Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bepul yuridik yordam (pro bono) olish tartibi qanday?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn
Video mavjud emas

Bu maqolada sen bepul huquqiy yordam olish haqida bilib olasan.

Bepul ixtiyoriy huquqiy yordam – bu  tajribasi bor advokat, huquqshunoslar senga o‘zi xohlab bepul huquqiy yordam berishi.

Senga:

  • nodavlat notijorat tashkilotlari
  • advokatlar 
  • huquqiy yordam markazlari bepul huquqiy yordam beradi.

Advokat – bu huquq sohasida diplomi va bilimi bor inson.

Nodavlat Notijorat Tashkilotlar – bu 

  • Insonlar va tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan
  • Maqsadi pul topish bo‘lmagan
  • Ishlab topilgan pullarni o‘z ishchilariga bo‘lib bermaydigan
  • O‘zini o‘zi boshqaruvchi tashkilot.

Konstitutsiyaga ko‘ra sen bepul huquqiy yordam olishing mumkin.

Konstitutsiya  – bu sening imtiyoz va majburiyatlaring yozilgan hujjat.

Senga davlat bepul huquqiy yordam berishi haqida:

  • Konstitutsiya moddalari
  • Prezident qaror 
  • Farmonlari
  • Vazirlik qarorlari bor.

Sen O‘zbekistondagi yordamga muhtoj insonlar ro‘yxatiga kirgan bo‘lsang, 2023-yil 16-iyundagi  848-sonli qarorning 9-moddasiga ko‘ra davlatdan bepul huquqiy yordam olishing mumkin.

Sen sudda:

  • daʼvogar bo‘lsang
  • javobgar bo‘lsang
  • arizachi bo‘lsang
  • huquqbuzarlik qilgan bo‘lsang
  • gumon qilinuvchi bo‘lsang
  • ayblanuvchi bo‘lsang 
  • sudlanuvchi bo‘lsang senga davlat bepul advokat beradi.

Sen davlat tomonidan bepul huquqiy yordam olish uchun Adliya vazirligiga  og‘zaki yoki yozma murojaat qilishing kerak.

Sen davlatdan internet orqali bepul huquqiy yordam olishing ham mumkin.

Sen internet orqali yordam olishing uchun huquqiy yordam xizmati bor.

Internetdagi Yuridik yordam xizmatidan  foydalanish uchun:

  •  https://e-advokat.uz/ internet manziliga kirasan
  • murojaat yuborish bo‘limini tanlaysan 
  • so‘ralgan ma’lumotlarni va savolingni yozib qoldirasan.

2008-yil 20-iyundаgi 137-sоn qarorga ko‘ra:

  • agar sen yordamga muhtoj
  • kam daromadli insonlar ro‘yxatiga kirgan bo‘lsang seni sudda himoya qiladigan advokatga davlat pul to‘laydi.

Sen va sening oilang oyiga: 

  • 553 ming 350 (besh yuz ellik uch ming uch yuz ellik) so‘mdan kam pul topsa, yordamga muhtoj, kam daromadli hisoblanadi.

Sen yordamga muhtoj insonlar ro‘yxatiga  kiritilmagansan lekin, ruhiy kasallik sabab psixiatrda davolanayotgan bo‘lsang senga davlat bepul huquqiy yordam beradi.

Jinoyat kodeksining 51-moddasiga ko‘ra senda: 

  • ko‘rishda 
  • eshitishda 
  • gapirishda 
  • jismoniy  
  • ruhiy nogironlik bo‘lsa senga davlat  bepul huquqiy yordam beradi.

O‘zbekistonda senga bepul huquqiy yordam beruvchi  Madad nodavlat notijorat tashkiloti ham bor.

Madad tashkilotining O‘zbekistonda 73 ta huquqiy yordam markazlari bor.

Madad tashkilotining manzillarini  https://advice.uz/oz/offices internet sahifasidan ko‘rishing mumkin.

Sen savollaringni yoza olmasang Madad tashkiloti raqamiga qo‘ng‘iroq qilishing mumkin. 

  • (71) 256 52 53

Sen Madad tashkilotining internetdagi https://advice.uz/oz sahifasi orqali ham bepul huquqiy yordam olishing mumkin.

Sen Madad https://advice.uz/oz internet sahifasidan foydalanishda telefon raqaming bilan ro‘yxatdan o‘tishing kerak.

Madad https://advice.uz/oz internet sahifasining yozuv o‘lchamlari va  ko‘rinishini o‘zgartirish mumkin.

Internetda Legal Tech https://yurxizmat.uz/uz/news/ xizmati ham bor.

“Legal Tech”da sen:

  • huquqiy shartnomalar 
  • buyruq ariza  
  • dalolatnoma 
  • boshqa hujjatlarni tayyorlashing mumkin.

O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi ham senga bepul huquqiy maslahat beradi.

Sen SHAROIT PLYUS tashkilotining Huquq plyus www.huquqplus.uz internet sahifasi orqali huquqiy savollaringga bepul javob olishing  mumkin.

Sen bepul huquqiy yordam olmoqchi bo‘lsang O‘zbekiston advokatlar palatasiga ham murojaat qilishing mumkin.

Advokatlar palatasi – bu  O‘zbekistondagi advokatlarning a’zo bo‘lishi shart bo‘lgan tashkilot.

Advokatlar palatasi huquqiy yordamga muhtoj insonlarga bepul huquqiy yordam beradi va bepul huquqiy yordam berishni  rivojlantiradi.

Advokatlar palatasi manzili: 

  • O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li 471
  • Telefon raqami:  (71) 261 61 43
  • Toshkent davlat yuridik universiteti 
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlari ham sening huquqiy savollaringga javob beradi.

 

Toshkent davlat yuridik universiteti huquqiy yordam markazi manzili: 

  • Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 1-o‘quv binosi, 124-xona
  • Ish vaqti: dushanbadan – jumagacha soat 10:00 dan 15:00 gacha
  • Telefon raqami: (71) 233 66 36 ga telefon qilgandan keyin 1114-ichki raqamni terishing kerak.
  • Telegram manzil:@TDYU_Yuridik_klinika_bot

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huquqiy yordam markazi manzili: 

  • Mustaqillik shoh koʻchasi 54, JIDU A-o‘quv binosi.
  • Ish vaqti: dushanbadan jumagacha  soat 16:00 dan 19:00 gacha 
  • Telefon raqam: 
  • (71) 268 14  21
  • (71) 267 16 15

Huquqiy markazlar senga: 

  • meros  
  • oila  
  • ish 
  • uy-joy  
  • boshqa muammolarni hal qilishingda 
  • huquqiy maslahatlar
  • sud  
  • suddan tashqari hujjatlar tayyorlashda yordam beradi.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bepul yuridik yordam (pro bono) olish tartibi qanday?” ga 11 ta javob

  1. Men 2-guruh nogironiman Oliy taʼlimni bitirish arafasida man ammo ishga kir olmayapman soham boʻyicha har-xil bahonalar bilan qaytarishyapti

  2. Men 1-guruh nogironiman oyoq bo’yicha
    Farg’ona viloyati rishton tumanida yashayman
    Shu tumanda qandaydir ish o’rinlari bormi yoki ish bilan ta’minlaydigan tashkilot

    • Rishton tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi Raximov Jaloliddin Muxiddin o‘g‘liga murojaat qilishni tavsiya etamiz. Manzil: Farg’ona viloyati, Rishton tumani, Rishton shahri Shokir ota ko’chasi, 42-uy. Telefon: +998912839101; 734521721

    • Assalomu alaykum
      Siz O‘zbekiston Respublikasi advokatlar palatasiga murojaat qilishingiz mumkin.Zero, advokatlar palatasining asosiy vazifalardan biri – aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam (pro bono) ko‘rsatishni rivojlantirish hisoblanadi. 

      Murojaat qilmoqchi bolgan shaxslar advokatlar palatasiga O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li, 471 manzili bo‘yicha shaxsan kelishlari yoki  +99871 261-61-43 telefon orqali qo‘ng‘iroq qilgan holda o‘z savollariga javob olishlari mumkin.

    • Assalomu alaykum

      Biz hozircha advokatlik faoliyati bilan shug‘ullana olmaymiz. Ammo, biz sizga yuridik yordam ko‘rsatishimiz, sizning nomingizdan sudda qatnashishimiz mumkin. Agar sizga bizning xizmatlar kerak bo‘lsa, siz o‘zingizning ism-familiyangiz, telefon raqamingiz va murojaatingiz mazmunini sayt orqali qoldiring. Tez orada siz bilan bog‘lanamiz.

  3. Asalamu allaykum men alement pularini ololmayaman qaraqalpogiston ijrochisi yordam bermadi advokat yuladim yordam bermadi qizim cherepni davleniya uzim qulim qaltiraydi iltimos erimdan pulimni olishimda yordam bering menga advokat kerak

    • Vaalaykum assalom! Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyingizdan qatʼi nazar istalgan hududdagi vakolatli davlat organiga (Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘limlariga) og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishingiz mumkin. Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. “Yuridik yordam” aхborot tizimida nogironligi boʻlgan shaхslarga advokatlar tomonidan bepul yordam berish (pro bono) uchun murojaatlarni qabul qiluvchi boʻlim yaratilgan.

      Ushbu bo‘limdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, https://e-advokat.uz/ orqali “Murojaat yuborish” havolasidan o‘tib, o‘z Yagona identifikatsiya tizimi orqali murojaatingizni yuborishingiz mumkin.

    • Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro, agar sizda sudning aliment undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘i mavjud bo‘lib, aliment to‘lovlari jami ikki oydan ortiq muddat davomida to‘lanmagan bo‘lsa, bunday holat O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47.4-moddasiga muvofiq huquqbuzarlik hisoblanadi. Ushbu normaga asosan, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxs 15 sutkagacha ma’muriy qamoq, yoki 120 soatgacha haq to‘lanadigan jamoat ishlari, yoxud mazkur jazo turlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

      Shu bilan birga, agar sud qarori ijrosi Majburiy ijro byurosi (MIB) tomonidan ta’minlanmayotgan bo‘lsa yoki ijro harakatlari amalga oshirilmayotgan bo‘lsa, siz 1007 qisqa raqami orqali yoki yozma tarzda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga MIB ustidan shikoyat qilish huquqiga egasiz.

      Aliment to‘lovini amalga oshirishi lozim bo‘lgan shaxs qasddan to‘lovdan bo‘yin tovlayotgan bo‘lsa, uni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun siz o‘zingiz yashab turgan hududi bo‘yicha ichki ishlar organiga ariza bilan murojaat qilishingiz lozim. Mazkur murojaat asosida materiallar rasmiylashtirilib, 47.4-modda tartibida chora ko‘riladi.

      Qo‘shimcha ravishda shuni ma’lum qilamizki, bolaning davolanishi va ta’minoti bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni undirish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 103-moddasiga muvofiq fuqarolik sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shu bois, agar ikkinchi ota-ona bolaning davolanishi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarda ixtiyoriy ishtirok etmasa, siz yashash joyingiz bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishingiz lozim.

      Fuqarolik sudiga murojaat etish orqali bolaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq davolanish, tibbiy xizmatlar, dori-darmon va reabilitatsiya xarajatlarini pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada undirish masalasini hal qilish mumkin.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli