Asosiy mazmunga oʻtish
Ortga

Bola puli va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar to‘lash tartibi qanday?

  • Matnli format
  • Video format
  • Oson matn
Video mavjud emas
Oson matn mavjud emas

“Bola puli va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar to‘lash tartibi qanday?” ga 202 ta javob

  1. Assalomu alekum, men va turmush ôrtog’im ishsizmiz , 1 nafar farzandimiz bor online ariza topshirdik lekin , oilada ishsiz oila azosi borligi uchun rad etildi deb javob berishdi , Nima maslahat berasizlar, oilamizda hech kimda nogironlik yuq

    • Vaalaykum alaykum! Agar oilangizda bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lmasa, unda sizdan rasmiy daromad manbasiga ega bo‘lish, oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlariga murojaat qilish hamda bu organlar hisobida turish talabi qo‘yiladi.

      Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli qarorining 4-bob “Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish tartibi”

  2. Assalomu aleykum savolim wuki men iyun oyida kambagal oilalar royxatiga kirganman sentabr oyidan menga bolalar nafaqasi tayinlandi oktabr oyida ham oldim noyabr oyida qayta korib chiqilgandan song rad etildi deb toxtatilb qoyildi shunaqa bolishi mumkinmi

    • Vaalaykum assalom! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida»gi NIZOM bilan tartibga solinadi. (https://lex.uz/docs/-5688101). Siz ariza berganingizda, bu tizim 16 dan ortiq vazirlik va idoraning (Soliq, Kadastr, YHXB, Adliya, Banklar va h.k.) ma’lumotlar bazasiga ulanib, oilangiz haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda tekshiradi.

      Ushbu NIZOMning 35-bandiga muvofiq: 2023-yil noyabr oyidan boshlab bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilaning iqtisodiy ahvoli oʻzgarishi belgilangan tayinlash muddati yakuniga kadar har oyda (yangi tayinlangan hollarda keyingi toʻlov oyidan boshlab) toʻlov roʻyxatlari shakllantirilgunga qadar qayta ariza talab etmagan holda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda olingan maʼlumotlarga muvofiq avtomatik tarzda “Yagona reyestr” AT orqali qayta oʻrganiladi. Bunda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan maʼlumotlar elektron shaklda toʻliq yoki qisman olinmaganda joriy oy toʻlov roʻyxatlari shakllantirilgunga qadar elektron shaklda olingan maʼlumotlarga asosan bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovi toʻxtatish yoki davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

      Ya’ni, tizim har oyda (yoki ma’lum bir davrda) sizning oilangizning iqtisodiy holatini boshqa idoralar bazasidan qayta tekshirib turadi. Sizning holatingizda «noyabr oyida qayta ko’rib chiqilgandan so’ng rad etildi» deganingiz, aynan mana shu monitoring jarayoni ishlaganini anglatishi mumkin. O’sha Nizomning o’zida nafaqa to’lovini to’xtatish (yoki rad etish) asoslari aniq ko’rsatilgan. To’lov quyidagi hollarda to’xtatilishi mumkin:
      – Mezonlarga mos kelmay qolish: Monitoring davomida oilangizning «kam ta’minlangan» deb topilishiga sabab bo’lgan holat o’zgargan bo’lsa. Masalan:
      – Oilaning umumiy daromadi belgilangan me’yordan oshib ketsa (kimdir ishga kirsa yoki oyligi ko’tarilsa).
      – Oilangiz a’zolaridan birining nomiga Nizomda belgilangan me’yorlardan ortiq mol-mulk (masalan, ma’lum bir yildan yangi bo’lgan avtomobil) xarid qilinsa.
      – Noto’g’ri ma’lumotlar: Nafaqa tayinlashga ta’sir qilgan noto’g’ri yoki ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilganligi aniqlansa (bu sizga tegishli bo’lmasligi mumkin, lekin shunday asos mavjud).
      – Boshqa holatlar: Masalan, oila O’zbekistondan doimiy yashash uchun ko’chib ketganda, bola 18 yoshga to’lganda va hokazo.

      Sizga iyun oyida nafaqa tayinlanib, sentabrda to’lov boshlangan. Oktabrda ham olgansiz. Noyabrda esa «Yagona reestr» tizimi boshqa bazalardan (masalan, Soliq yoki YHXB) yangi ma’lumot olgan va bu ma’lumotga ko’ra oilangiz endi «kam ta’minlangan» oila mezonlariga to’g’ri kelmay qolgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun to’lov avtomatik tarzda to’xtatilgan bo’lishi mumkin. Qaysi sabab asosida to’xatilganini hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Siz «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga bevosita o‘zingiz borib murojaat qilishingiz mumkin. Shuningdek, 1140 yoki 1146 qisqa ishonch raqamlari orqali ham onlayn shaklda murojaat qilish imkoniyatiga egasiz.

      Salomat bo’ling!

    • Iltimos, bu masalada mahallangizdagi ijtimoiy xodim yoki hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga borib bevosita murojaat qiling. Shuningdek, 1140 yoki 1146 qisqa ishonch raqamlari orqali ham telefon orqali murojaat qilish imkoniyatiga egasiz.

    • Assalomu alaykum.

      Biz bunday faoliyat bilan shug‘ullanmaymiz. Siz o‘zingizningning mahallangiz fuqarolar yig‘iniga borgan holda yoki my.gov.uz onlayn ariza topshirgan holda bola puli olishingiz mumkin.

      Arizani qanday topshirsa bo‘ladi?

      Yuqoridagi yordamni olish uchun shaxslar o‘zining doimiy yoki vaqtincha yashash hududidagi mahalla fuqarolar yig‘iniga murojaat qilshi kerak. Siz ularga arizani yozma shaklda olib borishingiz kerak.

      Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

      Ariza beruvchi va oila a’zolarining pasporti yoki ID-kartalari;

      Vasiylik va homiylik organi qarorining nusxasi. (Agarda bola vasiylik ostida bo‘lsa);

      Oilaning mavjud uy hayvonlari, transportlari haqida ma’lumot. Agarda ushbu vositalar uning nomiga rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, unda belgilangan tartibdagi ma’lumotnoma to‘ldiriladi. 

      Ariza beruvchi yoki oila a’zolari nomiga so‘nggi 3 oy ichida o‘tkazilgan pul mablag‘lari, hisobvaraq qoldiqlari haqida ma’lumotnoma.

      2024-yil may oyidan boshlab Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish imkoniyati paydo bo‘ldi. Onlayn arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali berish mumkin va bu xizmatdan foydalanish bepul.

  3. Salom mening 3 nafar voyaga yetmagan farzandim bor turmush ortogim ishsiz ozim maktabda farrosh bolib ishlayman oyligim 1500000 ming men kam taminlangan oyla restiriga kiritilganman bola puliga ariza topshirsam bola puli ola olamanmi

    • Assalomu alaykum, Elmira! Savolingiz uchun rahmat! Oilangiz kam ta’minlangan oila sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilishi uchun oilaningizning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmagan bo’lishi kerak. Ya’ni, oilangizning rasmiy daromadi oila a’zolaringiz soniga bo‘linganida kishi boshiga 669 ming so‘mdan oshmasa, demak oilangiz kam ta’minlangan oila hisoblanadi.

      Bola pulini taynlatish masalasi bo‘yicha, o‘zingiz yashayotgan hududdagi «Inson» ijtimoiy xizmatlari markazlariga borib murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. 1140 qisqa raqami orqali ham batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

      Yoki onlayn arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali berish mumkin va bu xizmatdan foydalanish bepul. Video qo’llanma: https://youtu.be/V4HIzDAWmKY?si=j11jfZWfbbdqZA-X

  4. Assalomu alaykum savollar bilan chiqyabman etibor uchun kattakon raxmat yolgʻiz onaman xech qayerdan oshiqcha mablagʻ kelmaydi 11oylik farzandim bor bola puli va moddiy yordam 530ming olaman endilikda shu pullar menga oshiqcha toʻlanayotganini aytishayabdi qanchalik toʻgʻri

    • Vaalaykum assalom, Gulnoza! Savolingiz uchun rahmat. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan yuritiladi. Iltimos, hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida faoliyat yuritadigan mutaxassislarga murojaat qilib batafsil ma’lumot oling ulardan. Ijtimoiy himoya milliy agentligining “1140” va (71) 202-06-00 ishonch telefoni orqali ham murojaat qilsangiz bo‘ladi.

  5. Assalomu aleykum meni 1 oylik chaqalogʻim bor òzim Guliston davlat pedagogika institutida 3- kurs talabasiman er xotin davlat ishda ishlamiymiz hozirda talaba bòlganim uchun bola puli beriladimi

    • Assalomu alaykum,

      Ha, berilishi mumkin. Studentlik holatingiz bola pulini to‘xtatib qo‘yishga asos bo‘lmaydi. Faqatgina sizning oilaningiz kam ta’minlangan oila hisoblanishi va boshqa talablarga javob berishi kerak.

      Bola puli tayinlanishi va uni olish tartibini batafsil maqolamizda o‘qing: https://huquqplus.uz/materials/social-protection/4073

  6. Assalomu aleykum meni 1 oylik chaqalogʻim bor òzim Guliston davlat pedagogika institutida talabaman bola puli studentga beriladimi

    • Assalomu alaykum,

      Ha, berilishi mumkin. Studentlik holatingiz bola pulini to‘xtatib qo‘yishga asos bo‘lmaydi. Faqatgina sizning oilaningiz kam ta’minlangan oila hisoblanishi va boshqa talablarga javob berishi kerak.

      Bola puli tayinlanishi va uni olish tartibini batafsil maqolamizda o‘qing: https://huquqplus.uz/materials/social-protection/4073

  7. Assalom allekum oilada 4 kishimiz 2 nafar farzandim bor yaqinda 3 chisi keladi erimnixam menixam nomimizda xechnima yoq chorvamizxam yoq bolla pulliga ariza topshirsam rad etildi erim iwlaydi lekin oyligi kam erim oladgan oylik yetmaydi. Aytingchi ozi aslida kishi boshiga qanchadan to’g’ri keliw kerak pul. Olinadgan oyligimizni hisoblaganda.

    • Vaalaykum assalom, Shoxsanam! Savolingiz uchun rahmat. Agar ushbu maqolamiz bilan batafsil tanishib chiqsangiz, savolingizga javob topasiz. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-son qaroriga muvofiq, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan jami 1 oylik o‘rtacha daromad miqdori minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. Ya’ni, oilangizning rasmiy daromadi oila a’zolaringiz soniga bo‘linganida kishi boshiga 669 000 so‘mdan oshmasa, demak oilangiz kam ta’minlangan oila hisoblanadi.

      Bola puli rad etilishi sabablarini aniq bilish uchun hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishingiz mumkin. 1140 qisqa raqami orqali ham bilib olsangiz bo‘ladi.

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu maqola sizga foydali bo‘ldimi? Biz, HuquqPlus.uz jamoasi, har kuni murakkab huquqiy ma’lumotlarni barcha uchun sodda va tushunarli qilish ustida ishlaymiz. Faoliyatimizni o‘zingiz istagan miqdordagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlang — bu bizga yangi maqolalar tayyorlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda davom etishimizga yordam beradi.

Xayriya miqdori
to‘lov usuli