Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday xizmatlar taqdim qilyapti?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen nogironligi bor insonlarning inson ijtimoiy xizmatlari markazlaridan foydalanishdagi imkoniyatlari haqida bilib olasan.

Nogironligi bor insonlarni qo‘llab quvvatlash uchun O‘zbekiston Prezidenti huzurida:

  • “Ijtimoiy himoya milliy agentligi”
  • “Ijtimoiy himoya agentligining hududiy bo‘limlari” tashkil etildi.

Ijtimoiy himoya agentligining hududiy bo‘limlari inson ijtimoiy himoya markazlari deyiladi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari:

  • og‘ir ahvoldagi oilalarga yordam berish
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashaydigan yoki yolg‘iz keksalar
  • nogironligi bor insonlarga uyda parvarish qilish, tibbiy sog‘lomlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish
  • nogironligi bor insonlar uchun protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash
  • sifatli reabilitatsiya va ruhiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini tashkil etadi.

Inson ijtimoiy xizmatlari markazlarining nogironligi bor insonlarga ko‘rsatadigan xizmatlarining eng muhimi bu – jismoniy nogironligi bor insonlarga tibbiy reabilitatsion ortopedik vositalar va boshqa protez buyumlarini olishda amaliy yordam berish.

Senda jismoniy nogironlik bo‘lsa protez buyumlarini olish uchun o‘zing yashaydigan joydagi  inson ijtimoiy xizmatlari markazlariga ariza bilan murojaat qilishing kerak.

Jismoniy nogironligi bor insonlarga ortopedik protez buyumlarini berish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 253-son qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra:

  • nogironligi bor insonlarni
  • nogironligi bor bolalarni
  • nogironlik guruhiga ega boʼlmagan pensiya yoshidagi insonlarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash tartibi belgilangan.

Nogironligi bor insonlar va nogironligi bor bolalarning protez buyumlari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi nogironlik haqidagi maʼlumotnomaga qarab belgilanadi.

 

Shifokorlar guruhi seni nogironligi bor inson deb belgilasa, protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga muhtojliging belgilanib, nogironlik haqidagi maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.

Ijtimoiy himoya bilan bog‘liq hujjatlar shakllanishi bilan sen protez buyumlari yoki reabilitatsiya vositasini sotib olishing mumkinligi haqida SMS-xabar yuboriladi.

Protez buyumlari yoki reabilitatsiya vositasini sotib olishing mumkinligi haqida sening yashash joyingdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining “Ijtimoiy himoya” tizimiga bu haqida xabar keladi.

Sen bir oy ichida protez buyumlari yoki reabilitatsiya vositasini sotib olish uchun buyurtma bermasang, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtma berilmaganligi sabablarini o‘rganadi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari nogironligi bor insonlarni turli moddiy yordamlar, bolalar nafaqalari bilan ham taʼminlaydi.

Nogironligi bor inson kam taʼminlangan oila ro‘yxatida bo‘lib, moddiy yordam yoki bolalar nafaqasini olishmoqchi bo‘lsa, inson ijtimoiy xizmatlari markazlariga ariza bilan murojaat qilishi kerak.

Seni qiziqtirgan savollarga inson markazlariga borib yoki 1140 raqamiga telefon qilib ma’lumot olishing mumkin.

“«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday xizmatlar taqdim qilyapti?” ga 39 ta javob

  1. Хеч канака имтиезлардан. Хабаримйук. 2 грух ногирони. . МИРОБОД ТУМАН… ИЖТИМОИ КАРТАНИ СИЗЛАОДАН БИЛДИМ..ХАЛИ ХАМ .САРСОНЛИК…СИЗЛАРГА ХАКИКАТ. 946209975..

    • Assalomu alaykum

      Sizga yuristlarimiz telefon orqali bog‘lanib kerakli huquqiy yordam ko‘rsatishadi. Yuristlarimiz qo‘ng‘irog‘ini kuting.

    • Assalomu alaykum

      Iltimos, murojaatingiz yoki savolingizni to‘liq yozib qoldiring. Sizga qanday yordam bera olamiz?

  2. Assalomu alaykum yaxshimisiz men ijtimoyiy himoyadan yordam chiqishi kerak edi mahaladan hamma hujatlarni kampiyuterga joylashtirilgan va yordam kursatilishi tasdiqlangan edi ammo 1 oy buldi holigacha yordam kursatilmadi

    • Assalomu alaykum

      Iltimos, yana qayta uchrashing. Balki sizga yilning 4-choragida yordam puli chiqarish rejalashtirilgandir. Agarda qonun buzilishi kuzatilsa, so‘ngra bizga murojaat qiling.

  3. На махалладан на свадан хабар олиш йук дори дармондан куйрас сураса озгина келади дебди дорини хам

    • Assalomu alaykum

      Telefon raqamingizni qoldiring, siz bilan telefon orqali bog‘lanamiz.

  4. Assalomu alaykum birinchi guruh nogironman ko’z boʻyicha yordamchiga ehtiyojim bor murojaatlarim javobsiz qolmoqda

  5. Assalomu alaykum ko’z boʻyicha birinchi guruh nogironman yordamchi asistentka ehtiyojim bor murojaatlarim javobsiz qolmoqda

    • Assalomu alaykum, savolingiz uchun rahmat!

      Hozirgi kunda faqat ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan umumta’lim maktablari o‘qituvchilarga kotiba ajratish tartibi mavjud. Batafsil huquqiy maqolamizda tanishing: https://huquqplus.uz/materials/mehnat/951

      Yordamchi assistent xizmatini olish uchun siz yashayotgan hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz. Shaxslar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga bevosita o‘zlari borib murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, 1140 yoki 1146 qisqa ishonch raqamlari orqali ham onlayn shaklda murojaat qilish imkoniyatiga egalar.

      Mamlakatimizning turli hududlarida joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari manzillari, Yandex lokatsiyalari, operator ma’lumotlari va aloqa uchun telefon nomerlari bilan 4-ilovada batafsil tanishib chiqsangiz bo‘ladi: https://huquqplus.uz/wp-content/uploads/2024/09/INSON-markazlari-manzili.xlsx

  6. Assalomu alaykum ishtimoiy yordam nimalar qilib bera oladi men ham 2guruh nogironiman.

    • Assalomu alaykum.

      Inson ijtimoiy xizmatlari markazi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moddiy yordam ajratish, protez buyumlarini olishda bevosita yordam berish kabi bir qator ishlarni amalga oshiradi. Inson ijtimoiy xizmatlari markazlarining nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatadigan xizmatlari bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, HuquqPlus.uz saytimizda maxsus maqola chop etilgan. Shu maqolani o‘qish orqali savollaringizga batafsil javob topishingiz mumkin. Quyidagi havola orqali maqolani o‘qib chiqishni tavsiya qilamiz. https://huquqplus.uz/materials/social-protection/3583

  7. Assalomu alayko’m, qanchalik xaqqoniy ishlayabdi bu markazlar, men 2 guruh nogironiman ishga qisqartirish debishdan bo’shatishdi, meni qanday xuquqlarim bor iltimos…

    • Assalomu alaykum

      Siz telefon raqamingizni qoldiring siz bilan yuristlarimiz bog‘lanishadi.

  8. Assalomu alaykum men 2guruh nogironiman .ijtimoiy himoya restiriga meni kiritish adibi yoki yo‘qmi

    • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi — idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash hamda davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamni olish uchun murojaat qiluvchilar va oluvchilar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish amalga oshiriladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi.

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-son qaroriga muvofiq, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan jami 1 oylik o‘rtacha daromad miqdori minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. Ya’ni, oilangizning rasmiy daromadi oila a’zolaringiz soniga bo‘linganida kishi boshiga 648 ming so‘mdan oshmasa, demak oilangiz kam ta’minlangan oila hisoblanadi.

      2024-yilning may oyidan hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 648 ming so‘mni tashkil etdi.

      Ushbu reyestrga kirishingiz uchun siz ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri kelishingiz kerak bo‘ladi. Batafsil ushbu maqoladan ma‘lumot oling: https://huquqplus.uz/materials/social-protection/4073

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli