

Qonunchiligimizda shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi:
-
1941—1945 yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxslarga
-
nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxslarga va ularga safarlarda hamrohlik qiluvchi shaxslarga berilgan.
Shahar yo‘lovchilar transporti jumlasiga avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar kiradi. Ammo belgilangan toifadagi shaxslar yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan bepul foydalanish huquqi mavjud emas.
Yuqoridagi belgilangan toifadagi fuqarolarga shahar yo‘lovchi transportida yurish uchun yangi tartibga ko‘ra imtiyozli transport kartasi beriladi.
Imtiyozli transport kartasi bu – belgilangan toifadagi shaxslarga shahar yo‘lovchilar transportida bepul yurish huquqini taqdim qiluvchi karta.
Belgilangan toifaga kiritilgan fuqarolar imtiyozli transport kartasini olishlari uchun o‘zining xohishiga qarab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalariga kelib murojaat qilishi lozim bo‘ladi.
1941 — 1945-yillardagi urush I guruh nogironlariga va nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxslarga beriladigan imtiyozli transport kartasi ularga safarlarda hamrohlik qiluvchi bir shaxsga ham shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqini beradi. Ushbu qoidadan kelib chiqib qisqacha aytishimiz mumkinki, nogironligi bor shaxslarga hamrohlik qiluvchi faqat bir kishi ushbu imtiyozli kartadan foydalanishi mumkin.
Imtiyozli transport kartasi cheklanmagan muddatga beriladi.
Yo‘q, kerak emas. Shahar yo‘lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Ha, bo’ladi. Buning uchun quyidagi tartibga amal qiling;
Imtiyozli transport kartasini masofadan olish imkoniyati ham mavjud. Buning uchun imtiyozli transport kartasini olmoqchi bo‘lgan shaxs dastlab YaIDXP (yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ) ya’ni MyGov.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Shundan so‘ng mazkur portalda sohalar bo‘limidan “Ijtimoiy himoya” sohasini tanlanadi.
Tanlangan sohadan esa “Shahar yo‘lovchi transporti imtiyozli kartasini olish” bo‘limi tanlanadi
Shundan so‘ng “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosilib ekran yuzasiga chiqgan so‘rovnoma shakli to‘ldirilib, so‘ngra ariza yuboriladi.
Barcha turdagi nogironligi bor shaxslar Toshkent metropolitenidan bepul foydalanishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolali yo‘lovchilar, homilador ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksa fuqarolar uchun avtobus salonida, uning yo‘lovchi sig‘imiga qarab, 6 ta oldingi joylar ajratiladi. Ushbu joylarni egallagan boshqa yo‘lovchilar ularni yuqorida sanab o‘tilgan shaxslar uchun bo‘shatishlari kerak.
Ha, siz bemalol o‘z nogironlik aravachangizni avtobusga olib kirsangiz bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 183-sonli qarorining 5-bandiga muvofiq, bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi avtotransport vositalari to‘xtab turish joylarining kirish va chiqish qulay bo‘lgan qismidan belgilangan tartibda to‘xtab turish joyi umumiy maydonining kamida 5 foizi (kamida 2 ta joy) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turishi uchun ajratilishini lozim.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslardan avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi, ya’ni undan bepul foydalanish huquqi mavjud. Bunda ushbu huquqdan foydalanish uchun siz:
-
Birinchidan, avtomobilingizga “Nogironligi bo’lgan haydovchi boshqarayotgan avtomobil” belgisini (1-ilovada ko‘rsatilgan) o‘rnatgan holda avtotransport vositasini boshqarishingiz,
-
Ikkinchidan, I va II guruh nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomangizni taqdim etishingiz lozim.
16 yoshgacha nogironligi bor bolasi bo‘lgan ota-onalar (yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxslar) nogironligi bo‘lgan bola uchun tayinlangan tegishli pensiya guvohnomasini taqdim etgan holatda avtoturargohdan bepul foydalanishlari mumkin.
Ushbu avtoturargoh ustida tuman yoki shahar hokimiyatiga shikoyat qilishingiz kerak.
Agar avtoturargoh ma’muriyati nogironligi bo‘lgan shaxslarga yetarli shart-sharoitlar yaratib bermasa, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51 prim 1-moddasiga (nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) muvofiq, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Yuqoridagi normaga muvofiq, avtoturargoh ma’muriyati rahbariga nisbatan jarima tarzida ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.