Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilishni rasmiylashtirish tartibi qanday?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen nogironligi bor insonlarni ishga qabul qilish tartibi haqida bilib olasan.

Senda nogironlik bor va sen ishga kirmoqchisan.

Rahbar sening imtiyozlaringni bilishi va senga kerakli sharoitni yaratib berishi kerak.

Imtiyoz – bu nogironligi bor inson uchun yaratilgan barcha qulayliklar.

Masalan: sen kamroq soat ishlashing, ko‘proq ta’til olishing va dam olishing mumkin.

Mehnat shartnomasi – bu ishlash uchun rahbar va ishchi kelishuvi.

Shartnoma – bu kelishuv.

Sen ishlashing uchun rahbarga nogironlik hujjatini berishing kerak.

Sinov muddati –   bu seni ishda qanday ishlashingni bilish uchun rahbar senga biroz vaqt ishlab ko‘rishingga imkon berishi.

Mehnat haqidagi qonunning 130-moddasiga ko‘ra sinov muddati:

  • oddiy ishchilarga 3 oy;
  • rahbar va ularning yordamchilariga 6 oy;
  • hisobchiga 6 oy belgilanadi.

Sen sinov vaqtida  har doim ishlaydigan ishchilar bilan bir xil imkoniyat va majburiyatga egasan.

Sen biroz vaqt ishlay olmagan yoki ishga kelmagan kuning sinov vaqtiga qo‘shilmaydi.

Sen 1 haftada 36 (o‘ttiz olti) soatgacha ishlashing kerak.

1 kunda 7 soat ishlasang, 5 kun (dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma) ishlashing mumkin.

1 kunda 6 soat ishlasang, 6 kun (dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba) ishlashing mumkin.

Sening ish vaqting 36 soatdan ko‘p bo‘lsa,

birinchi rahbarga, keyin sudga ish soatim ko‘p deb ariza yozishing kerak.

 

Sud – bu sening huquqingni himoya qiluvchi tashkilot.

Ariza – bu huquqingni himoya qilish uchun yozishing kerak bo‘lgan hujjat.

Senda imtiyozlar bo‘lsa ham oylik hamma ishchilar kabi to‘lanadi.

Sen o‘z roziliging bilan: 

  • kechasi ishlasang;
  • dam olish kuni ishlasang;

biror joyga ish bilan yuborilsang, senga qo‘shimcha oylik beriladi.

Mehnat ta’tili bu – ishdan bo‘shamasdan biroz vaqt dam olish.

Mehnat qilish haqidagi qonunning 218 va 429-moddalaridan foydalanib:

 

Sen 1 yilda 1 marta 30 kun xohlagan vaqtda (qish, bahor, yoz, kuz)  dam olishing mumkin.

Mehnat qilish haqidagi qonunning 227-moddasiga ko‘ra:

senda birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lsa, 6 oy ishlamay turib 30 kun dam olishing mumkin.

Sen qiyin ishda ishlasang qo‘shimcha dam olishing uchun ruxsat beriladi.

Senga rahbar ishlayotganingga 6 oy bo‘lmagani uchun dam olishga ruxsat bermasa, sudga ariza yozishing mumkin.

 

Senga rahbar dam olish navbati boshqa ishchiniki bo‘lgani uchun dam olishga ruxsat bermasa ham sudga ariza berishing mumkin.

Mehnat haqidagi qonunning  360-moddasiga ko‘ra:

rahbar o‘z hisobidan seni ishga olganda har yili majburiy shifokor ko‘rigidan o‘tkazishi kerak.

Rahbar seni nogironliging borligi mehnatga layoqatsiz ekanligingni bilmasdan ishga olgan bo‘lsa yangi shartnoma tuzmaydi.

Eski shartnomani sen bilan kelishib o‘zgartiradi.

Aytib o‘tilgan ma’lumotlarni bilishing: 

  • ishga joylashishingda 
  • ish vaqtida muammolar bo‘lganda senga yordam beradi.

“Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilishni rasmiylashtirish tartibi qanday?” ga 24 ta javob

  1. Buni hammasi qog‘ozda. Amalda nogironligingizni aytsangiz ishga qabul qilishmaydi. Hali nogiron ekan sog‘lom kishilarni ham 40 oshgan bo‘lsa ishga olmaymiz deb olx va shunga o‘xshash platformalarda chiqishayapti. Maqsadlari yoshlarni jismoniy kuchidan maksimal foydalanish. Deylik navbatchi elektrik kerak yoshi 40 gacha deyilayapti. Tushinamiz elektrik avariyaviy vaziyatni tuzatadi va o‘zini elektrika bo‘yicha ishi bo‘lsa qiladi yoki damda bo‘ladi tegishli ish chiqquncha. Ish beruvchilar esa elektrikga tegishli bo‘lmagan ish qildirishga harakat qilishadi. Mana yosh ishchilarni olishidan asosiy maqsadi. Bunaqa aldovlar talaygina. Har doim sinov muddatida olish ham o‘zini oqlamaydi. Sinov muddatiga oldik deb kam haq to‘lashadida sinov muddati tugaganidan keyin xayrlashadi yoki jismoniy zo‘riqishga uchratishib ishdan xodimni o‘zini sovutishadi. Ishdan ketqazsa ish beruvchi hech narsa yutqazmaydi sababi ishsizlar ko‘p biri ketsa ikkinchisi o‘sha qo‘pol bo‘lsa ham tuzoqqa tushaveradi. Bunaqa holatlarga chek qo‘yilishi kerak. E‘lon platformalarida ham taqiqlash kerak bunaqa eplonlarni.

    • Assalomu alaykum.

      Siz ishplus loyihasidan xabardormisiz? Bu loyiha sizga ish topishda yordam beradi. “Sharoit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash uchun ishplus.uz maxsus rekruting veb-portalini ishga tushirdi.
      Ushbu loyiha orqali siz Toshkent shahrida ish topishingiz mumkin.

  2. Assalomu alaykum. Men 1-guruh nogironiman . Insititutni bitirganman. Meni eshitishim bo’yicha 1-guruh nogironlari ishlamaydi faqat 2-guruh nogironlari ishlashadi deb eshitdim. Vrachlar ham shunday deyabdi. Biz yani 1-guruh nogironlari qanday hollarda ishlasak bo’ladi va qanday huquqlarimiz bor?

    • 1-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ham ishlasa bo‘ladi. Tibbiy ijtimoiy ekspertiza komissiyasiga borib murojaat qilsangiz, ular sizga ishlashingiz mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxatini shakllantirib tasdiqlab berishadi. Eshitishida nogironligi bo‘lgan shaxslar asosan, ishlab chiqarish, tadbirkorlik qilish kabi ishlarda faoliyat yuritishlari mumkin.

  3. Assalomu alaykum, men Farg’ona davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili yo’nalishi ni yaqinda Tamomladim, til bilish darajasi sertifikatim yo’qligi sabab ishga kirolmadim, tkt xalqaro sertifikati uchun imtixon topshirdim va birinchi moduldan o’tdim, endi ishga kirsam bo’ladimi, yoki ikki va uch modulni topshirib, o’tsam, va yana yoniga b2 sertifikatini olsamgina kirolamanmi?

    • Assalomu alaykum

      Iltimos, savolni to‘liq yo‘llang. Sizda qanday nogironlik bor? Siz qaysi ish joyiga kirmoqchisiz?

      Agar siz maktabga xorijiy til o‘qituvchisi sifatida ishga kirish haqida gapirayotgan bo‘lsangiz, unda siz til sertifikatini olishingiz lozim.

  4. Asalom aleykum men 2 gruh nogironi man hozirda budjet tashkilotida ishlayman birinchi darajali ekanamis boʻlib menga qoʻshimcha pul toʻlanishi kerakmi yoki yoʻqmi

    • Assalomu alaykum

      Agar tashkilotingizning ichki nizomlarida qo‘shimcha pul aks ettirilmagan bo‘lsa, sizga qo‘shimcha pul to‘lanmaydi. Qonunchilikda bunday imtiyoz mavjud emas.

  5. Assalomu alaykum meni 2guruh nogironiman ishga kirsam boʻladim moshimga taʼsir qilmaydim qanaqa dakmetlar olib borishim kerak

    • Vaalaykum assalom, iltimos ushbu huquqiy maqolamiz bilan batafsil tanishib chiqing. Ish beruvchiga taqdim qilinish kerak bo’lgan hujjatlarni o’zidan so’rashingiz kerak. Odatda mehnat shartnomasini tuzish uchun:
      – Pasport;
      – Mehnat daftarchangiz;
      – Boshqa joyda ishlasa u yerdan ma’lumotnoma;
      – Nogironlik haqidagi guvohnomangiz;
      – Oliy ta’lim diplomi (agar bitirgan bo’lsangiz);
      – INPS;
      – Bank kartangiz rekvizitlari va boshqa hujjatlar kerak bo’lishi mumkin.

      Sizning mehnat qilishingiz nogironlik pensiyangizga ta’sir qilmaydi. Aksincha mehnat stajingizga qarab nogironlik pensiyangizni qayta hisoblatib olishingiz mumkin bo’ladi. Batafsil shu huquqiy maqolamizda yozilgan: https://huquqplus.uz/materials/social-protection/1178

      Hurmat bilan,
      HuquqPlus.uz

    • Assalomu alaykum

      Iltimos, savolingizni bitta xabarda to‘liq qilib yo‘llang.

  6. Assalomu aleykum nogironligi bo’lgan shaxslarni ishga qabul qilishda, soliq imtiyozini qo’llash uchun maxsus kodi bo’lar ekan anashu kodni aytib bera olasizmi

    • Vaalaykum assalom, Asadbek! Bu kod bor va tashkilot bosh hisobchisi hisobot topshirayotganida soliq imtiyozini qo‘llagan xodimlarni to‘g‘risida o‘sha kodni kiritib qo‘yadilar. Bu kod soliq hisobotida spravochnik chiqib keladi va shuni yonidagi kod kiritiladi. Agar yuridik shaxs sifatida soliq hisobotini topshirayotgan bo‘lsangiz, shu kod qo‘llaniladi. Boshqa payt bu kod qo‘llaniladimi yoki yo‘q, biz xabarimiz yo‘q afsuski. Sizdan ushbu kod haqida kim so‘ragan edi va nima maqsadda bu kod sizga kerak? Biz sizni javobingizga qarab yordam berolamiz keyin.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli