Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning “Temir daftar” bilan bog‘liq imtiyozlari

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn
Video mavjud emas

Bu maqolada sen “Temir daftar” bilan bog‘liq imtiyozlar haqida bilib olasan.

Temir daftar — bu oilaviy sharoiti og‘ir, moddiy yordamga muhtoj oilalarga yordam beruvchi tizim.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra seni oilang:

  • kam ta’minlangan oila deb topilgan bo‘lsa
  • oilangda yordamga muhtoj birinchi va ikkinchi  guruh nogironligi bor yaqinlaring bo‘lsa “Temir daftar”ga kiritiladi.

“Temir daftar”ga kirish uchun sen:

  • kam pul topishing
  • nogironligi bor bo‘lishi
  • oilang yordamga muhtoj bo‘lishi
  • yolg‘iz yashaydigan qariya bo‘lishing
  • ishsiz bo‘lishing kerak.

Sening oilangdagi har bitta inson oyiga 568 000 (besh yuz oltmish sakkiz ming) so‘mdan ko‘p pul topmasa kam ta’minlangan oila hisoblanadi.

Masalan:

  • Seni oilangda ota-ona va 3 ta farzand yashaydi.
  • Ota-ona oyiga 2 million so‘m pul topadi.
  • Shu 2 million so‘m 5 kishiga bo‘linadi.
  • Shunda har bir insonga 400 ming so‘mdan to‘g‘ri keladi.
  • Bunda sening oilang  kam ta’minlangan oila bo‘ladi.

“Temir daftar” ga kirish uchun sen o‘zing yashaydigan tuman (shahar) hokimiga ariza bilan murojaat qilishing kerak.

Sen ariza bilan murojaat qilinganingdan keyin hokim va hokim tuzgan guruh 5 kunda sening yashash sharoitingni o‘rganadi.

Sen “Temir daftar”ga kirishga loyiq bo‘lsang “Temir daftar”ga kiritilasan.

Sen “Temir daftar”ga kiritilsang 1 yilda 1 marta pul  yordami olishing mumkin.

Pul yordamini olishing uchun ariza bilan murojaat qilishing shart emas.

1 yilda 1 marta beriladigan yordam puli – 1 100 000 (bir million bir yuz ming) so‘m.

“Temir daftar”ga kiritilsang senga imtiyozlar beriladi. Masalan, sen:

  • uyingni ta’mirlashing
  • tadbirkorlik qilish uchun kredit olishing
  • subsidiya olishing mumkin.

Kredit – bu ma’lum vaqt davomida biroz qo‘shimcha bilan bo‘lib qaytarishga olingan pul.

Tadbirkorlik qilish uchun kredit olish – sen o‘zingni-o‘zing band qilishing va yangi ish o‘rinlari yaratishing uchun bankdan bo‘lib qaytarishga oladigan pul.

Subsidiya – bu yordamga muhtoj insonlarga beriladigan va qaytarib olinmaydigan pul.

Tadbirkorlik uchun kredit olishda sendan sertifikat so‘raladi.

Sertifikat – bu  sen kasb yoki hunarni o‘qib-o‘rganganligingni tasdiqlovchi hujjat.

Masalan: sen tikuv sexi ochishda tikuv mashinalari sotib olishing uchun “Temir daftar” orqali bankdan kredit yoki subsidiya olmoqchi bo‘lsang, sendan  tikuvchilikni bilishingni tasdiqlovchi sertifikat so‘raladi.

Sen “Temir daftar” ro‘yxatida bo‘lsang 33 million so‘mgacha kredit olishing mumkin.

Sen etikdo‘zlikka kerakli narsalar uchun 5 million so‘mgacha subsidiya olishing mumkin.

Sen “Temir daftar”da ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsang  subsidiya yoki kredit olish uchun hokim yordamchisiga ariza bilan murojaat qilishing kerak.

Oilada sening onang yordamga muhtojligi uchun “Ayollar daftari”ga kiritilgan bo‘lsa, sen nogironliging borligi uchun “Temir daftar”ga kirishing mumkin.

Aslida bitta oila ham “Temir daftar”da ham “Ayollar daftari”da turishi mumkin emas.

Faqat oilangdagi nogironligi bor yaqinlaringning nogironlik holatiga qarab seni oilang ham “Temir daftar”ga ham “Ayollar daftari”ga kiritilishi mumkin.

Seni oilangda nogironligi bor insonlar bo‘lmasa, ham “Temir daftar”da ham “Ayollar daftari”da turishing mumkin emas.

Sen “Temir daftar”da tursang, “Ayollar daftari”dan, “Ayollar daftari”da tursang, “Temir daftar”dan chiqarib yuborilasan.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning “Temir daftar” bilan bog‘liq imtiyozlari” ga 18 ta javob

  1. Men qulogʻim umuman eshitmaydi 3 guruh nogironiman xech qaerda ishlamayman bolam bor voyaga yetmagan meni temir daftarga kirgizasizlarmi yoshim 30 da

  2. Мен 2 gurux nogironligim bor xar 2 oydan shfoxonada davolanayapman kasalliklarim trambasit purpura qon kamaysh ogir darajasi va qandli diabet ya’na ayolmi 2023 yil sentabr oktabr oyida 2 marat zòp aperasa bòldi 2 ta farzandim bor kata 14 yosh kichik 9 yosh xozirda modi yordamga muxtojmiz uyimiz xam tamir talab ayolimni ximya terapiya òtkazishga tashkentga oborish kerak bolalar nafaqasi oladiganlarni temir daftariga kiritishmas ekan ishlash niyatidaman utgan 2023 yil 2 marta bandlika murojat qildim lekin natija yòq

  3. Assalomu alaykum mening 2 yowli qizim bolalikdan oʻtkir yurak yetishmovchiligi bilan kasal buni ustiga sharoitim ogir doʻxtirlar pensaga yozib bergandi bir yil oldim bolam kundan kun yomonlashyapti ishim banitsa boʻlib qoldi yana nafaqa oliwim mumkinmi

  4. Маьлумотларни укиб жуда хурсанд булдим. Шунча имтиезлар бор экан рахмат

  5. Assalomu aleykum man farzandim davolanishi uchun moddiy yordam olishimga yordam berila iltimos bolami 1-guruh nogironligi bor tòxtatmasdan davolanishimiz kere

    • Assalomu alaykum

      Do‘stim, moddiy yordam olish masalasi bo‘yicha o‘zingiz yashayotgan tumaningizdagi inson ijtimoiy xizmatlari markaziga borib murojaat qilib ko‘rishingiz kerak bo‘ladi. Inson ijtimoiy xizmatlar markazi tarkibida saxovat va ko‘mak fondi tashkil etilgan. Agarki farzandingiz haqiqatdan ham davolanishga muhtoj bo‘lsa, ushbu fond orqali amaliy jihatdan yordam berishadi.

    • Assalomu alaykum, “Temir daftar” ro‘yxatiga kirish uchun o‘zingiz yashaydigan hududdagi «Inson» ijtimoiy xizmatlari markaziga murojaat qiling. Ijtimoiy xodimlar sizga batafsil ma’lumot berishadi. Shuningdek, 1140 yoki 1146 qisqa ishonch raqamlari orqali ham ma’lumot olish imkoniyatiga egasiz.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli