Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Uchinchi guruh nogironligi bor shaxslarga qanday imtiyozlar bor?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn
Video mavjud emas
Oson matn mavjud emas

“Uchinchi guruh nogironligi bor shaxslarga qanday imtiyozlar bor?” ga 53 ta javob

  1. Assalomu alaykum 28 yoshga yaqinda tolgan 2 gr nogirono nola 3gr ga tushdi.Kalqonsimon bez xavli osmasi .total tireoidektomiya operasiyasi (2024.26 iyun)otkazilgan.Ogir daraja gipoterioz bn ogrigan bemorbolaga nima uchun 1 yilgina 2gr berilmaydi

    • Vaalaykum assalom! Afsuski, biz Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) faoliyatiga aralasholmaymiz chunki nogironlikni belgilash bo’yicha qarorni ular qabul qiladi. Agar siz tuman (shahar) yoki tumanlararo TIEK qaroridan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egasiz.

      Birlamchi shikoyat tuman/shahar yoki tumanlararo TIEK qaroridan norozi fuqaro 1 oy ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar TIEKga murojaat qilishi kerak. Nogironlikni belgilash bo‘yicha qolgan savollaringizni mutaxassisning oʻzlariga quyidagi telefonlar orqali berishingiz mumkin.

      Ijtimoiy himoya milliy agentligining “1140” va (71) 202-06-00 ishonch telefoni orqali murojaat qiling.

    • Assalomu alaykum! Agar nogironlikni belgilash uchun qayta ariza bermoqchi bo‘lsangiz, unda hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga murojaat qilishni tavsiya qilamiz. Koll-markazi qisqa raqami: 1140

  2. Ассалому алейкум . Мен 2012 йилдан бери тиреотоксикоз касаллиги бн эндокринологияда руйхатда тураман. 24 йилу 4 ойлик узликсиз иш стажим бор. Шу кадаллигим туфайли кузимда увеит юкори даражали миопия. Ревмотоидли полиартрит . Тахикардия. Гипертензия касалликларига чалиндим . 127 кун кадаллик варакасида булдим .узим хамшира булиб ишлайман . Менга Втэк 3 гр ногиронлигини берибди. Мен норозиман . Каерга мурожат килсам булади.

    • Vaalaykum assalom,
      Agar siz tuman (shahar) yoki tumanlararo TIEK qaroridan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egasiz. Birlamchi shikoyat tuman/shahar yoki tumanlararo TIEK qaroridan norozi fuqaro 1 oy ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar TIEKga murojaat qilishingiz kerak. Shikoyat berish tartibi haqida batafsil ushbu maqolamizda batafsil ma’lumot berganmiz. Iltimos, batafsil o’rganib chiqing.

      Fuqarolar Ijtimoiy himoya milliy agentligining 1140 va 1146 ishonch raqamlari orqali oʻz savol va takliflarini Agentlikka bersalar boʻladi. Shuningdek, ariza, shikoyat va iltimoslarni «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga asosan yuborsangiz boʻladi.

      Ariza yoki shikoyat xatlarida quyidagilar bo‘lishi lozim:

      F.I.Sh.;
      manzil;
      masalaning tushunarli va qisqacha mazmuni;
      telefon raqamingiz (bog‘lanish uchun).
      Murojaatlaringizni quyidagi manzilga yuborsangiz boʻladi: O‘zbekiston, Toshkent sh, Mirobod tumani, Yangizamon ko‘chasi, 1-uy. Telefonlar: (0371) – 239-59-22, (0371) – 202-06-00, (0371) – 239-59-23
      E-mail: info@ihma.uz; ihma@exat.uz

  3. Bayramlarda beriladigan 1martalik yordamlar 3 guruh nogironligi borlar uchun ham ajratishsin menda ham 3 guruh nogironligi bor hozir oliy ta’limda oqimoqdaman lekin oqishda ham imtiyozlar yoq yotoqxona masalasida hech bolsa yordam qilishsin

    • Assalomu alaykum, afsuski III guruh nogironligi bor shaxslar uchun imtiyozlar ancha cheklangan. Ushbu maqolamizda bor imtiyozlar haqida ma’lumot berishga harakat qildik. OTMga o’qishga kirishda ham 2% kvota imtiyozi faqat I va II guruh nogironligi bor shaxslarga taqdim etiladi. Yotoqxona masalasida ham imtiyozlar faqat I va II guruh nogironligi bor talabalarga beriladi:

      Bugungi kunda talabalar turarjoyida yashash umumiy to‘lovi – 250 ming so‘mni tashkil etadi. I guruh nogironligi bo‘lgan talabalar talabalar turarjoylarida davlat hisobidan bepul turishadi. II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar talabalar turargohida yashash uchun belgilangan umumiy to‘lovning 50 foiz miqdorida to‘lovni amalga oshirishadi. Bu bugungi kunda 125 ming so‘mni tashkil etadi.

      Batafsil: https://huquqplus.uz/materials/talim/1877

  4. Salom menga 3 gurux nogironligi taynlandi xozirda ishlayman 10 yilik stajim bor menga nafaqa tulanadimi?

    • Assalomu alaykum, 2011-yil 1-yanvardan boshlab nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga nogironlik pensiyasi tayinlanmaydi va to‘lanmaydi. Shuningdek, takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga ham pensiya tayinlanmaydi va toʻlash toʻxtatiladi.

      «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni 15-moddasiga muvofiq, faqatgina Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligini orttirgan shaxslargagina nogironlik pensiyalari tayinlanadi. Ular nogironlik pensiyasini olishni davom ettirishadi. Chernobil AES falokati oqibatida nogiron deb topilganlarga I va II guruh nogironligi muddatsiz, III guruh esa 5 yil muddatga beriladi. Sabab sifatida “CHAES falokati oqibatida” deb yoziladi.

  5. Assalomu aleykum meni chap son chanoq tug’ma chiqishi asorati displastik koksaartroz 3 daraja o’ng oyog’imda 2 daraja koksaartroz yurishi cheklangan ishlay olmayman ijarada yashayman meni 2026 yil fevral oyi VTEk 3 guruxga tushirdik norozi ariza berdim viloyat elektron bo’lgan biz xech narsa qilolmaysiz dedi man nima qilsam bo’ladi

    • Vaalaykum assalom! Agar hududiy (viloyat) TIEK qaroridan norozi bo’lsangiz, siz 30 kun ichida Ijtimoiy himoiya milliy agentlikka murojaat qilishingiz mumkin. Fuqarolar Ijtimoiy himoya milliy agentligining 1140 va 1146 ishonch raqamlari orqali oʻz savol va takliflarini Agentlikka bersalar boʻladi. Shuningdek, ariza, shikoyat va iltimoslarni «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga asosan yuborsangiz boʻladi.

      Ariza yoki shikoyat xatlarida quyidagilar bo‘lishi lozim:

      F.I.Sh.;
      manzil;
      masalaning tushunarli va qisqacha mazmuni;
      telefon raqamingiz (bog‘lanish uchun).
      Murojaatlaringizni quyidagi manzilga yuborsangiz boʻladi: O‘zbekiston, Toshkent sh, Mirobod tumani, Yangizamon ko‘chasi, 1-uy. Telefonlar: (0371) – 239-59-22, (0371) – 202-06-00, (0371) – 239-59-23
      E-mail: info@ihma.uz; ihma@exat.uz

      Agentlik arizangiz 1 oy ichida qarorni qayta ko‘rib chiqadi. Zarurat tug‘ilsa, Agentlik tomonidan xolis vrach-ekspertlardan iborat Maxsus komissiya tuziladi va TIEK xulosasi nazorat tartibida qayta o‘rganiladi. Maxsus komissiya avvalgi qarorni o‘zgartirsa, tegishli hududiy TIEK tomonidan yangidan nogironlik ma’lumotnomasi rasmiylashtiriladi.

      Agar barcha bosqichlardagi qarorlardan norozi bo‘lsangiz, qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga egasiz.

  6. Men Ismoilova kamola bolakidan tu-vma barmoqlarim yo’q 31 yoshdaman oylali emasma 3 gurux nogronlgi bor va men oliygoxga o’qishga topshirmoqchiman bunda menga qanqa imkoniyatlar beradi shu haqida malumot olmoqchi edim

    • Assalomu alaykum, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida abituriyentlarni qabul qilish umumiy sonining 2 % (ikki foizi) miqdorida qo‘shimcha qabul kvotasi faqat 1 va 2-guruh nogironligi bor shaxslarga taqdim qilinadi. Bu haqida batafsil ushbu maqolamizda ma’lumot bor: https://huquqplus.uz/materials/talim/1861

      Afsuski, 3-guruh nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga nisbatan nogironligi bo‘lgan abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirishlari uchun belgilangan 2% kvota imtiyozi qo‘llanilmaydi.

  7. Салом мен ошкозонимдан икки марта жаррохлик утказиб 3/2 кисми олиб ташланган. Менда хозир демпинг синдроми , менда кучли холсизлик бош айланиши куватсизлик , витамин етишмочилиги, тинимсиз доволанаман фойдаси билинмаяпти . 6 йилдан Бери 2 гурух олардим 3 га тушириб ташлади . Туман онлаин узи белгилаган деди . Вилоят хам шундай деяапти . Мехнат килай олмайман нима килай ердам беренглар .

    • Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro!

      Agar siz tuman (shahar), tumanlararo TIEK xulosasidan norozi bo‘lsangiz, 30 kalendar kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEKga yoki belgilangan tartibda sudga murojaat qilishingiz mumkin. Ariza tushgandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEK keyingi 20 kalendar kun mobaynida ariza beruvchini qayta ko‘rikdan o‘tkazadi va o‘z xulosasini «Ekspertiza» modulida rasmiylashtirib beradi.

      Agar TIEK xulosasidan yana norozi bo‘lsangiz, unda sudga tegishli tartibda murojaat qilishingiz mumkin.

      Huquqiy asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.02.2022 yildagi 62-son, https://lex.uz/uz/docs/-5852486

  8. Салом мен ошкозонимдан икки марта жаррохлик утказиб 3/2 кисми олиб ташланган. Менда хозир демпинг синдроми , менда кучли холсизлик бош айланиши куватсизлик , витамин етишмочилиги, тинимсиз доволанаман фойдаси билинмаяпти . 6 йилдан Бери 2 гурух олардим 3 га тушириб ташлади . Туман онлаин узи белгилаган деди . Вилоят хам шундай деяапти . Мехнат килай олмайман нима килай ердам беренглар .

  9. Assalomu alaykum yaxshimisiz 18 yoshman nogironlik zaiflik eshituvchi 4 darajasi nerv toʻqimasi kasalligi bulgan nega 3guruh tushirilgan 1 yoki 2 guruh berilsa bulmiydimi? Pensiya kerak manda quloqni sal chunmeng qoladi unversiteti chasnik ketvorganman chunmeng bub qoldi iltimos menga pensiya kerak oldindan rahmat

    • Vaalaykum assalom, hurmatli fuqaro!
      Savolingiz uchun rahmat. Odatda quloq umuman eshitmasa nogironlikning 3 guruhi belgilanadi. Bunda muloqot qilish va mehnat qilish layoqati 2 daraja emas 3 daraja buziladi. Quloqning to‘liq eshitmasligida (karlik) Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qaroriga asosan 3 guruh nogironligi belgilanadi. Bolalikdan tug‘ma kar-soqovlik bo‘lgan taqdirda yuqoridagi qarorga asosan ikkinchi guruh nogironligi belgilanadi.

      Agar siz tuman (shahar), tumanlararo TIEK xulosasidan norozi bo‘lsangiz, 30 kalendar kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEKga yoki belgilangan tartibda sudga murojaat qilishingiz mumkin. Ariza tushgandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEK keyingi 20 kalendar kun mobaynida ariza beruvchini qayta ko‘rikdan o‘tkazadi va o‘z xulosasini «Ekspertiza» modulida rasmiylashtirib beradi.

      Agar TIEK xulosasidan yana norozi bo‘lsangiz, unda sudga tegishli tartibda murojaat qilishingiz mumkin.

      Huquqiy asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.02.2022 yildagi 62-son, https://lex.uz/uz/docs/-5852486

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli