Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

ʻʻEl-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali nogironligi boʻlgan shaxslarning xorij mamlakatlarida taʻlim olishi

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen El-yurt umidi jamgʻarmasi orqali xorijda o‘qish haqida ma’lumot olasan.

El-yurt umidi jamgʻarmasini matn davomida qisqa qilib jamg‘arma deb yozamiz.

El-yurt umidi jamgʻarmasi Prezidentning 2018-yil 25-sentyabridagi 5545-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan.

Jamgʻarmaning asosiy vazifasi

  • bilimli insonlarni boshqa davlatlarda o‘qitish

o‘qib kelgan insonlarning bilim va  tajribalari orqali  O‘zbekistonni  rivojlantirish.[1]

O‘zbekistonda Jamg‘arma 1 yilda  2 marta stipendiya tanlovini e’lon qiladi.

Stipendiya –  bu boshqa davlatda o‘qish uchun jamg‘arma tomonidan to‘lab beriladigan to‘lov.

Har bir stipendiya tanlovlari hujjat topshirish va test sinovlari bosqichlaridan iborat.

Test sinovlari bakalavr bosqichi nomzodlari uchun:

  • tahliliy fikrlash
  • mantiqiy fikrlash bo‘yicha 15 ta savoldan iborat.

Bakalavr – bu  universitetdagi 1, 2, 3, 4-kurs talabalarining darajasi.

Tahliliy fikrlash – bu  mustaqil fikrlash, ya’ni sening o‘z fikrlash qobiliyating.

Mantiqiy fikrlash – bu aniq ma’lumotlar asosida fikrlash qobiliyati.

Test sinovlari magistratura va doktorantura bosqichidagi nomzodlar uchun:

●     tahliliy fikrlash

●     ilmiy tadqiqot olib borish bo‘yicha 15 ta savoldan iborat bo‘ladi.

Test sinovlari kompyuterda o‘tkaziladi. Sen natijalarni testni tugatishing bilan bilishing mumkin.

Sen testdan oʻtish ballini toʻplasang  suhbatda ishtirok etasan.

Suhbatda sendan:

●     sening fikrlashing

●     O‘zbekistonning tarixi

●     hozirgi davlat boshqaruvi

●     O‘zbekistonda yashovchi insonlar hayotini qanchalik bilishing

●     chet davlatda  oʻqib kelganingdan keyin nimalar qilishing haqida soʻraladi.

Suhbat har doim o‘zbek tilida o‘tkaziladi.

Prezidentning 2021-yil 11-fevraldagi 6168-sonli farmoniga ko‘ra, yoshlar chet davlatda o‘qishi uchun stipendiyalar ajratiladi.

Jamg‘arma senga stipendiya ajratishi uchun:

  • Chet davlatda o‘qishga qabul qilinganliging haqida taklifnoma-xati
  • Shartli qabul qilinganing haqida taklifnoma-xati

Seni oʻqishga qabul qilgan joyda sen uchun barcha sharoitlar boʻlishi kerak.

Jamgʻarma tanlovlarida ishtirok etish uchun sen:

●        Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishing

●        tanlagan yoʻnalishingda  avval chet davlatda o‘qimagan bo‘lishing

●        bakalavrda o‘qish uchun 25 yoshdan katta bo‘lmasliging

●        magistraturada o‘qish uchun 20 yoshdan kichik  bo‘lmasliging

●        doktoranturada o‘qish uchun 22 yoshdan kichik va 45 yoshdan katta boʻlmasliging kerak.

Magistratura va doktoranturada o‘qish uchun 2 yil va undan ko‘p ishlagan bo‘lishing kerak.

Ta’lim va ijtimoiy sohalarda o‘qish uchun ishlagan bo‘lishing shart emas.

Prezident qaroriga koʻra, sen  jamg‘arma hisobidan chet davlatidagi universitetlarda, masofaviy kurslarda ham o‘qishing mumkin

Sen Jamgʻarmaga masofaviy hujjat topshirishda:

  • Jamgʻarma rahbari nomiga ariza
  • nogironlik hujjatingni qo‘shib topshirishing kerak.
Tanlovga hujjat topshirish vaqti va tartiblari haqida

●     Jamgʻarmaning internet manzili (https://eyuf.uz/)

●      telegram orqali bilishing mumkin (https://t.me/elyurtumidifoundation)

Stipendiya tanlovi uchun hujjatlar  1 oy davomida topshiriladi.

Sen hujjatlaringni https://admission.eyuf.uz/  internet sayti orqali topshirishing mumkin.

Sen internet saytga joylashing kerak bo‘lgan hujjatlar:

  • Jamgʻarma direktori nomiga ariza
  • pasport
  • chet davlatdagi universitetga oʻqishga qabul qilinganliging
  • yoki shartli qabul qilinganliging toʻgʻrisidagi taklifnoma-xat
  • B2 darajasidan past bo‘lmagan til bilish sertifikati (Milliy sertifikat, IELTS, TOEFL va boshqalar)
Sen bakalavrga hujjat topshirsang:

●     maktab

●     kollej

●     litsey

shulardan birini tugatganlik haqidagi hujjat nusxasini joylashing kerak.

Sen magistraturaga hujjat topshirsang:

  • bakalavr diplomi
  • diplom ilovasini joylashing kerak.

Sen doktoranturaga hujjat topshirsang:

  • magistratura diplomi
  • diplom ilovasi
  • 2 yil ishlaganligingni tasdiqlovchi hujjat nusxasini joylashing kerak.

Sen doktoranturaga qoʻshimcha topshirishing kerak bo‘lgan hujjatlar:●     Oʻzbekistonda va chet davlatdagi ilmiy jurnallarda chiqqan ilmiy maqolalaring roʻyxati●     maqolalarning elektron ko‘rinishi●     ilmiy tadqiqotning maqsadi●     ilmiy tadqiqotning uslublari va natijalari

●     tadqiqotni Oʻzbekistonda qoʻllash haqidagi insho

 

Senda universitetda oʻqish to‘lovi boʻyicha chegirmalar boʻlsa, buni tasdiqlovchi hujjatni ham joylashing kerak.

Elektron ko‘rinish  – bu  barcha qog‘oz ko‘rinishidagi

  • hujjat
  • kitob
  • jurnal va boshqalarning kompyuterdagi ko‘rinishi.

Ilmiy tadqiqot – bu aniq bir mavzuda yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni.

Maqola – bu istagan soha ma’lumotlari va jarayonlari o‘rganilib, qoidalarga amal qilgan holda yozilgan matn.

Senda hujjatlarni internet orqali topshirishda muammolar bo‘lsa, Jamgʻarma xodimlaridan masofaviy  yoki tashkilotga borib  yordam olishing mumkin.

Masofaviy – bu internet orqali, hech qayerga bormasdan bajariladigan jarayonlar.

Jamgʻarmaning stipendiya tanloviga saralash testi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladi.

Testlarni saralash vaqtida Jamgʻarma nomzodlar orasida nogironligi bor insonlarni  aniqlasa, ularga agentlik tomonidan kerakli sharoitlar yaratib beriladi.

Sen saralash va test bosqichida eshitish yoki gapirishda qiynalsang, senga maxsus tarjimon beriladi.

Jamgʻarma stipendiyasi:

●     oʻqish shartnoma  toʻlovi

●     viza olish

●     tibbiy sugʻurta

●     yashash xarajatlari

●     darsliklar

●     ilmiy maqolalar chop etish

●     Oʻzbekistonga yiliga 1 marta kelib ketish xarajatlari uchun to‘lab  beriladi.

Stipendiya faqat aytib o‘tilgan xarajatlar uchun toʻlab beriladi.

Sen bilan birga boradigan insonlar yoki  oila a’zolaring uchun pul ajratilmaydi.

Senga tibbiy sugʻurtadan boshqa tibbiy xarajatlar uchun pul ajratilmaydi.

Bunday holatda Jamgʻarma Vasiylik kengashi bilan kelishib, tibbiy xarajatlar uchun pul ajratiladi.

Jamgʻarma senga vazirlik va tashkilotlardan

  • kafolat xati olishing
  • toʻrt tomonlama shartnoma tuzishing
  • keyinchalik ishga joylashishing bo‘yicha yordam beradi.

Sening hamrohing sen bilan yashashi va transport xarajatlari uchun pul ajratilmaydi.

Bu vaziyatda universitet sen mustaqil o‘qishing uchun sharoit borligi haqida taklifnoma xatini Jamgʻarmaga yuboradi.

Jamg‘arma chet davlatdagi universitetdan sen mustaqil o‘qishing uchun sharoit  yaratib berishni so‘rashi mumkin.

Sen tanlov haqidagi barcha maʼlumotlarni El-yurt umidi jamgʻarmasining www.eyuf.uz rasmiy internet saytidan bilishing mumkin.

Sen uchun kerakli maʼlumotlar Jamgʻarmaning onlayn hujjat topshirish http://admission.eyuf.uz bo‘limida aniq yozilgan.

Qoʻshimcha savollar uchun telefon raqamlar:

●     (71) 203-14-41,

●     (71) 203-00-47,

●     (71) 203-00-48,

●     (71) 203-00-53.

●     Jamgʻarma Telegram boti: https://t.me/EYUF_Admission_2023bot

●     Elektron pochta manzili: info@eyuf.uz

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli