
Nogironligi bo‘lgan ayollar uchun ayollar daftaridagi imtiyozlar
- Matnli format
- Video format
- Oson matn

Muharrir: Vazira Komilova
Illyustratsiya: Alina Olimova
Illyustratsiyaga tifloizoh: O‘rta yoshdagi o‘zbek ayoli pushti rang adrasli milliy ko‘ylakda uning ro‘parasida turgan katta «Ayollar daftari»ga hayron bo‘lib qarab turibdi.
Ayollar daftari nima?
Ayollar daftari – ijtimoiy ahvoli og‘ir deb baholanuvchi 30 yoshdan katta ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ishtiyoqi bo‘lgan ayollarning muammolarini hal qilish va nazorat qiladigan ma’lumotlar tizimi.
Ayollar daftariga kirish uchun qanday talablar bor?
- Ishsizlik;
- doimiy daromadga ega bo‘lmaslik;
- boquvchisidan ayrilganlik holatlari;
- ruhiy kasallikka chalinganlik;
- 1-2 guruh nogironligi mavjudligi;
- sud qaroriga ko‘ra, ehtiyojmand deb topilganlik holatlari, nikohi bekor bo‘lganlik;
- yolg‘iz onalik kabi me’zonlar.
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentyabrdagi 938-XII-sonli «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunining 19-moddasiga asosan vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatsiz ya’ni nogironlik holati birorta joyda ishlashga imkon bermaydigan xotin-qizlar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi.
Masalan: 20 yoshdagi nogironligi bo‘lgan ayol kishi otasi, onasi yoki turmush o‘rtog‘ining vafot etishi natijasida boquvchisidan mahrum bo‘ldi. Mana shu holatda shaxs bir vaqtning o‘zida nogironlik pensiyasini va boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiyasini olish huquqiga ega.
Hozirgi kunda nogironlik pensiyasi miqdori – 1 012 000 so‘m.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasining miqdori va to‘lanish tartibi?
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – 820 000 so‘m va boshqa mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 270 000 so‘mdan qo‘shiladi.
Misol uchun: nogironligi bor ayol, voyaga yetmagan bir nafar farzandi uchun davlatdan har oy boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha 820 000 so‘m miqdorida pensiya olish huquqiga ega. Agar bu holatdagi ayolning farzandi ikkita yoki uchta bo‘lsa, qolgan ikkinchi va uchinchi farzandlarining har biri uchun 270 000 so‘mdan qo‘shimcha pensiya olishi mumkin.
Boquvchisidan mahrum bo‘lgan nogironligi bor ayol 3 nafar farzandi uchun davlatdan boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya sifatida – 1 360 000 so‘m miqdorida pensiya oladi.
Yolgiz ona deganda kim tushuniladi?
Nikoh FHDYO organlarida ya’ni ZAGSda ro‘yxatga olinmagan ayollar farzandlarining otasi bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida yoki sudning qarori bilan ham belgilanmagan bo‘lsa, ayollar yolg‘iz ona deb tan olinadi.
Turmush o‘rtog‘i bilan qonuniy ajrashgan va bolasini mustaqil o‘zi boqayotgan ayollar yolg‘iz ayol sifatida “Ayollar daftari”ga kiritiladi.
Ruhiy kasallikka chalingan ayollar qay tartibda “Ayollar daftari” ga kiritiladi?
Ruhiy kasallikka chalingan ayollar “Ayollar daftari”ga kirish uchun ariza va unga ilova qilib nogironlik guvohnomalarini o‘z qonuniy vakillari orqali xotin-qizlar ishlari bo‘yicha mahalla raisi o‘rinbosariga taqdim etadi.
Nogironligi bo‘lgan ayollar qay tartibda “Ayollar daftari”ga kiritiladi?
Nogironligi bo‘lgan ayollar “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kirishlik uchun mahalla raisining xotin-qizlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga ariza bilan murojaat qiladi. (Ariza namunasi 1-ilovada)
Mahalladagi xotin-qizlar qo‘mitasi mazkur ariza asosida murojaat etgan ayolning oilaviy-moddiy ahvoli va ijtimoiy holati to‘g‘ri kelsa, ayolni ro‘yxatga oladi.
Qanday holatlarda “Ayollar daftari” ga kiritish bo‘yicha ariza rad etiladi?
Murojaatchining ijtimoiy moddiy ahvoli o‘rganilganda, uning oylik daromadi eng kam ish haqidan oz bo‘lmasa, yashash sharoitlarining darajasi o‘rtacha holatda bo‘lsa, uning arizasi rad etiladi. Arizasining rad etilganligi bo‘yicha xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari tomonidan murojaatchiga tushuntirish beriladi.
“Ayollar daftari”ga kiritish bo‘yicha ariza asossiz rad qilinsa, qayerga murojaat qilish mumkin?
“Ayollar daftari” ro‘yxatiga kirish bo‘yicha murojaatchining arizasi asossiz tarzda rad etilsa, murojaatchi xotin-qizlar ishlari bo‘yicha mahalla raisi o‘rinbosari ustidan fuqarolik yoki ma’muriy sudga shikoyat qilish huquqiga ega. (Ariza namunasi 2-ilovada)
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar qanday imtiyoz va imkoniyatlarga ega?
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar tadbirkorlik qilish uchun imtiyozli kredit olish, turarjoyni davlat hisobidan ta’mirlash, yilda bir martalik moddiy yordam olish kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Ayollar daftari ro‘yxatida turuvchi nogironligi bo‘lgan ayollar bir martalik moddiy yordam olish uchun ariza bilan murojaat qilishlari talab etilmaydi. 2025-yil davomida ayollarga taqdim etilgan bir marotabalik moddiy yordam miqdori – 900 000 so‘mni tashkil etgan.
Ayollar daftari ro‘yxatida turuvchi ayollarning uylarini davlat hisobidan ta’mirlab berish sektorlar ishchi guruhlari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar uy-joyining holati o‘rganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda ta’mirlash yoki qurilish materiallarini olib berish bo‘yicha smeta ishlab chiqilib «Ayollar daftari» jamg‘armasi Vasiylik kengashiga kiritiladi.
Har bir uy-joyni ta’mirlash ishlariga «Ayollar daftari» jamg‘armasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha (12 360 000 so‘m) miqdorda mablag‘ ajratiladi. Bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘mni tashkil etadi.
Uy-joyni ta’mirlatish uchun oila a’zolaridan biri yoki shu shaxsning o‘zi nogironlik guvohnomasiga ega bo‘lishi zarur. Uy-joyini davlat hisobidan ta’mirlatmoqchi bo‘lgan shaxs oylik daromadi past oila sifatida e’tirof etilgan bo‘lishi kerak. Uy-joyini davlat hisobidan ta’mirlatmoqchi bo‘lgan “Ayollar daftari”da turuvchi ayollar xotin-qizlar ishlari bo‘yicha mahalla raisi o‘rinbosari nomiga ariza bilan murojaat qilishi zarur. (Ariza namunasi 3-ilovada)
“Ayollar daftari”da turuvchi nogironligi bo‘lgan ayollar tadbirkorlik qilish maqsadida kredit olish uchun mahalladagi xotin-qizlar qo‘mitasining rais o‘rinbosari nomiga ariza bilan murojaat qilishlari kerak. (Ariza namunasi 4-ilovada)
Xotin-qizlar qo‘mitasi rais o‘rinbosari hokim yordamchisi bilan masalani o‘rganib, 10 kun ichida ariza javobini aytishi shart. Nogironligi bo‘lgan ayollar kasblariga oid sertifikatlar asosida 33 million so‘mgacha kredit olishlari mumkin.
🆕 Yangi tartiblar joriy etildi
2025-yil 23-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining 462-sonli qarori qabul qilinib, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi tubdan takomillashtirildi.
Endilikda ushbu jamg‘armalar orqali ko‘rsatiladigan yordamlar nafaqat daftarlarga kiritilganlarga, balki kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan hamda daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 2 baravaridan oshmaydigan oilalarga ham taqdim etilishi mumkin.
Yordamlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi va raqamlashtirilgan tizim orqali adolatli taqsimlanadi. Bu esa ilgari ehtiyojmand bo‘lsa-da, daftarlarda bo‘lmaganlarning yordamdan chetda qolish holatlarini bartaraf etishga xizmat qiladi.
🔜 2025-yil 15-avgustdan boshlab “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari asosida vaucher tizimi orqali yordamlar ko‘rsatila boshlaydi. Yangi tartib ijtimoiy yordamni yanada aniq va samarali qilishga xizmat qiladi.
Xotin-qizlar qanday hollarda “Ayollar daftari” dan chiqariladi?
Xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar daftari» dan chiqariladi:
- har bir toifa bo‘yicha belgilangan amaliy yordamlar to‘liq ko‘rsatilganda;
- o‘z arizasiga ko‘ra;
- “Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda;
- boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
- sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
- shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda.
Foydalanilgan manbalar:
- O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentyabrdagi 938-XII-sonli «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonuni;
- 2021-yil 28-apreldagi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 250-son qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.07.2025 yildagi 462-sonli “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ilovalar:
Bu maqolada sen ayollar daftaridagi imtiyozlar haqida bilib olasan.
Ayollar daftari – bu 30 yoshdan katta pulga muhtoj, kasb va bilim o‘rganishga qiziqadigan ayollarga yordam beradigan, nazorat qiladigan tizim.
Ayollar daftariga kirish uchun sen:
- Ishsiz bo‘lishing
- doimiy daromadga ega bo‘lmasliging
- boquvchisiz bo‘lishing
- ruhiy kasal bo‘lishing
- birinchi, ikkinchi guruh nogironi bo‘lishing
- sud qarori bilan yordamga muhtoj deb topilgan bo‘lishing
- ajrashgan bo‘lishing
- yolg‘iz ona bo‘lishing kerak.
Qonunga ko‘ra sen:
- boquvching vafot etgan bo‘lsa
nogironlik sababli ishlay olmasang boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olishing mumkin.
Masalan:
- Sening otang, onang yoki turmush o‘rtog‘ing vafot etgan bo‘lsa sen boquvchingni yo‘qotgan bo‘lasan.
- Bu holatda sen, nogironlik pensiyasini ham boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olishing mumkin.
Hozirgi kunda nogironlik pensiyasi – 800 000 (sakkiz yuz ming) so‘m.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi:
- oilada ishlamaydigan bitta inson uchun 608 000 (olti yuz sakkiz ming) so‘mdan
- oilada ishlamaydigan boshqa insonlar uchun 212 000 (ikki yuz o‘n ikki ming) so‘mdan beriladi.
Misol uchun: Sen boquvchisiz nogironligi bor ayol bo‘lsang, sening 18 ga kirmagan ikkita farzanding bo‘lsa:
- bitta farzanding uchun 608 000 (olti yuz sakkiz ming) so‘mdan
- ikkinchi farzanding uchun 212 000 (ikki yuz o‘n ikki ming) so‘mdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi beriladi.
Sen boquvchisi yo‘q nogironligi bor ayol bo‘lsang:
- davlatdan 3 ta farzanding uchun – 1 030 000 (bir million o‘ttiz ming) so‘m pensiya olasan.
Yolg‘iz ona – bu ZAGSi yo‘q ayollar va bolasining tug‘ilganlik guvohnomasida yoki sud qarorida bola otasi ko‘rsatilmagan ayollar.
Sen turmush o‘rtog‘ing bilan qonuniy ajrashgan bo‘lsang, bolangni yolg‘iz o‘zing boqayotgan bo‘lsang ayollar “Ayollar daftari”ga kiritilasan.
Senda ruhiy kasallik bo‘lsa, “Ayollar daftari”ga kirish uchun:
- qonuniy vakiling bilan birga ariza va nogironlik hujjatingni xotin-qizlar raisiga berasan.
Senda nogironlik bo‘lsa “Ayollar daftari”ga kirish uchun:
xotin-qizlar raisiga ariza bilan murojaat qilasan.
Mahalla xotin-qizlar raisi seni:
- oilaviy – moddiy holating
- ijtimoiy holating to‘g‘ri kelsa, ayollar daftariga kiritadi.
Sening oilaviy sharoiting o‘rganilganda:
- oylik puling eng kam ish haqidan kam bo‘lmasa
- yashash sharoiting o‘rtacha bo‘lsa, arizang rad qilinadi.
Senga arizang nima uchun rad qilingani haqida xotin-qizlar raisi tushuntiradi.
“Ayollar daftari” ro‘yxatiga kirish bo‘yicha arizang sababsiz rad qilinsa, sen xotin-qizlar raisini sudga berishing mumkin.
Sen “Ayollar daftari”ga kirsang:
- tadbirkorlik qilish uchun imtiyozli kredit olishing
- uyingni davlat tomonidan ta’mirlatishing
- bir yilda bir martalik pul yordami olishing mumkin.
Kredit – bu bankdan qarzga olingan pulni qanchadir vaqt ichida foiz bilan qaytarish.
Sen bir martalik pul yordami olishing uchun ariza berishing shart emas.
2023-yil uchun ayollarga berilgan bir martalik yordam puli – 900 000 (to‘qqiz yuz ming) so‘m bo‘lgan.
Uyingni davlat tomonidan ta’mirlab berish uchun sening uyingni holatini ishchi guruh va mutaxassislar o‘rganadi.
Uyingni ta’mirlash uchun kerakli qurilish buyumlari ro‘yxati tuziladi va “Ayollar daftari” jamg‘armasiga beriladi.
Sening uyingni ta’mirlash uchun “Ayollar daftari” bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha (10 200 000 – o‘n million ikki yuz ming so‘m) pul ajratadi.
Hozirda 1 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 (uch yuz qirq ming) so‘m.
Uy-joyni ta’mirlatish uchun oilangdan bir kishida yoki senda nogironlik hujjati bo‘lishi kerak.
Uy-joyini davlat tomonidan ta’mirlatish uchun oila oylik daromadi past oila deb belgilangan bo‘lishi kerak.
Sen uyingni davlat tomonidan ta’mirlatishing uchun xotin-qizlar raisiga ariza bilan murojaat qilishing kerak.
Sen tadbirkorlik qilishda bankdan pul olish uchun mahalla xotin-qizlar raisi yordamchisiga ariza bilan murojaat qilishing kerak.
Xotin-qizlar raisi yordamchisi, hokim yordamchisi bilan birga tadbirkorlik uchun bankdan pul olish masalasini o‘rganib, 10 kunda senga ariza javobini aytishi shart.
Sen kasb o‘rganganliging haqidagi sertifikat bilan 33 (o‘ttiz uch) million so‘mgacha bankdan pul olishing mumkin.
Seni “Ayollar daftari”dan chiqaradigan holatlar:
- senga har bir yordam turi bo‘yicha amaliy yordam berilganda
- o‘zing daftardan chiqish uchun ariza yozganingda
- “Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritilganingda
- boshqa davlatga yashash uchun chiqib ketganingda
- sudlanib qamalganingda
Ассалаума алейкум!айёллар дафтарида булган 2-гурух ногиронлиги бор айёлга бир марталик ёрдам берилса бола нафақаси тухтатиладими?
ассалому алайкум. бир маротабалик моддий ёрдам олганингиз учун бола нафақаси тўхтатилмайди. масалани иккинчи томони ҳам бор. сизни аёллар дафтари рўйхатига киритишганида, сизга кўрсатилиши керак бўлган ёрдамлар рўйхати дастур бўйича тасдиқланади. дастурда белгиланган ёрдамлар сизга кўрсатиб бўлинган бўлса, сизни автоматик равишда ногиронлиги бўлган шахс бўлсангиз ҳам аёллар дафтари рўйхатидан чиқариб юборишади. лекин бир маротабалик моддий ёрдам олишингиз бола нафақаси олишингизга таъсир қилмайди. саломат бўлинг.
Assalomu alekum meni ayam ayollar daftarida turadilarda yaqinda ayam moddiy yordam so‘rab maxallaga chiqdilar yaqinda keladi pul dedida annig‘ini aytmadi pulga muxtoj edik qaysi turiga qarab yordam puli beriladi raxmat javobini kutib qolaman.bizga bu pul kerak edida rossayam
Vaalaykum assalom, savolingiz uchun rahmat! Sizning hududingizda joylashga «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.
Ayollar daftariga qachon yordamlar keladi
Bir martdalik moddiy yordam qachon beriladi
Moddiy yordam qachon beriladi
Mening birinchi guruh nogironligi bor farzandim bor 28yosh ishga yaroqsiz
Men qoramol boqib daromad qilish maqsadida subsidiya qanday olsam boladi
Men 2-chi gurux nogironiman 1-yil bulayabdi ayollar daftaridaman lekin hech qanday yordam yuq
Биринчи марта мурожаат килябман
Мен 2 гурух ногирони . Карамогимда Ота онаси йук болаликдан ногирон жияним менинг карамогимда.
Аммо 2 йилдан буён махалладан хеч кандай имтиёзлар берилмаган.
Укиш учун кредит пулини тулаб беришни мурожаат килганман аммо натижа йук.
Бу канчалик тугри? Ё нотугри
Ассалому алайкум. маҳалла томонидан сизга ёрдам берилиши учун сиз аёллар дафтарида туришингиз керак бўлади. ўқиш учун тўлов контракт пулини 50 фоизи миқдорида тўлаб берилиши учун сизни жиянингиз ёшлар дафтарида рўйхатда туриши шарт. аёллар дафтари рўйхатига кириш учун сиз хотин қизлар ишлари бўйича маҳалла раиси номига ариза билан мурожаат қилишингиз керак бўлади. ёшлар дафтарига кириш бўйича эса, ёшлар ишлари бўйича йетакчи номига ариза билан мурожаат қилиш керак. айтмоқчи бўлганим, бугунги кунда, ёшлар, аёллар дафтарида турмасдан туриб, маҳалладан бирор бир ижтимоий ёрдам олиш қийин масала. саломат бўлинг.
Assalomalekum 2 grux nogroniman yoshim39 da kasaligim tufayli bu yil 2 grux nogronligni oldim onam 70 yowda akam bolari bn bir uyda yaxshaymiz ruzğorimiz bólak oilaviy keliwmovchilik bor uzimga aloxda ruzğor qilaman aloxda xona ajratilgan menga oziq ovqat beriladimi davlat tomonidan ajrashganman farzandim yuq qonuniy ajrashganman shunga aniq javob bersalariz
2-guruh nogironi deb e’tirof etilgan bo‘lsangiz, sizga 800 000 so‘m miqdorida har oyda pensiya to‘lanadi. Bu qonunda ijtimoiy nafaqa deb yuritiladi. Alohida holda har oyda oziq-ovqat olish maqsadida sizga davlat tomonidan biror bir yordam ajratilishi qonunda belgilanmagan. Shunga qaramasdan siz ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs sifatida agar mahallaga murojaat qilsangiz davlat tomonidan har 6 oyda bir marotaba moddiy yordam olishingiz mumkin.Moddiy yordam olish miqdori Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. “Ayollar daftari” ga kirsangiz sizni kasbga o‘qitish va boshqa imtiyozlar belgilangan. Bu imtiyozlar uchun bizning maqolamiz orqali bilishimiz mumkin.
15 май 2024 йил. 12:58
Ассалому алайкум, таълим тизимида 30 йиллик фаолиятим бор, 2023 йил соғлигим ёмонлашганлиги сабабли ll гуруҳ ногиронлиги берилди, турмуш ўртоғим билан ажрашганман. Вояга етмаган ( 2007 йилда туғилган) бир нафар фарзандим учун бола нафақаси олиш ҳуқуқига эгаманми, агар шу ҳуқуқим бўлса аризани онлайн топшира оламанми? Жавоб учун олдиндан рахмат.
Assalomu alaykum
Bola puli qonunchilikka ko‘ra, kam ta’minlangan oilalarga taqdim etiladi. Bola pul olish bo‘yicha shaxs o‘zi yashayotgan mahalla raisi nomiga ariza bilan murojaat qilishi lozim. Shuningdek, fuqarolar bola puli uchun onlayn shaklda my.gov.uz vebsayti orqali ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Siz ham onlayn murojaat qilish huquqiga egasiz.
Hozirda bolalar nafaqasi miqdori oilada uch yoshgacha bo‘lgan bir bola uchun 325 000 so‘m. Eng birinchi farzand uch yoshdan katta bo‘lsa, unga 250 000 so‘m to‘lanadi. Keyingi ikkinchi farzandlarga ikki holatda ham 150 000 so‘mdan beriladi. Keyingi farzandlarning har biri uchun 100 000 so‘mdan qo‘shib ketilaveradi.
Bola puli uchun berilgan ariza quyidagi holatlarda rad etiladi:
1)oila umumiy daromadi jon boshiga hisoblanganda, 621000 ming so‘mdan oshib ketsa;
2)oilada oxirgi 7 yillikda ishlab chiqarilgan avtotransport vositasi bo‘lsa;
3)oila a’zolarining nomida ikki yoki undan ortiq ko‘chmas mulk bo‘lsa;
4)shaxs o‘zini o‘zi band qilmagan bo‘lsa;