Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi boʻlgan shaxslar transport vositalarini haydashi mumkinmi?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen transport vositalarini haydashing uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida bilib olasan.

Transport vositalari – bu sen haydashing mumkin bo‘lgan har xil mashinalar, motoaravacha va mototsikllar.

Sen transport vositasini haydashing uchunshifokor tekshiruvidan o‘tishing kerak bo‘ladi.

Sen haydovchilik guvohnomasini olishing uchun turli imkoniyatlarga egasan.

Haydovchilik guvohnomasi – bu senga mashina haydash uchun beriladigan ruxsatnoma.

Sen:

  • maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan
  • avtomat uzatkichli yengil mashina haydashing mumkin.

Senga mashina haydash mumkin yoki mumkin emasligini bilish uchun  yashash joyingdagi shifokorga murojaat qilishing kerak.

Seni shifokor 3 ish kuni davomida tekshirishi mumkin.

Agar senga qo‘shimcha tekshiruv kerak bo‘lsa, shifokor seni 14 ish kuni davomida tekshirishi ham mumkin.

Seni tekshiruvdan o‘tkazish kunlarini shifokor uzaytirishi mumkin.

Sen tekshiruvdan o‘tish uchun:

  • Pasporting
  • Yoki ID-kartang bilan shifokorga murojaat qilishing kerak.

Senga mashina haydash mumkin yoki mumkin emasligini tekshiruvchi shifokorga pul to‘lamaysan.

Senga mashina haydash mumkin bo‘lsa  083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma beriladi.

083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma faqatgina “V” toifadagi avtotransport  haydovchilariga beriladi.

“V” toifadagi mashinalar – bu yengil yuk tashishga mo‘ljallangan damas, labo kabi mashinalar.

Boshqa toifadagi mashinalar uchun qonunchilikda maxsus shakldagi ma’lumotnoma ko‘rsatilmagan.

Agar tekshiruvda shifokor seni ko‘zoynak yoki eshitish moslamasi bilan mashinani haydash kerakligini aniqlasa, ma’lumotnomangga:

  • ko‘zoynak bilan haydash majburiy
  • yoki eshitish moslamasi  bilan haydash majburiy degan xulosa yozadi.

Qo‘l bilan boshqariladigan yengil mashinalarni boshqarishda sen uchun tibbiy ko‘rsatmalar:

  • harakat chegaralanishiga sabab boʻladigan oyoq kaft qiyshiqligi
  • oyoqning 7 sm va undan ortiqroq kaltaligi
  • bir yoki ikkala son suyagining amputatsion choʻltoqligi
  • bir yoki ikkala oyoq boldir sohasining amputatsion choʻltoqligi
  • bir tomonlama son yoki boldir qismi choʻltogʻi
  • yurish, oʻtirishning buzilishiga olib keluvchi umurtqa pogʻonasi, tos yoki ikkala oyoqlarning qiyshiqligi yoki kasalliklari
  • oʻtirish holati saqlangan pastki oyoqlarningfalajligi
  • chap oyoq qon tomir va nerv tolalarining shikastlanishi, ifodalangan trofik buzilishlari bilan.

Amputatsion choʻltoqlik –  bu operatsiyadan keyin tananing qolgan qismi.

Mashina haydash bo‘yicha amaliy imtihon vaqtida  mashinada sen uchun kerakli sharoit bo‘lishi shart.

Imtihon o‘tkazishda ishlatiladigan mashina yo‘l harakati qoidalari talabiga ko‘ra:

  • taniqli belgilar
  • qo‘shimcha uskunalar bilan jihozlanadi.

Imtihon o‘tkaziladigan joyda:

  • axborotlarni qabul qilish-uzatish tizimlari
  • yorug‘lik, ovozli avariya to‘xtash ishorasi datchiklari
  • sen bajaradigan sinov mashqlarini qayd etadigan maxsus qurilmalar
  • har bir mashqning va imtihonning yakuniy natijasi bo‘yicha axborot beradigan qurilma bo‘lishi shart.

Agar senda eshitish bo‘yicha nogironlik bo‘lsa, imtihonlarni o‘tkazishda imo ishora tili tarjimoni ishtirok etishi mumkin.

Agar senda eshitish bo‘yicha nogironlik bo‘lsa, haydovchilikka o‘qish vaqtida ham senga imo ishora tili tarjimoni yordam beradi.

“Nogironligi boʻlgan shaxslar transport vositalarini haydashi mumkinmi?” ga 78 ta javob

    • Savolingizga aniq javob berolmaymiz chunki haydovchilik guvohnomasini olish uchun siz birinchi navbatda tibbiy ko‘rikdan o‘tishingiz kerak va 083/h shaklidagi tibbiy ma’lumotnomani olishingiz kerak bo‘ladi. Tibbiy tekshirishdan so‘ng ushbu shaxsning transport vositasini haydashi mumkin yoki mumkin emasligi ko‘rsatiladi. Shunda transport vositalarini boshqarishi mumkin deb topilgan shaxslarga 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma beriladi.

  1. Assalamu alaykum men 2 guruh nogironiman avto maktabda o’qiyabman.Imtixonga borganimda imtihon markazida avtomat karopka moshinada topshiramanmi imtihondi chunki mexanika haydash uchun stepleniyani bosolmayman

    • Assalomu alaykum, afsuski ko‘p holatlarda mexanika beriladi. Avtomat korobka berilmaydi ekan. Lekin siz imtihon topshirayotgan markazingizdan holatingizni tushuntirib iltimos qilsangiz, avtomat korobka mashina ham berishi mumkin, agar bunday mashina markazda bo‘lsa.

  2. 2 гурух ногирониман имтихон марказига амалий вп назарий имтихонга тўлов да имтиёз борми чегирма борми хайовчилик гувохнома олишдахам имтиёз борми

    • Assalomu alaykum, Ravshanali! Afsuski, nogironligi bo‘lgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun to‘lovlar masalasida imtiyoz yo‘q. Faqat bunday imtiyozlar siz o‘qigan markazga o‘zingiz yozma ariza bilan murojaat qilib, yoki nogironlar jamoat birlashmalaridan xat qilib iltimos qilsangiz, unda sizga chegirma qilib berishi ehtimoli bor.

      Ammo, milliy qonunchilikda bunday imtiyozlar nazarda tutilmagan, sababi haydovchilikka o‘qituvchi o‘quv markazlarining barchasi xususiylashtirilgan va davlatning bunga aloqasi yo‘q. Davlatni avtomaktablari hozircha yo‘q.

  3. Mening o‘ng ko’zim 1.0 chap ko‘zim 0 haydovchilik guvohnomasini olsam bo’ladimi.B toifa bo’lsa ham.

    • Assalomu alaykum! Sizning holatingiz bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-iyundagi 2472-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosalandi. Siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashash joyingizdagi yoki avtomaktabga biriktirilgan maxsus poliklinikaga borib, «083/h» shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma olish uchun tiiby ko‘rikdan o‘tishingiz mumkin. Oftalmolog (ko‘z shifokori) qabulida ko‘zlaringiz holati tekshiriladi va sizga tibbiy xulosa beriladi.

      Mazkur Nizomning 3-bobi, 29-bandiga muvofiq koʻzoynak bilan transport vositalarini boshqarishga yaroqli deb topilgandaningizda tibbiy maʼlumotnomaning “alohida belgilar” soʻzlaridan soʻng “koʻzoynak (kontakt linza) taqish majburiy” degan belgi qoʻyiladi. 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnoma unda koʻrsatib oʻtilgan muddatgacha amal qiladi.

      Manba: https://lex.uz/uz/docs/-2194596#-2194678

    • Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro!

      Qo‘li singan yoki gipsda bo‘lgan haydovchilarga avtomobil boshqarish qonunchilikda to‘g‘ridan to‘g‘ri taqiqlanmagan. Biroq bunday holatda haydovchi yo‘l harakati xavfsizligini to‘liq ta’minlay olishi lozim. Amaldagi qonun hujjatlarida gips bilan avtomobil boshqarishga oid maxsus cheklov mavjud emas, ammo shikastlangan qo‘l transport vositasini yetarli darajada boshqarishga yoki favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga to‘sqinlik qilsa, bu holat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan xavfli deb baholanishi mumkin.

      Avtomobilni xavfsiz boshqarish imkoniyati quyidagi omillarga bog‘liq:
      – Jarohat qaysi qo‘lda ekanligi. O‘ng qo‘l shikastlangan bo‘lsa, u rul, uzatmalar qutisi va qo‘l tormozi bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgani sababli, avtomobilni boshqarish ancha qiyinlashishi mumkin.
      – Avtomobil turi. Avtomat uzatmalar qutisi (AKPP) bilan jihozlangan transport vositasini qo‘li singan haydovchi uchun boshqarish mexanik uzatmalar qutisiga nisbatan qulayroq va xavfsizroq hisoblanadi.

      Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq, haydovchi o‘zining sog‘lig‘i holatidan qat’i nazar, yo‘l harakati ishtirokchilari uchun xavf tug‘dirmasligi shart. Shuning uchun, agar singan qo‘l rulni samarali boshqarishga, yo‘l vaziyatiga o‘z vaqtida munosabat bildirishga yoki keskin manyovrlarni amalga oshirishga xalaqit berayotgan bo‘lsa, transport vositasini boshqarish tavsiya etilmaydi.

  4. Assalomu Alaykum men 2-guruh nogironligim bor «Umumiy kasallik» böyicha Ankilizlovchi spondilaartrit hassadan foydalanaman. 083 forma olmoqchi bölganimda senga mumkin emas nogironlik kasalingda mumkin emas. Aynan ankilizlovchi spondilaartrit hassada yuribsan sen prava olsang nogironligingni bekor qiladi deyishyabdi. 083 formada körsatilgan barcha shifokorlar körigidan ötdim hammasi yaxshi qöshimcha shifokordan ham körikdan ötdim. Men doimiy ravishda öz shifokorim nazoratida davolanib turaman.

    • Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro!
      Haydovchilik guvohnomasini (prava) olish va transport vositasini boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lish nogironlik guruhini bekor qilishga hech qanday qonuniy asos bo‘lmaydi. Shifokorlarning «prava olsang nogironliging bekor bo‘ladi» degan gaplari mutlaqo asossiz va qonunchilikka zid. 083/h-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani berishda asosiy mezon faqatgina tashxisning nomi emas, balki holatingizning avtotransportni xavfsiz boshqarishga qay darajada xalaqit berishidir. Agar qolgan barcha shifokorlar xulosasi ijobiy bo‘lsa, sizning huquqlaringiz asossiz cheklanayotgan bo‘lishi mumkin.

      Agar tayanch-harakat tizimidagi holatingiz (masalan, hassa bilan harakatlanishingiz) standart avtomobilni boshqarishga qiyinchilik tug‘dirsa, tibbiy komissiya ma’lumotnomani to‘liq rad etmasligi kerak. Ular sizga «maxsus moslashtirilgan (qo‘lda boshqariladigan) transport vositasini boshqarishga yaroqli» degan xulosa berishlari qonunan to‘g‘ri bo‘ladi. Tibbiy komissiya raisi yoki bosh shifokordan sizga ruxsatnomani berishni rad etish sababini va aynan qaysi qonunchilik hujjatiga (Vazirlar Mahkamasi qarori yoki SSV buyrug‘iga) asoslanayotganini yozma ravishda taqdim etishlarini talab qiling.

      Murojaatingiz uchun rahmat!

  5. Assalomu aleykum man 2 grux nogironiman 2 3 daraja suyak yemirilishi 4 sm bir oyoq kaltaligi bilan chiqganman TIEK menga haydovchilik guvohnomasi olishingiz mumkin emas dedi menga aniq kimlarga mumkin emasligini yozma shaklada yuborolasizmi. Gaz tormoz uzatmasini qoʻlga olib minishga ruxsat bersa boʻladimi

    • Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro!

      Sizning holatingiz bo‘yicha umumiy javob berish mumkin, ammo haydovchilik guvohnomasini olish mumkin yoki mumkin emasligi faqat nogironlik guruhi bilan emas, balki tibbiy ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar ro‘yxati asosida belgilanadi.

      Agar TIEK (Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi) sizga “mumkin emas” degan bo‘lsa, ular bunga qaysi tibbiy me’yor asos bo‘lganini ko‘rsatishi kerak.

      Odatda haydovchilikka ruxsat berilmaydigan holatlarga quyidagilar kiradi:
      – ko‘rishning belgilangan me’yordan past bo‘lishi; nazorat qilib bo‘lmaydigan epilepsiya;
      – og‘ir ruhiy kasalliklar; transport vositasini xavfsiz boshqarishga to‘sqinlik qiladigan og‘ir harakat buzilishlari;
      – qonunchilikda belgilangan boshqa tibbiy qarshi ko‘rsatmalar.

      Lekin bir oyoqning 4 sm kaltaligi yoki 2–3 darajali suyak yemirilishi avtomatik ravishda haydovchilik huquqidan mahrum qiladi, deb umumiy qoida yo‘q. Ayrim shaxslar maxsus moslashtirilgan avtomobilda (masalan, gaz va tormoz qo‘l boshqaruviga o‘tkazilgan transport vositasi) haydashga ruxsat olishlari mumkin. Buning uchun maxsus tibbiy komissiya transport vositasini xavfsiz boshqara olishingiz haqida xulosa berishi kerak.

      Agar sizga rad javobi berilgan bo‘lsa, siz: TIEKdan qaysi normativ-huquqiy hujjat va qaysi bandga asosan rad etilganingiz haqida yozma xulosa berishni so‘rashingiz mumkin. Zarur bo‘lsa, ushbu qaror ustidan yuqori turuvchi organ yoki sudga shikoyat qilishingiz mumkin.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli