Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironlik pensiyasini qanday qilib qayta hisoblatish mumkin?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada nogironlik pensiyasini ish stajiga qarab qayta hisoblatish haqida bilib olasan.

2023-yil 1-yanvardan boshlab sen nogironlik pensiyangni har 2 yilda 1 marta

  • ishlagan vaqting
  • oyligingga qarab qayta hisoblatishing uchun “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirish kiritildi.

2023-yilda 75 mingta nogironligi bor insonlarning pensiyasiga 300 000 (uch yuz ming) so‘mdan qo‘shildi.

Sen pensiyani qayta hisoblatishing mumkin bo‘lgan holatlar:

  • sening nogironlik guruhing o‘zgarganda.

Senga birinchi va ikkinchi guruh nogironlik pensiyasi berilganidan keyin ishlagan vaqting va oyligingga qarab 2 yilda 1 marta pensiyang qayta hisoblab ko‘paytiriladi.

Masalan:

  • Sen 2 yil ya’ni 2022-yildan 2024-yilgacha ishlagansan.
  • Bunda sening pensiyang qayta hisoblanadi va ko‘paytiriladi.

Sening pensiyangni hisoblash uchun oxirgi 10 yillik ishlagan vaqting hisobga olinadi.

Sening pensiyangni hisoblash uchun oxirgi 10 yillikdagi  5 yillik oyliklari qo‘shilib 60 ga bo‘linadi.

Nogironlik pensiyasini qayta hisoblashda:

  • sening ishlangan vaqting
  • oyliging
  • qayta hisoblash uchun sabablar hisobga olinadi.

Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 125-bandiga ko‘ra,  pensiyani qayta hisoblash uchun sabablar paydo bo‘lganda sen ariza bilan murojaat qilishing kerak. 

Sen arizaga qo‘shib pensiyani qayta hisoblashga sabab bo‘ladigan hujjatlarni ham topshirishing kerak bo‘ladi.

Pensiyani qayta hisoblashga sabab bo‘ladigan hujjatlar:

  • sening nogironlik guruhing o‘zgarganligi haqidagi hujjat
  • sen 1 yildan ko‘p ishlaganliging  haqidagi hujjat.

Pensiya jamg‘armasi  besh kunda sening pensiyangni qayta hisoblash haqidagi arizangni ko‘rib chiqadi (Ariza shakli ilova qilingan).

Sen pensiyani qayta hisoblatishda avval ishlatilgan hujjatlar yoki pensiyani qayta hisoblashga kerak bo‘lmagan hujjatlar topshirsang sening pensiyang qayta hisoblanmaydi.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning 32-moddasiga  ko‘ra, sening xohishingga qarab, sen o‘qish vaqtida olgan stipendiyang ham oylik hisoblanadi.

Stipendiya – bu talabalarga qoʻshimcha taʼlim olish uchun beriladigan pul yordami.

Agar sen o‘qish davrida olgan stipendiyangni ham oylik  sifatida olmoqchi bo‘lsang, bu to‘g‘risida pensiya jamg‘armasiga aytishing kerak.

Sen nogironlik pensiyasini qayta hisoblatishing uchun (tuman) shahar Pensiya jamg‘armasiga borib ariza berishing shart.

Nogironlik pensiyasini qayta hisoblatishda eng ko‘p muammo bu ishlagan vaqt haqidagi ma’lumotlar Yagona Milliy Mehnat Tizimi ya’ni my.mehnat.uz internet manzilida ko‘rinmasligidir.

Yagona Milliy Mehnat Tizimi bu – my.mehnat.uz internet manzili. Bu yerda insonlarning ish staji va bandligi haqidagi ma’lumotlar saqlanadi.

Sening ishlagan vaqting my.mehnat.uz internet manzilida ko‘rinmasa, ishlagan joyingga murojaat qilishing  va ishlaganingni tasdiqlovchi hujjatni olishing  kerak.

Ishga kirganingda yoki ishdan bo‘shaganingda tashkilotning ishchilar bilan ishlovchi xodimidan ma’lumotlaringni my.mehnat.uz ga kiritganligi haqidagi hujjatni so‘rashing kerak.

Pensiya jamg‘armasi sening pensiyangni qayta hisoblashni rad etsa, uning sabablari, bu bo‘yicha shikoyat qilish tartibi haqida senga 5 kun ichida  “SMS” xabar yuborishi shart.

“Nogironlik pensiyasini qanday qilib qayta hisoblatish mumkin?” ga 33 ta javob

  1. Men 2 guruh nogironiman pensya jamgarmasiga 12 yillik ish stajimni hujjatini topshirgandim pensangiz oshmaydi dedi oylik ozligi uchun shu togrimi

    • Vazirlar Mahkamasining 592-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Pensiyalarni tayinlash va to‘lash tartibi» to‘g‘risidagi Nizomning 134-bandiga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasi pensiyani hisoblash tartibi, asosi va qanday asoslar bilan hisoblangan va boshqa holatlarni «sms» xabarnoma orqali arizachiga yuboradi. Ushbu holatda pensiya jamg‘armasining asoslantiruvchi javob xatini o‘rganish va tahlil qilish, so‘ngra holatga huquqiy baho berish mumkin. Ya’ni avval holat yuzasidan batafsil ma’lumotga ega bo‘lish kerak. 12−71 qisqa ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, nogironlik pensiyasiga oid savollariga mutaxassislardan javob olishingiz yoki murojaatlaringizni qoldirishingiz mumkin.

  2. Ассалаума алейкум Мен Пирманов Дамир Жанабаевич Каракалпакстан Рес Чимбой туманида яшайман,бахытсыз ҳәдийсе себепли 2019-жылдан берли 2-грух ногираниман 2020-жылы жумысымды басладым ҳәзирде Чимбой почта байланыс тармағында ислеп атырман менин пенсияға стажым косиладими?

    • Assalomu alaykum.
      Agar ish stajingiz nogironlik qayd etilgan vaqtdan so’ng 1yildan ko’p muddatni tashkil etsa, pensiyani qayta hisoblashda inobatga olinadi.
      Demak siz 2020-yildan buyon yangi ish joyingizda ishlayotgan bo’lsangiz 2024-yilgacha muddatnlda ishlaganingiz to’g’risidagi ma’lumotlarni Pensiya jamg’armasiga taqdim qilib, qayta hisoblatishingiz mumkin

  3. Men Bolalikdan ikkinchi guruh nogironiman 1992-8-iyunda tug’ulgan man 2019- yil 1- iyundan davlat ishida ishlayabman hozir 2024- yil 5- yil bo’ldi hozir men pensiyamni qayta hisoblatsam bo’ladimi. Eshitishimcha yosh va staj hisobga olinar ekan men 36- yoshga kiryanimda 7- yillik staj bo’lsa qayta hisoblatishim kerakmi yo unaqa emasmi shu savollarini hisoblab javob bersangiz

    • Bo‘ladi, albatta, pensiya jamg‘armasiga murojaat eting.

      Siz 2019-yildan 2024-yilgacha ish staji yozilgan holda mehnat qilib kelmoqdasiz, qonunga muvofiq pensiyani qayta hisoblatish uchun ikki yillik davr mobaynida kamida 1 yillik staj bo‘lgan hollarda murojaat qilish mumkin.

  4. Assalomu alaykum men 4 kurs talabasiman 2-guruh nogironligim bor men o‘qigan 4 yil ish stajiga qoshiladimi?

  5. Assalomu alekum men 2 yilik ish stajim bor shunda men ham qayta xisoblatsam bo’ladimi menga ham qo’shiladimi

    • Vaalaykum assalom. Ha, albatta. I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. To‘liq ma’lumot ushbu huquqiy maqolamizda ham berilgan. Batafsil tanishib chiqishingizni iltimos qilamiz!

  6. Ассалом алейкум 2927 йилда тугилган углим ьолаликдан ногиронлик белгиланиб унга нафака оламан. Болаларга хозирги кунда 1,2 гурухи деб берилмайди факат болаликдан ногирон деб бериладимм

    • Bolalarga guruh berilmaydi, umumiy ravishda «nogironligi bo‘lgan bola» deb aytiladi.

  7. Assalomu alaykum men bolalikdan II guruh nogironiman. 24 yillik ish stajiga egaman. 940 ming pensiya olaman. Men ham pensiyamni qayta hisoblatsam boʻladimi? Shunda pensiyam oshishi mumkinmi?

    • Assalomu alaykum

      Siz quyidagi ikkita holatda pensiyangizni qayta hisoblatishingiz mumkin:

      nogironlik guruhi o‘zgarganda

      I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa.

      Agar yuqoridagi ikkita holatdan hech bo‘lmasa bittasi sizda ro‘y bergan bo‘lsa, demak siz pensiyangizni qayta hisoblata olasiz.

  8. 2- guruh nogironligi bor shaxs 4 yil universitetda oʻqigan bolsa pensiyani qayta hisoblatganda qoʻshiladimi

    • Shunga ko‘ra amaliyotda agar qonunchilikka muvofiq sizda pensiyani qayta hisoblash uchun yetarli ish staji bo‘lsa siz o‘qish davrida olingan stipendiyani ham pensiyani qayta hisob kitob qilishlari uchun murojaat qilishingiz mumkin. Shuningdek, o‘qish davridagi yillar ish staji sifatida ham hisobga olinadi.

      Amaliyotda o‘qish davrida to‘langan stipendiyalarni pensiyani qayta hisoblashda inobatga olishlari uchun, siz o‘qigan oliy ta’lim muassasangizning buxgalteriyasidan o‘qish davrida sizga to‘langan stipendiyalar va ularning miqdorini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz kerak.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli