Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Jinoyat qonunchiligida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va imtiyozlari  

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen nogironligi bor insonlarning jinoyati uchun qonundagi huquq va imtiyozlari haqida bilib olasan.

O‘zbekiston qonunlarida nogironligi bor insonlarning jinoyati uchun ayrim yengilliklar bor.

Jinoyat kodeksining 451-moddasiga ko‘ra:

  • senda birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lsa, senga majburiy jamoat ishlari jazosi qo‘llanilmaydi.

Chunki majburiy jamoat ishlari sening sog‘ligingga yomon ta’sir qilishi mumkin.

Jinoyat kodeksining 72-moddasiga ko‘ra:

  • ba’zi holatlarda sud nogironligi bor  jinoyatchiga shartli hukm tayinlashi mumkin.

Shartli hukm – bu yengil jinoyat qilgan insonni qamoqqa olmasdan uning xulqini nazorat qilish.

Shartli hukm tayinlanishda:

  • qanday jinoyat qilganing
  • jinoyatning qanchalik xavfli ekani
  • sening kimliging
  • va boshqa ma’lumotlar o‘rganiladi.

Sud shartli hukmni 1 yildan 3 yilgacha   sinov muddati qilib belgilaydi.

Sinov muddati belgilaganidan keyin, senga  jazoni ijro etmaslik haqida qaror chiqariladi.

Agar jinoyatchi:

  • juda yomon jinoyat qilgan bo‘lsa
  • oldin ham yomon jinoyatlar qilgan bo‘lsa
  • shartli hukm chiqarilmaydi.

Lekin senda birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor bo‘lsa:

  • sen juda yomon jinoyat qilgan bo‘lsang ham
  • oldin ham yomon jinoyatlar qilgansan  bo‘lsang ham senga shartli hukm tayinlanishi mumkin.

Masalan:

  • Sen oldin qamalgansan.
  • Sen yangi jinoyating uchun sudlanyapsan.
  • Sening birinchi yoki ikkinchi guruh nogironiligingni hisobga olib.
  • Sud senga shartli hukm qilishi va sinov muddati belgilashi mumkin.

Qonunga ko‘ra:

  • tergov paytida
  • sud vaqtida, eshitish va gapirishda  nogironligi bor insonlarga imo ishora tarjimoni beriladi.

Imo-ishora tarjimonining to‘lovlari davlat hisobidan to‘lanadi.

Jinoyat kodeksi 56-moddasi ko‘ra:

  • o‘zini himoya qilolmaydigan insonga hujum qilish, jazoni og‘irlashtiradigan holat hisoblanadi.

Qonunga ko‘ra:

  • homilador ayollarga
  • nogironligi ko‘rinib turgan insonlarga
  • keksalar
  • yosh bolalarga maxsus qurollarni ishlatish mumkin emas.

Maxsus qurollar:

  • rezina tayoqlar
  • qo‘lkishanlar
  • ko‘zdan yosh chiqaruvchi moddalar
  • gazli
  • insonni jarohatlaydigan qurollar
  • o‘qotar qurollar.

Lekin, nogironligi ko‘rinib turgan inson:

  • qurol bilan qarshilik qilsa
  • kimnidir sog‘ligiga zarar yetkazmoqchi bo‘lsa
  • yoki guruh bo‘lib hujum qilsa, unga qarshi maxsus qurollarni ishlatish mumkin.

Masalan:

  • Sen ikkinchi guruh nogironisan.
  • Agar sen militsiya ishchilari bilan janjallashib, ularga pichoq  ishlatsang militsiya senga qarshi maxsus qurol ishlatishi mumkin.

Insonning:

  • boshiga
  • bo‘yniga
  • o‘mrov suyagiga
  • qorniga
  • jinsiy a’zolariga
  • yuragiga rezina tayoq bilan urish har qanday holatda mumkin emas.

Jinoyat kodeksining 78-moddasiga ko‘ra:

  • qamoqda o‘tirgan inson  oladigan posilka miqdori qamoqxona tartibi va  qamoqdagi inson saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi.

Posilka – bu qamoqdagi insonga yaqinlari berib yuboradigan narsalar.

Masalan:

  • Ovqat
  • Dori
  • Kiyimlar va boshqa kerakli narsalar.

Lekin, ba’zi insonlarga qo‘shimcha posilka olishga ruxsat beriladi.

Qo‘shimcha posilka olishga ruxsat beriladigan insonlar:

  • homilador ayollar
  • jazoni ijro etish joyidagi bolalar uyida bolasi bor ayollar
  • davolanishga va kuchli taomga muhtoj kasallar
  • birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bor insonlar

 

Masalan:

  • Sen ikkinchi guruh nogironisan.
  • Sen o‘tirgan qamoqda jo‘natmalar turi va miqdori cheklangan.
  • Lekin, sen shifokor xulosasiga ko‘ra  qo‘shimcha posilka olishing mumkin.

Jinoyat  kodeksining 84-moddasiga ko‘ra:

  • qamoqxonadagi nogironligi bor insonning  yashash joyi 3 kvadrat metrdan kam bo‘lmasligi kerak.

Qamoqxonalardagi birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor insonlarning yashash joylari maxsus vositalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

Qamoqxonaning qattiq qo‘riqlanadigan bo‘limlariga birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor insonlar kiritilmaydi.

Jinoyat  kodeksining 88-moddasiga ko‘ra:

  • 60 yoshdan katta erkaklar
  • 55 yoshdan katta ayollar
  • birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor insonlar qamoqxona ishlarini qilishga o‘z xohishiga ko‘ra jalb etiladilar.

Birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor insonlar qamoqxonada ishlagani uchun  pul to‘lanadi.

Birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor insonlar qamoqxonada ishlagan vaqti ish stajiga qo‘shiladi.

Sen jinoyat qilib qo‘ysa va sen  huquq va imtiyozlaringdan foydalanolmasang  prokuraturaga  murojaat qilishing kerak. (1-ilova)

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli