Bola puli va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar to‘lash tartibi qanday?
- Matnli format
- Video format
- Oson matn

Muallif: Imomali Tuyev
Muharrir: Nasiba Atamuratova
Illyustratsiya: Alina Olimova
Illyustratsiyaga tifloizoh: 5000 so‘mlik qog‘ozli pulni ustida ona va uning o‘g‘li choy ishishyapti. Yashil rangdagi yorug‘ xonada stolni ustida paxta gulli choynak va likopchani ustida ikki bo‘lak non ustida saryog‘ surilgan. Tepada 100 so‘mlik tanga ham tasvirlangan.
Bugungi kunda mamlakatimizda aholining yordamga muhtoj bo’lgan qatlamini qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda. Ushbu maqsadda ularga turli xil moddiy ko’maklar berilib, ularning turmush tarzini yaxshilash uchun harakatlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ijtimoiy munosabatlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son farmoni bilan tartibga solingan.
Bolani parvarish qilish nafaqasi – oilalarga bola 2 yoshga to’lgunicha ularni parvarish qilish uchun beriladi.
Bolalar nafaqasi (xalq tilida «bola puli») – bola parvarishi nafaqasi o’rniga kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun beriladigan nafaqa.
Kam ta’minlangan oila – oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmagan oila.
Moddiy yordam – bolalari yo’q yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalarga va yolg‘iz fuqarolarga to‘lanadi. U 6 oy muddatga tayinlanadi.
Bolalar nafaqasini tayinlashda nimalarga e’tibor beriladi?
- Oiladagi 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalar;
- Bolalar soni;
- Oilaning kam ta’minlangan deb e’tirof etilishi.
Nafaqa 6 oydan 12 oygacha tayinlanishi mumkin. Lekin, agarda oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi 18 yoshga to‘lgan bo‘lsa, nafaqa oyning oxirigacha to‘lanadi.
Masalan, sizning eng kichik farzandingiz noyabr oyida 18 yoshga to’ladi. Siz esa ushbu farzand uchun bola nafaqasini olayapsiz. Uning to’lanishi noyabr oyida bolangizning 18 ga kirishi bilan to’xtatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-son qaroriga muvofiq, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan jami 1 oylik o‘rtacha daromad miqdori minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. Ya’ni, oilangizning rasmiy daromadi oila a’zolaringiz soniga bo‘linganida kishi boshiga 715 ming so‘mdan oshmasa, demak oilangiz kam ta’minlangan oila hisoblanadi.
2026-yildan boshlab hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 715 ming so‘mni tashkil etdi.
Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadni hisoblab chiqishning misoli:
Masalan: 4 kishidan iborat oilaning a’zosi moddiy yordam olish uchun 2023-yil dekabr oyida murojaat etgan. Uning daromadlari avgust — oktyabr oylari uchun hisoblanadi. Oila a’zolarining barcha daromadlari yig‘indisi (normativ daromadlarni hisobga olgan holda) 7 650 000 so‘mni tashkil etadi. Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi quyidagini tashkil etadi: 7 650 000 so‘m / 4 kishi / 3 oy — 637 500 so‘m. Bu oilaning har bir a’zosiga 637 500 so‘mdan to‘g‘ri kelyapti. Bu esa belgilangan minimal iste’mol xarajati miqdori 715 000 so‘mdan kam degani.
Eslatma! Bir oylik o‘rtacha jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda oila a’zolarining quyidagi nogironlik nafaqasi va pensiyalari rasmiy daromad sifatida hisoblanadi:
- 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa;
- nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar va OIV infeksiyasiga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nafaqa;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning qonuniy vakiliga to‘lanadigan parvarishlash nafaqasi;
- nogironlik bo‘yicha nafaqa;
- nogironlik bo‘yicha nafaqa summasi doirasidagi nogironlik pensiyasi (nogironlik pensiya miqdoridan zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori chegirib tashlanadi);
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli qarorining 23-moddasida ko‘rsatilgan boshqa turdagi nafaqa va pensiyalar.
Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish, ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qarorlar “Yagona reyestr” ATda shakllantiriladi va qabul qilinadi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi — idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash hamda davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamni olish uchun murojaat qiluvchilar va oluvchilar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish amalga oshiriladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
Bolalar nafaqasining miqdori qancha?
Bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
- 360 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bir nafar kichik farzand uchun;
- 275 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bir nafar farzand uchun;
- 165 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;
- 110 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun.
Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m.
Arizani qanday topshirsa bo‘ladi?
Yuqoridagi yordamni olish uchun shaxslar o’zining doimiy yoki vaqtincha yashash hududidagi mahalla fuqarolar yig’iniga murojaat qilshi kerak. Siz ularga arizani yozma shaklda olib borishingiz kerak.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
- Ariza beruvchi va oila a’zolarining pasporti yoki ID-kartalari;
- Vasiylik va homiylik organi qarorining nusxasi. (Agarda bola vasiylik ostida bo’lsa);
- Oilaning mavjud uy hayvonlari, transportlari haqida ma’lumot. Agarda ushbu vositalar uning nomiga rasmiylashtirilmagan bo’lsa, unda belgilangan tartibdagi ma’lumotnoma to’ldiriladi.
- Ariza beruvchi yoki oila a’zolari nomiga so’nggi 3 oy ichida o’tkazilgan pul mablag’lari, hisobvaraq qoldiqlari haqida ma’lumotnoma.
2024-yil may oyidan boshlab Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish imkoniyati paydo bo‘ldi. Onlayn arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali berish mumkin va bu xizmatdan foydalanish bepul.
Talabgorlar ushbu onlayn xizmatdan foydalanish uchun:
- my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tishi;
- tegishli xizmatni tanlashi;
- undagi so‘rovnomani to‘ldirishi va yuborishi kerak.
Quyidagi video orqali onlayn ariza topshirish haqida batafsil ma’lumot olsangiz bo‘ladi.
Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tomonidan o‘rganib chiqiladi. Bunda ariza beruvchi oilasining har bir aʼzosiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga mosligi solishtiriladi.
Shundan so‘ng, ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Ariza javobi my.gov.uz orqali yuboriladi. Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan koʻrsatiladi.
Qanday holatlarda bola puli va moddiy yordam rad etilishi mumkin?
Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlashni rad etish holatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli qarorining 4-bob “Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish tartibi”, 20-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan.
Bunda, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolari quyidagi holatlarga e’tibor berishlari kerak.
Oila a’zosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron bo‘lsa:
- 7 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yengil avtotransport vositasi o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa,
- ariza beruvchi yoki uning oila a’zolari foydalanuvida bo‘lgan,
- yoxud ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjud bo‘lganda rad etilishi mumkin.
Agar oilada:
- bola uch yoshga to‘lguniga qadar parvarish qilayotgan ona bo’lsa (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar);
- ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlar bo’lsa (ta’limning kechki va sirtqi shakllari bundan mustasno);
- ishlamaydigan pensionerlar, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolar bo‘lsa;
- OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar bo‘lsa;
- I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha shaxslar bo‘lsa;
- to‘rt va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi mavjud bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosiga nisbatan. (Bunda 2024-yil 16-maydan boshlab taqdim etilgan arizalar bo‘yicha arizachi yoki oila a’zosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron oila a’zosi bo‘lganda ushbu qoida qo‘llaniladi);
- ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turgan oila a’zolariga nisbatan.
Ulardan rasmiy daromad manbasiga ega bo‘lish, oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlariga murojaat qilish hamda bu organlar hisobida turish talabi qo‘yilmaydi. Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilishi yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila a’zosi mavjud bo‘lsa ham tepada ko‘rsatilgan toifalarga qo‘llanilmaydi.
Foydalanilgan manbalar:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.08.2021-yildagi PF-6277-sonli «Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, https://lex.uz/docs/-5572509
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, https://lex.uz/docs/-5688101
- Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga ariza berish, https://my.gov.uz/oz/service/1017
Men hozirda oliy talimda oʻqiyman bir nafar 6 oylik farzandim bor . Turmush oʻrtogʻim mavsumiy ishchi . Bizga 3 yoshgacha boʻlgan bolalar nafaqasi beriladimi.
Assalomu alaykum, Barno!
Oilangiznin barcha daromadlari bilan qo‘shib hisoblaganda oila a’zolari soniga minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, ya’ni hozirgi kunda 669 ming so‘mdan oshib ketmasa “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilishingiz kerak avval. Batafsil ma’lumot ushbu huquqiy maqolamizda keltirilgan, iltimos tanishib chiqing.
Assalomu alaykum meni hujaynim ishsiz 9yoshli 2 guruh nogironligi bor farzandim bor uzim sirtdan quymang bola puli ololmayabman hujaynimni ishsiz deb rad qiliyabdi bizga ham yordam kk
Vaalaykum assalom, Mutabar!
Agar 9 yosh nogironligi bor farzandingiz bo‘lsa, sizdan rasmiy daromad manbasiga ega bo‘lish, oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlariga murojaat qilish hamda bu organlar hisobida turish talabi qo‘yilmaydi.
Ya’ni sizning oilangizda I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha shaxslar bo‘lsa sizning oilangizda ishsizlar bor deb bola pulini rad etishi noto‘g‘ri.
Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlashni rad etish holatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli qarorining 4-bob “Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish tartibi”, 20-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan. Manba: https://lex.uz/docs/-5688101
Sizga maslahatimiz, hududingizda joylashgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga borib murojaat qiling va vaziyatingizni biz keltirgan huquqiy asoslar bilan tushuntiring. Murojaatingiz uchun rahmat!
Salom men bola puliga ariza tashlagandim 16 fevralda menga 26 fevralda utdiz sizni kam taminlangan deb eʼtirof etamiz deb keldi shunda qaysi oydan bola puli chiqadi menga?
Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib tayinlanadi. Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 654-sonli qaroriga muvofiq bolalar nafaqasi quyidagi tartibda to‘lanadi:
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) bo‘limlari (filiallari) orqali naqd pul shaklida yoki pul mablag‘larini naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan fuqarolarning bank hisobvaraqlari (plastik kartalari) orqali to‘lanadi.
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovi oyning 4-sanasidan 27-sanasiga qadar amalga oshiriladi.
Xulosa: Bolalar nafaqa puli siz ariza topshirilgan oydan boshlab to‘lanadi ya’ni sizga fevral va mart oylari qo‘shilib bitta qilib to‘lanadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 654-sonli qarorining 36-38-42-bandlari.
Assalomu aleykum 1 nafar chaqaloq farzandim bor erim davlat ishida ishlamaydilar bola puli olishim uchun erimni band qildirishim kerakmi
Assalomu alaykum
Yo‘q, shart emas. Sizning oilangiz kam ta’minlangan deb e’tirof etilsa bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-son qaroriga muvofiq, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan jami 1 oylik o‘rtacha daromad miqdori minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. Ya’ni, oilangizning rasmiy daromadi oila a’zolaringiz soniga bo‘linganida kishi boshiga 669 ming so‘mdan oshmasa, demak oilangiz kam ta’minlangan oila hisoblanadi.
2025-yil 4-fevraldan boshlab hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi.
Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadni hisoblab chiqishning misoli:
Masalan: 4 kishidan iborat oilaning a’zosi moddiy yordam olish uchun 2023-yil dekabr oyida murojaat etgan. Uning daromadlari avgust — oktyabr oylari uchun hisoblanadi. Oila a’zolarining barcha daromadlari yig‘indisi (normativ daromadlarni hisobga olgan holda) 7 650 000 so‘mni tashkil etadi. Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi quyidagini tashkil etadi: 7 650 000 so‘m / 4 kishi / 3 oy — 637 500 so‘m. Bu oilaning har bir a’zosiga 637 500 so‘mdan to‘g‘ri kelyapti. Bu esa belgilangan minimal iste’mol xarajati miqdori 669 000 so‘mdan kam degani.
Ikita qizim bor 1,8 oylik va 6 oylik, erim ham men ham ishszmz, erimni band qildrib yana ariza bersak, qayntamm nomida yer bor deydi, meni zaksim erim bn bulsa boshqa odamni nima aloqasi bor ⁉️ tushunmadim
Assalomu alaykum
Agar qaynotangiz bilan bitta oilada yashasangiz bu holat hisobga olinishi mumkin. Chunki, bola puli tayinlash uchun oilaningiz kam ta’minlangan deb e’tirof etilishi lozim.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-son qaroriga muvofiq, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan jami 1 oylik o‘rtacha daromad miqdori minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. Ya’ni, oilangizning rasmiy daromadi oila a’zolaringiz soniga bo‘linganida kishi boshiga 669 ming so‘mdan oshmasa, demak oilangiz kam ta’minlangan oila hisoblanadi.
2025-yil 4-fevraldan boshlab hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi.
Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadni hisoblab chiqishning misoli:
Masalan: 4 kishidan iborat oilaning a’zosi moddiy yordam olish uchun 2023-yil dekabr oyida murojaat etgan. Uning daromadlari avgust — oktyabr oylari uchun hisoblanadi. Oila a’zolarining barcha daromadlari yig‘indisi (normativ daromadlarni hisobga olgan holda) 7 650 000 so‘mni tashkil etadi. Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi quyidagini tashkil etadi: 7 650 000 so‘m / 4 kishi / 3 oy — 637 500 so‘m. Bu oilaning har bir a’zosiga 637 500 so‘mdan to‘g‘ri kelyapti. Bu esa belgilangan minimal iste’mol xarajati miqdori 669 000 so‘mdan kam degani.
Assalomu alaykum. 18-aprelda ariza topshirdim,qabul qilindi deb 19-aprelda koʻrib chiqishga topshirildi deb xabar keldi,11-7-4-1 yoshli farzandlarim bor .Xoʻjaynimni bandlikka qoʻydik 375ming soliq toʻlab,may oyidan beriladimi tasdiqlansam
Assalomu alaykum
Agar tasdiqlansangiz va kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilsangiz unda beriladi.
Assalomu alaykum men bola puliga ariza topshirgan edim meni uchta bolam bor uchinchi farzandim 6 oylik erim ishsiz edi rad etildi erimni bad qildirib topshirdim yana rad etildi bizni nomimizda hechnima yo‘q uy moshina boshqanarsalar ham bollalarim ham sog‘lom endi qayta topshirsam yana rad etiladimi
Assalomu alaykum
Sizning oilangiz kam ta’minlangan deb e’tirof etilishi lozim. Bunda sizning rasmiy ro‘yxatda turadigan barcha oila a’zolaringiz, shu jumladan qaynota-qaynonangizning ham daromadi hisobga olinishi mumkin. Shuning uchun oila a’zolaringizni tekshirib, qaytadan bering.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-son qaroriga muvofiq, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan jami 1 oylik o‘rtacha daromad miqdori minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. Ya’ni, oilangizning rasmiy daromadi oila a’zolaringiz soniga bo‘linganida kishi boshiga 669 ming so‘mdan oshmasa, demak oilangiz kam ta’minlangan oila hisoblanadi.
2025-yil 4-fevraldan boshlab hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi.
Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadni hisoblab chiqishning misoli:
Masalan: 4 kishidan iborat oilaning a’zosi moddiy yordam olish uchun 2023-yil dekabr oyida murojaat etgan. Uning daromadlari avgust — oktyabr oylari uchun hisoblanadi. Oila a’zolarining barcha daromadlari yig‘indisi (normativ daromadlarni hisobga olgan holda) 7 650 000 so‘mni tashkil etadi. Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi quyidagini tashkil etadi: 7 650 000 so‘m / 4 kishi / 3 oy — 637 500 so‘m. Bu oilaning har bir a’zosiga 637 500 so‘mdan to‘g‘ri kelyapti. Bu esa belgilangan minimal iste’mol xarajati miqdori 669 000 so‘mdan kam degani.
Assalomu alaykum men bola puliga ariza bersam ra’d etildi erimni bad qildirib topshirdim yana rad etildi bizni nomimizdan hech nima yo‘q 3 bolamiz bor uchinchi farzandim 6oylik endi yana rad etildimi qayta topshirsam
Assalomu alaykum
Sizning oilangiz kam ta’minlangan deb e’tirof etilishi lozim. Bunda sizning rasmiy ro‘yxatda turadigan barcha oila a’zolaringiz, shu jumladan qaynota-qaynonangizning ham daromadi hisobga olinishi mumkin. Shuning uchun oila a’zolaringizni tekshirib, qaytadan bering.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-son qaroriga muvofiq, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan jami 1 oylik o‘rtacha daromad miqdori minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. Ya’ni, oilangizning rasmiy daromadi oila a’zolaringiz soniga bo‘linganida kishi boshiga 669 ming so‘mdan oshmasa, demak oilangiz kam ta’minlangan oila hisoblanadi.
2025-yil 4-fevraldan boshlab hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi.
Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadni hisoblab chiqishning misoli:
Masalan: 4 kishidan iborat oilaning a’zosi moddiy yordam olish uchun 2023-yil dekabr oyida murojaat etgan. Uning daromadlari avgust — oktyabr oylari uchun hisoblanadi. Oila a’zolarining barcha daromadlari yig‘indisi (normativ daromadlarni hisobga olgan holda) 7 650 000 so‘mni tashkil etadi. Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi quyidagini tashkil etadi: 7 650 000 so‘m / 4 kishi / 3 oy — 637 500 so‘m. Bu oilaning har bir a’zosiga 637 500 so‘mdan to‘g‘ri kelyapti. Bu esa belgilangan minimal iste’mol xarajati miqdori 669 000 so‘mdan kam degani.
Meni 2 nafar farzandim bor katta farzandim 2 yarim yosh kichigi 2 yarim oylik ozim xozirda dikret tatilidaman turmush ortogim ozini ozi band qildirganlar iwlasalar pulimiz boladi bolmasam yoq uyimiz rimonti oxirgi 3-2 yil orasida bolgan dadamiz zavodda ishlagan paytlarida va katta farzandimmi dikret puliga qiganmiz xozorda oilaviy sharoitimiz ogirroq men bola parvarishi bilan uydaman turmush ortogim bir ozlari topgan daromat bazida uy kamunal tolovlariga yetsa rozgordi naridan beri qilib kun koryabmiz bizga maxalla yettiligi kelganida uyingizni rimonti yaxwi sizlarni arizangiz rad etiladi deyishdi ammo tan olaman dadamiz zavoddan sakrasheniyaga tushib ketgunlaricha oilaviy sharoitimiz yaxwi edi lekin xozirgi vaziyatimizda yaxshi emas uyimizdi rimonti 50% xonalarni qilganmiz qolgani bez remont juda yomon xolatda. Aytingchi naridan beri qilingan uy remontini bola puliga qanday tasiri bor bu qoshimcha daromad olib kelmaydiku.
Assalomu alaykum
Uyingizning remontining bola puliga hech qanday ta’siri yo‘q.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Ushbu nizomga ko‘ra oila:
• 2021-yilning 1-sentabridan — oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad 440 ming so‘mdan oshmaganda;
• 2022-yildan boshlab — oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi.
Yuqoridagi qoidaning mazmuniga ko‘ra oilangizning daromadi hozir har bir oila a’zosiga hisoblaganda 440 ming so‘mdan kam bo‘lsa, unda siz kam ta’minlangan deb topilishingiz mumkin.
Shunda siz bolalar nafaqasi olishingiz mumkin.
Qarang! Mazkur nizomning 20-bandiga ko‘ra:
• ariza beruvchi oilasining har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromad yuqorida belgilangan mezondan oshganda;
• rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan hamda mehnat organlarida hisobda turmagan;
• o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan;
• haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila a’zosi mavjud bo‘lganda oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi.