Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan umumta’lim maktablarning o‘qituvchilariga kotiba ajratish tartibi qanday?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor ustozlarga umumta’lim maktablarda kotiba ajratish tartibi haqida bilib olasan. 

Umumta’lim maktablar – bu o‘quvchilar 11 yil o‘qitiladigan maktablar.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasiga ko‘ra, ko‘zi ojiz ustozlarga yordamchi ajratiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) –  dunyodagi hamma insonlar:

●     tinch

●     xavfsiz

●     huquqlari himoyalangan holda yashashiga yordam beradigan tashkilot.

Konvensiya – bu nogironligi bor insonlarning huquqlarini ta’minlaydigan hujjat.

“Ta’lim to‘g‘risidagi”gi qonunga ko‘ra:

sen institut yoki universitetning magistratura bosqichini tugatsang, o‘qigan yo‘nalishing bo‘yicha o‘qituvchi bo‘lib ishlashing mumkin.

Universitet – bu sen maktabni tugatganingdan keyin biror kasbni egallash uchun o‘qiydigan joy.

Magistratura – bu sen universitetda 4 yil o‘qiganingdan keyin yana 2 yil qo‘shimcha o‘qib yuqori darajali diplom olishing.

Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor o‘qituvchilarga  yordamchi kotibalarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ajratadi.

Bitta maktabda 2 ta ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor o‘qituvchilarga 1 ta yordamchi kotiba beriladi.

Maktabda 1 ta ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor o‘qituvchi ishlasa ham 1 ta yordamchi kotiba beriladi.

Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor o‘qituvchi maktabga ishga kirayotgan vaqtida maktab direktoriga kotiba berishni so‘rab ariza yozishi kerak.

Yordamchi kotibaning vazifasi –  ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor o‘qituvchiga dars o‘tishda qonunga ko‘ra yordam berish.

Yordamchi kotibaning vazifasi:

●     senga yillik ish rejasi, dars jadvali bo‘yicha ishlashingga yordam beradi

●     sen bilan birga darsda qatnashadi

●     dars jarayonida o‘quvchilar kelgan, kelmaganini belgilaydi

●     sinf jurnaliga sen aytgan mavzularni yozadi

●     sen o‘quvchiga qo‘ygan baholaringni jurnalga qo‘yadi

●     senga darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tishiga yordam beradi

●     senga imtihonlar o‘tkazishda yordam beradi.

Maktabda darslar har xil xonalarda bo‘lsa yordamchi kotiba ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor o‘qituvchini bir xonadan boshqa xonaga olib borishi zarur.

Yordamchi kotibalarga maktab rahbarlari qo‘shimcha ish topshirsa  kotibaning ishlash huquqi buziladi.

Kotibaning ishlash huquqini maktab rahbari buzsa, tuman xalq taʼlimi rahbariga ariza bilan murojaat qilish kerak.

Yordamchi kotiba:

  • kamida o‘rta maxsus diplomli (11 yillik maktab, kollej, litseyni tugatgan)

yoki oliy diplomli (universitetni tugatgan) bo‘lishi kerak.

Maktab direktori zaif ko‘ruvchi o‘qituvchiga  “o‘zingni-o‘zing eplay olasan” deb yordamchi kotiba bermasligi mumkin.

Zaif ko‘ruvchi o‘qituvchi daftar, jurnallardagi yozuvlarni o‘qiy olmasligi, bahoni jurnalga qo‘ya olmasligi mumkin.

Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor o‘qituvchiga yordamchi kotiba berishni maktab direktori rad qilsa:

  • tuman yoki shahar xalq taʼlimi bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishing zarur.

Tuman yoki shahar xalq taʼlimi ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor o‘qituvchiga yordamchi kotiba berishni rad qilsa, Bandlik vazirligiga yoki sudga murojaat qilish kerak.

Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor o‘qituvchiga yordamchi kotiba berilmasa:

●     ishlash uchun shifokor ya’ni tibbiy ijtimoiy ekspertizaning ruxsatnomasi

●     Xalq ta’limi vazirligining 2019-yil 28-dekabrdagi 406-sonli buyrug‘i

●     shahar moliya bo‘limi yoki Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yozma ariza bilan murojaat qilish mumkin.

Yordamchi kotiba berishni Iqtisodiyot va Moliya vazirligi rad qilsa, Adliya vazirligiga yoki Prezidentning internet qabulxonasi (portalga) my.gov.uzga murojaat qilish kerak.

Zaif ko‘ruvchi o‘qituvchi universitetda ishlasa unga kotiba berish qonunda belgilanmagan.

Universitetlarda yordamchi kotiba Zaif ko‘ruvchi o‘qituvchiga dars vaqtida:

  • talabalarni nazorat qilishda
  • dars o‘tishga yordamlashishda

yoki imtihonlarni tashkil qilishda kerak bo‘ladi.

Zaif ko‘ruvchi o‘qituvchi universitetda yordamchi kotiba berishlarini so‘rab:

Fan, taʼlim va innovatsiyalar vazirligiga  murojaat xati bilan chiqishi mumkin.

“Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan umumta’lim maktablarning o‘qituvchilariga kotiba ajratish tartibi qanday?” ga 10 ta javob

  1. yuqoridagi fikrlarga mutloq qo‘shilgan xamda minnatdorlik bildirgan xolda yana shuni ma‘lum qilamanki, bu masalada maktabdan tashqari ta‘lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ko‘z bo‘yicha nogironligi bo‘lgan pedagoglar xam (bolalar musiqa va san‘at maktablari ko‘zi ojiz o‘qituvchilari kabilar) kotiba olish juda ko‘p to‘siqlarga uchrashmoqda. masalan, men xam birinchi guruh ko‘z bo‘yicha nogironligi bo‘lgan o‘qituvchiman. men ishlayotgan BMSM da o‘n nafar men kabi pedagoglar ishlaydilar. biz ilgari kotiba xizmatidan foydalanar edik. BMSM lar xalq ta‘limi vazirligidan madaniyat vazirligiga o‘thanidan keyin bizga kotiba berilmayapti.
    sharoit plyus tashkiloti nogironligi bo‘lgan shaxslar manfaati yo‘lida juda ko‘p loyixalar amalga oshirayotganliklarini e‘tirof etgan xolda, yvqoridagi masalada xam ijobiy amaliy yordam beradilar degan umiddamiz.
    sizlarga ulkan savobli ishlaringizda sabr_toqat, bardavomlik va ALLOHning roziligini tilaymiz.
    X. Xoshimov. Andijon viloyati KOJ BMSM O‘qituvchilari nomidan.

  2. Men koʻz boʻyicha II-guruh bolalikdan nogironman menga tarjimon kotiba berilgan edi boshqa maktabga ishga oʻtgandim tarjimon kotiba sizga kerak emas deb shu toʻgʻrimi

    • Assalomu alaykum! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2019-yildagi 206-sonli buyrug‘iga ko‘ra, ko‘rish bo‘yicha,1-2 guruh nogironligi bo‘lgan o‘qituvchi pedagoglarga tarjimon kotiba biriktirilishi belgilab qo‘yilgan. Bugungi kunda, Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Maktab internat) kabi ta’lim muassasalarida ishlayotgan ko‘zi ojiz pedagoglar uchun tarjimon kotiba MMT vazirligining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 16.08.2023-yil 247-sonli buyrug‘ining 4-ilovasiga asoslanib tayinlanadi.

      4-ilova quyidagicha nomlangan:

      “UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI (MAKTAB-INTERNAT) 

      RAHBAR VA XODIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI. Bu yerda, maktab direktorining xatti harakatlari qonunga zid. Shu sababli, direktorning qonunchilik talablariga qasddan rioya qilmayotganligi ustidan birinchi navbatda, Xalq ta’limi bo‘limi mudirini nomiga ariza bilan murojaat qilish kerak bo‘ladi. Agarki, Xalq ta’limi bo‘limi bu holatga o‘z munosabatini bildirib, chora ko‘rmaydigan bo‘lsa, fuqarolik sudiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

      Sizga yuristlarimiz arizani tayyorlashda yordam berishlari mumkin. Huququ+ Telegram botimiz orqali yurist qabuliga yozilsangiz bo‘ladi. Yoki koll-markazimiz orqali bog’laning: +998 (55) 500-50-60 (3 bosing), +998 (90) 358-50-60

  3. Logoped Oʻqituvchi emas dars oʻtmaydi logoped shtat deb kotiba tarjimon berilmaydi qonunda koʻrsatilmagan deyabdi shu mumkinmi. Lekin 1 stafka shtatda 18 soatni tashkil qiladi jurnal ish reja yuritiladi. Brayilcha yozaman koʻrishim oʻta Xira koʻzim tez tez ogʻrib qoladi kitobga borolmayman a II guruhi nogironiman koʻz boʻyicha

    • Assalomu alaykum! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2019-yildagi 206-sonli buyrug‘iga ko‘ra, ko‘rish bo‘yicha 1-2 guruh nogironligi bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglarga tarjimon kotiba biriktirilishi belgilab qo‘yilgan. Bugungi kunda, umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) kabi ta’lim muassasalarida ishlayotgan ko‘zi ojiz pedagoglar uchun tarjimon kotiba MMT vazirligining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 16.082023-yil 247-sonli buyrug‘ining 4-ilovasiga asoslanib tayinlanadi.

      4-ilova quyidagicha nomlangan: “UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI (MAKTAB-INTERNAT) RAHBAR VA XODIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI.
      Agarki siz, ko‘rish bo‘yicha, 2-guruh nogironi bo‘lsangiz, logoped bo‘lib, ishlaysizmi, o‘qituvchi pedagog bo‘lib ishlaysizmi sizga tarjimon kotiba ajratilishi kerak bo‘ladi. Sababi, logoped faoliyati pedagogika sohasining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Logopedlik faoliyatida ham jurnal to‘ldirilishi, hujjatlar yuritilishi talab etiladi. Shu sababli, sizga direktor tarjimon kotiba berishi shart. Bu yerda, maktab direktorining xatti-harakatlari qonunga zid. Shu sababli, direktorning qonunchilik talablariga qasddan rioya qilmayotganligi ustidan birinchi navbatda, Xalq ta’limi bo‘limi mudirini nomiga ariza bilan murojaat qilish kerak bo‘ladi. Agarki, Xalq ta’limi bo‘limi bu holatga o‘z munosabatini bildirib, chora ko‘rmaydigan bo‘lsa, fuqarolik sudiga murojaat qilishlari tavsiya etiladi.

  4. MMT vazirligining 2019-yil 206-sonli va 16.08.2023 247-sonli buyrugʻining 4 bandida koʻzida nuqson bor 2 guruh nogironlariga kotiba tarjimon ajratilsin demagan deb Gʻallaorol tumani Metodisti aytayabdi Logoped boʻlib ishlayman 2 guruh nogironiman bolalikdan Gʻallaorol tumani MMTB arizamni Qobul qilishdan bosh tortdi. 933000460 nomerim
    Amaliy yordam berishlaringizni soʻrab qolaman

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli