
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat bojini to‘lashdagi imtiyozlari
- Matnli format
- Video format
- Oson matn

Muharrir: Vazira Komilova
Illyustratsiya: Alina Olimova
Illyustratsiyaga tifloizoh: Qizil kiyim kiygan nogironligi bo‘lgan shaxs stulda o‘tiribdi. Stol ustida hujjatlar to‘plami, yaxshil rang guvohnoma va tanga pullari ifoda etilgan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning tashkilotlari uchun sudlarga murojaat qilishda qanday imtiyozlar mavjud?
«Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunining 8-9-moddasiga asosan fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudlarda:
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari;
- o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi belgilangan.
Misol: Nogironligi bo‘lgan fuqaro U. Vohidov fuqarolik sudiga nikohni bekor qilish haqida da’vo arizasi bilan murojaat qilsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari uning ishonchli vakili sifatida da’vo arizasi taqdim qilishi natijasida mazkur boj summasini to‘lashdan ozod qilinadi.
Eslatma: Nogironligi bo‘lgan shaxslar bevosita o‘zi sudlarga da’vo ariza bilan murojaat qilganda ushbu imtiyozdan foydalana olmaydi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning tashkilotlari uchun notarial harakatlar amalga oshirilganda qanday imtiyozlar mavjud?
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasi 4-qismiga asosan nogironligi bo‘lgan shaxslarning:
- jamoat birlashmalari;
- muassasalari;
- o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari barcha notarial harakatlar bo‘yicha davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun qanday imtiyozlar mavjud?
“Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasiga asosan:
- keksalar;
- internat uylarida yashovchi keksalar;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun nogironligi bo’lgan shaxslar uchun qay turdagi imtiyozlar bor?
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji to‘lashdan ozod etilgan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida qanday imtiyozlar qo‘llaniladi?
«Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunining 222-moddasiga binoan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50% chegirma qo‘llaniladi.
Masalan: nogironligi bo‘lgan shaxs my.gov.uz sayti orqali elektron imzo olmoqchi bo‘lsa, xizmat narxi – 24 800 so‘m. Ushbu holatda nogironligi bo‘lgan shaxslar 12 400 so‘m to‘lashadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish chog‘ida qanday imtiyozlar mavjud?
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunining 23-moddasiga asosan mazkur qonun ilovasining 10-bandi “a” — “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan ixtirolar va foydali modellarni muhofaza qilish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni (ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va patent olish) amalga oshirishda II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar 90 foiz miqdorida to‘lash imtiyozidan foydalanishi mumkin.
Masalan: 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxs ixtiro uchun patent olishga talabnoma bersa jismoniy shaxslar uchun BHMning 2 baravarini to‘lash belgilangan. Ammo 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar 576 000 so‘m miqdorida to‘lashadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga noshirlik faoliyatini amalga oshirishda qanday imtiyoz nazarda tutilgan?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4366-sonli qaroriga asosan bolalar adabiyotlari,(kitoblari) shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar chop etishga ixtisoslashgan nashriyotlar noshirlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.
Foydalanilgan manbalar:
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
- O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi «Davlat boji to‘g‘risida»gi 600-sonli qonuni;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 4366-sonli qarori;
Bu maqolada sen nogironligi bor insonlarning davlat bojini to‘lashdagi imtiyozlari haqida bilib olasan.
Bu maqolada sen nogironligi bor insonlarning davlat bojini to‘lashdagi imtiyozlari haqida bilib olasan.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunining 8-9-moddasiga ko‘ra sudlarda:
- nogironligi bor insonlar tomonidan tashkil qilingan tashkilotlar
- o‘quv – ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari davlat boji to‘lamaydi.
Masalan:
- Sen sudga ajrashish uchun ariza bermoqchisan.
- Agar nogironligi bor insonlar tashkil qilgan tashkilot sening vakiling bo‘lib ajrim uchun sudga ariza bersa sen ajrim uchun davlat bojini to‘lamaysan.
Sen o‘zing ajrashish uchun sudga ariza bersang, senda nogironlik bo‘lsa ham ajrim uchun davlat boji to‘laysan.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasiga ko‘ra, nogironligi bor insonlarning:
- jamoat birlashmalari
- o‘quv – ishlab chiqarish korxonalari hamma turdagi davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan..
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasiga ko‘ra:
- qariyalar
- qariyalar uyida yashaydigan keksalarlar
- nogironligi bor insonlar doimiy yoki vaqtincha yashash joyida ro‘yxatdan o‘tish uchun davlat boji to‘lamaydi.
Senda birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lsa
- har xil konsert
- tomoshalarni tashkil qilganing uchun davlat boji to‘lamaysan.
Masalan:
- Sen skripka chalishni bilasan.
- Bog‘da yoki oromgohda skripka chalyapsan va buni boshqalar tomosha qildi.
- Bunday tomosha qo‘yganing uchun davlatga pul to‘lamaysan.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunining 222-moddasiga ko‘ra:
- Senda birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor bo‘lsa Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz internet tizimi xizmatlari to‘lovlarini yarimini to‘laysan.
Masalan:
- Sen gov.uz internet tizimidan elektron imzo olmoqchisan.
- Elektron imzo uchun xizmat narxi – 24 800 (yigirma to‘rt ming sakkiz yuz) so‘m.
- Bu holatda sen 12 400 (o‘n ikki ming to‘rt yuz) so‘m to‘laysan.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunining 23-moddasiga ko‘ra:
- Senda ikkinchi guruh nogironligi bo‘lsa, sen ixtirolaringni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki patent olish uchun 90 foiz to‘lov to‘laysan.
Ixtiro – bu hech kim yaratmagan yangi narsani sen yaratishing.
Masalan:
- Sen dunyoda yo‘q biror dorini o‘ylab topding.
- Bu ixtiro bo‘ladi.
- Sen yangi dori ixtiro qilgan bo‘lasan.
Prezidentning 4366-sonli qaroriga ko‘ra:
- bolalar kitoblari
- yoki nogironligi bor insonlar uchun kitoblar ishlab chiqaradigan nashriyotlar davlat boji to‘lamaydi.
Nashriyot – bu:
- kitob
- jurnal
- gazetalar ishlab chiqaradigan joy.
Nashriyotlar davlat boji to‘lamasligi uchun ularda litsenziya bo‘lishi kerak.
Litsenziya – bu biron ish qilish uchun davlat ruxsat berganligini tasdiqlovchi hujjat.
men 2guruxman mipdan 2060000 soʻm qsrzim bor unda qanday yengiliklar bor men javobgar shaxs boʻlib unduruvchiga emas menga jarima qoʻllashdi prim 776 shunga oʻxshgam modda bilan men bu mab lagʻni toʻla olmiyman ni ma qilishim kerak
Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro!
Vaziyatingizga aniqlik kiritilishi kerak bo‘lgan masalalar bor. Ya’ni, agar javobgarlik degan bo‘lsangiz, demak katta ehtimol bilan Fuqarolik sudiga tomonlar da’vogar va javobgar bo‘ladi. Keyin jarima belgilangan bo‘lsa, u nima sababdan belgilangan? Asoslimi yoki yo‘qmi shuni aniqlashimiz kerak. Masalan, agar da’vo arizasini noto‘g‘ri kiritgan bo‘lsangiz, shu sababli bildirilgan qismi qanoatlantirishida rad etilgan bo‘lsa, rad qilingan qismiga nisbatan davlat boji belgilanadi, yoki jarima ko‘rinishida. Sizni ishingizni to‘liq o‘rganmasdan turib, to‘liq ma’lumot olmasdan, sizga yurist-advokatlarimiz huquqiy yordam berolmaydi.
Shu sababli, iltimos, Telegramdagi botimiz 👉 https://t.me/huquqplus_bot orqali yuristlarimiz qabuliga yoziling va batafsilroq ma’lumot bering!