
Bola puli va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar to‘lash tartibi qanday?
- Matnli format
- Video format
- Oson matn

Muallif: Imomali Tuyev
Muharrir: Nasiba Atamuratova
Illyustratsiya: Alina Olimova
Illyustratsiyaga tifloizoh: 5000 so‘mlik qog‘ozli pulni ustida ona va uning o‘g‘li choy ishishyapti. Yashil rangdagi yorug‘ xonada stolni ustida paxta gulli choynak va likopchani ustida ikki bo‘lak non ustida saryog‘ surilgan. Tepada 100 so‘mlik tanga ham tasvirlangan.
Bugungi kunda mamlakatimizda aholining yordamga muhtoj bo’lgan qatlamini qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda. Ushbu maqsadda ularga turli xil moddiy ko’maklar berilib, ularning turmush tarzini yaxshilash uchun harakatlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ijtimoiy munosabatlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son farmoni bilan tartibga solingan.
Bolani parvarish qilish nafaqasi – oilalarga bola 2 yoshga to’lgunicha ularni parvarish qilish uchun beriladi.
Bolalar nafaqasi (xalq tilida «bola puli») – bola parvarishi nafaqasi o’rniga kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun beriladigan nafaqa.
Kam ta’minlangan oila – oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmagan oila.
Moddiy yordam – bolalari yo’q yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalarga va yolg‘iz fuqarolarga to‘lanadi. U 6 oy muddatga tayinlanadi.
Bolalar nafaqasini tayinlashda nimalarga e’tibor beriladi?
- Oiladagi 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalar;
- Bolalar soni;
- Oilaning kam ta’minlangan deb e’tirof etilishi.
Nafaqa 6 oydan 12 oygacha tayinlanishi mumkin. Lekin, agarda oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi 18 yoshga to‘lgan bo‘lsa, nafaqa oyning oxirigacha to‘lanadi.
Masalan, sizning eng kichik farzandingiz noyabr oyida 18 yoshga to’ladi. Siz esa ushbu farzand uchun bola nafaqasini olayapsiz. Uning to’lanishi noyabr oyida bolangizning 18 ga kirishi bilan to’xtatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-son qaroriga muvofiq, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan jami 1 oylik o‘rtacha daromad miqdori minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. Ya’ni, oilangizning rasmiy daromadi oila a’zolaringiz soniga bo‘linganida kishi boshiga 715 ming so‘mdan oshmasa, demak oilangiz kam ta’minlangan oila hisoblanadi.
2026-yildan boshlab hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 715 ming so‘mni tashkil etdi.
Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadni hisoblab chiqishning misoli:
Masalan: 4 kishidan iborat oilaning a’zosi moddiy yordam olish uchun 2023-yil dekabr oyida murojaat etgan. Uning daromadlari avgust — oktyabr oylari uchun hisoblanadi. Oila a’zolarining barcha daromadlari yig‘indisi (normativ daromadlarni hisobga olgan holda) 7 650 000 so‘mni tashkil etadi. Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi quyidagini tashkil etadi: 7 650 000 so‘m / 4 kishi / 3 oy — 637 500 so‘m. Bu oilaning har bir a’zosiga 637 500 so‘mdan to‘g‘ri kelyapti. Bu esa belgilangan minimal iste’mol xarajati miqdori 715 000 so‘mdan kam degani.
Eslatma! Bir oylik o‘rtacha jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda oila a’zolarining quyidagi nogironlik nafaqasi va pensiyalari rasmiy daromad sifatida hisoblanadi:
- 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa;
- nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar va OIV infeksiyasiga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nafaqa;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning qonuniy vakiliga to‘lanadigan parvarishlash nafaqasi;
- nogironlik bo‘yicha nafaqa;
- nogironlik bo‘yicha nafaqa summasi doirasidagi nogironlik pensiyasi (nogironlik pensiya miqdoridan zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori chegirib tashlanadi);
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli qarorining 23-moddasida ko‘rsatilgan boshqa turdagi nafaqa va pensiyalar.
Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish, ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qarorlar “Yagona reyestr” ATda shakllantiriladi va qabul qilinadi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi — idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash hamda davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamni olish uchun murojaat qiluvchilar va oluvchilar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish amalga oshiriladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
Bolalar nafaqasining miqdori qancha?
Bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
- 360 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bir nafar kichik farzand uchun;
- 275 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bir nafar farzand uchun;
- 165 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;
- 110 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun.
Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m.
Arizani qanday topshirsa bo‘ladi?
Yuqoridagi yordamni olish uchun shaxslar o’zining doimiy yoki vaqtincha yashash hududidagi mahalla fuqarolar yig’iniga murojaat qilshi kerak. Siz ularga arizani yozma shaklda olib borishingiz kerak.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
- Ariza beruvchi va oila a’zolarining pasporti yoki ID-kartalari;
- Vasiylik va homiylik organi qarorining nusxasi. (Agarda bola vasiylik ostida bo’lsa);
- Oilaning mavjud uy hayvonlari, transportlari haqida ma’lumot. Agarda ushbu vositalar uning nomiga rasmiylashtirilmagan bo’lsa, unda belgilangan tartibdagi ma’lumotnoma to’ldiriladi.
- Ariza beruvchi yoki oila a’zolari nomiga so’nggi 3 oy ichida o’tkazilgan pul mablag’lari, hisobvaraq qoldiqlari haqida ma’lumotnoma.
2024-yil may oyidan boshlab Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish imkoniyati paydo bo‘ldi. Onlayn arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali berish mumkin va bu xizmatdan foydalanish bepul.
Talabgorlar ushbu onlayn xizmatdan foydalanish uchun:
- my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tishi;
- tegishli xizmatni tanlashi;
- undagi so‘rovnomani to‘ldirishi va yuborishi kerak.
Quyidagi video orqali onlayn ariza topshirish haqida batafsil ma’lumot olsangiz bo‘ladi.
Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tomonidan o‘rganib chiqiladi. Bunda ariza beruvchi oilasining har bir aʼzosiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga mosligi solishtiriladi.
Shundan so‘ng, ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Ariza javobi my.gov.uz orqali yuboriladi. Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan koʻrsatiladi.
Qanday holatlarda bola puli va moddiy yordam rad etilishi mumkin?
Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlashni rad etish holatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli qarorining 4-bob “Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish tartibi”, 20-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan.
Bunda, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolari quyidagi holatlarga e’tibor berishlari kerak.
Oila a’zosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron bo‘lsa:
- 7 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yengil avtotransport vositasi o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa,
- ariza beruvchi yoki uning oila a’zolari foydalanuvida bo‘lgan,
- yoxud ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjud bo‘lganda rad etilishi mumkin.
Agar oilada:
- bola uch yoshga to‘lguniga qadar parvarish qilayotgan ona bo’lsa (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar);
- ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlar bo’lsa (ta’limning kechki va sirtqi shakllari bundan mustasno);
- ishlamaydigan pensionerlar, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolar bo‘lsa;
- OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar bo‘lsa;
- I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha shaxslar bo‘lsa;
- to‘rt va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi mavjud bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosiga nisbatan. (Bunda 2024-yil 16-maydan boshlab taqdim etilgan arizalar bo‘yicha arizachi yoki oila a’zosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron oila a’zosi bo‘lganda ushbu qoida qo‘llaniladi);
- ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turgan oila a’zolariga nisbatan.
Ulardan rasmiy daromad manbasiga ega bo‘lish, oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlariga murojaat qilish hamda bu organlar hisobida turish talabi qo‘yilmaydi. Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilishi yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila a’zosi mavjud bo‘lsa ham tepada ko‘rsatilgan toifalarga qo‘llanilmaydi.
Foydalanilgan manbalar:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.08.2021-yildagi PF-6277-sonli «Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, https://lex.uz/docs/-5572509
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, https://lex.uz/docs/-5688101
- Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga ariza berish, https://my.gov.uz/oz/service/1017
Ассалому алайкум кизим куз буйича болаликдан ногиронлиги сабабли 1 гурух ногиронлигини олган.аммо ойлик пенсияси 2чи гурух пенсиясига тенг 920минг олади биринчи гурух пенсияси канча?
Assalomu alaykum
Ikkala guruh o‘rtasidagi farq hozirda 107 ming so‘mni tashkil etmoqda.
I-guruh nogironlik nafaqasi miqdori – 1 027 000 so‘m;
II-guruh nogironlik nafaqasi miqdori – oyiga 920 000 so‘m.
Ассалому алайкум 1 гурух ногиронлик бн 2гурух ногиронлиги нафакаси канча фарки бор
Assalomu alaykum
Ikkalasining ham miqdori bir xil 800 000 so‘m.
Ma’lumot uchun, 2023-yil 1-dekabrdan boshlab:
nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — oyiga 800 000 so‘m;
mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 800 000 so‘m;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 648 000 so‘mni tashkil etadi.
Assalomu alaykum
Ikkala guruh o‘rtasidagi farq hozirda 107 ming so‘mni tashkil etmoqda.
I-guruh nogironlik nafaqasi miqdori – 1 027 000 so‘m;
II-guruh nogironlik nafaqasi miqdori – oyiga 920 000 so‘m.
Assalomu aleykum , bola puliga ariza bergandim oilada ishsiz bor deb rad etldi hujayinimni o’zini o’zi band shaxs sifatida qildirdik va yana qayta ariza topshirdim oilada bir kishiga tug’ri keladigan o’rtacha oylik belgilan mezondan kup deb yana rad etdi , shikoyat xati yozdim javobini qaydan bilsam buladi arizam haliyam rad etildi deb turibdi ( Qayta kurilmoqda bulmiydimi) bir martalik dekret puli tushgan shu ham rad etilishiga sabab bulganmi?
Assalomu alaykum
Bola puli tayinlanishi uchun sizning oilangiz kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilishi kerak. Agar oilaning daromadi kishi boshiga 669 000 so‘mdan ko‘p bo‘lsa, bunday holatda bola puli tayinlanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-son qaroriga muvofiq, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan jami 1 oylik o‘rtacha daromad miqdori minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. Ya’ni, oilangizning rasmiy daromadi oila a’zolaringiz soniga bo‘linganida kishi boshiga 669 ming so‘mdan oshmasa, demak oilangiz kam ta’minlangan oila hisoblanadi.
2025-yil 4-fevraldan boshlab hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi.
Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadni hisoblab chiqishning misoli:
Masalan: 4 kishidan iborat oilaning a’zosi moddiy yordam olish uchun 2023-yil dekabr oyida murojaat etgan. Uning daromadlari avgust — oktyabr oylari uchun hisoblanadi. Oila a’zolarining barcha daromadlari yig‘indisi (normativ daromadlarni hisobga olgan holda) 7 650 000 so‘mni tashkil etadi. Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi quyidagini tashkil etadi: 7 650 000 so‘m / 4 kishi / 3 oy — 637 500 so‘m. Bu oilaning har bir a’zosiga 637 500 so‘mdan to‘g‘ri kelyapti. Bu esa belgilangan minimal iste’mol xarajati miqdori 669 000 so‘mdan kam degani.
Salom 2024 yil may oyida turmush oʻrtogʻimni band qildirganman bola puliga ariza topshirgandim bola puli chiqdi
6yoshli 2 guruh nogiron bolam va 10 yoshli bolam bor bola puliga ariza topshirmoqchi edim yana turmush oʻrtogʻimni band qildiraymi yoki shart masmi nima qilay maslahat bering
Assalomu alaykum, Robiya! Savolingiz uchun rahmat. Agar oilangizda I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolangiz bo’lsa, unda sizdan rasmiy daromad manbasiga ega bo‘lish, oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlariga murojaat qilish hamda bu organlar hisobida turish talabi qo‘yilmaydi..
Shunday ekan, turmush o‘rtog‘ingizni band qildirishingiz shart emas. Agarda farzandlaringizda nogironlik bo‘lmaganda edi, o‘zini o‘zi band qilib bolalar nafaqasini olishi mumkin edi.
meni 11 oylik va 3 yosh farzandlarim bor bolalar nafaqasini olaman men ishga kirmoqchiman nafaqa toʻxtatiladmi
Assalomu alaykum,
Bola puli tayinlashda oila kam ta’minlangan deb e’tirof etilishi zarur. Agar ishga kirgandan keyin ham kam ta’minlangan oila sifatida qolsangiz, unda bola pulini to’lash davom etaveradi. Oilangizning rasmiy daromadi oila a’zolaringiz soniga bo‘linganida kishi boshiga 669 ming so‘mdan oshmasa, demak oilangiz kam ta’minlangan oila hisoblanadi.
Arizani koʻrib chiqish muddati necha kundan iborat
Ariza tahminan bir oy mobaynida koʻrib chiqiladi. Kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam (ijtimoiy nafaqa) tayinlash va to‘lash tartibi va bosqichlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqsangiz bo‘ladi: https://lex.uz/docs/-6663873#-6666606 (2 ILOVA)
Assalomu alaykum. Yaqinda 5 chi farzandim dunyoga keldi. Ungacha 4 ta farzandim uchun bola pulini 2 yildan buyon olardim. Iyulli boshuda ariza topshirdim bola puliga lekin, mehnatga layoqatli oila azosi borligi uchun bola puli rаd etildi db sms keldi. Erim rasmiy ishda ishlamaydilar, mavsumiy ishda ishlaydilar 2 yildan beri. 2 yil 2 martta ariza berganimdayam rad etilmagandi, nega bunisida rad etildi?
Assalomu alaykum
Maqolamiz bilan tanishib chiqdingizmi? Maqolamizda rad etish asoslari batafsil berilgan. Agar siz maqolamizdagi rad etish holatlari sizning holatingizga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblasangiz, unda Telegramda https://t.me/huquqplus_bot orqali yuristimiz qabuliga yozilishingiz mumkin.
Salom bola puli chiqti degan sms keldi . Halq bankka men shifohonada yotiman bolam bilan shu pulni kartaga tushirip berishni iloji bormu?
Assalomu alaykum
Bu masalada Xalq bankining Tumangizdagi bo‘limiga murojaat qiling.
assalomalekum mart oyida kam taminlanga oila royhatiga kiritildim 3ta voyaga yetmagan farzandlarim bor ozim homiladorman erim kunlik ishda iwlaydilar bolalar nafaqasiga topshirsam har safar rad etilyapti oilada iwsiz bor deb men ozim homladorligim sababliy iwlolmayman nma qiliwimiz mumkun
Talabgorlardan rasmiy daromad manbasiga ega bo‘lish, oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlariga murojaat qilish hamda bu organlar hisobida turish talabi qo‘yiladi.
Agar oilada:
bola uch yoshga to‘lguniga qadar parvarish qilayotgan ona bo‘lsa (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar);
ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlar bo‘lsa (ta’limning kechki va sirtqi shakllari bundan mustasno);
ishlamaydigan pensionerlar, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolar bo‘lsa;
OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar bo‘lsa;
I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha shaxslar bo‘lsa;
to‘rt va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi mavjud bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosiga nisbatan. (Bunda 2024-yil 16-maydan boshlab taqdim etilgan arizalar bo‘yicha arizachi yoki oila a’zosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron oila a’zosi bo‘lganda ushbu qoida qo‘llaniladi);
ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turgan oila a’zolariga nisbatan.
Assalom alaykum bola olmoqchi edim 2 yosh bolam katta bolam 3 yosh kichigi 2 yosh katta bolam bogʻcha boradi kichigi qoʻlimda xozircha uydaman shunga bola puli olishga yordam soʻramoqchi edim
Assalomu alaykum
Maqolamiz bilan batafsil tanishib chiqdingizmi? Mezonlarga to‘g‘ri kelasizmi?
Shundan keyin ham sizda savollar tug‘ilsa va huquqiy yordamga ehtiyoj sezsangiz, +998 (90) 358-50-60 raqamiga telefon qiling va yuristimiz bilan bog‘laning.