Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning O‘zbekiston havo yo‘llarida sayohat qilishga oid huquq va imtiyozlari

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada O‘zbekiston havo yo‘llarida sayohat qilishda sening huquq va imtiyozlaring haqida bilib olasan.

O‘zbekiston havo yo‘llari – bu O‘zbekiston samolyotlari.

Sayohat qilish – sen samolyot yoki poyezdda chet elga borishing, dam olishing va boshqalar.

Sen Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki Xorazm viloyatida yashasang samolyotga 50 foizlik chegirma bilan chipta olish ishing mumkin.

Havo transporti kompaniyalari o‘zining imkoniyatidan kelib chiqib sen uchun qo‘shimcha imtiyozlar berishi mumkin.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” ba’zi insonlarga 100 foizlik chegirma berishi mumkin.

100 foizlik chegirma beriladigan insonlar:

  • urushda nogiron bo‘lgan insonlar
  • urushda uchinchi guruh nogironi bo‘lgan insonlar
  • urushda qatnashgan va ularga tenglashtirilgan insonlar
  • urushda birinchi guruh nogironi bo‘lgan insonlar bilan birga ketadigan kuzatuvchi.

Sen 100 foizlik chegirma olishing uchun:

  • nogironlik guvohnomang
  • samolyot uchun berilgan ikkita talonni berishing kerak.

100 foizlik chegirma uchun beriladigan talon senga:

 

  • hozirgi yil va o‘tgan yil uchun
  • hozirgi yil va keyingi yil uchun berilgan bo‘lishi kerak.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” ba’zi insonlarga 50 foizlik chegirma berishi mumkin.

50 foizlik chegirma beriladigan insonlar:

  • urushda nogiron bo‘lgan insonlar
  • urushda uchinchi guruh nogironi bo‘lgan insonlar
  • urushda qatnashgan va ularga tenglashtirilgan insonlar
  • urushda birinchi guruh nogironi bo‘lgan inson bilan birga ketadigan kuzatuvchi

50 foizlik chegirma uchun beriladigan talon senga:

  • shu yil uchun berilgan bo‘lishi kerak.

Sen samolyotda uchishda imtiyozlardan foydalanmoqchi bo‘lsang havo yo‘llari kompaniyalarining chipta sotadigan kassasiga borishing kerak.

Chipta sotadigan kassaga borib:

  • nogironlik hujjating
  • taloningni berganingdan keyin imtiyozdan foydalanishing mumkin bo‘ladi.

Seni aeroport ishchilari samolyotgacha kuzatib qo‘yishlari kerak.

Sen aeroportda nogironlik aravachang va boshqa tibbiy narsalaringni bepul olib yurishing mumkin.

Havo yo‘llari kompaniyalari senga boshqa qulayliklarni ham taklif qiladi.

Havo yo‘llari kompaniyalari senga beradigan boshqa qulayliklar:

  • sen ketadigan va yetib boradigan aeroportda seni kuzatib borish va yordam berish
  • sen o‘zing harakatlana olmasang seni nogironlar aravachasida samolyotga olib chiqish va samolyotdan olib tushish
  • samolyot o‘rindiqlariga seni joylashtirish
  • senga samolyotda yostiq va pled berish
  • barcha yo‘lovchilar samolyotdan tushganidan keyin, kuzatuvchilar seni kuzatib qo‘yishi
  • sen yetib borgan aeroportda seni kutib olish.

Bu xizmatlar sen foydalanishing uchun uchish vaqtingdan 2 kun oldin havo yo‘llari kompaniyalarini ogohlantirishing kerak.

Ogohlantirish uchun chipta sotadigan kassaga murojaat qilishing kerak.

Sen havo yo‘llari kompaniyasining internet manzili orqali ham ogohlantirishing mumkin.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning O‘zbekiston havo yo‘llarida sayohat qilishga oid huquq va imtiyozlari” ga 6 ta javob

  1. уруш кахрамонлари санокли колганлиги сабабли 1-2 гурух ногиронларига хам имтиёз килинса яхши булар эди. Узбекистон карори барча учун баробар 641 сонли конун

    • Assalomu alaykum. Yaxshi taklif. Biz ham sizdek taklif bera olamiz, xolos. Qonun va qonunosti hujjatlarni tegishli vakolatga ega organlar va mansabdor shaxslar qabul qilishadi.

  2. Onam Nurinso Abdullayeva 2024 yil 9 sentyabir kuni soat 13: 45 da istanbuldan Farg’ona O’zbekiston havo yolaridan safarga chiqadi va Onam Nurinso Abdullayeva uchun maxsus imkoniyati cheklanganlar uchun aravacha berishingizni soarayman Huramat bilan Sorahon Abdullayeva

    • Assalomu alaykum

      Bu masala bo‘yicha siz O‘zbekiston havo yo‘llari kompaniyasi bilan bog‘laning. Ularga murojaatingizni yetkazing.

      Telefon: +998781400200

  3. 1‐chi guruh nogironligi bor 4 yoshli bola uchun qòshimcha òindiqsiz ham imtiyoz bormi. Sababi u òzi òtira olmidi.

    • Assalomu alaykum

      Uchish vaqtingizdan 72 soat oldin avia kompaniya bilan bog‘laning, ular sizga kerakli qulaylikni taqdim etishadi.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli