
Bola puli va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar to‘lash tartibi qanday?
- Matnli format
- Video format
- Oson matn

Muallif: Imomali Tuyev
Muharrir: Nasiba Atamuratova
Illyustratsiya: Alina Olimova
Illyustratsiyaga tifloizoh: 5000 so‘mlik qog‘ozli pulni ustida ona va uning o‘g‘li choy ishishyapti. Yashil rangdagi yorug‘ xonada stolni ustida paxta gulli choynak va likopchani ustida ikki bo‘lak non ustida saryog‘ surilgan. Tepada 100 so‘mlik tanga ham tasvirlangan.
Bugungi kunda mamlakatimizda aholining yordamga muhtoj bo’lgan qatlamini qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda. Ushbu maqsadda ularga turli xil moddiy ko’maklar berilib, ularning turmush tarzini yaxshilash uchun harakatlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ijtimoiy munosabatlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son farmoni bilan tartibga solingan.
Bolani parvarish qilish nafaqasi – oilalarga bola 2 yoshga to’lgunicha ularni parvarish qilish uchun beriladi.
Bolalar nafaqasi (xalq tilida «bola puli») – bola parvarishi nafaqasi o’rniga kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun beriladigan nafaqa.
Kam ta’minlangan oila – oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmagan oila.
Moddiy yordam – bolalari yo’q yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalarga va yolg‘iz fuqarolarga to‘lanadi. U 6 oy muddatga tayinlanadi.
Bolalar nafaqasini tayinlashda nimalarga e’tibor beriladi?
- Oiladagi 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalar;
- Bolalar soni;
- Oilaning kam ta’minlangan deb e’tirof etilishi.
Nafaqa 6 oydan 12 oygacha tayinlanishi mumkin. Lekin, agarda oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi 18 yoshga to‘lgan bo‘lsa, nafaqa oyning oxirigacha to‘lanadi.
Masalan, sizning eng kichik farzandingiz noyabr oyida 18 yoshga to’ladi. Siz esa ushbu farzand uchun bola nafaqasini olayapsiz. Uning to’lanishi noyabr oyida bolangizning 18 ga kirishi bilan to’xtatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-son qaroriga muvofiq, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan jami 1 oylik o‘rtacha daromad miqdori minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. Ya’ni, oilangizning rasmiy daromadi oila a’zolaringiz soniga bo‘linganida kishi boshiga 715 ming so‘mdan oshmasa, demak oilangiz kam ta’minlangan oila hisoblanadi.
2026-yildan boshlab hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 715 ming so‘mni tashkil etdi.
Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadni hisoblab chiqishning misoli:
Masalan: 4 kishidan iborat oilaning a’zosi moddiy yordam olish uchun 2023-yil dekabr oyida murojaat etgan. Uning daromadlari avgust — oktyabr oylari uchun hisoblanadi. Oila a’zolarining barcha daromadlari yig‘indisi (normativ daromadlarni hisobga olgan holda) 7 650 000 so‘mni tashkil etadi. Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi quyidagini tashkil etadi: 7 650 000 so‘m / 4 kishi / 3 oy — 637 500 so‘m. Bu oilaning har bir a’zosiga 637 500 so‘mdan to‘g‘ri kelyapti. Bu esa belgilangan minimal iste’mol xarajati miqdori 715 000 so‘mdan kam degani.
Eslatma! Bir oylik o‘rtacha jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda oila a’zolarining quyidagi nogironlik nafaqasi va pensiyalari rasmiy daromad sifatida hisoblanadi:
- 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa;
- nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar va OIV infeksiyasiga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nafaqa;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning qonuniy vakiliga to‘lanadigan parvarishlash nafaqasi;
- nogironlik bo‘yicha nafaqa;
- nogironlik bo‘yicha nafaqa summasi doirasidagi nogironlik pensiyasi (nogironlik pensiya miqdoridan zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori chegirib tashlanadi);
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli qarorining 23-moddasida ko‘rsatilgan boshqa turdagi nafaqa va pensiyalar.
Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish, ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qarorlar “Yagona reyestr” ATda shakllantiriladi va qabul qilinadi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi — idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash hamda davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamni olish uchun murojaat qiluvchilar va oluvchilar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish amalga oshiriladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
Bolalar nafaqasining miqdori qancha?
Bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
- 360 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bir nafar kichik farzand uchun;
- 275 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bir nafar farzand uchun;
- 165 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;
- 110 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun.
Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m.
Arizani qanday topshirsa bo‘ladi?
Yuqoridagi yordamni olish uchun shaxslar o’zining doimiy yoki vaqtincha yashash hududidagi mahalla fuqarolar yig’iniga murojaat qilshi kerak. Siz ularga arizani yozma shaklda olib borishingiz kerak.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
- Ariza beruvchi va oila a’zolarining pasporti yoki ID-kartalari;
- Vasiylik va homiylik organi qarorining nusxasi. (Agarda bola vasiylik ostida bo’lsa);
- Oilaning mavjud uy hayvonlari, transportlari haqida ma’lumot. Agarda ushbu vositalar uning nomiga rasmiylashtirilmagan bo’lsa, unda belgilangan tartibdagi ma’lumotnoma to’ldiriladi.
- Ariza beruvchi yoki oila a’zolari nomiga so’nggi 3 oy ichida o’tkazilgan pul mablag’lari, hisobvaraq qoldiqlari haqida ma’lumotnoma.
2024-yil may oyidan boshlab Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish imkoniyati paydo bo‘ldi. Onlayn arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali berish mumkin va bu xizmatdan foydalanish bepul.
Talabgorlar ushbu onlayn xizmatdan foydalanish uchun:
- my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tishi;
- tegishli xizmatni tanlashi;
- undagi so‘rovnomani to‘ldirishi va yuborishi kerak.
Quyidagi video orqali onlayn ariza topshirish haqida batafsil ma’lumot olsangiz bo‘ladi.
Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tomonidan o‘rganib chiqiladi. Bunda ariza beruvchi oilasining har bir aʼzosiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga mosligi solishtiriladi.
Shundan so‘ng, ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Ariza javobi my.gov.uz orqali yuboriladi. Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan koʻrsatiladi.
Qanday holatlarda bola puli va moddiy yordam rad etilishi mumkin?
Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlashni rad etish holatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli qarorining 4-bob “Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish tartibi”, 20-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan.
Bunda, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolari quyidagi holatlarga e’tibor berishlari kerak.
Oila a’zosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron bo‘lsa:
- 7 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yengil avtotransport vositasi o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa,
- ariza beruvchi yoki uning oila a’zolari foydalanuvida bo‘lgan,
- yoxud ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjud bo‘lganda rad etilishi mumkin.
Agar oilada:
- bola uch yoshga to‘lguniga qadar parvarish qilayotgan ona bo’lsa (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar);
- ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlar bo’lsa (ta’limning kechki va sirtqi shakllari bundan mustasno);
- ishlamaydigan pensionerlar, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolar bo‘lsa;
- OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar bo‘lsa;
- I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha shaxslar bo‘lsa;
- to‘rt va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi mavjud bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosiga nisbatan. (Bunda 2024-yil 16-maydan boshlab taqdim etilgan arizalar bo‘yicha arizachi yoki oila a’zosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron oila a’zosi bo‘lganda ushbu qoida qo‘llaniladi);
- ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turgan oila a’zolariga nisbatan.
Ulardan rasmiy daromad manbasiga ega bo‘lish, oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlariga murojaat qilish hamda bu organlar hisobida turish talabi qo‘yilmaydi. Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilishi yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila a’zosi mavjud bo‘lsa ham tepada ko‘rsatilgan toifalarga qo‘llanilmaydi.
Foydalanilgan manbalar:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.08.2021-yildagi PF-6277-sonli «Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, https://lex.uz/docs/-5572509
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, https://lex.uz/docs/-5688101
- Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga ariza berish, https://my.gov.uz/oz/service/1017
Assalomu alaykum. Men otgan oyda bolalar nafaqasiga ariza toshirgandim onlayn. Sizning arizangiz ijtimoiy himoya reestrida tasdiqlandi va oilangiz kam taminlanlangan oila deb etirof etildi deb javob keldi. Keyin esa sizga kam taminlangan oilalarga bolalalar nafaqasi tayinlandi deb sms keldi. Keyin esa yashash joyingiz arizada notogri korsatilganligi sababli rad etildi, deb rad etildi. Lekin arizada yashash joyim togri korsatilgan. Mahallaga murojaat qilsam oilez kambagallik reestrida turmasa bolalar nafaqasi berilmaydi deyishdi. Bu qanchalik togri, kam taminlangan boshqa, kambagallik reestrida turish boshqami. Bunga qonuniy asos bormi . Shu masalada qayerga murojaat qilsam boladi
Assalomu alaykum,
Sizga noto‘g‘ri ma’lumot berishgan. Iltimos, telefon orqali +998 (90) 358-50-60 raqamiga telefon qiling. Yuristimiz sizga ishingiz yakunlanguncha huquqiy yordam ko‘rsatadi.
Assalamu alaykum mani bita bolam bor nomimzda hecnma yoq man ishsizman ariza topshirsam rad etildi oilangizda ishsiz fuqoro bor db rad qbdi nma qsam boladi
Assalomu alaykum
Bandlik markazidan oilangizdagi ishsiz odamni ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazing, shunda arizangiz rad etilmaydi.
Assalamu alaykum mani bita bolam bor nomimzda hecnma yoq man ishsizman ariza topshirsam rad etildi oilangizda ishsiz fuqoro bor db rad qbdi nma qsam boladi qanday qilib ariza topshrshm kerak
Assalomu alaykum
Bandlik markazidan oilangizdagi ishsiz odamni ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazing, shunda arizangiz rad etilmaydi.
Assalomu aleykum Meni ikki nafar farzandim bor Bollar puliga topshirdim lekin rad etildi farzandlarim kattasi 3 yosh kichik 2 oylik qanday bollar puli olsam boʻladi
Vaalaykum assalom, Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlashni rad etish holatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli qarorining 4-bob “Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish tartibi”, 20-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan. Huquqiy asos: https://lex.uz/uz/docs/-5688101
Demak, sizning oilangiz kam ta’minlangan deb e’tirof etilmagan. Batafsil ma’lumot olish uchun hududingizdagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga bevosita o‘zingiz borib murojaat qilishingiz mumkin. Shuningdek, 1140 yoki 1146 qisqa ishonch raqamlari orqali ham onlayn shaklda murojaat qilish imkoniyatiga egasiz.
Assalomu alaykum! Bolalar nafaqasi uchun, ariza topshirgan edim arizangiz oilada ishsiz oila aʼzosi borligi sababli nafaqa tayinlash rad etildi, biroq 654 qarorga asosan oilangiz kam taminlangan deb etirof etildi
Deb javob keldi, shunda bizga nima deyapti, nima qilsak bo‘ladi
Oldindan rahmat.
Vaalaykum assalom, oilangizda nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘lsa, unda sizning oilangizdan rasmiy daromad manbasiga ega bo‘lish, oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlariga murojaat qilish hamda bu organlar hisobida turish talabi qo‘yilmaydi.
Batafsil ma’lumot olish uchun hududingizdagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga bevosita o‘zingiz borib murojaat qilishingiz mumkin. Shuningdek, 1140 yoki 1146 qisqa ishonch raqamlari orqali ham onlayn shaklda murojaat qilish imkoniyatiga egasiz.
Assalomu alaykum men bolalar nafaqasi bo’yicha areza topshirgandim yuborgan arezangiz oilada ishsiz oila a’zosi borligi sababli nafaqa tayinlash rad etildi biroq VM 654 qaroriga asosan oilangiz kam ta’minlangan deb e’tirof etildi deb keldi shunga menga kam ta’minlangan deb pul ajratiladimi
Vaalaykum assalom, oilangizda nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘lsa, unda sizning oilangizdan rasmiy daromad manbasiga ega bo‘lish, oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlariga murojaat qilish hamda bu organlar hisobida turish talabi qo‘yilmaydi.
Batafsil ma’lumot olish uchun hududingizdagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga bevosita o‘zingiz borib murojaat qilishingiz mumkin. Shuningdek, 1140 yoki 1146 qisqa ishonch raqamlari orqali ham onlayn shaklda murojaat qilish imkoniyatiga egasiz.
Assalomu alaykum. Men kam taʼminlangan oilalar roʻyxatiga turaman 3yoshar farzandim bor nimagadir bola puli tushmayapti
Vaalaykum assalom, iltimos hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga bevosita o‘zingiz borib murojaat qiling. Shuningdek, 1140 yoki 1146 qisqa ishonch raqamlari orqali ham telefon orqali murojaat qilish imkoniyatiga egasiz. Bola puli hali tushmaganligi sababini ular sizga tushuntirib berishlari mumkin. Salomat bo‘ling!
BOLA PULI OLISH UCHUN BAZAVIY HISOBLASH MIQDORINING NECHA BARAVARDAN KAM BILISH KERAK KISHI BOSHIGA OYLIK MAOSH.
Assalomu alaykum, savolingizga javob ushbu maqolamizda bor. Iltimos, e’tibor berib o‘qib chiqing yana bir bor.
Oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan jami 1 oylik o‘rtacha daromad miqdori minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi va bola puli beriladi. 2025-yil 4-fevraldan boshlab hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi.
Assalomu alikum.egizaklarim uchun bolalar nafaqasiga ariza bergandim.ishsizlik deb rad javobi keldi.oz ozini bandlik qildirsa qabul qiladimi.
Assalomu alaykum
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tqazsangiz ham bo‘ladi.
Shu bilan birga, bola pulini olish uchun bandlik markazidan “ish qidirayotgan shaxs” sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilsa ham, bola puli chiqadi.
Ya’ni bu holatda sizda eng oson yo‘l, bandlik markaziga borisha va u yerda ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish.
Assalomu alikum.egizaklarim uchun bolalar nafaqasiga ariza bergandim.ishsizlik deb rad javobi keldi.oz ozini bandlik qildirsa qabul qiladimi.davlat ishiga joylashishi kerakmi yoki
Assalomu alaykum
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tqazsangiz ham bo‘ladi.
Shu bilan birga, bola pulini olish uchun bandlik markazidan “ish qidirayotgan shaxs” sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilsa ham, bola puli chiqadi.
Ya’ni bu holatda sizda eng oson yo‘l, bandlik markaziga borisha va u yerda ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish.