Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Bola puli va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar to‘lash tartibi qanday?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn
Video mavjud emas
Oson matn mavjud emas

“Bola puli va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar to‘lash tartibi qanday?” ga 202 ta javob

  1. Bola puliga yanvar oyi boshida mygov orqali topshirdim va reestrga kiritildim. Endi bola puli shu oydan to’lanadimi yoki fevral oyidan boshlabmi? Javob uchun oldindan rahmat

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 654-sonli qaroriga muvofiq bolalar nafaqasi quyidagi tartibda to‘lanadi:

      Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) bo‘limlari (filiallari) orqali naqd pul shaklida yoki pul mablag‘larini naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan fuqarolarning bank hisobvaraqlari (plastik kartalari) orqali to‘lanadi.

      Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovi oyning 4-sanasidan 27-sanasiga qadar amalga oshiriladi.

      Xulosa: Bolalar nafaqa puli siz ariza topshirilgan oydan boshlab to‘lanadi ya’ni sizga yanvar va fevral oylari qo‘shilib bitta qilib to‘lanadi. Bola pulini tayinlatish masalasi bo‘yicha batafsil ma’lumot olish maqsadida, o‘zingiz yashayotgan hududdagi «Inson» ijtimoiy xizmatlari markazlariga borib murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.

      Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 654-sonli qarorining 36-38-42-bandlari.

    • Ha, Kam ta’minlangan oila – oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmagan oilaga bola puli beriladi. Bola pulini taynlatish masalasi bo‘yicha, o‘zingiz yashayotgan hududdagi «Inson» ijtimoiy xizmatlari markazlariga borib murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. Yoki onlayn arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali berish mumkin va bu xizmatdan foydalanish bepul. Video qo’llanma: https://youtu.be/V4HIzDAWmKY?si=j11jfZWfbbdqZA-X

  2. Assalomu alaykum
    Men 4-kurs talabasiman. Erim ishsiz men ham. Qaynotamning nomida moshin bor. Farzandim 1 oylik. Bizga bola puli chiqmaydimi?

    • Vaalaykum assalom, sizning oilangizga bola puli chiqishi yoki chiqmasligini bilish uchun o‘zingiz yashayotgan hududdagi «Inson» ijtimoiy xizmatlari markazlariga borib murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda, oilangiz kam ta’minlangan oila sifatida yagona ijtimoiy himoyat tizimida e’tirof etilishi kerak. Bu degani har bir oila a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmagan bo‘lishi kerak. 2025-yil 4-fevraldan boshlab hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi.

      Yoki onlayn arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali berish mumkin va bu xizmatdan foydalanish bepul. Video qo’llanma: https://youtu.be/V4HIzDAWmKY?si=j11jfZWfbbdqZA-X

  3. Assalomu alaykum meni 4nafar farzandim bor kichigim 3yoshga toʻldi men ishsiz man turmush oʻrtogʻim davlat ishida ishlamaydilar yollanma ishchi deyiladimi ustalarga shogirdlar qishda 3oy ishga chiqishmaydi ish boʻlsa kunlikga chiqib turadilar menga bolalar nafaqasi beriladimi ariza topshirsam boʻladimi

    • Vaalaykum assalom, sizning oilangizga bola puli chiqishi yoki chiqmasligini bilish uchun o‘zingiz yashayotgan hududdagi «Inson» ijtimoiy xizmatlari markazlariga borib murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda, oilangiz kam ta’minlangan oila sifatida yagona ijtimoiy himoyat tizimida e’tirof etilishi kerak. Bu degani har bir oila a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan (669 000 so’m) oshmagan bo‘lishi kerak.

      my.gov.uz orqali ham onlayn tarzda ariza berib ko‘rsangiz bo‘ladi mana shu havoladagi xizmatdan foydalanib: https://my.gov.uz/uz/service/1017 Va hammasini bilib olasiz.

  4. Assalomu alaykum men yolg’iz onamam 3 nafar farzandim bor 11 yosh 7 yosh 4 yosh ariza topshirsam nechpul nafaqa ajratiladi oldindan raxmat

    • Vaalaykum assalom, bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

      325 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bir nafar kichik farzand uchun;
      250 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bir nafar farzand uchun;
      150 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;
      100 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun.
      Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 so‘m.

      Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash va “Ijtimoiy himoya yagona reestri” ga kirish uchun quyidagi havolaga bosib onlayn tarzda ariza bersangiz bo‘ladi: https://my.gov.uz/uz/service/1017

  5. Assalomu aleykum men yanvar oyida bola puliga ariza berdim rad etildi lekin kam tamillangan oila deb etirof etilibdi fevral oyida yana qayta ariza berdim bola puli chiqadimi 3 ta bolam bor

    • Assalomu alaykum, bu haqida batafsil ma’lumot olish uchun hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga bevosita borib murojaat qilishni tavsiya qilamiz. Nafaqa va yordam masalalari bo‘yicha 1140 qisqa raqamiga ham telefon qilsangiz bo’ladi.

  6. Salom men o’zimni band qildirgandim 2025 yil dekabr oyida 412000 so’m to’ladim oilada 4 kishimiz katta farzandim 3 yarim yosh kichigi 4 oylik katta qizimga minimal harajat hisoblanadimi

    • 2026-yildan boshlab hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 715 ming so‘mni tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-son qaroriga muvofiq, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan jami 1 oylik o‘rtacha daromad miqdori minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. Ya’ni, oilangizning rasmiy daromadi oila a’zolaringiz soniga bo‘linganida kishi boshiga 715 ming so‘mdan oshmasa, demak oilangiz kam ta’minlangan oila hisoblanadi.

  7. Men noyabr oyida 3 ta farxandjm uchun bolalar nafaqasi topshirgandim 7 yosh 5 yosh va 7 oylik farzandlarimga yanvarda esa qabul qilindi 12 yanvarda 641000 som tushti bu 3 ta farzandim uchunmi? lekin bu oy fevral oyi tuwmadi uje oy tugayapti qachon tushishi mumkun yoki toxtatib quyishdimikan

    • Assalomu alaykum, bu haqida batafsil ma’lumot olish uchun hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga bevosita borib murojaat qilishni tavsiya qilamiz. Nafaqa va yordam masalalari bo‘yicha 1140 qisqa raqamiga ham telefon qilsangiz bo’ladi.

  8. Ассалому алайкум, мени 14 ёшли кизим болаликдан ногирон аммо 2025 йилдан июлдан бошлаб расмийлашган. Хозирда кам таъминланган оилалар реестрига кирганман. Энди, бола пулига ариза килдим, шунда 14, 9, 3 ва 1,10 ойлик яъни 4 нафар боламга жами канча микдорда бола пули ажратилади? Ажратилган пул микдори болаларимнинг ёшига караб хар бирига канчадан тугри келади? Агар, сизларда курсатилган микдорга тугри келмаса каерга мурожаат килишим мумкин?

    • Vaalaykum assalom! Savolingizga javob ushbu maqolamizda ham berilgan. Iltimos batafsil tanishib chiqing:

      360 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bir nafar kichik farzand uchun;
      275 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bir nafar farzand uchun;
      165 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;
      110 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun.
      Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m.

      Qo’shimcha ma’lumot uchun hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga bevosita murojaat qilishni tavsiya qilamiz. Nafaqa va yordam masalalari bo‘yicha 1140 qisqa raqamiga telefon qilsangiz ham bo’ladi.

  9. Assalomu alaykum meni 4 nafar farzandim bor 14.13.6.i 1 yarim yosh farzandlarim men my gov uzdan ariza tasshlayapman har safar arizam rad bulib kelyapti rad bulish sababi mahalla 7 ligi urganish imkonyati bulmaganligi sababli rad etildi deb yozilgan mahalla rayisiga tel qilsam men bilmayman meni zimmamda emas diydi mahalla ishtimoiy hodimga tel qisam sizni eriz nogiron emas ishlasin sizlar ishtimoiy rektirga kirmayzizlar diyapti oilaviy sharoitimiz yahshi emas uyimiz virimenka mol holimiz bulmasa erim rassiyaga chiqa olmaydi deporti bor bu erga ish bulib bulmaydi ruzgorimizga etishmaganligi sababli dukonlardan qarizmiz hudoylab uraman bollarimni biron joyi ogrimasin deb dori ukkollar palon pul eshitishimcha qishlogimizni oldi odamni yani qushsha qushsha aptikalari bor odamni bolasi bola puli olar emush men ishtimoiy hodimga shular oladiku nima uchun biz ololmaymiz desam u aydike menga yuqoridan belgilanib keladi deb bu gap qanchalik tugri i yana mahalla yettiligidan utib qandaydir joyga junataymush ular berish bermaslikni belgilaymush men bola puli olishga haqlimanmi yuqmi i mahalla 7ligiga kimlar kiradi bularni ustidan chora kurish imkoniyati bormi kambagol odamlarga yordam bermay uzini kistasini qappaytiryapti

    • Vaalaykum assalom, 1140 va 1146 ishonch raqamlari orqali shikoyat va takliflaringizni Ijtimoiy himoya milliy agentligiga bersangiz boʻladi. Shuningdek, ariza, shikoyat va iltimoslaringizni «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga asosan qoldirsangiz biz alohida ko‘rib chiqamiz.

      Ariza yoki shikoyat xatlarida quyidagilar bo‘lishi lozim:

      F.I.Sh.;
      manzil;
      qisqacha va tushunarli masala;
      telefon raqamingiz (bog‘lanish uchun).

      Murojaatlaringizni quyidagi manbaalar orqali ham bizga yollashingiz mumkin: O‘zbekiston, Toshkent sh, Mirobod tumani, Yangizamon ko‘chasi, 1-uy
      (0371) – 239-59-22
      (0371) – 202-06-00
      (0371) – 239-59-23
      E-mail: info@ihma.uz; ihma@exat.uz

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli