Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday xizmatlar taqdim qilyapti?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen nogironligi bor insonlarning inson ijtimoiy xizmatlari markazlaridan foydalanishdagi imkoniyatlari haqida bilib olasan.

Nogironligi bor insonlarni qo‘llab quvvatlash uchun O‘zbekiston Prezidenti huzurida:

  • “Ijtimoiy himoya milliy agentligi”
  • “Ijtimoiy himoya agentligining hududiy bo‘limlari” tashkil etildi.

Ijtimoiy himoya agentligining hududiy bo‘limlari inson ijtimoiy himoya markazlari deyiladi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari:

  • og‘ir ahvoldagi oilalarga yordam berish
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashaydigan yoki yolg‘iz keksalar
  • nogironligi bor insonlarga uyda parvarish qilish, tibbiy sog‘lomlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish
  • nogironligi bor insonlar uchun protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash
  • sifatli reabilitatsiya va ruhiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini tashkil etadi.

Inson ijtimoiy xizmatlari markazlarining nogironligi bor insonlarga ko‘rsatadigan xizmatlarining eng muhimi bu – jismoniy nogironligi bor insonlarga tibbiy reabilitatsion ortopedik vositalar va boshqa protez buyumlarini olishda amaliy yordam berish.

Senda jismoniy nogironlik bo‘lsa protez buyumlarini olish uchun o‘zing yashaydigan joydagi  inson ijtimoiy xizmatlari markazlariga ariza bilan murojaat qilishing kerak.

Jismoniy nogironligi bor insonlarga ortopedik protez buyumlarini berish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 253-son qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra:

  • nogironligi bor insonlarni
  • nogironligi bor bolalarni
  • nogironlik guruhiga ega boʼlmagan pensiya yoshidagi insonlarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash tartibi belgilangan.

Nogironligi bor insonlar va nogironligi bor bolalarning protez buyumlari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi nogironlik haqidagi maʼlumotnomaga qarab belgilanadi.

 

Shifokorlar guruhi seni nogironligi bor inson deb belgilasa, protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga muhtojliging belgilanib, nogironlik haqidagi maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.

Ijtimoiy himoya bilan bog‘liq hujjatlar shakllanishi bilan sen protez buyumlari yoki reabilitatsiya vositasini sotib olishing mumkinligi haqida SMS-xabar yuboriladi.

Protez buyumlari yoki reabilitatsiya vositasini sotib olishing mumkinligi haqida sening yashash joyingdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining “Ijtimoiy himoya” tizimiga bu haqida xabar keladi.

Sen bir oy ichida protez buyumlari yoki reabilitatsiya vositasini sotib olish uchun buyurtma bermasang, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtma berilmaganligi sabablarini o‘rganadi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari nogironligi bor insonlarni turli moddiy yordamlar, bolalar nafaqalari bilan ham taʼminlaydi.

Nogironligi bor inson kam taʼminlangan oila ro‘yxatida bo‘lib, moddiy yordam yoki bolalar nafaqasini olishmoqchi bo‘lsa, inson ijtimoiy xizmatlari markazlariga ariza bilan murojaat qilishi kerak.

Seni qiziqtirgan savollarga inson markazlariga borib yoki 1140 raqamiga telefon qilib ma’lumot olishing mumkin.

“«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday xizmatlar taqdim qilyapti?” ga 39 ta javob

  1. Assalomu alaykum Nogironligi to’g’risida ma’lumotnomani qanday olish mumkin?
    shunga amaliy yordam qilinglar iltimos! tel: 90-998-09-98

    • Vaalaykum assalom! Savolingiz uchun rahmat. Nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali shu havolaga kirib: https://my.gov.uz/oz/service/1060 «Ishga joylashish uchun kerakli hujjatlar to‘plami» xizmatini tanlashingiz kerak. Shu hujjatlar to‘plami ichida: «Imkoniyati cheklangan shaxs haqida ma’lumotnoma» degani bor shuni yuklab olsangiz bo‘ladi.

  2. Assalomu alakum men 2 guruh nogironiman kam taminlanganlar royxatida turaman bola puliga ariza bergandim qaynotamni mashinasi sababli rad boldi shu qanchalik togri 3 farzandin bor qayerga mueojat qilay yordam beringlar

    • Assalomu alaykum. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, bola puli yoki moddiy yordam olish uchun ariza berganingizda, arizangiz ma’lum shartlar asosida rad etilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, ariza beruvchi yoki uning oila a’zolari nomida yoki ishonchnoma asosida foydalanilayotgan, ishlab chiqarilganiga 12 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yengil avtotransport vositasi mavjud bo‘lsa, ariza rad etilishi mumkin.

      Biroq, bu yerda muhim jihat — «oila a’zolari» tushunchasidir. Nizomga ko‘ra, oila tarkibiga er-xotin va ular bilan birga yashaydigan, ularning qaramog‘idagi bolalar kiradi. Agar qaynotangiz siz bilan birga yashamasa va uning mashinasi sizning foydalanishingizda bo‘lmasa, u holda qaynotangiz oila a’zosi hisoblanmaydi va uning mulki sizning arizangizga ta’sir qilmasligi kerak.

      Sizning holatingizda, arizangizning rad etilishi asossiz bo‘lishi mumkin. Quyidagi choralarni ko‘rishingizni tavsiya etamiz:

      Avvalo, yashash joyingizdagi hududingizdagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilib, arizangizning rad etilishi sabablarini aniqlashtiring va qanday choralar ko‘rishingiz mumkinligi haqida ma’lumot oling. Agar yuqoridagi choralar samara bermasa, sudga murojaat qilib, arizangizning asossiz rad etilganligini ko‘rsatib, qarorni bekor qilishni so‘rashingiz mumkin.​

      Umid qilamizki, bu ma’lumotlar sizga yordam beradi. Huquqlaringizni himoya qilishda qat’iyatli bo‘ling.

  3. Assalamu alekom mani oglim 3 ka toladi 6 oy oldin gerre bare kasalga chalindi gurupaga chiqti uch oyda yurdi dori darmonga yordam sorasam arizani qabul qimayamiz diyishti ijtimoyiy yordam kam tamilangan royhatda turamiz paspirtimi srogi otip uyam tohtadi

    • Vaalaykum assalom!

      Agar “Temir daftar”da tursanigiz “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan yordamlar turiga quyidagilar kiradi:
      – og‘ir va uzoq vaqt davolanish talab etiladigan kasallikka chalingan oilalarga yordam ko‘rsatish dasturi;
      – birinchi darajali ehtiyojlarni qoplashga ko‘maklashish dasturi;

      Siz albatta tumaningizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga qayta murojaat qiling va ulardan shu turdagi yordamlarni so’rang. 1140 va 1146 ishonch raqamlari orqali oʻz savol va takliflaringizni Ijtimoiy himoya milliy agentligiga bersangiz boʻladi. Shuningdek, ariza, shikoyat va iltimoslaringizni «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga asosan qoldirsangiz biz alohida ko‘rib chiqamiz.

      ✉ Ariza yoki shikoyat xatlarida quyidagilar bo‘lishi lozim:

      F.I.Sh.;
      manzil;
      qisqacha va tushunarli masala;
      telefon raqamingiz (bog‘lanish uchun).

      Murojaatlaringizni quyidagi manbaalar orqali ham bizga yollashingiz mumkin: O‘zbekiston, Toshkent sh, Mirobod tumani, Yangizamon ko‘chasi, 1-uy
      (0371) – 239-59-22
      (0371) – 202-06-00
      (0371) – 239-59-23
      E-mail: info@ihma.uz; ihma@exat.uz

      Shuningdek, nogironligi bo‘lgan bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish, bemorlar ambulatoriya tartibida davolanadigan ambulatoriya-poliklinika muassasasida dori davolovchi vrachlarning tayinlashi bo‘yicha bepul beriladi. Dorixona muassasalari tomonidan bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish bemor ambulatoriya tartibida davolanadigan ambulatoriya-poliklinika muassasasida davolovchi vrach tomonidan yozilgan imtiyozli berish retsepti asosida bepul beriladi. Batafsil ma’lumot ushbu huquqiy maqolamizda bor: https://huquqplus.uz/materials/tibbiy-xizmatlar-va-reabilitasiya/704

      Pasportingizni muddati o‘tgan bo‘lsa, uni yangilashni maslahat beramiz.

  4. Assalam alaykum meni turmush ortogim 1 guruh nogironi tibbiy reabilitsiya markazlarida davolanishga muhtoj qanday yordam olsa boladi

    • Assalomu alaykum. «Inson» ijtimoiy xizmatlari markazlari nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam berish masalasida bir qator xizmatlarni ko‘rsatadi. jumladan, ularga moddiy yordamlar taynlab berish, ularni reabilitatsion vositalar bilan ta’minlashda amaliy yordam berish va hakazo. Turmush o‘rtog‘ingizni davlat hisobidan davolatishingiz uchun o‘zingiz yashaydigan tumandagi «Inson» ijtimoiy xizmatlari markaziga borib murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. Ularga ariza asosida murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz. Bu masalada maxsus maqola chop etilgan. Quyidagi havola orqali ushbu maqola bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz: https://huquqplus.uz/materials/social-protection/3583

  5. Assalomu aleykum man 1 gurux nogironiman mani davolanishimga pul yetmeydi yordam bera olasilami iltimos har oy davolanishim kire

    • Assalomu alaykum

      Biz nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul huquqiy yordam beruvchi loyiha hisoblanamiz.

      Nogironligi bo‘lgan shaxslarning tibbiyot muassasalarida davolanishlari uchun order olish tartibi qanday?

      Birinchi qadam. Masalan, bemorni qaysidir joyi bezovta qilmoqda. U avvalo o‘zi istiqomat qilayotgan poliklinikadagi oilaviy shifokorga murojaat qilishi lozim. Shifokor bemorni dastlabki tekshiruvini o‘tkazadi, ahvoli jiddiy bo‘lmasa shifokorni o‘zi bemorga zarur bo‘lgan dorilarni, muolajalarni yozib beradi va doimiy nazoratga oladi. Agar bemorni ahvoli yaxshi bo‘lmay, yotib davolanishga muhtoj bo‘lsa, shifokor bemor va uning haqidagi ma’lumotlarni kompyuterga kiritadi hamda tuman sog‘liqni saqlash bo‘limiga yuboradi.

      Ikkinchi qadam. Kelib tushgan ma’lumotlar asosida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limidagi tegishli shifokorlar tomonidan bemorning ma’lumotlari ko‘rib chiqilib, kasallik darajasiga qarab davolanishga yo‘llanma beradi.

      Uchinchi qadam. Agar jarrohlik amaliyoti o‘tkazish zarurati bo‘lsa, unda fuqaro haqidagi ma’lumotlar maxsus elektron dasturga kiritilib, unga Respublika miqyosidagi tibbiyot muassasasiga yo‘llanma beriladi. Respublika miqyosidagi tibbiyot muassasasi bemorning ma’lumotlari, tashxis hamda laborator tekshiruvi natijalarini ko‘rib chiqib, o‘rinlar bo‘shashi sanalarini inobatga olgan holda, uning tibbiyot muassasasiga kelish sanasini belgilaydi va sms orqali bu haqda xabar yuboradi.

      Batafsil ma’lumot uchun: https://huquqplus.uz/materials/tibbiy-xizmatlar-va-reabilitasiya/704

  6. erim rasiyada 4 ta barmogini stanokda kesib oliptila hozirda ishga yaroqsiz paliklenikamizga bordik travmatologga buyirdi travmatologa borsak ochib qólarini pervaska qimadi kórmadi I sizga nogironlik nafaqasi chiqmaydi dedi shu haqida malumot Bering 88.192.25.11

    • Assalomu alaykum

      Murojaatingiz uchun katta rahmat. Sizga yuristlarimiz bog‘lanishadi.

  7. Assalomu alaykum men Risbekov Sirojiddin Epilepsya(Tutqanoq) kasaligi boʻyicha 2-guruh Bolalikdan Nogironi man. Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida turaman.
    10.08.1993y 32 yoshdaman hozirda Quyi Chirchiq tumani SOLIQ INSPEKSIYASIDA ishliman. OKTYABR oyida Davolanishga Balitsaga Vipska va oʻzim uchun Davolanishim kerak edi.
    Ishda Kam oylikda Yordamchi qismida ishlayman. Mahallada KAM TAMINLANGAN roʻyxatida turaman. Davolanishim uchun ISHDAN Moddiy yordam sifatida SENTYABR oyida yetmaganini oʻzim qoʻshaman deb 4 yarim million ARIZA YOZGANDIM. Haligacha ololmadim Oʻzim ortirolmayaman ILTIMOS YORDAM BERIYLAR

    • Vaalaykum assalom! Sizga qanday turdagi davolanish kerak? Shu haqida aniq ma’lumot yozmagan ekansiz. Sababi nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat tibbiy muassasalarida davolanish bepul amalga oshiriladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning tibbiyot muassasalarida davolanishlari uchun order olish tartibi haqida batafsil huquqiy maqolamizda ma’lumot berganmiz: https://huquqplus.uz/materials/tibbiy-xizmatlar-va-reabilitasiya/704

      Moddiy yordamni sizga ish beruvchi bermayotgan bo‘lsa, bu ularni ichki mehnat tartibi amalga oshiriladi. Biz ish beruvchining ichki mehnat tartibiga aralasholmaymiz afsuski.

  8. Асаломалекум Мани хужайним Россия бориб турта бармокларини станок олди хозирда ишлолмайдилар узим хам черебной давленияман ишлолмайман ногиронлик гурупасини 3 килиб чикорамиз хужайнизга дейшопти нима маслихат берасиз 998.88.192.25.11

    • Vaalaykum assalom, savolingizga Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) javob berishi kerak. Hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida qoshida faoliyat yuritishi kerak TIEK. Nogironlikni belgilashda barcha maslahatni berishga ularning vakolati bor.

      Agar siz tuman (shahar) yoki tumanlararo TIEK qaroridan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egasiz. Birlamchi shikoyat tuman/shahar yoki tumanlararo TIEK qaroridan norozi fuqaro 1 oy ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar TIEKga murojaat qilishi kerak.

      Nogironlikni belgilash bo‘yicha qolgan savollaringizni mutaxassisning oʻzlariga quyidagi telefonlar orqali berishingiz mumkin.

      ☎️ Tel: +998 (90) 176-79-21 (Umarali Nazarmatov)
      📞Call-markazi qisqa raqami: 1140

      Uchinchi guruh nogironligi bor shaxslarga qanday imtiyozlar haqida ushbu huquqiy maqolamizda to‘liq ma’lumot berganmiz: https://huquqplus.uz/materials/social-protection/7769

    • Hozirgi kunda O’zbekistonda nogironlikni belgilash jarayonlari raqamlashtirilgan. Sizning barcha ma’lumotlaringiz elektron bazada shakllantiriladi. Agar natija bo’yicha tushunmovchiliklar bo’lsa yoki xulosa qo’lingizga yetib bormagan bo’lsa, yashash joyingizdagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishingiz kerak.

      «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari va Ijtimoiy himoya milliy agentligiga murojaat qilish uchun 1140 yoki 1146 qisqa ishonch raqamlariga tun-u-kun qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Hududiy markazlarning manzillari va telefon raqamlarini agentlikning rasmiy sayti orqali topish mumkin: https://ihma.uz/ (Inson markazlari xaritasida).

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli