Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Uy-joy bo‘yicha savol-javoblar

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn
Video mavjud emas
Oson matn mavjud emas

“Uy-joy bo‘yicha savol-javoblar” ga 10 ta javob

    • Assalomu alaykum

      Telefon raqamingizni qoldiring yuristlarimiz siz bilan bog‘lanishadi. Sizdagi holatni batafsil o‘rganib, sizga kerakli maslahatni beradi.

    • Assalomu alaykum

      Sizga qanday yordam bera olamiz? Iltimos murojaatingizni to‘liq qoldiring.

  1. Assalomu alaykum men 2 grux nogironiman uchastka hovli boshlab qo’ygandek ammo tom qismini yopa olmayapmiz 4 nafar voyaga yetmagan farzandlarimiz bilan ijarada turibmiz men ham ta’mirlash subsidiyasi olmoqchi edim maslahat bering

    • Vaalaykum assalom, savolingiz uchun rahmat!

      Agar «Temir daftar»da tursangiz, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari asosida quyidagi yordamlarni olishingiz mumkin:

      v) uy-joy sharoitiga ega bo‘lmagan oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida:

      olti oy davomida har oyda ijara shartnomasining 50 foizi, biroq BHMning 4 baravaridan oshmagan miqdorda vaqtincha boshpana uchun xarajatlarni (ijara to‘lovini to‘liq yoki bir qismini) qoplash;

      BHMning 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda faqat bir marotaba uy-joyini ta’mirlash, shu jumladan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitini moslashtirish xarajatlarini qoplash. Bunda ushbu kichik bandda nazarda tutilgan mablag‘lar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning bank plastik kartasiga yoki shartnoma asosida o‘tkazib beriladi.

      Bu yordamlarni olish uchun hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmat markaziga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.

      Manba: “Temir daftar” orqali ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.05.2024 yildagi 313-son: https://lex.uz/docs/-6973951

  2. Assalomu alaykum. Oilamizning uy-joy sharoiti juda og‘ir. Uyimiz eski va yashash uchun noqulay holatda. Oilamizda nogironligi bo‘lgan shaxs, xususan I guruh nogironligi bo‘lgan onam bor. Men esa talabaman.

    Shu sababli uy-joy sharoitimizni yaxshilash, imkon bo‘lsa eski uyni buzib, o‘rniga yangi uy-joy qurish uchun davlat tomonidan qanday yordam, subsidiya yoki boshqa imtiyozlar mavjudligini bilmoqchiman

    • Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro!

      Uy-joy sharoitingizni yaxshilash va nogironligi bo‘lgan onangizning huquqlarini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda bir qator imtiyoz va tartiblar belgilangan. Nogironligi bo‘lgan shaxslar va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs mavjud oilalar uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar sifatida mahalliy hokimliklar tomonidan alohida ro‘yxatga olinadi. Yashash joyingizdagi tuman (shahar) hokimligiga uy-joy sharoitini yaxshilash va alohida ro‘yxatga kiritish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin. Agar uy-joy avariya holatida bo‘lsa, uni tegishli tartibda aniqlash uchun komissiya xulosasini olish tavsiya etiladi. Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inidan uy-joy sharoitini yaxshilash bo‘yicha tavsiyanoma va amaliy ko‘mak so‘rashingiz mumkin.

      Turar joy belgilangan tartibda avariya holatida deb topilgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bepul uy-joy berilishi mumkin. Nogironligi bo‘lgan shaxslar yashaydigan uy-joylar ularning erkin harakatlanishi uchun maxsus vosita va moslamalar bilan jihozlanishi lozim. Ko‘p kvartirali uylardan uy berilganda, ularning xohishiga ko‘ra, pastki qavatlardan uy berilishi mumkin.

      Nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalanish hamda imtiyozli shartlarda ijtimoiy uy-joy olish huquqiga ega. Uy-joy olish uchun subsidiya haqida batafsil shu maqolamizda ma’lumot bor: https://huquqplus.uz/materials/uy-joy/864

      Huquqiy asoslar:
      1) https://lex.uz/docs/-106136
      2) https://lex.uz/docs/-5049511
      3) https://lex.uz/docs/-7027440

      Murojaatingiz uchun tashakkur!

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli