
Nogironligi bor ayollar huquqlari bo‘yicha savol-javoblar
- Matnli format
- Video format
- Oson matn

Ha, siz “Ayollar daftari”ga kiritilishingiz mumkin. Ayollar daftari-bu ijtimoiy ahvoli og‘ir deb baholanuvchi 30 yoshdan katta ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ishtiyoqi bo‘lgan ayollarning muammolarini hal qilish va nazorat qiladigan ma’lumotlar tizimidir.
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentyabrdagi 938-XII-sonli «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunining 19-moddasiga asosan vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatsiz ya’ni nogironlik holati birorta joyda ishlashga imkon bermaydigan xotin-qizlar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi.
Masalan: 20 yoshdagi nogironligi bo‘lgan ayol kishi otasi, onasi yoki turmush o‘rtog‘ining vafot etishi natijasida boquvchisidan mahrum bo‘ldi. Mana shu holatda shaxs bir vaqtning o‘zida nogironlik pensiyasini va boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiyasini olish huquqiga ega.
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – 820 000 so‘m va boshqa mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 270 000 so‘mdan qo‘shiladi.
Misol uchun: nogironligi bor ayol, voyaga yetmagan bir nafar farzandi uchun davlatdan har oy boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha 820 000 so‘m miqdorida pensiya olish huquqiga ega. Agar bu holatdagi ayolning farzandi ikkita yoki uchta bo‘lsa, qolgan ikkinchi va uchinchi farzandlarining har biri uchun 270 000 so‘mdan qo‘shimcha pensiya olishi mumkin.
Boquvchisidan mahrum bo‘lgan nogironligi bor ayol 3 nafar farzandi uchun davlatdan boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya sifatida – 1 360 000 so‘m miqdorida pensiya oladi.
Ruhiy kasallikka chalingan ayollar “Ayollar daftari”ga kirish uchun ariza va unga ilova qilib nogironlik guvohnomalarini o‘z qonuniy vakillari orqali xotin-qizlar ishlari bo‘yicha mahalla raisi o‘rinbosariga taqdim etadi.
Nogironligi bo‘lgan ayollar “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kirishlik uchun mahalla raisining xotin-qizlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Mahalladagi xotin-qizlar qo‘mitasi mazkur ariza asosida murojaat etgan ayolning oilaviy-moddiy ahvoli va ijtimoiy holati to‘g‘ri kelsa, ayolni ro‘yxatga oladi.
Ayollar daftari ro‘yxatida turuvchi nogironligi bo‘lgan ayollar bir martalik moddiy yordam olish uchun ariza bilan murojaat qilishlari talab etilmaydi. 2025-yil davomida ayollarga taqdim etilgan bir marotabalik moddiy yordam miqdori – 900 000 so‘mni tashkil etgan.
Ayollar daftari ro‘yxatida turuvchi ayollarning uylarini davlat hisobidan ta’mirlab berish sektorlar ishchi guruhlari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar uy-joyining holati o‘rganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda ta’mirlash yoki qurilish materiallarini olib berish bo‘yicha smeta ishlab chiqilib «Ayollar daftari» jamg‘armasi Vasiylik kengashiga kiritiladi.
Har bir uy-joyni ta’mirlash ishlariga «Ayollar daftari» jamg‘armasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha (12 360 000 so‘m) miqdorda mablag‘ ajratiladi. Bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdori – 412000 so‘mni tashkil etadi.
Uy-joyni ta’mirlatish uchun oila a’zolaridan biri yoki shu shaxsning o‘zi nogironlik guvohnomasiga ega bo‘lishi zarur. Uy-joyini davlat hisobidan ta’mirlatmoqchi bo‘lgan shaxs oylik daromadi past oila sifatida e’tirof etilgan bo‘lishi kerak. Uy-joyini davlat hisobidan ta’mirlatmoqchi bo‘lgan “Ayollar daftari”da turuvchi ayollar xotin-qizlar ishlari bo‘yicha mahalla raisi o‘rinbosari nomiga ariza bilan murojaat qilishi zarur.
“Ayollar daftari”da turuvchi nogironligi bo‘lgan ayollar tadbirkorlik qilish maqsadida kredit olish uchun mahalladagi xotin-qizlar qo‘mitasining rais o‘rinbosari nomiga ariza bilan murojaat qilishlari kerak.
Xotin-qizlar qo‘mitasi rais o‘rinbosari hokim yordamchisi bilan masalani o‘rganib, 10 kun ichida ariza javobini aytishi shart. Nogironligi bo‘lgan ayollar kasblariga oid sertifikatlar asosida 33 million so‘mgacha kredit olishlari mumkin.
Men ishga kirmoqchiman ingliz tili yoʻnalishini tugatganman lekin Sertifikat olmaganman qanday ishga joylashsam va kimga murojat qilsam boʻladi 2guruh nogironligim bor
Assalomu alaykum
Telefon raqamingizni qoldira olasizmi? Yuristimiz siz bilan bog‘lanadi.
Telefon nomerimni Emas telegramim qoldira olaman @leyla8848
Katta rahmat, siz bilan bog’lanamiz.
Men ikkinchi guruh nogironiman tikuvchilik bo’yicha o’qiganman va ayollar daftarida turaman, uyda tikuvchilik qilishim uchun tikuv mashinasi sotib olishga imkoniyatim yo’q edi mahallaga murojaat qilsam subsidiya yo’q deb javob berishdi
Assalomu alaykum
Sizda tadbirkor qilish uchun bir qancha imtiyozlar mavjud. Yuristimiz bu masalada batafsil javob beradi, biz bilan bog‘lanish uchun +998 (90) 358-50-60 raqamiga telefon qiling.
Салом алайкум 2гурухногирониман сирткида охирги курсм ан сарторошлика укийман десам бандликдан талаблар касб хунаргазкитилмайди дейишди тугрими шу
Vaalaykum assalom! «Ishga marhamat» monomarkazlarining eski tartibi bo‘yicha universitetdagi o‘qish bilan monomarkazdagi kurs parallel tarzda ketishi mumkinmas edi. Lekin siz sirtqida o‘qiydigan bo‘lsangiz, 9 oy bo‘sh ya’ni band emas degani bu. Monomarkazlarning eski ichki tartibiga ko‘ra talabalarga ta’til paytida yo‘llanma berilishi mumkin edi. Masalan yozgi ta’til davomida. Bundan ko‘rinadiki, sizga ham o‘qimayotgan paytlaringizda 3 oylik interval bilan yo‘llanma berilishi kerak. Ya’ni o‘qishi boshlanishiga kamida 3 oy vaqt qolgan bo‘lishi kerak. Ammo kasb-hunar (sartaroshlik) bo’yicha kurs davomiyligiga qarab, 2 oy yoki 4 oy bo‘lishi ham mumkin.
Yana qo‘shimcha ma’lumot sifatida sizga shuni aytishimiz kerak. Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazida sartaroshlikka bepul o‘qish uchun Aholi bandligiga ko‘maklashish markazidan (xalq tilida mehnat birjasidan) yo‘llanma olish uchun siz quyidagi talablarga javob berishingiz kerak:
1) Talaba bo‘lmasligingiz kerak.
2) Rasmiy band bo‘lmagan bo‘lishingiz kerak (ya’ni hech qayerga hozirgi vaqtda ishlamayotgan bo‘lishingiz shart).
3) I yoki II nogironlik guruhingiz bo‘lishi kerak.
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi (ABKM) sizga yo‘llanma bersa, bu hujjat bilan siz kasbiy malakalar markaziga borib bepul o‘qisangiz bo‘ladi. Agar talaba bo‘ladigan bo‘lsangiz ABKM sizga yo‘llanma berolmaydi va 3 oylik kasbiy kursga to‘lov qilib o‘qishingiz kerak bo‘ladi.
Yana qo‘shimcha ma’lumot sifatida sizga shuni aytishimiz kerak. Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazida sartaroshlikka bepul o‘qish uchun Aholi bandligiga ko‘maklashish markazidan (xalq tilida mehnat birjasidan) yo‘llanma olish uchun siz quyidagi talablarga javob berishingiz kerak:
1) Talaba bo‘lmasligingiz kerak.
2) Rasmiy band bo‘lmagan bo‘lishingiz kerak (ya’ni hech qayerga hozirgi vaqtda ishlamayotgan bo‘lishingiz shart).
3) I yoki II nogironlik guruhingiz bo‘lishi kerak.
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi (ABKM) sizga yo‘llanma bersa, bu hujjat bilan siz kasbiy malakalar markaziga borib bepul o‘qisangiz bo‘ladi. Agar talaba bo‘ladigan bo‘lsangiz ABKM sizga yo‘llanma berolmaydi va 3 oylik kasbiy kursga to‘lov qilib o‘qishingiz kerak bo‘ladi.