Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarni boshqarishda nimalarga e’tibor berishlari lozim?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen nogironligi bor insonlar mashina haydashda nimalarga e’tibor berishlari kerakligi haqida bilib olasan.

Sen mashina haydashda qonunda belgilangan vazifalar va majburiyatlarga amal qilishing kerak.

Vazirlar Mahkamasining 172-sonli qarorda piyoda deb belgilangan insonlar ro‘yxati ko‘rsatilgan.

  • Aravachada harakatlanadigan nogironligi bor insonlar
  • Velosiped, mototsikl, chanada yuradigan insonlar
  • Bolalar aravachasini yetaklagan insonlar
  • Nogironligi bor insonlar aravachasini yetaklagan insonlar piyoda hisoblanadi.

Sen mashina haydaganingda mashinangda “Nogironligi bo‘lgan shaxs” belgisi bo‘lishi kerak.

Senda birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lsa, sen mashina haydaganingda nogironlikni tasdiqlovchi hujjatni o‘zing bilan olib yurishing kerak.

Sen mashinangni maxsus belgilar bo‘lgan joylarda to‘xtatishing mumkin.

Sen mashinangni to‘xtatishing mumkin bo‘lgan joylardagi belgilar:

  • 15 – Sen uchun maxsus ajratilgan to‘xtab turish joyi
  • 17 – Sen haydayotgan mashina belgisi
  • 1.24 – Sening mashinang uchun to‘xtab turish joyi.

Bozorlar va boshqa binolardagi mashina to‘xtash joylarning kirish va chiqish qulay bo‘lgan qismida sen uchun maxsus to‘xtash joylari tashkil qilinadi.

Agar mashina to‘xtash joylari binolardan uzoq va noqulay joyda bo‘lsa, bino atrofida vaqtinchalik to‘xtash joylari tashkil qilinadi.

Maxsus to‘xtash joylaridan “Nogironligi bor haydovchi mashinasi” degan belgi o‘rnatilgan mashina haydovchilari foydalanishi mumkin.

Senda:

  • Birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘sa, nogironlikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma bilan maxsus to‘xtash joylaridan foydalanishing mumkin.
  • 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan farzandi bor ota-onalar bolaning pensiya guvohnomasi bilan maxsus to‘xtash joylaridan foydalanishi mumkin.

Maxsus to‘xtash joylaridan foydalanish bepul.

Maxsus to‘xtash joylaridagi:

  • yo‘l chiziqlari
  • yo‘l belgilarining o‘lchamlari talablarga mos bo‘lishi kerak.

Sen aravachada mashina yo‘ldan o‘tayotganingda boshqalarga piyodalar yo‘lagidan o‘tishga xalaqit bersang, yo‘lning chetidan o‘tishing kerak.

Haydovchi har doim oq hassa bilan ishora berayotgan ko‘zi ojiz piyodani o‘tkazib yuborishi kerak.

Piyodalar o‘tish joyidan ko‘zi ojiz piyodalar foydalanishi mumkinligini bildiruvchi belgilar:

  • 15
  • 20
  • 16.1
  • 5.16.2

“Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarni boshqarishda nimalarga e’tibor berishlari lozim?” ga 5 ta javob

  1. Assalomu Alaykum ! Sizlardan iltimos nogironligi bor insonlar uchun òzimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni sotib olishda imtiyozlar berilishi borasida masalasini kòtarishga yordam bersalaringiz.

  2. Astmam bor davolanib turaman ikkinchi guruh nogironligim bor,lekin mashina boshqarishni yaxshi kuraman ammo prava yuq. Prava olish uchun legotalar bormi..

    • Agar sizning yoshingiz 30 yoshdan oshmagan bo‘lsa, siz «Yoshlar daftari»ga kirish orqali, avtomaktabingiz to‘lovining bir qismini davlat tomonidan qoplatishingiz mumkin. Yoshlar daftariga kirish uchun mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qiling.

      Bundan tashqari, haydovchilik guvohnomasini berish bu davlat xizmati hisoblanadi va davlat xizmatidan foydalanishda nogironligi bor shaxslarda 50 foizlik imtiyoz mavjud.

      Demak, siz imtihon summasining yarmini to‘laysiz.

      Batafsil ma’lumot uchun huquqiy maqolamiz bilan tanishing: https://huquqplus.uz/materials/transport/1549

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustda qabul qilingan 683-sonli “Avtotransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida avtotransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilarini berish tartibi joriy etilgan. Ushbu qarorning 3-bob 26-bandida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Davlat raqam belgilari” modulida avtomatik tarzda tasodifiy tanlash yo‘li bilan berilishi nazarda tutilgan. Avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilarini berishda undiriladigan to‘lov stavkalari Ichki ishlar vazirining 2011-yil 21-dekabrda 2303-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan buyrug‘ida ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari miqdorida to‘lov undirilishi belgilangan. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilarini olishda imtiyozlar keltirib o‘tilmagan. Faqatgina O‘zbekiston Respublikasi mehnat organlari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozli shartlarda berilgan transport vositasiga RO‘DRBlarini berish uchun to‘lov undirilmasligi nazarda tutilgan.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli