi bo‘lgan shaxslardan imtihon universitet hududida olinganligi uchun ular faqat o’zlari kirmoqchi bo’lgan universitet belgilagan joyda imtihon topshirishi mumkin.
      Shuningdek ko’zi ojiz nogironligi bo‘lgan shaxslar faqatgina bitta universitetni tanlaydi.

  2. Agar kózi ojiz shaxsni milliy sertifikati bólsa, masalan Tarix Dan C+ sertifikati. Shunda shu fandan ozod etiladimi yoki baribir imtihon topshiradimi shu fandan.

    • Assalomu alaykum!

      Agar yetarlicha ball beradigan sertifikat mavjud bo‘lsa, ushbu fandan ozod etiladi.

    • Assalomu alaykum!
      Agar yetarlicha ball beradigan sertifikat mavjud bo‘lsa, ushbu fandan ozod etiladi.

  3. Assalomu alaykum kozi ojizlar 4 guruh nogironi imtihonda ularga 150 ball qoshib beriladimi yoki universitetga shunaqa kirib ketadimi?

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli