Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning tayanch doktoranturaga kirishda qanday imtiyozlari bor?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen nogironligi bor insonlarning tayanch doktorantura bosqichiga kirishdagi imtiyozlari haqida bilib olasan.

Tayanch doktorantura – bu universitetda bakalavr va magistratura bosqichini tugatgandan keyin o‘qiladigan bosqich.

Sen qaysidir sohada doktorantura bosqichini tugatsang senga yuqori ilmiy daraja beriladi.

Doktoranturaning bosqichlari:

  • Tayanch doktorantura
  • Doktorantura
  • Mustaqil

 

Nogironligi bor insonlar uchun tayanch doktoranturaga kirishda alohida imtiyozli o‘rin ajratilmaydi.

Prezidentning 407-sonli qaroriga ko‘ra, magistratura va doktoranturaga kirishda:

  • ko‘rish bo‘yicha
  • eshitish bo‘yicha
  • gapirishi bo‘yicha  nogironligi bor insonlardan chet tili sertifikati so‘ralmaydi.

Chet tili sertifikati – bu sen boshqa tilni qanday bilishingni tasdiqlaydigan hujjat.

Masalan:

  • Senda eshitish bo‘yicha ikkinchi guruh nogironligi bor.
  • Sen tayanch doktoranturaga hujjat topshirishda nogironlik hujjatingni ko‘rsatsang sendan chet tili sertifikati so‘ramaydi.

Senda

  • ko‘rish bo‘yicha
  • eshitish bo‘yicha
  • gapirish bo‘yicha nogironlik bo‘lsa, imtihonlarni og‘zaki yoki yozma topshirishni tanlashing mumkin.

Senda eshitish va gapirish bo‘yicha nogironlik bo‘lsa, sen uchun imtihonlarda imo-ishora tili tarjimoni bo‘lishi kerak.

Vazirlar Mahkamasining 304-sonli qaroriga ko‘ra tayanch doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchilarga qo‘yiladigan talablar:

  • magistratura, klinik ordinatura yoki mutaxassislik bo‘yicha universitet diplomi
  • ilmiy natijaga erishgan dissertatsiya
  • ilmiy jurnallarda chiqarilgan maqola
  • konferensiyalarning ilmiy ish to‘plamlarida chiqqan kamida 2 ta tezis bo‘lishi kerak.

Tezis – bu:

  • ilmiy asar,
  • maqola
  • maʼruzadagi asosiy gʻoyalarning qisqa shakli.

Tayanch doktorantura bosqichida 3 yil o‘qiladi.

Tayanch doktorantura bosqichida senga davlat stipendiya beradi.

Hozirda Tayanch doktorantura uchun stipendiya: 

  • 6 550 000 (olti million besh yuz ellik ming) so‘m.

Mustaqil ilmiy izlanuvchilarga stipendiya berilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 304-son qaroriga ko‘ra:

  • sen mustaqil izlanuvchi bo‘lish uchun ilmiy tashkilotga ariza berishing kerak. (ariza namunasi 1-ilovada)

Sen ilmiy tashkilotga my.gov.uz internet tizimi orqali ham murojaat qilishing mumkin.

Sen arizaga qo‘shib topshiradigan hujjatlar:

  • o‘zing haqingda ma’lumotnoma
  • magistrlik, klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot haqidagi diplomdan nusxa
  • ishlaganlik haqidagi hujjatdan nusxa
  • ilmiy ishlar ro‘yxati
  • ilmiy ishlardan nusxa
  • ish joyidan tavsifnoma

Sen tayanch doktoranturaga kirmoqchi bo‘lsang, sendan pedagogik malaka so‘ralmaydi.

Sen mustaqil izlanuvchi bo‘lsang, sendan pedagogik malaka so‘ralmaydi.

Pedagogik malaka – bu sendagi o‘qitish yoki o‘rgatish qobiliyati.

Sen doktoranturaga kirish uchun hujjatlarni:

Hujjatlarni internet orqali topshirishda qiyinchilik  bo‘lsa:

  • +998 (71) 203-32-23 yoki 590 telefon raqamiga telefon qilishing mumkin.

Hujjatlarni internet orqali topshirishda qiyinchilik bo‘lsa:

  • phd@mininnovation.uz elektron pochtasi orqali  murojaat qilishing mumkin.

2024-yilda nogironligi bor insonlar tayanch doktorantura yoki mustaqil ilmiy izlanuvchilik uchun hujjatlarni;

  • 10-noyabrgacha topshirishi kerak.

Universitet va ilmiy tashkilotlar mustaqil ilmiy izlanuvchilikka hujjatlarni boshqa vaqtda ham qabul qilishi mumkin.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning tayanch doktoranturaga kirishda qanday imtiyozlari bor?” ga 8 ta javob

  1. Ассалом-у алайкум!
    Мен Самарканд Давлат Университетининг 2-боскич магистрантиман. Куз буйича болаликдан 2-гурух ногиронлигим бор, лекин махсус мактабда эмас умумтаьлим мактабида укиганман. Мендан докторантурага укишга кирим учун IELTS сертификати талаб килинадими?

    • Agar sizda ko‘rish bo‘yicha nogironlik bo‘ladigan bo‘lsa, sizdan til sertifikati talab qilinmaydi. Siz o‘zingizning nogironlik guvohnomangizni taqdim etgan holda, ushbu imtiyozdan foydalanishingiz mumkin.

    • Assalomu alaykum

      Sizga qanday yordam bera olamiz? Iltimos murojaatingizni to‘liq qoldiring.

  2. Ассалому алейкум магистратурани битирганман. Докторантурага топширмокчиман. Куришда нуксони бор манда. Имтихон саволлари кандай булади. Мусика таьлим сохасида укиганман

    • Assalomu alaykum

      Imtihon savollari haqida ma’lumot olish uchun siz topshirmoqchi bo‘lgan oliy ta’lim muassasasiga bog‘laning. Bizda bu haqida ma’lumot mavjud emas.

  3. Assalomu alaykum man 2 guruh nogironiman oyog’imdan nogironligim magistraturaga imtiyozlar bormi

    • Afsuski, sizda bunday holatda alohida imtiyoz mavjud emas. Agarda o‘qishga kirsangiz, Prezidentimiz qaroriga ko‘ra xotin-qizlar magistratura bosqichida o‘qishda kontrakt summasidan ozod qilingan. Shu imtiyozdan foydalanishingiz mumkin.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli