Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslar farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitishda qanday imtiyozlar bor?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen bolangni bog‘chaga berishdagi imtiyozlar haqida bilib olasan.

Maktabgacha  va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirliklarining 2016-yil 23-avgustdagi 2821-sonli qaroriga ko‘ra bog‘cha uchun pul to‘lashda ba’zi insonlarga imtiyozlar berilgan.

Bog‘cha uchun pul to‘lashda imtiyozi bor insonlar:

  • nogironligi bor bor ota-onalar
  • kam daromadli oilalar.

Kam daromadli oila – bu  daromadi bir oyda bir kishi uchun 568 000 (besh yuz oltmish sakkiz ming) so‘mdan kam bo‘lgan oila.

Masalan:

  • sening oilngda 5 kishi yashaydi
  • oilangda faqat 2 kishi ishlaydi
  • shu ikki kishining oyligi oilangdagi 5 kishiga bo‘linadi
  • bo‘linganda har bitta inson uchun 568 000 (besh yuz oltmish sakkiz ming) so‘mdan ko‘p pul to‘g‘ri kelsa
  • ota-onadan birida nogironlik bo‘lsa ham  farzandlaring uchun bog‘chaga pul  to‘laysan.

Bog‘cha pulini to‘lamaydigan bolalar ro‘yxatini tayyorlashda kerak bo‘ladigan hujjatlar:

  • mahalla bergan oila mulki haqidagi ma’lumotnoma
  • bog‘chadagi ota-onalar bilan ishlaydigan bo‘lim xulosasi

Bog‘cha pulini i to‘lamaydigan bolalarning ro‘yxati har yili 25-sentyabrgacha bog‘cha rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Pul to‘lamaydigan bolalar ro‘yxatiga kirmay qolgan bolalarning alohida ro‘yxati tuziladi.

Pul to‘lamaydigan birorta bola bog‘chaga bormasa  o‘rniga alohida ro‘yxatga olingan bolalardan biri qabul qilinadi.

Sening farzandingda jismoniy yoki aqliy nogironlik bo‘lsa, bog‘chada bolangga kerak bo‘ladigan narsalar uchun pul to‘lamaysan.

Seni bolangda:

  • gapirishda nuqsoni bo‘lsa
  • eshitishda ya’ni ikkinchi va to‘rtinchi darajali karlik bo‘lsa
  • ko‘rishda nuqsoni bo‘lsa
  • oyoq, qo‘l, bosh, umurtqa va boshqa kasalliklar bo‘lsa, sen bog‘chada bolangga kerak bo‘ladigan narsalar uchun pul to‘lamaysan.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra senda birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lsa, bolangni  bog‘chaga joylashtirish uchun  imtiyozli navbatga turishing mumkin.

Sen  imtiyozli navbat xizmatidan “davlat xizmatlari markazi” orqali foydalanishing mumkin.

Davlat xizmatlari markazini ko‘pchilik odamlar  “yagona darcha” deb atashadi.

Sen bolangni bog‘chaga joylashtirishing uchun ariza to‘ldirishing kerak.

Arizani to‘ldirishning 2 xil usuli bor:

  • Davlat xizmatlari markaziga borib murojaat qilishing mumkin
  • yoki www.my.gov.uz internet manzilida masofaviy  ariza to‘ldirishing mumkin.

Masofaviy ariza to‘ldirish uchun sen:

  1. my.gov.uzga internet orqali kirib
  • telefon raqaming
  • pasport yoki ID pasporting ma’lumotlarini kiritib ro‘yxatdan o‘tasan

2. Keyin o‘zing yashaydigan joy nomini va bog‘cha raqamini kiritasan.

3. Keyin bolangni tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining (metrika) seriya raqamini yozasan.

Shundan keyin seni boshqa kerakli ma’lumotlaring internet orqali aniqlanadi.

Internetdan olingan ma’lumotlaringni to‘g‘riligini ko‘rib chiqib, tasdiqlashing kerak.

Ma’lumotlarni tasdiqlashing uchun sening telefoningga kod raqam keladi.

Kelgan kod raqamini www.my.gov.uz ga kiritib, arizani onlayn yuborishing  mumkin.

Ariza topshirib bo‘lganingdan keyin ekranda ko‘ringan ariza raqamingni eslatma uchun biror joyga yozib olishing kerak.

Ariza raqami keyinchalik ariza javobini bilishingda kerak bo‘ladi.

Arizangni javobini ko‘rish uchun www.my.gov.uz orqali mening arizalarim bo‘limiga kirishing  kerak.

Mening arizalarim bo‘limiga kirgandan keyin ariza raqamini kiritsang ariza holati senga ko‘rinadi.

Bog‘cha to‘lovidagi imtiyoz faqat davlat bog‘chalari uchun amal qiladi.

Insonlar o‘zlari ochgan xususiy bog‘chalar uchun bu imtiyoz amal qilmaydi.

Sen bog‘cha imtiyozidan foydalanishing uchun yo‘llanma olishing kerak bo‘ladi.

Sen yo‘llanma olishing uchun ariza to‘ldirishing kerak.

Yo‘llanma olishingda imtiyozni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini ko‘rsatishing kerak.

Sen to‘ldirilgan arizada yolg‘on ma’lumotlar aniqlansa, senga yo‘llanma berilmaydi.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslar farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitishda qanday imtiyozlar bor?” ga 20 ta javob

  1. Farzandi nogironligi boʻlgan farzandlar uchun maktabgacha taʼlim muassasalarida qanday imtiyozlar beriladi

    • Assalomu alaykum.

      Nogironligi bo‘lgan shaxslar farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitishlari uchun, agarki ular ijtimoiy himoya reyestrida ro‘yxatda turishsa, kam ta’minlangan oila sifatida e’tirof etilgan bo‘lishsa, 50 foizlik chegirma asosida farzandlarini bog‘chaga borishini ta’minlashadi. ya’ni, bugungi kunda bog‘cha puli bitta bola uchun 293000 so‘mni tashkil etsa, nogironligi bo‘lgan ota onalar shu summaning yarmini to‘lashadi.

  2. Yolgiz onaman 6yoshli Dsp tashxisli bolamni IMTT ga 4 soatlik rejimga qòyishti bu qanchalik tògri.

    • Assalomu alaykum. Bu farzandingizning salomatligiga ta’lim jarayoni salbiy ta’sir ko‘rsatishini oldini olish maqsadida, shunday yo‘l tutilgan.

  3. Men 2-guruh nogironiman, 2 farzandim bogʻchaga borishadi. Farzandlarimni ikkalasi ham bogʻcha oylik toʼlovidan ozod boʻladimi yoki faqat bittasimi?

  4. Mening qizim. 2 guruh nogironiga kiradi. Bohcha pulidan ozod bolaolamanmi. Va qanday hujjatlar yigiwim kerak

    • Bu holatda bolangizda qaysi nogironlik holati mavjudligiga bog‘liq. Bolalarning jismoniy yoki aqliy rivojlanishidagi quyidagi nuqsonlarida maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan to‘lov undirilmaydi:

      nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish);

      eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik);

      ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlar, bir ko‘zi soqqasi yo‘qligi (anoftalm), ambliopiya va g‘ilay bo‘lgan zaif ko‘radiganlar);

      tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar (bosh miya, bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqa, bo‘g‘imlar va oyoqlar operatsiyalarining barcha turlaridan keyingi holati; bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqaning idiapatik deformasiyalari; kifoz; lordoz; kifoskolioz; oyoq panjalari falaji; tayanch-harakatlanish a’zosi rivojlanishi anomaliyalari; artrozoartritlar; ostexondropatiya; xondrodistrofiya; bolalar serebral falaji; meningoensefalitga chalingandan keyin hamda tug‘uruq asoratlaridan keyingi tayanch-harakatlanish a’zolarining barcha patologiyalari va hakazo.

      Agar bolangizda yuqoridagi nogironlik holatlari mavjud bo‘ladigan bo‘lsa, unda siz Davlat xizmatlari markaziga borib ariza qoldirishingiz va Maktabgacha ta’lim muassasasi uchun navbatda turishingiz lozim bo‘ladi.

  5. Men ikkinchi guruh nogironi man qizim aprelda 3 yoshga toʻladi bogʻchaga bersam toʻlovlari qanday boʻladi imtiyozlar bormi tumandagi bogʻchadan sal uzoqroqmiz transport muomalari qanday hal qilinadi

    • Assalomu alaykum, Alisher! Nogironligi bo‘lgan shaxslar «Ijtimoiy himoya yagona reyestrida» ro‘yxatida turishsa, farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida imtiyozli shaklda o‘qitishlari uchun imkoniyatga ega bo‘ladilar. Ushbu maqolamizni batafsil o‘qib chiqishingizni tavsiya qilamiz. Murojaatingiz uchun tashakkur!

  6. Zarbdor tumanidagi lastochka bogʻchasiga bermoqchiman davlat tomonidan ochilganmi yoki xususiymi men ikkinchi guruh nogironi man bolamni shu bogʻchaga bersam tekin boʻladimi imtiyozlarim bormi

    • Zarbdor tumanidagi «Lastochka» maktabgacha ta’lim muassasaning davlat yoki xususiy ekanligi haqida aniq ma’lumotga ega emasmiz. Biroq, umumiy tartibga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan ota-onalarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda qabul qilinadi va to‘lovdan ozod etiladi. ​

      Agar «Lastochka» bog‘chasi davlat muassasasi bo‘lsa, sizning ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxs sifatida farzandingizni imtiyozli ravishda ushbu bog‘chaga joylashtirish imkoniyati mavjud. Buning uchun mahalla tomonidan beriladigan oilaning mulkiy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va bog‘cha ota-onalar qo‘mitasining xulosasi talab etiladi. Agar bog‘cha xususiy muassasa bo‘lsa, bunday imtiyozlar qo‘llanilmasligi mumkin. Shu sababli, «Lastochka» bog‘chasining maqomini aniqlash va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘cha ma’muriyati yoki tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.

      Shuningdek, agar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oila hisoblasangiz, maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan miqdorlarda ota-onalar to‘lovini to‘lashdan ozod bo‘lishingiz mumkin.

  7. Biz yawaydigan mahallada davlat bogʻchasi yoq bunda biz nma qilamiz farzandim bolalikdan nogironlik gruppasida

    • Assalomu alaykum. Agarki siz yashayotgan hududingizda, nogironligi bo‘lgan bolalarni o‘qitish bo‘yicha, maxsus bog‘cha bo‘lmasa, tuman xalq ta’limi bo‘limiga borib murojaat qilib ko‘rishingizni tavsiya qilamiz. tuman xalq ta’limi xalq tilida rayona deb yuritiladi. Xalq ta’limi bo‘limiga borib murojaat qilsangiz tumaningizda tashkil etilgan maxsus bog‘chalar to‘g‘risida ma’lumot berishadi.

  8. 2-guruh nogironiman erim va men. 2ta qizimmiz bor. Kattasi maktabda kichigi bog’chada o’qiydi. Badal pulidan ozod etilishimmizni so’rayman

    • Assalomu alaykum!

      Maktabgacha ta’lim muassasasi to‘lovidan ozod bo‘lish uchun oila kam ta’minlangan deb e’tirof etilishi lozim.

      Agar yurist yordamiga ehtiyoj sezsangiz, Telegramdagi https://t.me/huquqplus_bot botimiz orqali yuristimiz qabuliga yozilishingiz mumkin. Yuristimiz siz bilan bog‘lanadi.

  9. Mahalla raislarimmiz kam ta’minlangan oila reestridan chiqarib yuborgan. Maslahat bering

    • Assalomu alaykum!

      Telegramdagi https://t.me/huquqplus_bot botimiz orqali yuristimiz qabuliga yozilishingiz mumkin. Yuristimiz siz bilan bog‘lanadi.

      Shuningdek, Sharoit Plus nogironlar jamoat birlashmasining bosh ofisida (Xiyobon ko‘chasi, 22-uy) har shanba kuni fuqarolarni yuzma-yuz qabul qilib, huquqiy maslahat beramiz.

      Sizning masalangizda yurist bilan birgalikda ishlash talab etilgani bois, iltimos, botimiz orqali biz bilan bog‘laning.

  10. Assalomu alaykum, viloyatdanmiz, bu yil 2 guruh nogiron F 71 farzandimni maxsus internat maktabga (Yashnabod tumandagi) joylashtirmoqchimiz. Bolani bu tashxisi bilan kechayu kunduzga olmaymiz qatnaydi, bo’lmasa boshqa tumandagi maktabga bering deyishdi komissiya a’zosi. Boshqa maktab bizga uzoq va yo’l transporti noqulay joylashgan. Bu qanchalik to’g’ri, oilaviy sharoitimiz qatnash uchun to’g’ri kelmaydi, talabaman har kun qatnab o’qiyman, har kuni bolamni oborib obkelolmayman. Iltimos huquqiy maslahat bering, raxmat

    • Assalomu alaykum!

      Telegramdagi https://t.me/huquqplus_bot botimiz orqali yuristimiz qabuliga yozilishingiz mumkin. Yuristimiz siz bilan bog‘lanadi.

      Shuningdek, Sharoit Plus nogironlar jamoat birlashmasining bosh ofisida (Xiyobon ko‘chasi, 22-uy) har shanba kuni fuqarolarni yuzma-yuz qabul qilib, huquqiy maslahat beramiz.

      Sizning masalangizda yurist bilan birgalikda ishlash talab etilgani bois, iltimos, botimiz orqali biz bilan bog‘laning.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli