Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ta’lim olish jarayonida belgilangan imtiyozlar

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen nogironligi bor talabalarning o‘qish paytidagi imtiyozlari haqida bilib olasan.

Talaba – bu universitetda o‘qiydigan inson.

Nogironligi bor talabalarga:

  • stipendiya to‘lash
  • yotoqxona bilan ta’minlash
  • va boshqa qulayliklar yaratilgan

Nogironligi bor talabalarning stipendiyalariga 50 foiz  stipendiya qo‘shib beriladi.

Barcha uchun stipendiya 517 880 (besh yuz o‘n yetti ming sakkiz yuz sakson) so‘m bo‘lsa, nogironligi bor talabaning stipendiyasi 776 820  (yetti yuz yetmish olti ming sakkiz yuz yigirma) so‘m bo‘ladi.

Sening stipendiyangga 50 foiz pul qo‘shilishi uchun:

  • nogironlik hujjatingni va universitet hisobchisi nomiga ariza berishing kerak.

50 foizli qo‘shimcha stipendiya faqat birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor talabalarga beriladi.

Vazirlar Mahkamasining nizomiga ko‘ra:

  • shartnomada o‘qiydigan birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor talabalarga stipendiyalar davlat hisobidan beriladi.

Birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor talabaning o‘zlashtirishi 3 bahodan past bo‘lmasa 50 foizli qo‘shimcha stipendiya beriladi.

Nogironligi bor talaba:

  • fanlardan o‘zlashtirishi 3 bahodan past bo‘lsa
  • yakuniy nazorat ishlaridan o‘ta olmasa
  • ikkinchi semestrga qolib ketsa stipendiya ham, qo‘shimcha stipendiya ham berilmaydi.

Davlat grantida o‘qiydigan talabaning fanlarni o‘zlashtirishi 3 bahodan past bo‘lsa, keyingi semestrdan stipendiya berilmaydi.

Ikkinchi mutaxassislikda o‘qiyotgan nogironligi bor talaba ham qo‘shimcha  stipendiya olishi mumkin.

Masalan:

  • Sen Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetini bitirgansan.
  • Ishga kira olmaganing uchun ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha Toshkent davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kirding.
  • Bu holatda  senga shartnomada o‘qisang ham qo‘shimcha stipendiya beriladi.

Har bir universitetda talabalarga   rag‘batlantirish pullari berish bo‘yicha “talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi” tashkil etilgan.

“Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi”   pullaridan foydalanish va talabalarni qo‘llab-quvvatlash tartibini universitet kengashi tasdiqlaydi.

Talaba davlat granti yoki shartnomada o‘qisa ham jamg‘arma hisobidan rag‘batlantirish beriladi.

To‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan va fanlardan yakuniy imtihonlardan “5” baho olgan talabalarning stipendiyasiga 20 foizli qo‘shimcha stipendiya beriladi.

Masalan:

  • Sen Jahon tillar universitetida ikkinchi mutaxassislik shartnomada o‘qiysan.
  • Sen semestrni hamma fanlarini 5 bahoga tugatding.
  • Sening stipendiyangga 20 foiz qo‘shimcha pul  qo‘shib beriladi.

Jamg‘arma 50 foizlik qo‘shimcha stipendiya ham berishi mumkin.

50 foizlik stipendiyani olish uchun sen:

  • jamiyat uchun foyda keltiradigan qurilmalar,
  • ilovalarni ishlab chiqqan bo‘lishing
  • Ya’ni, “Kitobplus” ilovasi
  • yoki “O‘zbekcha nutq sintezatori” kabi loyihalar qilgan bo‘lishing kerak.

Jamg‘arma hisobidan beriladigan qo‘shimcha stipendiya  faqat bir marta beriladi.

Jamg‘arma hisobidan beriladigan qo‘shimcha stipendiya senga beriladigan 776 (yetti yuz yetmish olti) ming stipendiyadan tashqari beriladigan pul hisoblanadi.

Qo‘shimcha stipendiya olish uchun sen “Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi” rahbariga ariza bilan murojaat qilishing kerak.

Nogironligi bor talabalarni yashash joyi bilan  ta’minlanishda ham imtiyoz bor.

Seni yotoqxonaga joylashish va yotoqxona  to‘lovlarida imtiyozlaring bor.

Hozirda barcha uchun yotoqxona talabalar to‘lovi – 250 000 (ikki yuz ellik ming) so‘m.

Birinchi guruh nogironligi bor talabalar yotoqxona uchun to‘lov to‘lamaydilar.

Ikkinchi guruh nogironligi bor  talabalar yotoqxona uchun  50 foiz to‘lov to‘lashadi.

To‘lovning 50 foizi hozirda 125 (bir yuz yigirma besh ming) so‘m.

“Nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ta’lim olish jarayonida belgilangan imtiyozlar” ga 78 ta javob

  1. Sirtqi ta‘limda davlat grandi asosida tahsil olayotgan talabalarga stipendiya beriladimi?

    • Assalomu alaykum.

      Stipendiya faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan davlat granti yoki stipendiyali to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan talablarga beriladi.

  2. 4. guruh nogironligi bo‘lgan talabalar yotoqhonaga qancha foiz miqdorida to‘lovni amalga oshirishadi.

    • Assalomu alaykum

      18 yoshga to‘lmagan, lekin nogironligi bor shaxslar 4-guruh nogironi deb e’tirof etilishadi. Shu ma’noda, ularning guruh nogironliklari aniqlangunga qadar, talabalar turarjoylari uchun 50 foizlik to‘lovni amalga oshirishadi. Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda talabalar turarjoylari uchun to‘lovlar 250000 so‘mni tashkil etsa, 4-guruh nogironi deb e’tirof etilgan shaxslar mana shu summaning yarmini, ya’ni, 125000 so‘m to‘lashadi.

  3. Assalomu aleykum, dtmdan keyin ballarni elon qiladigan kuni, ozimizning ballar chiqadimi avval yoki srazu qoshib berishadimi

    • Assalomu alaykum

      Magistraturaga kirishda ballar eng yuqori ko‘rsatkichdan boshlab hisoblanib, shunga qarab kvotalar ajratiladi. Alohida qo‘shimcha bal taqdim etilmaydi. Bu yerda asosan, bakalavr bosqichida to‘plagan ballaringiz katta rol o‘ynaydi. Misol uchun magistratura uchun 3 ta kvota berilgan bo‘lib, da’vogarlar soni 5 ta. Mana shu holatda, bakalavr bosqichida to‘plagan ballari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega shaxslar kvotalarga egalik qilishadi. Bu bo‘yicha saytimizda maxsus maqola nashr etilgan. Shu maqolani ham o‘qib ko‘rishingizni tavsiya qilardim. Salomat bo‘ling.

  4. Manda bronx astma kasalligi bor nogironlik guruhim II o’qishga kirishda necha foizlik ligotalari bor shu haqida ma’lumot bersangiz

    • Assalomu alaykum

      Agarki siz bakalavr bosqichiga o‘qishga kirishni nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, o‘qishga kirish uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar doirasida 2 foizlik qo‘shimcha kvota belgilangan.

  5. Men ikkinchi guruh nogironligim bor men oqishga kirishimda yetarli balni toplolmasam menga qanday yordam imtiyoz beriladi

    • Bunday holatda hech qanday imtiyoz berilmaydi.

      Yana qanday imtiyoz bo‘lishi mumkin?

      Keyingi yil yaxshiroq tayyorlaning, omad.

  6. Assalomu aleykum kechki ta’limda o’qiyotgan nogironligi bor talabalarga ham yotoqxona beriladimi

    • Kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalarga odatda, talabalar turar joyidan joy ajratilmaydi. Agarki, talaba nogironligi bo‘lgan shaxs maqomida bo‘lsa, bu toifa shaxsga talabalar turar joyidan joy ajratib berilishi shart.

  7. Assalomu alaykum Nogironligi bor shaxslarga magistraturaga kirish uchun qandaydir imtiyoz mavjudmi?
    Yana bir savol: 2024 yil sentabr oyidan talabalarning o‘qishiga qarab stipendiya joriy etiladi ya’ni kontraktdagilar grandga, grantdagilar kantrakka o’tib qolishi mumkin ekan. Bu qaror imtiyozli talabalarga ham taalluqlimi?

  8. Yana bir savol: 2024 yil sentabr oyidan talabalarning o‘qishiga qarab stipendiya joriy etiladi ya’ni kontraktdagilar grandga, grantdagilar kantrakka o’tib qolishi mumkin ekan. Bu qaror imtiyozli talabalarga ham taalluqlimi?

    • Ushbu tartib barcha talabalarga, shu jumladan imtiyozli talabalarga ham tatbiq qilinadi.

  9. Nogironligi borda lekin uni qo‘llashni billmaydi. Agar o‘qishga kontrakt bo‘lib kirsa uning imtiyozlarini qanday qo‘llaydi?

    • Qanday imtiyozlarni nazarda tutmoqdasiz? Agar o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlarni nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, bundan foydalana olmaydi.

      Ammo boshqa imtiyozlaridan foydalanishi mumkin.

    • Assalomu alaykum. Ta’lim sohasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratib berilgan imtiyozlardan foydalanish uchun birinchi navbatda, fakultet dekanatiga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Imtiyozlar inobatga olinmasa, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga murojaat qilish mumkin.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli