Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun avtomototransport vositalarini avtoturargohlarga joylashtirish bo‘yicha imtiyozlar

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen mashinangni avtoturargohga joylashtirishdagi imtiyozlaring haqida bilib olasan.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to’g’risida”gi Qonunining 9-moddasida sen:

  • binolar
  • inshootlar
  • transportlar
  • va boshqa xizmatlardan foydalanishing uchun sharoit yaratish kerakligi belgilangan.

Sen uchun qulay sharoit yaratish maqsadida:

  • Toshkentdagi metrolarda eshiklar ochilib-yopilishi
  • bekatlar haqida ovozli aytib turilishi
  • ekranlarda bekatlar ko‘rsatilishi kabi sharoitlar yaratilgan.

Poyezd vagonlarining bosh qismida sen uchun maxsus  o‘rindiqlar bor.

Vazirlar mahkamasining qaroriga ko‘ra:

  • mashina qo‘yish joylarining kirish va chiqish qismida sen mashinangni qo‘yishing uchun kamida 2 ta joy ajratilishi

Masalan, mashinalar qo‘yish joyining kattaligi  100 sotix  bo‘lsa, sen mashinangni qo‘yishing uchun 5  sotix  joy ajratilishi kerak.

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qaroriga ko‘ra sen mashinangni qo‘yishing mumkin bo‘lgan joylarga:

  • “5.15. To‘xtab turish joyi”
  • “7.17. Nogironlar” yo‘l belgilari qo‘yilishi kerak.
  • «5.15. To‘xtab turish joyi”
  • “7.17. Nogironlar” yo‘l belgilarining chiziqlari boshqa haydovchilarga yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishi kerak.

Vazirlar mahkamasi qaroriga ko‘ra sen:

  • mashinangni to‘xtab turish joyiga qo‘yganing uchun pul to‘lamaysan.

Sen mashinalar qo‘yish joyidan bepul foydalanishing uchun:

  • Mashinangga “Nogironligi bor haydovchi avtomobili”belgisini o‘rnatishing kerak
  • Birinchi va ikkinchi guruh nogironi ekanligingni tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishing kerak.

16 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bolasi bor ota-onalar  (yoki uning o‘rnini bosuvchi insonlar) bolasining nogironlik hujjatini ko‘rsatib mashinalar qo‘yish joyidan bepul foydalanishi mumkin.

Sen  yashaydigan joydagi mashinalar qo‘yish joyida nogironligi bor insonning mashinasi uchun joy ajratilmagan bo‘lsa hokimiyatga murojaat qilishing mumkin.

Ma’muriy javobgarlik kodeksining 1-moddasiga ko‘ra:

  •  mashinalar qo‘yish joyi rahbari  nogironligi bor insonlar mashinasini qo‘yishi uchun sharoit yaratmasa, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima to‘laydi.

Ma’muriy javobgarlik – bu qonunda yozilgan tartib qoidalarni buzganlik uchun beriladigan yengil jazo.

Jarima – bu qoidani buzganlik uchun to‘lanadigan pul.

Jarima to‘laganidan keyin ham rahbar mashinalar qo‘yish joyida sen mashinangni qo‘yishing uchun joy ajratmasa boshqa jazo turlari ham qo‘llaniladi.

Sen uchun ajratilgan mashinalar to‘xtash joylaridan sog‘lom insonlar ham foydalanganligi sababli, nogironligi bor insonlarda qiyinchilik paydo bo‘lmoqda.

Ma’muriy javobgarlik kodeksining 128-moddasiga ko‘ra:

  • haydovchilar piyodalar yo‘lidan yurganda
  • yo‘l belgilariga rioya qilmaganda
  • yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagandabazaviy hisoblashning ikkidan bir qismi miqdorida jarima to‘laydi.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun avtomototransport vositalarini avtoturargohlarga joylashtirish bo‘yicha imtiyozlar” ga 6 ta javob

  1. Xususiy avto maktabda 1 guruh nogironi oʻqisa unga toʻlovlarida qandey imtiyozlar mavjud
    Javob un oldindan raxmat 😊

  2. 1,2 guruh nogironlariga bozor hududida avtoturargohga avtomashinalarini quyganlari uchun pul tulanadimi?

    • Assalomu alaykum,
      I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslardan avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi, ya’ni undan bepul foydalanish huquqi mavjud. Bunda ushbu huquqdan foydalanish uchun siz:

      Birinchidan, avtomobilingizga “Nogironligi bo’lgan haydovchi boshqarayotgan avtomobil” belgisini (1-ilovada ko‘rsatilgan) o‘rnatgan holda avtotransport vositasini boshqarishingiz,
      Ikkinchidan, I va II guruh nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomangizni taqdim etishingiz lozim.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli