Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning erkin harakatlanishida ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan foydalanishga bo‘lgan huquqlari

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen nogironligi bor insonlarning erkin harakatlanishida ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan foydalanish huquqlari haqida bilib olasan.

Ijtimoiy infratuzilma obyektlari – bu hamma turdagi nogironligi bor insonlar hayoti davomida foydalanadigan barcha binolar.

641-sonli qonunning 23-moddasiga ko‘ra:

  • davlat tashkilotlari
  • davlat hokimiyati
  • barcha tashkilotlar sen  harakatlanishing uchun hamma binolarda sharoit yaratishi shart.

Xususiy va davlat binolari nogironligi bor insonlar uchun moslab qurilishi shart.

Binolarda zinalardan tashqari, liftlar va nogironlik aravachasi uchun yo‘lakchalar nogironligi bor insonlar uchun qulay qilib qurilishi kerak.

Binolarda nogironligi bor insonlar uchun alohida hojatxonalar qurilishi kerak.

Ko‘pchilik foydalanadigan binolarni qurish va ta’mirlashda nogironligi bor insonlar mashinasini qo‘yishi uchun  joy yetarli o‘lchamda bo‘lishi  kerak.

Transport xizmatini tashkil qiluvchi tashkilotlar nogironligi bor insonlar uchun qulay sharoit yaratishi kerak.

Masalan:

  • nogironlik aravachasidan foydalanadigan insonlarga qulay bo‘lishi uchun jamoat transporti maxsus buyumlar bilan jihozlanishi kerak
  • zaif eshituvchi insonlar uchun ma’lumotlar ko‘rinadigan ekranlar bo‘lishi kerak
  • bekatlar ovozli e’lon qilinishi kerak
  • shahar va qishloq yo‘nalish nomlari yaxshi ko‘rinadigan qilib  yozilishi kerak
  • poyezd vagonlarida maxsus joylar va perronlar bo‘lishi kerak
  • temir yo‘l vokzallarida nogironlik aravachasi uchun maxsus panduslar bo‘lishi kerak
  • to‘xtash joylari ham sen uchun qulay jihozlanishi kerak
  • to‘xtash joylarida nogironlik aravachasi tushib chiqishi uchun pandus va tutqichlar o‘rnatish kerak
  • transportning kirish eshiklari oldida zaif ko‘ruvchilar uchun bo‘rtma yo‘laklar bo‘lishi kerak
  • piyodalar yurish joylari, chorrahalar  sen uchun qulay bo‘lishi  kerak
  • chorrahalarda ovozli va ko‘rinadigan signalizatsiya o‘rnatish kerak
  • samolyot, poyezd va metrogacha seni  kuzatib qo‘yish choralarini ko‘rish kerak.

 

Jamoat transporti – bu insonlar foydalanadigan

  • avtobus
  • tramvay
  • metro
  • taksi
  • poyezd
  • samolyotlar.

Transport ishlab chiqaruvchi zavodlar nogironligi bor insonlar qulayligini hisobga olishi kerak.

Mehmonxonada kamida bitta xona nogironlik aravachasidan foydalanadigan inson uchun qulay jihozlangan bo‘lishi kerak.

Eshitish va ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor insonlar uchun mehmonxonalarda e’lonlar uchun ekran va ovozli qurilmalar bo‘lishi kerak.

  • Teatr
  • muzey
  • kinoteatr
  • kutubxona
  • bog‘larda nogironligi bor insonlar uchun qulay sharoit bo‘lishi kerak.

Davlatga qarashli  sport binolari va sport zallari nogironligi bor insonlar uchun bepul bo‘lishi kerak.

Xususiy va davlat tashkilotlari nogironligi bor insonlar:

  • sport binolari
  • dam olish binolari
  • turistik binolardan bepul foydalanishi uchun sharoit yaratadi.

641-sonli qarorning 28-moddasiga ko‘ra, davlat tashkilotlari va rahbarlar:

  • sen o‘z huquqlaringni himoya qilishing kerak bo‘lgan vaqtda seni imo-ishora tarjimoni bilan ta’minlashi kerak
  • sen sog‘liging sabab qo‘lda imzo qo‘yolmasang maxsus tayyorlangan imzoyingdan  foydalanishingga sharoit yaratishi kerak.

Eshitish va gapirishda nogironligi bor insonlarga imo-ishora tarjimoni ajratiladigan  holatlar:

  • tergovida
  • sudda
  • hujjatlarni rasmiylashtirishda
  • avtomashina haydashni o‘rganishda
  • kompyuterni o‘rganish kursida o‘qiganda va boshqa zarur hollarda.

Binolarda sen uchun qulay sharoit yaratilmagan bo‘lsa, bino rahbari:

  • Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha jarimaga to‘lashi  mumkin.

Binolarda sen uchun qulaylik yaratilmagan bo‘lsa, sen:

  • bino joylashgan joydagi tuman shahar hokimiyatiga
  • “Inson” ijtimoiy markazlariga
  • “O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi”ga og‘zaki yoki yozma shikoyat qilishing mumkin.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning erkin harakatlanishida ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan foydalanishga bo‘lgan huquqlari” ga 2 ta javob

  1. Assalomu aleykum qaynanam nogiron bir oyog’i yuq shunga subsiyda beriladimi nogironlarga berileptiku hozirda

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli