Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan bolalarni ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga joylashtirish tartibi qanday?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn

Bu maqolada sen nogironligi bor bolalarni ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga joylashtirish tartibi haqida bilib olasan.

Ixtisoslashtirilgan maktab-internat – nogironligi bor bolalarni o‘qitadigan va davolaydigan maxsus maktab.

Nogironligi bor bolalarni maxsus maktabga joylashtirish haqida Vazirlar Mahkamasining Nizomi bor.

Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda:

  • jismoniy
  • ruhiy
  • sezgi yoki aqliy rivojlanishda nogironligi bo‘lgan bolalar o‘qiydi.

Masalan:

  • ikkita eshitish va ko‘rishda nogironligi bor bolalarning yoshi 11 da.
  • Ularning yoshlari teng bo‘lsa ham, bilim darajasiga qarab maxsus maktablarda bitta bolani 5-sinfga, ikkinchi bolani esa 4-sinfga  qabul qilish mumkin.

O‘zbekistonda nogironligi bor insonlar uchun 3 xil maxsus maktab bor:

  1. Eshitish bo‘yicha nogironligi bor bolalar uchun
  2. Aqliy nogironligi bor bolalar uchun
  3. Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor bolalar uchun.

Bolalarni psixologik-pedagogik-tibbiy tekshiruv guruhi  maxsus maktablarga yuboradi.

Tekshiruv guruhi Ijtimoiy himoya milliy agentligining boshqarmalarida tashkil qilinadi.

Tekshiruv guruhining xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosadigan insonlar roziligi bilan bola maxsus maktabga joylashtiriladi.

Maxsus maktablarga boshqa viloyatlardan ham bolalar qabul qilinishi mumkin.

Viloyatdan kelgan bola maxsus maktab  joylashgan joyning tekshiruv guruhidan yo‘llanma olishi kerak.

Maxsus maktabga bolalar 7 yoshga to‘ladigan yildan qabul qilinadi.

Maxsus maktabga bolani joylashtirishda ota-onalar  “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlariga ariza bilan murojaat qilishi kerak. (ariza namunasi 1-ilovada)

Ota-onaning arizasiga ko‘ra, inson ijtimoiy xizmatlari markazining tekshiruv guruhi bolaning nogironlik holatini tekshiradi.

Tekshiruv guruhi bolaning sog‘ligini  umumiy maktabda o‘qiy oladi deb topsa, rad etish xulosasini beradi.

Ota-ona tekshiruv guruhi xulosasini qayta ko‘rib chiqish uchun, 1 oy ichida tuman-shahar tekshiruv guruhiga murojaat qilishi mumkin.

Masalan:

  • Bolada ko‘z kasalligi bor, sekinlik bilan ko‘rish pasayib boradi.
  • Lekin, tekshiruv guruhi bolaning hozirgi holatida qarab  umumiy maktabda o‘qish uchun yetarli deb topdi.
  • Lekin, ko‘rish darajasi tushib ketishi yuqoriligi uchun tuman tekshiruv guruhi murojaatni qayta ko‘rib chiqadi.

Ota-ona tekshiruv guruhidan xulosa olganidan keyin tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan yo‘llanma ham olishi kerak.

Yo‘llanma olish uchun tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi  bo‘limi rahbariga ariza bilan murojaat qilish kerak. (ariza namunasi 2-ilovada)

Arizaga tekshiruv guruhi bergan xulosani qo‘shib topshirish  kerak.

Xulosa va yo‘llanmani olgandan keyin ota-ona bolasini maxsus maktablarga joylashtirish uchun maktab direktori nomiga ariza yozishi kerak. (ariza namunasi 3-ilovada)

Maxsus maktabga yo‘llanma berilgan har bir bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosadigan insonlar kerakli hujjatlarni yig‘ib beradi.

Ota-onaning o‘rnini bosadigan insonlar – bolalarni himoya qilish huquqini olgan va ularga yordam beradigan insonlar tushuniladi.

Maxsus maktabga joylashishda kerak bo‘ladigan  hujjatlar:

  • ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi insonning arizasi
  • Tekshiruv guruhi xulosasi
  • tug‘ilganlik haqidagi hujjat nusxasi
  • avval o‘qigani haqida hujjatlar (maktabda o‘qiyotgan bola uchun)
  • o‘qigan joyidan o‘qigan vaqti,  fanlarini o‘zlashtirishi va xulqi, bolaga yordam berish uchun nimalar qilish kerakligi haqida batafsil yozilgan  ma’lumotnoma va tavsifnoma (maktabda o‘qiyotgan bola uchun)
  • bolaning yashash joyidagi bosh shifokori imzolagan, rivojlanishi tarixidan ko‘chirma
  • bolaning umumiy rivojlanishi haqidan pediatr xulosasi
  • bolaning aqliy rivojlanishi haqida psixonevrolog xulosasi
  • ko‘rish bo‘yicha oftalmolog xulosasi
  • tayanch-harakatlanishda nuqsoni bo‘lgan va skoliozga chalingan bolalar uchun ortoped xulosasi.

Maxsus maktabga joylashtirilgan bolalarning  nafaqa puli o‘qish davrida ushlab qolinadi.

Lekin, nogironligi bor bola 3 oylik yozgi ta’tilda va kuzgi, qishki, bahorgi ta’tillar bilan birga 1 yilda 4 oy  nafaqa pulini oladi.

“Nogironligi bo‘lgan bolalarni ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga joylashtirish tartibi qanday?” ga 8 ta javob

  1. Assalomu alaykum bizga xorazmda joylawgan nogironlar maktabi kerak jiyanimni boýi past 2 guruh nogironi 4 sinfda oqidi bu yil wunga yordam beriwingizni soraymiz

    • Assalomu alaykum

      Tumaningizdagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qiling, iltimos. Markaz qoshidagi komissiya jiyaningizni holatini tekshirib, tegishli xulosa beradi.

  2. Agar bolani maxsus maktabga bersak nafaqa puli tuxtatiladimi 18 yoshgacha belgilangan bulsa ham

    • Assalomu alaykum, Mutabar! Nogironligi bo‘lgan bolalar maxsus maktab-internatda ta’lim olish jarayonlarida ularning nogironlik nafaqalari davlat hisobiga ushlab qolinadi. Sababi, bu davrda, ular, to‘liq, davlat hisobidan moliyalashtiriladi. Ushbu turdagi internat maktablarga joylashtirilgan o‘quvchilarning o’qish davri mobaynida to’lanadigan ijtimoiy nafaqa puli davlat tomonidan qoplanganligi sababli ushlab qolinadi. Lekin, ularning 3 oylik yozgi ta’tili va kuzgi, qishki, bahorgi ta’tillarni qo‘shib hisoblaganda, umumiy 1 yilda 4 oy ijtimoiy nafaqa oladilar.

      Murojaatingiz uchun tashakkur!

  3. 2guruh nogironligi bolam bor bola puli chiqmayabdi hujaynimni ishsiz deb shu tugrimi
    Oldindan rahmat

    • Agar 9 yosh nogironligi bor farzandingiz bo‘lsa, sizdan rasmiy daromad manbasiga ega bo‘lish, oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlariga murojaat qilish hamda bu organlar hisobida turish talabi qo‘yilmaydi. Batafsil ma’lumot uchun 1140 yoki 1146 qisqa ishonch raqamlari orqali ham aniqlashtirishingiz mumkin.

    • Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro!
      Bolaning gapirmasligi (nutqining mavjud emasligi)ning o‘zi alohida holda uning qaysi ta’lim muassasasida o‘qishini belgilaydigan asos emas. Bu bolaning individual rivojlanish xususiyatlaridan faqat biridir.

      Shu sababli, bola kompleks ravishda Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya (PTPK) tomonidan baholanishi kerak. Aynan PTPK xulosasi asosida bolaning individual ehtiyojlari va imkoniyatlari hisobga olinib, unga mos ta’lim shakli va yo‘nalishi belgilanadi. PTPK xulosasiga qarab farzandingizga mos keladigan ta’lim shakli (inklyuziv ta’lim, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar yoki uyda ta’lim) belgilanadi.

      PTPK xulosasini olish uchun siz hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli